Yusuf Xos Hojib 1s-mavzu. Didaktika-pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida



Yüklə 162,29 Kb.
səhifə11/19
tarix23.12.2023
ölçüsü162,29 Kb.
#157247
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Tashkil etish - qo‘yilgan maqsadni yaxshi amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo‘yicha tartib- langan didaktik jarayon.
Shakl- o‘quv jarayonining mavjudlik usuli, uning ichki mohiya- ti, mantiqi, mazmuni uchun qobiq.
Metod - o‘qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo‘li. Metod (yunoncha - aynan nimagadir yo'l) maqsadga erishish yo‘lini bildiradi. Muayyan ma’noda tartibga solinadigan fao­liyat.
Metodika - bu metodikaga tegishli, qat’iy ketma-ketlikka (algo- ritmik xarakterga), ilgaridan o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilishdir. U biror ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi.
Pedagogika fani sohasida ma’lum o‘quv fanini o'qitish qonuni- yatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, matematika fanini o‘qitish metodikasi, tarbiyaviy ishlar metodikasi va shu kabilar.
Vosita - o‘quv jarayonini predmetli qo‘llab-qo‘vvatlanishi. Vosi- talarga cfkituvchiningjonli nutqi, keng ma’noda uning mahorati, dars- liklar, sinf jihozlari va boshqalar.
Natija - dars mashg‘ulotlari jarayonida rejalashtirilgan xulosaga kelingan va ta’limning ma’lum muayyan jarayonidan olingan yakuniy natijasidir. Natija (mahsul)lar - o‘quv jarayonining so‘nggi natijasi, belgilangan maqsadlarning amalga oshganlik darajasi.
Natijani o‘zlashtirish - olingan natijalarni amaliy о‘zlashtiri 1 ishiga tayyorlashjarayonidan iboratdir. ya’ni, iste’mol uchun tayyorlash. Bun- ga tadqiqotchi ishtiroki muhim rol o‘ynaydi, chunki kerak bo‘lganda ayrim tuzatishlar kiritish har kimning qo‘lidan kelavermaydi.
Didaktik vositalar va tarqatma materiallar - bu fanni o‘qitishda zarur bo‘lgan jihozlar, kompyuterli vositalar, modellar va maketlar, ko'rgazmalar va texnik vositalar, asbob-uskunalar va mahsulotlardir. Shuningdek, o‘qitish jarayonida o‘qituvchi tomonidan qo'laniladigan
tarqatma material lar. Ular: kartochkalar, savolnomalar, yo‘riqnomalar, qiziqarli savol va topshiriqlar, amaliy ishni tashkil etish bo‘yicha tex- nologik xaritalar va hokazolardan iborat bo‘ladi.
Professor B.Ziyomuhammadovning ijod mahsulida didaktik materiallar - pedagog tomonidan har bir darsga alohida tayyorlan- gan, dars mazmunini to‘la ifodalash va o‘quvchi-talabalar dars maz- muniga yaxshi tushunib yetishlari uchun xizmat qiladi, deb qayd eti- ladi. Bularga turli ko‘rgazmali qurollar, turli muammoli vaziyatlarni yaratuvchi moslamalar, o‘yinlar va hokazolar kiradi. Didaktik mate­riallar ham didaktikaning tamoyillariga mos ravishda yaratiladi. Dars jarayoni faqat usul va uslublar orqali amalga oshirilib, darsning ajral- mas qismi hisoblanadi. Pedagogsiz va talabasiz hamda o‘quv dasturi va rejasiz dars o‘tib bo'lmagani kabi, pedagogik usullar va uslublarsiz darsni amalga oshirib bo‘lmaydi.

Yüklə 162,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə