Yusuf Xos Hojib 1s-mavzu. Didaktika-pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida



Yüklə 162,29 Kb.
səhifə4/19
tarix23.12.2023
ölçüsü162,29 Kb.
#157247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Odani fiziologiyasi ta’lim jarayonida odam tana tuzilishi va nerv tizimining ishlash qonuniyatlarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning roli, ahamiyati va o'ziga xos vazifalarni ko'rsatishga yordam beradi.
Xususiy metodika alohida predmetlarni o‘qitishda ta’limning tur- li shakl va vositalarini qo‘llashning o‘ziga xosliklarini aniq hisobga olishda didaktikaga yordam beradi.

    1. Didaktikaning maqsad-vazifalari va
      asosiy tushunchalari


Didaktikaning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat.
Bularning barchasi o‘qituvchining ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlan- tiruvchi vazifalarini amalga oshirishida o‘z aksini topmog‘i lozim. Ta’lim jarayonida o'qituvchi o‘z ta’lim oluvchilariga qo‘lga kiritilgan bilimlarni o‘rgatadi. O‘quv faoliyatida ularni ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradi. Shu bilan bir paytda u ta’lim oluvchilarda dunyo- qarash va axloq me’yorlarini hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarni shakllantiradi, ularning bilish faoliigini oshiradi. O‘qituvchining fao- liyati ta’lim oluvchi shaxsining maqsadga muvofiq shakllanishiga kat- ta imkoniyatlar ochib beradi. Yanada aniq qilib aytsak, butun o‘quv jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda ta’lim oluvchilar bilan bir- galikdagi faoliyatni tashkil etadi. Ta’lim oluvchilarga qiyinchiliklar- ni yengib o’tishda yordam beradi hamda ularning bilimlarini va butun ta’lim jarayonini tashxis qiladi. O‘z navbatida, ta’lim oluvchilarning faoliyati o‘quv jarayonida o‘rganishga, bilim, ko‘nikma hamda mala- kalarni egallashga, o‘zini jamiyatga foydali faoliyatga tayyorlashga yo‘naltiradi. Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarning faoliyati ko‘p qirrali yo‘nalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat bilishga doir vazi­falarni hal qilishda ularga katta yordam beradi.
Didaktikaning asosiy tushunchalariga ta’lim, ta’lim jarayoni, ta’lim tamoyillari, ta’lim metodlari, ta’lim shakllari, ta’lim vositalari, bilim, ko‘nikma, malaka, o‘qitish, o‘qish va shu kabilar kiradi.
Ta’lim-ta’lim oluvchiga maxsustayyorlangan mutaxassislaryor- damida bilim berish va ulardagi ko‘nikma hamda malakalarni shakl- lantirish jarayoni bo‘lib, kishining shaxs sifatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi.
Ta’limning boshlang'ich (dastlabki) vazifasi ta’lim oluvchini o’qitishdan iborat. Shuning bilan birga oila, ishlab chiqarish va bosh- qa sohalarga ma’lumot berish vazifasini bajaradi.

Yüklə 162,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə