Yoshlarda milliy tarbiya shakllanishining psixologik qonuniyatlari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix05.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#125342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
yoshlarda-milliy-tarbiya-shakllanishining-psixologik-qonuniyatlari

w
www.oriens.uz
January 
2022
 
Ammo bugun qaysidir davrada shu haqda fikr bildirilsa aksariyat ota-onalarda 
masalaga daxldorlik bilan emas, aksincha o‘z loqaydliklarini xastpo‘shlash uchun 
sizga: “Hozir zamon juda qiyin bo‘lyapti, tirikchilik uchun yugurmasang bo‘lmasa!”, 
“Nima qilay bolalarim yeyman, ichaman deydi, kiyim kechagini aytmaysizmi, bizga 
oson emas...”, “Ha endi o‘zi omon bo‘lsa, tarbiyasi bir gap bo‘lar...” deb javob 
berishadi. 
“Ha endi o‘zi omon bo‘lsa, tarbiyasi bir gap bo‘lar...” aynan mana shunday 
beparvolik, e’tiborsizlikning ortida butun bir millatning ma’naviy tanazzuli 
naqd.
 
Shunday ekan bugun mazkur masalani har bir ota-ona bu borada olib 
borayotgan ishlariga bir nazar tashlab ko‘rishlari lozim. Zero, bugun ilm-fan va ta’lim 
izchil rivojlanib borayotgan bir davrda hech shak-shubhasiz tarbiya ta’limning 
asosida turishi shartdir. Shunday ekan, ilm-fan ta’lim-tarbiya asosida olib borilishi 
maqsadga muvofiqdir.
Qolaversa 
ota-onalarni 
farzand 
tarbiyasi 
mas’uliyati 
to‘g‘risida 
Konstitutsiyamizning 64-moddasida ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga 
qadar 
boqish
va 
tarbiyalashga
majburdirlar, degan qoida mustahkamlab qo‘yilgan. 
Bundan tashqari, farzandining tarbiyasi bilan qiziqmagan, yetarlicha 
g‘amxo‘rlik ko‘rsatmagan ota-onalar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi bilan ayblanadilar. 
E’tibor qilib qaraladigan bo‘lsa, 
“ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga 
yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar”
, deyilgan moddaga bu 
yerda ikki majburiyat borligini ko‘rasiz. Biri - 
boqish
, ikkinchisi - 
tarbiyalash

Bizda bola boqish muammosi, ya’ni bolamga nima yedirib-ichirsam ekan, degan 
muammo yo‘q. Buning tasdig‘iga mamlakatimizda har ikkinchi oilada mashina 
turgani; AQShning Kaliforniya universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotlarda 
jahonning eng baxtli 158 ta mamlakati orasida O‘zbekistonimizning 44-o‘ringa 
chiqqanining o‘zi javob. 
Demak bugungi kunda ota-onalar ko‘proq tarbiyalashning psixologik 
qonuniyatlari, pedagogik talablari, mezonlari va metodlari haqida ko‘proq o‘ylashlari 
lozim. 
XXI asrda barkamol farzand tarbyasining negizi sifatida oila (ota-ona), maktab 
(pedagog), mahalla (qo‘ni-qo‘shni, nuroniylar, mahala faollari), ijtimoiy muhit 
(tengqurlari, atrofidagi insonlar) o‘z mavqeini saqlab qolaveradi.
Barkamol kelajak bunyondkorlarini tarbiyalashda quyidagi psixologik va 
pedagogik jihatlarga alohida ahamiyat berish juda muhim hisoblanadi: 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə