Yusuf Xos Hojib 1s-mavzu. Didaktika-pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida



Yüklə 162,29 Kb.
səhifə3/19
tarix23.12.2023
ölçüsü162,29 Kb.
#157247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Xususiy didaktika - muayyan o‘quv fanlarini o‘qitishning qonu- niyatlari, usullari, vositalari, shakllari va yo‘llarini o‘rgatuvchi meto­dika (tadris) fanlari ham pedagogika fanlari turkumining asosiy soha- laridan biri bo'lib hisoblanadi. U umumiy didaktika yutuqlari asosi- da rivojlanadi va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan holda- gina takomillashib boradi. Muayyan bir fanga tadbiq etilgan didaktik qonuniyatlar, o‘sha predmetning umumiy jihatlarini qonunlashtiradi va ularda o‘qitishning universal jihatlari namoyon bo'ladi.
Didaktikaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Ta’lim jarayoni jamiyat rivojlanishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlari, odamlar faoliyati va hayotiy ehtiyojlari, zamonaviy fan-texnika taraq- qiyotining yutuqlariga hamma ta’lim oluvchilaming shaxsiy sifatlari- ga qo‘yilgan katta talablarga asoslanadi.
Didaktika sohasidagi natijalar uning oldiga yangi-yangi masalalar- ni ko‘ndalang qo‘yadi. Bu muammolarni hal qilish boshqa fan yutuq- laridan maksimal darajada samarali foydalanishni talab etadi.
Falsafa va sotsiologiya jamiyat va atrof-muhit rivojining umumiy qonuniyatlari haqidagi fanlar sifatida odamlarning hayoti va faoliya- tining ijtimoiy va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishda didaktikaga yordam beradi.
Siyosatshunoslik ta’limdagi siyosiy hodisalar va jarayonlar bilan bog‘Iiq didaktik masalalarni ochish uchun xizmat qiladi.
Etnologiya didaktikaga odamlarning milliy o‘ziga xosliklarini to‘g‘ri hisobga olishda yordam beradi, qaysiki ta’limda milliy tajriba- lar o‘ziga xos xususiyatga ega.
Pedagogik psixologiya ta’lim jarayonida bilim, ko‘nikma va mala-
kalarni egallash jarayonining psixologik qonuniyatlari va tamoyillari- ni hisobga olishga imkoniyat beradi.

Yüklə 162,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə