Yoshlarda milliy tarbiya shakllanishining psixologik qonuniyatlari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix05.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#125342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
yoshlarda-milliy-tarbiya-shakllanishining-psixologik-qonuniyatlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
210 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 
tizimiga ham o‘zining aniq, qat’iy talablarini qo‘ymoqda. Ushbu talablar doirasida 
davlatimizda ta’lim sohasida pedagoglarning moddiy-ma’naviy sharoiti tubdan 
yaxshilanib, ta’lim sifatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari joriy qilinmoqda. 
Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki jarayon 
o‘zaro uyg‘un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, 
yuksak ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, 
keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lgan 
vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini milliy va zamonaviy asosda 
ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun 
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, 
fazilatlar va asosli psixologik qonuniyatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda. 
Milliy tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni 
kafolatli shakllantirishda uning psixologik qonuniyatlarini o‘rganish, mazkur 
masalada oila, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy 
ta’lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga 
chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik hamkorlik va uzviylikni yangi darajaga 
ko‘tarishni taqozo etadi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, Vatanga sadoqat, burch va mas’uliyat, 
tashabbuskorlik va boshqa fazilatlar yoshlar ongida nazariy tushunchalar sifatida 
qolib ketgani holda uning xarakterida, psixologik qonuniyat sifatida namoyon 
bo‘lmayapti, mazkur fazilatlarga nisbatan amaliy odatlar sifatida shakllanmayapti. 
Buning oqibatida ularning ushbu fazilatlar haqidagi so‘zlari bilan amallari orasida 
tafovut namoyon bo‘lmoqda, bu esa har yili mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigit-
qizlarning hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida bir qator muammolarni yuzaga 
keltirmoqda. 
Ayrim o‘quvchi-yoshlarda yuksak maqsadlarning shakllanmaganligi, o‘zini 
o‘zi o‘qishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat fazilatlari yetarli 
rivojlanmaganligi ta’lim sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Masala yuzasidan adabiyotlar tahlili milliy va ma’naviy tarbiya sohasida 
o‘qituvchilarning faoliyatini metodik ta’minlovchi o‘quv materiallari, shu jumladan, 
milliy va ma’naviy tarbiya sohasiga oid metodik qo‘llanmalar, o‘quvchilar uchun 
zarur darsliklar yetarli emaslini ko‘rsatmoqda. 
Shu munosabat bilan bugungi globalashuvning shiddatli va axboriy sharoitida 
milliy tarbiyaning ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarini tadqiq qilish orqali oiladada 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə