Yusuf Xos Hojib 1s-mavzu. Didaktika-pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida



Yüklə 162,29 Kb.
səhifə7/19
tarix23.12.2023
ölçüsü162,29 Kb.
#157247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Maxsus ma’noda «Ta’lim oluvchi < - ta’lim beruvchi» darajasi- da ta’lim sifati - bu muntazam ravishdagi o‘lchamlar asosida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning o‘zaro munosabatini, ta’lim oluv- chilar faoliyati, ta’lim natijalarining ta’lim tarbiyasiga mosligini bel- gilovchi darajadir.
Umumiy ma’noda «Ta’lim oluvchi «-> ta’lim muassasasi» daraja- sida ta’lim sifati - bu tizimli va kvalimetrik ko‘rinishlarda muntazam o'lchamlar asosida aniqlanadigan ta’lim-tarbiya natijalarining moslik darajasidir.
Ta’lim standard - bu standart tekshirish usullariga muvofiq kela- digan va o'qitish sifatining standart ko'rsatkichlari bilan ifodalan- gan mazkur ta’lim turida ta’lim oluvchini o‘qitish va tarbiyalashda qo‘yiladigan talablar ko‘rsatkichlarining mazmuni.
Ta’lim tamoyillari - bu o‘qituvchining faoliyatini va ta’lim oluv- chining bilish faoliyati xususiyatini belgilovchi asosdir. Ta’lim tamo­yillari ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatining muhim ichki tomonlarini aks ettiradi hamda turli shaklda, turli mazmunda va har xil yo‘sinda tashkil etiladigan ta’limning samaradorligini belgilaydi. Shuning uchun ta’lim tamoyillari ta’lim berishning ma’lum obyektiv qonuniyatlarini o'zida aks ettiradi.
Didaktik tamoyillar - bu ta’lim jarayoni qonuniyatlari, mazmu-
nj va metodlarini belgilab beruvchi o'qitish tamoyillaridir. Shuning uchun ham o'qituvchimng pedagogik mahorati va ta’lim oluvchi- ning o'rganuvchanlik faoliyatini bir qolipga solib, belgilangan maq- sadga erishishni ta’minlaydigan qoidalar majmuasi ta’lim jarayonida qo'Uaniladigan didaktik tamoyillar mohiyatini tashkil etadi.
Didaktik tamoyillar nazariy va amaliy ta’limida maqsad, mazmun, metodlar, tashkil etish shakllari, o'qitish vositalari va usullari; meh- natva tarbiyaviy faoliyat; ta’limning turli bosqichlari hamda pedago­gik va mehnat jarayonlari; ta’lim oluvchilarning jamoaviy rivojlanis- hi va har birining alohida rivojlanishi o'rtasidagi aloqadorliklarni aks etiradi.

Yüklə 162,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə