Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilish uchun noturar joyning ijara xarajatlarini qoplash tartibi



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə12/33
tarix01.10.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#125256
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
312 07.06.2022

5-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilish uchun noturar joyning ijara xarajatlarini qoplash tartibi
26. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yosh fuqaroga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha bo‘lgan qismi hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga 6-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ijaraga beruvchi tashkilotga qoplab beriladi.
27. Noturar joyning ijara xarajatlarini qoplash uchun ariza beruvchi Vasiylik kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tadbirkorlik subyekti guvohnomasi nusxasi yoki o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi matritsali shtrix kodli (QR-kod) ma’lumotnoma;
ijara shartnomasining soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnoma;
ijara shartnomasi nusxasi. Bunda ijara shartnomasida ijaraga beruvchining nomi, STIR, ijara muddati, ijaraning bir oylik va umumiy to‘lovi miqdori ko‘rsatilishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi faoliyat yuritib kelayotgan mahalladagi hokim yordamchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Hokim yordamchisi besh ish kuni ichida ijara xarajatlarini qoplash haqidagi tavsiyanomani yoki rad etish haqida xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda, ijara xarajatlarini qoplashni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslantirishi talab etiladi.
Agar hokim yordamchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida ko‘rib chiqmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.
28. Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan ijara xarajatlarini qoplash haqida qaror qabul qilinganda ariza beruvchi bino va inshootdan foydalanayotganligi to‘g‘risida ijaraga beruvchi bilan har oy yakuni bo‘yicha tuziladigan va keyingi oyning 5-kunigacha taqdim etiladigan hisob-faktura va dalolatnomaga asosan Vasiylik kengashi bino va inshootning ijara haqi uchun to‘lovni uch ish kuni ichida ijaraga beruvchining hisob raqamiga o‘tkazadi.
29. Hokim yordamchisi ijaraga olingan bino va inshootning ijaraga oluvchi tomonidan haqiqatda foydalanilayotganligini har oyda kamida bir marta monitoring asosida o‘rganadi.
O‘rganish jarayonida ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga olingan bino va inshootdan foydalanilmayotganligi aniqlangan taqdirda, hokim yordamchisining taqdimnomasiga asosan ijara to‘lovi uchun subsidiya berish to‘xtatiladi.
6-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratish tartibi
30. Tadbirkorlik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskuna yoki mehnat qurollari (motokultivator, o‘t o‘rish o‘roq mashinasi, perforator, payvandlash apparati, o‘simliklarga ishlov berish qurilmasi, duradgorlik, chilangarlik uskunasi, qurilish uskunasi, kompyuter jamlanmasi va boshqalar)ni xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga 7-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi.
31. Asbob-uskuna yoki mehnat qurollari uchun subsidiya ajratish uchun ariza beruvchi Vasiylik kengashiga unga zarur bo‘lgan asbob-uskuna yoki mehnat qurollarining turi, miqdori, tovarning markasi, taxminiy xarid narxi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi hokim yordamchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Hokim yordamchisi besh ish kuni ichida asbob-uskuna yoki mehnat qurollari uchun subsidiya ajratish haqidagi tavsiyani yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda, subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.
Agar hokim yordamchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida ko‘rib chiqmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.
32. Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganda asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini yetkazib beruvchi tashkilot davlat xaridlarining elektron tizimi orqali besh ish kuni ichida aniqlanadi, asbob-uskuna yoki mehnat quroli yetkazib beruvchi tashkilot tomonidan taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashining ishchi organi va ariza beruvchi o‘rtasida tuziladigan dalolatnoma asosida ariza beruvchiga uch ish kuni ichida topshiriladi.
33. Ariza beruvchiga ajratilgan subsidiya asosida xarid qilingan asbob-uskuna yoki mehnat qurollaridan samarali foydalanilayotganligi, uning texnik holati sozligi kafolat muddati davomida hokim yordamchisi tomonidan o‘rganiladi.
34. O‘rganish davomida asbob-uskuna yoki mehnat qurollaridan ish faoliyatida foydalanilmaganligi aniqlangan taqdirda, Vasiylik kengashi tomonidan ariza beruvchidan subsidiya asosida berilgan asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini qaytarish choralari ko‘riladi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə