Yusuf Xos Hojib 1s-mavzu. Didaktika-pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida



Yüklə 162,29 Kb.
səhifə18/19
tarix23.12.2023
ölçüsü162,29 Kb.
#157247
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Maktabdan tashqari ta’lim.

Bolalar va o‘smirlarning ta’limga bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shu- ningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy, estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etadilar.
Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish, uning tuzilmasi va mazmun-mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
• ta’lim berish va kamol toptirishga yo‘naltirilgan xizmatlar ko'rsatuvchi muassasalar tarmog'ini kengaytirish va bunday xizmat­lar turlarini ko'paytirish;

  • milliy pedagogik qadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilg‘or tajribani inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chi- qish;

  • o'quvchilaming bo‘sh vaqtini tashkil etishning, shu jumiadan ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizimining, xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari va shakllantirishni tikiash hamda amaliyotga joriy etish.

    1. Ta’lim paradigmalari

Paradigma - (yunoncha paradigma - namuna, o‘rnak ma’no- larini anglatadi) - ilmiy muammolarni hal etish namunasi sifati- da qabul qilingan nazariya. Masalan, tug‘ilish nazariyasiga tegishli muammolarni aksariyat hollarda differensial tenglamalar nazariyasi yutuqlari orqali hal qilinadi yoki talaba-yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalash milliy g‘oyalar asosida hal etiladi va hokazo.
Pozitivist-tadqiqotchi R.Berkman ilmiy metodologiyadagi me’yor- ni tavsiflash uchun birinchi bo‘lib paradigma tushunchasini qo‘lladi. Lekin amerikalik fan tarixchisi G.Kun o‘zining «Ilmiy revolutsiya- lar strukturasi» asarini e’lon qilganidan so‘ng, paradigma tushuncha- si yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi. G.Kun ilmiy revolutsiya nazariyasini ishlab chiqish jarayonida qator tushunchalarni iste’mol uchun taklif etdi. «Paradigma» deyilganda, ma’lum davr ichida ilmiy jamoatchilik ilmiy muammoni qo‘yish va hal etish namunasi bo‘lib xizmat qiladigan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan ilmiy naza- riyani tushunadi.
G.Kunning fikricha, paradigmalarning almashinuvi ilmiy revolu- tsiyaga olib keladi va u ilmiy jamoatchilik birligini ta’minlaydi. Shu sababli ham ilmiy jamoat ma’lum paradigmani e’tirof etgan olimlar- dan tashkil topadi. Paradigma u yoki bu fan sohasining asosiy muam- mosini tashkil etib, darsliklar va olimlarning mumtoz (klassik) asar- larida o‘z ifodasini topadi. G. Kun bunga misol qilib Arastu dialekti- kasini, Ptolemey astronomiyasi va Nyuton mexanikasini qayd etadi.
Demak. A.Navoiyning komil inson haqidagi ta’limoti, Abu Nasr
Forobiyning fozil odamlar shahri haqidagi ta’limoti, al-Xorazmiyning sonlar nazariyasida buyuk inqilob («0» - nol sonini arab raqam- lariga (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) qo‘shib, pozitsion sanoq sistemasi- ni kashf qilganligi) yasaganligi, ayniqsa, «algoritm» terminining fan- ga iste’molga kiritilishi, V.Q. Qobilovning algoritmlash nazariyasi va shu kabi ta’limotlar ham paradigmaga misol bo‘la olar ekan.
Fan ilmiy namunani universal qonunlar orqali konkret hodisalar- ga tadbiq etish asosida rivojlanadi. Masalan, kibernetika, informatika, sinergetika, globalistika, sun’iy tafakkur, ijtimoiy psixologiya fanla- rini olib qaraylik.

Yüklə 162,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə