Yog‘och qurilmalarining turlari va ishlatilish soxalari. Bino konstruksiyalari



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə6/13
tarix22.06.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#118512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
YOG`OCH HOMOSHYO TANLASHDA YOG`OCH TURLARNI GURUHLARGA BO`LISHNI O`RGANISH

YOG‘OCH VA PLASTMASSA TO‘SINLAR;
Xozirgi davrda qishloq xo‘jaligi va fuqaro qurilishlarida elimlangan va
elimfanerali to‘sin konstruksiyalarini qo‘llash keng tarkalgan, bularni markazdan
uzokda, salbiy va sernam muxitda qullanilishi samarali xisoblanadi. Elimli, uzakli
va elimfanerali to‘sinlar turar joy va maomuriy binolarning qavatlararo va chordok
yopmalarida, sanoat binolari, omborxona, qishlok xujalik binolarining tomini
yopishda, avtomobilap ko‘priklarida, yopik yulaklarda, yuk o‘tkazuvchi galereya
va estakadalarda keng qo‘llaniladi. Ko‘p katlamli taxta to‘sinlar nishabsiz,
qo‘shnishabli, yoysimon qilib tayyorlanadi.
Qushtavr kesimli to‘sinlar tokchalarining qalinligi o‘rtacha (1/6)h bo‘lganda
yog‘och taxta ancha tejaladi, to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli to‘sinlar oson
tayyorlanadi va elimlanuvchi choklari yaxshi jipslashadi. Tusin uzunligining
o‘rtasida kesim balandligi qo‘shnishabli to‘sinlar uchun - l/10 dan kam bulmasligi
kerak, nishabsiz to‘sinar uchun - l/12, egib elimlangan to‘sinlar uchun - l/15 (13.1-
rasm).
Kesim balandligining eniga nisbati egilish tekisligi bo‘yicha to‘sining
ustivorligini xisobga olgan xolda chegaralanadi: nishabsiz to‘sinlar uchun bu
nisbat 7 dan qo‘shnishablilari uchun - 8,5 dan kam bo‘lmasligi lozim.
Siqiluvchi qismining turg‘unligi taminlangan nishabsiz to‘sinning
mustaxkamlikka xisobi (lr<70 b2/h) va ……….ifodalar orkali olib boriladi.

2.2.-rasm. Elimlangan tusinlar:
a-to‘sin turlari; b-to‘sinlarning kesim shakllari; v-to‘sinlarda qo‘llanilgan taxta
navlari; 1-tekis to‘sin, 2-qo‘shnishabli to‘sin, 3-qo‘shnishabli ulangan to‘sin, 4-
egib elimlangan to‘sin, 5-tug‘ri to‘rtburchak kesim, 6-qo‘shtavr kesim, 7-
relpssimon to‘sin, 8-taxta navlari
Elimlangan fanerali tusinlarning belbog‘lari tik joylashgan taxtalardan,
devori esa faneraadan tashkil topib, kushtavr kesim xosil kiladi. Belbog‘ va
devorlari elim bilan yopishtirib biriktiriladi (13.4-rasm). Elimlanayotgan taxta eni
100 mm dan ortmasligi shart. Kutisimon kesimli fanerali tusinlar devorlari tashki
ikki sirtida joylashib ustki va ostki kismlarida gorizontalp joylashgan taxta
katlamidan belbolar elimlanadi. Agar belbo balandligi 100 mm dan oshsa, unda 30-
50 mm chukurlikdagi iz bilan shu balandlik bulib kuyiladi. Bu chala elimlangan
chok tolalarning uzaro tik joylanishidan yuzaga keluvchi kayishishdan xosil
buluvchi kuchlanishni kamaytirishga xizmat kiladi.


2.3-rasm. Elimlangan fanerali tusin:
a-asosiy kurinishi, b-kesim yuzalari, 1-elimlangan taxta belbog‘; 2-fanera devor, 3-
taxta devor, 4-belbog‘ ulog‘i, 5-devor ulog‘i
Fanera devorga qalinligi kesim balandligining 1/130 qismiga teng qilib,
lekin kamida 8 mm qabul qilinadi. Devorga ishlatiladigan faneraa ustki
qatlamining tollari to‘sin o‘kiga mos tushishi tavsiya etiladi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə