Yoshlarda milliy tarbiya shakllanishining psixologik qonuniyatlari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix05.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#125342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
yoshlarda-milliy-tarbiya-shakllanishining-psixologik-qonuniyatlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
211 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 
farzand tarbiyasi uchun tayanch fazilatlarni shakllantirish, mazkur fazilatlarga ularni 
odatlantirish, tarbiyada 
tushuntirish/ko‘rsatish/o‘rgatish/namuna
bo‘lish kabi 
ta’sirchan pedagogik-psixologik usullarni isloh qilish va shu orqali milliy, ma’naviy 
tarbiya tizimini yanada rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Milliy tarbiya haqida gap ketganda beixtiyor taniqli ma’rifatparvar Abdulla 
Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo 
saodat - yo falokat masalasidir” [1] degan chuqur ma’noli so‘zlari inson e’tiborini 
tortadi. Ko‘plab olimlar o‘z tadqiqotlarida ma’naviy tanazzulning asosiy omillari 
bo‘yicha qator izlanishlar olib borishdi, har xil qiziqarli tahliliy ma’lutolar ilmiy 
asoslandi, lekin bularning ichida odamni tashvishga soladigan bir qaraganda 
e’tiborsizdek tuyiladigan, lekin oqibati tanazzulga, johillikka olib boradigan bir omil, 
ya’ni oilada farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik, uning psixologik qonuniyatlarini 
bilmaslik illati millatning ma’naviy tannazulining asosi desak hecham mubolag‘a 
bo‘lmaydi. 
Xo‘sh nega bugun ota-onalar farzand tarbiyasiga e’tiborsiz? Farzand tarbiyasi 
bilan shug‘ullanishiga qanday omillar to‘sqinlik qilyapti? Ota-onalar farzand 
tarbiyalash metodlarini biladimi? Ota-onalar farzand tarbiyasida qanday psixologik 
qonuniyatlardan foydalanayapti? Mazkur savollar bizni masala yuzasidan hamma 
uchun bir tildagi optimal javoblar topishdek mas’uliyatli vazifani qo‘ymoqda. Bugun 
butun dunyoda inson kapitali uchun kurash, eng katta sarmoya farzandni yaxshi 
bilimli bo‘lishiga, tarbiyasiga tikilayotgan bir vaqtda bizda farzand tarbiyasiga 
e’tiborsizlik, uning pedagogik va psixologik qonuniyatlari bilan hisoblashmaslik kabi 
illat va tahdidlar ko‘proq ko‘zga tashlanib bormoqda.
Oilada farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik illati bir qator qarorlarda jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3160-sonli [2], 
2019 yil 3-maydagi PQ- 4307-sonli[3], 2021 yil 26 martdagi PQ- 5040-sonli 
Qarorlari[4] va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31-
dekabrdagi 1059-sonli[5] qarorida ichki tahdid sifatida qayd qilinib, mazkur 
tahdidlarni yuzaga keltiruvchi pedagogik, psixologik omillar bo‘yicha tadqiqotlar olib 
borish, mazkur tahdidlarga nisbatan psixologik-g‘oyaviy kurash olib borish vazifasi 
qo‘yildi. 
Yuqoridagi masalani nechog‘lik xavotirli va dolzarbligi to‘g‘risidagi 
mulohazalarni asoslashda biz tomonimizdan bugungi murakkab mafkuraviy 
jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish, baholash, ustuvor 
yo‘nalishlarni aniqlab, ularning aholi turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganish va zarur 
maqsadli va manzilli psixologik tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan milliy 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə