Yusuf Xos Hojib 1s-mavzu. Didaktika-pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida


Ta’lim menejmenti va marketingi -



Yüklə 162,29 Kb.
səhifə6/19
tarix23.12.2023
ölçüsü162,29 Kb.
#157247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Ta’lim menejmenti va marketingi - bu pedagogik texnologiya- ning zamonaviy ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa talablarga muvofiqligi- ni aniqlagan holda uni loyihalash, ishlab chiqarish, amaliyotga tadbiq qilish masalalarini hal qiluvchi soha.
Ta’lim menejmenti va marketingida tegishli dolzarb yo’nalish- lar aniqlanib, mutaxassislar tayyorlash uchun takliflar tayyorlay- di, tegishli tartibda biznes-rejalari tuzish va ularni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Bunday muammolar yechimlarini izlashning optimal variantini topish uchun ta’lim menejmenti va marketingi bo‘yicha chuqur va puxta bilimga ega hamda tajribali mutaxassis­lar jalb etiladi.
' Ta’lim metodi - bu ta’lim jarayonida o‘qituvchi va talabalarning aniq maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatidir.
Ta’lim metodi o‘qituvchi bilan talabalarning o‘qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yo‘lidir.
Ta’lim metodlari o‘qitishning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari- ga erishish usullarini hamda o‘quv materiallarini nazariy va amaliy yo‘naltirish yo‘llarini anglatadi.
Ta’lim monitoringi - pedagogik tizim faoliyati haqida axborot- lar yig‘ishni tashkil etish, saqlash, qayta ishlash va ularni sinfiarga ajratish tizimidan iborat bo'lib, kuzatilayotgan obyekt holatini va kelgusida uning rivojlanishi dinamikasini oldindan bashorat qilish jarayoni.
U ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasini nazorat qilish uchun ma’lumotlar yig‘ish texnologiyasi, ta’lim natijalari darajasini taqqoslash uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlar majmuasini tayyor- lashni amalga oshirishga imkon yaratadi.
Ta’lim monitoringi pedagogik tizim faoliyatidan olingan daliliy-xulosaviy natijalarni uning maqsadiga nechog‘lik mosligi- ni ko’rsatuvchi, tezkor aloqani ta’minlovchi, mustaqil boshqaruvchi vazifalarini amalga oshirishning didaktik asosi hamdir.
Ta hm sifati- bu ta’lim jarayomning turh qatnashchilarini o‘quv muassasasi tomonidan ko‘rsatilgan ta’lim xizmatlaridan qoniqish darajasi yoki ta’limda qo'yilgan maqsad va vazifalarga erishganlik darajasi.
Sifat kategoriyasi insonning obyektiv reallikni bilishdagi ma’- lum bosqichini ifodalaydi. Bilish jarayonining dastlabki bosqichida obyekt subyekt oldida o‘zining ayrim yoki bir necha xossasi bilan namoyon bo'ladi. Bevosita hissiy idrokda sifat ko'plab xossalarning majmuyi tarzida ko‘rinish beradi.
Talab etilgan darajadagi ta’lim sifatiga ma’lum ijtimoiy-peda- gogik tizim orqali erishish mumkin. Bu tizim quyidagi qism tizimlar- dan tashkil topadi: DTS; bo‘lajak mutaxassislarning me’yoriy mode- li; ta’lim sifatini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari hamda moni- toringi.

Yüklə 162,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə