Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish kurslari xarajatlarini qoplash tartibi



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə11/33
tarix01.10.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#125256
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
312 07.06.2022

2-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish kurslari xarajatlarini qoplash tartibi
16. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga 3-ilovadagi sxemaga muvofiq o‘qitish xizmatini ko‘rsatgan nodavlat ta’lim tashkiloti yoki kasb-hunarga o‘qitish markaziga qoplab beriladi.
Bunda yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi, biroq bir oygacha, bir oydan ikki oygacha, ikki oydan ortiq muddatli o‘quv kurslari uchun tegishlicha BHMning 4, 8, 12 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.
O‘quv kurslari xarajatlarining qolgan qismi ariza beruvchi tomonidan nodavlat ta’lim tashkilotiga to‘lab beriladi.
17. Tadbirkorlikka yoki kasb-hunarga o‘qish istagida bo‘lgan ariza beruvchi o‘qitish kurslari xarajatlarini qoplashni so‘rab Vasiylik kengashiga o‘zi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etadi.
Shartnomada ta’lim tashkilotining nomi, STIR, o‘quv kursi yoki o‘qitiladigan kasb-hunar nomi, o‘quv kursining bir oylik to‘lovi miqdori va umumiy muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi hokim yordamchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Hokim yordamchisi besh ish kuni ichida o‘qish xarajatlarini qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish haqidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda subsidiya ajratishni rad etish haqidagi xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.
Agar hokim yordamchisi murojaatni unga kelib tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida ko‘rib chiqmasa yoki o‘qish xarajatlarini qoplashni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu Nizom talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.
Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan o‘qish xarajatlarini qoplash haqida qaror qabul qilingandan so‘ng uch ish kuni ichida o‘quv kursi uchun belgilangan mablag‘lar ariza beruvchining o‘qiganligini tasdiqlovchi hisob-faktura va dalolatnomaga asosan ta’lim tashkilotining hisob raqamiga o‘tkazib boriladi.
18. Hokim yordamchisi ariza beruvchi haqiqatda o‘quv kursida o‘qiyotganligini har oyda kamida bir marta monitoring asosida o‘rganadi.
O‘rganish jarayonida ariza beruvchi o‘quv kursida o‘qimayotganligi aniqlangan taqdirda, hokim yordamchisining taqdimnomasiga asosan o‘quv kursi xarajatlarini qoplash to‘xtatiladi.
3-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi
19. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursining xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq o‘qitish xizmatini ko‘rsatgan davlat va nodavlat ta’lim tashkilotiga subsidiya ajratiladi.
O‘qish xarajatlarining qolgan qismi ariza beruvchi tomonidan ta’lim tashkilotiga to‘lab beriladi.
20. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursida o‘qish istagida bo‘lgan ariza beruvchi o‘qitish kurslari xarajatlari uchun subsidiya ajratishni so‘rab Vasiylik kengashiga o‘zi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etadi.
Shartnomada ta’lim tashkilotining nomi, STIR, o‘qitiladigan toifa nomi, o‘quv kursining bir oylik to‘lovi miqdori va umumiy muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida murojaatni ko‘rib chiqadi va o‘qish xarajatlarini qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.
Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida ko‘rib chiqmasa yoki o‘qish xarajatlarini qoplashni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.
21. Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan o‘qish xarajatlarini qoplash haqida qaror qabul qilingandan so‘ng uch ish kuni ichida o‘quv kursi uchun belgilangan mablag‘lar ariza beruvchining o‘qiganligini tasdiqlovchi hisob-faktura va dalolatnomaga asosan ta’lim tashkilotining hisob raqamiga o‘tkazib boriladi.
22. Mahalladagi yoshlar yetakchisi ariza beruvchining haqiqatda o‘quv kursida o‘qiyotganligini har oyda kamida bir marta monitoring qilib boradi.
O‘rganish jarayonida ariza beruvchi o‘quv kursida o‘qimayotganligi aniqlangan taqdirda, yoshlar yetakchisining taqdimnomasiga asosan o‘quv kursi xarajatlarini qoplash to‘xtatiladi va to‘langan summa belgilangan tartibda undiriladi.
4-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan dehqonchilik va tomorqa xo‘jaligini yuritish bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibi
23. Tomorqa yer egasi bo‘lgan yoki dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun, shu jumladan, yangi o‘zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarida 0,1 gektardan 1 gektargacha yer maydoni ajratib berilgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun BHMning 8 baravarigacha miqdorda hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi.
Subsidiya ajratish uchun ariza beruvchi Vasiylik kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ariza beruvchining egaligida yoki foydalanishida bo‘lgan erga nisbatan huquqini tasdiqlovchi hujjat (ijara shartnomasi va boshqalar);
urug‘lik va ko‘chatlarni xarid qilish bo‘yicha yetkazib beruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma nusxasi. Shartnomada yetkazib beruvchining nomi, STIR, xarid qilinadigan mahsulot nomi, to‘lov summasi ko‘rsatilishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi faoliyat yuritib kelayotgan mahalladagi hokim yordamchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
24. Hokim yordamchisi yoshlar yetakchisi va tegishli soha mutaxassislari bilan birgalikda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ariza beruvchining murojaati tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida joyiga chiqqan holda ariza beruvchining tomorqa erida yoki dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun ajratilgan ekin maydonida urug‘lik va ko‘chatlar ekish uchun mavjud sharoitni o‘rganadi.
Hokim yordamchisi o‘rganish natijalariga ko‘ra, ariza beruvchining tomorqa eriga yoki dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun ajratilgan ekin maydonida urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun subsidiya ajratish haqidagi tavsiyanoma yoki rad qilish to‘g‘risidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga kiritadi. Bunda subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.
Agar hokim yordamchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh kuni ichida ko‘rib chiqmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.
25. Vasiylik kengashining qaroriga asosan uch ish kuni ichida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya yetkazib beruvchi tashkilotning hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə