Yusuf Xos Hojib 1s-mavzu. Didaktika-pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida



Yüklə 162,29 Kb.
səhifə5/19
tarix23.12.2023
ölçüsü162,29 Kb.
#157247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Ta’lim berish - ta’lim oluvchining intellektual salohiyatini yuk- saltirishga qaratilgan pedagogik faoliyati bo‘lib, insonning aqliy fao­liyatini rivojlantirish jarayonidir. Ta’lim berish ta’lim oluvchilarning o‘qish - o‘qitish jarayonining mazmun-mohiyatini ongli ravishda ang- lab yetishlari orqali amalga oshiriladi.
Ta’lim dasturi - o‘quv fanlarining bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qo’yiladigan malaka talablari- ga muvofiq kadrlarning zaruriy va yetarli darajadagi tayyorgarligini ta’minlovchi bloklarga jamlangan ro'yxati.
Ta’lim maqsadi - har bir pedagogik texnologiyani yaratish- ga asos bo‘lib hisoblanadi. Maqsadning zamonaviy ta’lim va tar- biya muammolarini yuqori samaradorlik bilan hal qilishga qaratilgan bo‘lishi zarur asos hisoblanadi. Biror pedagogik texnologiyani yara- tish uchun eng zarur shart shunday dolzarb maqsadni aniqlay olish- dan iborat. Bunday maqsad zarur tadqiqotlar, ijodiy izlanishlar olib borish, o'zining va boshqa mutaxassislarning ish tajribalarini chuqur tahlil qilish orqali aniqlanadi.
Raqobatbardoshlik har bir pedagogik texnologiyaning maqsad- ga muvofiqligini bozor iqtisodiyoti nuqtai nazaridan aytganda, o‘z vazifalarini ijtimoiy ehtiyojlariga muvofiq bajarayotganligi daraja- sini belgilaydi. Bunday maqsadlarning yuqori raqobatbardoshlikni ta’minlashga yo‘naltiri 1 ishi hozirgi talablardan kelib chiqadi.
Ta’lim mazmuni - insonni o‘qitish jarayonida egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko'nikma va malakalar hajmi va xarakterini tashkil etadi.
Ta’lim mazmuni belgilangan maqsadga muvofiq yo‘nalish va hajmga ega bo‘ladi. U tegishli me’yoriy hujjatlar: ta’lim standartla- ri, o‘quv reja, dasturlar shaklida rasmiylashtirilib, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi. Ta’lim mazmuni to‘g‘ri belgilanishi hamda unga zarur o‘zgartirishlar kiritish, yangilanib borish imkoniyatlari nazarda tuti- lishi lozim. Belgilangan mazmun asosida o‘quv fanlari, o‘quv soatla- ri, mashg‘ulot turlari va shu kabilar aniqlanadi.

Yüklə 162,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə