Yusuf Xos Hojib 1s-mavzu. Didaktika-pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida



Yüklə 162,29 Kb.
səhifə9/19
tarix23.12.2023
ölçüsü162,29 Kb.
#157247
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Ilmiy bilimlar, obyektiv olamni ancha to‘g‘ri (batafsil) ifodalaydi. Ular doimiy emas, ular o‘zgarib, rivojlanib, takomillashib boradi va natijada doimiy iste’moldagi bilimga aylanadi, ya’ni tadrijiy (evolu- tsion) tarzda rivojlanib turadi. Bilimlar asosida talabalarning kuzatuv- chanlik, sinchkovlik, tafakkur, xotira singari bilish qobiliyatlari rivoj- lanadi, ularda e’tiqod hosil bo‘ladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruv- chi g‘oyalar tizimi tarkib topadi.
Bilimlar banki - bu ma’lumotlar majmualarini bo'lajak muta- xassislarni tayyorlashdagi o‘quv rejasidagi fanlar bloklari bo‘yicha tizimlarga ajratib, ular asosida shakllantirilgan bilimlar majmuyi. Shuningdek, bilimlar banki - bu izlanuvchilar tomonidan bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha kompyuter xotirasiga kiritilgan nazariy va ama­liy ma’lumotlar to'plami hamdir.
Bilimlar bazasi - muayyan bir soha (yo‘nalish, fan, bob, bo‘lim, mavzu, tushuncha va shu kabilar) bo‘yicha to'plangan bilimlar va ularning kompyuter xotirasida mujassamlashtirilishi va qayta ishlan- gan axborotlarni saqlashga mo‘ljallangan bilimlar majmuyi.
Ko'nikma - bu o‘zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshi- riladigan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyor- likda ifodalangan ongli faoliyat. U malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim qismlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvo­fiq ravishda o‘z-o‘zidan bajarilish qobiliyatini ifodalaydi va u tala- balarda ko‘p marta takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga kela- di» [4]. Ko‘nikma - ongli faoliyat (harakat) ni tez, tejamli, to'g‘ri, kam jismoniy va aqliy kuch sarflangan holda bajarish jarayoni natija- si. U shaxsning bilimlari asosida tarkib topadi. Dastlabki shakllanish bosqichlarida bunday harakatlar jiddiy diqqat bilan bajariladi, keyingi
bosqichda diqqat bilan nazorat qilish kamayib boradi va natijada avto- matlashgan harakatga aylanadi.
Malaka - avtomatlashgan, o‘rganib qolingan, muayyan usul bilan bexato bajariladigan harakatdir. U shaxs harakatining amalga oshiri- lishi va boshqarilishining avtomatlashgan shaklidir. Shaxsning mala- kalari shu bilan xarakterlanadiki, uning harakatlari oson, tez, go‘yo o‘z-o‘zidan bajarilayotgandek bo‘ladi.
O‘qitish - o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurol- lantirish hamda ularning bilish faoliyati natijasida bu bilim, ko'nikma va malakalarni egallab olishga doir maxsus tashkil etilgan va biror maqsadga qaratilgan faoliyatdir.
U insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va fao- liyat ko‘rsatish uchun zarur bo’lgan bilim, ko‘nikma va malakala- lar yig'indisini o‘zlashtirishga qaratilgan ongli faoliyat ifodasidir. Uning natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta’minlanib, kelgusi- da turli darajadagi maxsus ma’lumotni olish imkoniga ega bo‘ladi. O‘qitishda deyarli hamma vaqt uning tarbiyaviy jihatlari yaqqol bili- nib turadi. Ta’lim maqsad, mazmun, o‘qituvchining shaxsi, talabalar- dagi o'qitishning moddiy-texnik bazasi va boshqa omillar bilan bel- gilanadi.
O‘qish - bilim, ko'nikma va malakalarni egallab olishning murakkab jarayoni bo'lib, o'quvchining intellektual, irodaviy va jis- moniy kuch-g'ayratini talab etadi hamda ularning rivojlanishini rag‘- batlantiradi.
U o'z mazmun-mohiyati jihatidan maqsad, vazifa, tamoyil, mezon va harakatlar bilan bog‘liq bo'lib, ular yordamida talabalar ma’lum bilimlarni o‘zlashtiradilar. O‘qish va uning samaradorligi talabaning har tomonlama faolligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo'ladi va bu jihatlar turli shakllarda namoyon bo'ladi. Ular: mehnat faoliyati, jamoatchilik faoliyati, kitobxonligi, kasbiy o'yinlami yaxshi ko'rishligi, o'z kas- biga oid yangi bilimlarni egallashga o'chligi va shu kabi shakllarda namoyon bo'ladi.

Yüklə 162,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə