Yog‘och qurilmalarining turlari va ishlatilish soxalari. Bino konstruksiyalari



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə3/13
tarix22.06.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#118512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
YOG`OCH HOMOSHYO TANLASHDA YOG`OCH TURLARNI GURUHLARGA BO`LISHNI O`RGANISH

Doirasimon qurilish materiali - ikkala chekkasi tekis arralangan, butog‘laridan
tozalangan yog‘ochdir. Ular standart 4,0; 4,5; 5,0; 5,5; 6,0 va 6,5 m uzunliklarga
ega va bu turdagi yog‘och materiallari kesik konus shaklida bo‘ladi. Ular
diametrining uzunligi bo‘yicha kamayishi kichrayish deb ataladi. Kichrayish
o‘rtacha 1 m da 0,8 sm ni tashkil qiladi.Doirasimon ko‘ndalang kesimli
yog‘ochning diametri kichik diametri bo‘yicha aniqlanadi. Uning o‘rtacha
diametri 14 sm dan 26 sm gacha oraliqlarda bo‘ladi va ayrim hollarda undan katta
ham bo‘lishi mumkin. Diametrlarni o‘zgarish gradatsiyasi 2 sm ni tashkil qiladi.
Uning o‘rtacha diametrini quyidagi ifoda orqali aniqlash mumkin:
do
‘r d 0,5l
(1.1)
Diametri 13 sm dan kichik bo‘lgan yog‘ochlar vaqtinchalik inshootlar qurilishida
ishlatiladi.
Qirrali yog‘och materiallari - arralangan yog‘och materiallari yog‘ochni
tilish ramalarida yoki aylanma tilish stanoklarida yog‘ochni bo‘ylamasi bo‘ylab
arralash natijasida hosil qilinadi. Ular standart 0,25 m gradatsiya bilan 1 m dan 6,5
m
gacha bo‘lgan o‘lchamlarda bo‘ladi. YUk ko‘taruvchi konstruksiyalar uchun
yog‘och taxtaning kengligi 60 mm dan 250 mm gacha, qalinligi 11 mm dan 100 mm
gacha bo‘ladi.
Bruscha -qalinligi 50mm dan 100 mm gacha, kengligi 100 mm dan 175 mm
gacha bo‘ladi.
Brus - qalinligi va kengligi 125 mm dan 250 mm gacha bo‘ladi.
YOg‘ochning tuzilishi, butoqlari va sifati uning kelib chiqishi bilan
aniqlanadi. Daraxt sifatida kelib chiqishi va o‘sishi natijasida yog‘och trubasimon
qatlam -tolali tuzilishga ega bo‘ladi.
YOg‘och qurilish materialining sifati, asosan yog‘ochning bir jinslilik
darajasi bilan aniqlanadi. Bir jinsli bo‘lmagan tuzilishi yog‘ochni o‘sishi
jarayonida, yog‘och materiallarini omborda saqlash jarayonida, quritish, qayta
ishlash va ishlatish jarayonida vujudga keladi.
YOg‘ochning sifatini buzadigan, bir jinsliligini o‘zgartiradigan omil - bu
butog‘lardir. Butog‘lar yon shoxlari natijasida vujudga keladi. Konstruksiyaviy
yog‘och materiallarining sifati, toifalari bilan belgilanadi. YOg‘och materiali
uchta toifalarga bo‘linadi .Birinchi toifa yog‘och materialida 20sm uzunlikda
butog‘lar diametrlari yig‘indisi d (14)b dan kichik bo‘lishi va 1 metr
masofadagi tolalar yo‘nalishi qiyaligi 7% ga teng, yoki kichik bo‘lishi kerak (7
i). O‘rtacha mustahkamlikka ega bo‘lgan ikkinchi toifa yog‘och materiallarida
uzunligi bo‘yicha 20 sm dagi butog‘lar diametrlari yig‘indisi d (13) b dan kichik
bo‘lishi va 1 metr masofadagi tolalar yo‘nalishi qiyaligi 10% ga teng yoki kichik
bo‘lishi kerak (10 i, bu erda: i-nishablik). Uchinchi toifa yog‘och materiallarida
esa, d (12) b dan kichik bo‘lishi va tolalar qiyaligi 12% dan katta bo‘lmasligi
kerak.
Birinchi toifa yog‘och materiallari eng asosiy yuk ko‘taruvchi
konstruksiyalarni tayyorlashda, ko‘proq cho‘zilishga ishlovchi elementlarda,
ikkinchi toifa yog‘och materiallari - boshqa o‘rtacha kuchlangan yuk ko‘taruvchi
konstruksiya elementlarida, uchinchi toifa yog‘och materiallari esa kam
kuchlangan to‘shama va qoplamalarda ishlatiladi. YOg‘ochning xossalari asosan
uning tuzilishi bo‘yicha aniqlanadi. YOg‘och, xususiy og‘irligi bo‘yicha engil
konstruksiyaviy materiallar sinfiga kiradi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə