Yoshlarda milliy tarbiya shakllanishining psixologik qonuniyatlari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix05.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#125342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
yoshlarda-milliy-tarbiya-shakllanishining-psixologik-qonuniyatlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
218 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 

tarbiyaning milliy fazilatlariga nisbatan yoshlarimizni odatlantish bo‘yicha 
zamonaviy mashqlar ishlab chiqish; 

tarbiyaning psixologik qonuniyatlari bo‘yicha metodik qo‘llanmalar yaratish 
va mazkur sohada faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar va ota-onalarga yetkazish

milliy 
tarbiyaning 
tayanch 
kompetensiyalarini 
yoshlarimizda 
shakllantirishning pedagogik talbalarini ishlab chiqish; 

Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyada ko‘rsatilgan vazifalar bo‘yicha 
barcha davlat va nodavlat tashkilotlari orasidagi amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; 

Ota-onalarga farzand tarbiyasi bo‘yicha zamonaviy metodlar bo‘yicha xaqchil 
sodda tildagi darsliklar va qo‘llanmalarni tayyorlab berish. 
Bugun har bir ota-ona pedagog bo‘lishi lozim tarbiya metodlarini puxta 
o‘zlashtirmog‘i lozim, chunki farzand ta’lim-tarbiyasiga tikilgan sarmoya eng yaxshi 
va eng kafolatli sarmoyadir. 
Pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov [6] o‘zining “Bugungi har bir 
ota-ona pedagog bo‘lishi kerak” deb nomlangan maqolasida bugungi ota-onalarning 
farzand tarbiyalashdagi ta’sirchan metodlar to‘g‘risida quyidagi qarashlarini ilgari 
suradi. Jumladan olimni ta’kidlashicha farzand tarbiyasidagi eng ta’sirchan metod bu- 
o‘rgatish
metodi. Chunki uning ichida 
tushuntirish
ham bor, 
suhbat
ham bor, 
ko‘rsatish
ham bor, 
aytish
ham bor, 
namuna
ham bor.
Shuni unutmasligimiz kerakki, yurt kelajagi, vatanimiz taraqqiyoti va 
xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimiz va yoshlarimizning bugun 
qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liqdir. Shu sababli mazkur masaladagi asosiy 
psixologik talablardan biri [7], har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola 
timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, 
unib-o‘sib kelayotgan yoshlarni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, 
ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining 
asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə