Yusupova Z. X


Nyutonning birinchi qonuni



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   149
Nyutonning birinchi qonuni
. Har qanday moddiy jism tinch holatini yoki bir 
maromdagi to‗g‗ri chiziqli harakatini, toki tashqi ta‘sir ushbu holatni o‗zgartirib 
yubormaganiga qadar saqlaydi. Boshqacha aytganda, har qanday jism o‗zining 
tezligini, toki unga ta‘sir ko‗rsatadigan kuch, uning mexanik holatini 
o‗zgartirguniga qadar saqlaydi. Moddiy jismning to‗g‗ri chiziqli va bir maromdagi 
harakati 
inersial
(yoki inersiya bo‗yicha 
harakatlanish
deb ataladi. 
Inersiya
– 
moddiy jismni tezlikni o‗zgartirilishiga qarshilik ko‗rsatish xususiyati hisoblanadi. 


150 
Bunday qarshilik faqatgina jismlar ma‘lum bir massaga ega bo‗lganliklari uchun 
mavjud bo‗lib, uni inertlikning miqdoriy me‘yori deb hisoblashadi. 
Inertlik
deb, 
jismni o‗z tezligini boshqa jismlar bilan o‗zaro harakati bo‗lmaganda saqlash 
xususiyatiga aytiladi. 
Nyutonning birinchi qonuni – harakat to‗g‗risidagi yetarlicha ideallashtirilgan 
tasavvur, chunki jism har qanday kuchlar bo‗lmagandagina to‗g‗ri chiziq bo‗ylab 
va bir maromda harakat qilishi mumkin. Real holatda, jismga doimo ayrim 
dissipativ kuchlar (ishqalanish kuchlari) ta‘sir ko‗rsatadi, uning ta‘siri 
harakatlanuvchi jismni oxir-oqibatda to‗xtashiga olib keladi. Bu, Nyutonning 
birinchi qonuni noto‗g‗ri degani emas, chunki agarda kuchlarning ta‘siri 
yo‗qotilmasa, gavda holatining o‗zgarishiga va xususan, uni tinch holatga o‗tishiga 
olib keladi. 
Nyutonning ikkinchi qonuni
. Harakatlanayotgan jismning tezlanishi unga 
ta‘sir qilayotgan kuchga to‗g‗ri proporsional bo‗ladi, gavda massasiga testkari 
proporsional va yo‗nalishi bo‗yicha kuchning ta‘siri yo‗nalishi bilan to‗g‗ri keladi:
m
F
a
/

Jismning impulsi yoki jism harakatining miqdori (P) deb, massani 
( m )
jismning harakati tezligiga (
v
) ko‗paytirish natijasiga aytiladi:
v
m
P

Kuchning impulsi deb, kuchning qiymatini u moddiy jismga ta‘sir ko‗rsatgan 
vaqt oralig‗iga ko‗paytirish natijasiga aytiladi. Keltirilgan belgilashlar asosida 
Nyutonning ikkinchi qonunini vektorlar moduli uchun ikkinchi shaklda tasavvur 
qilish mumkin:
)
(
mv
Ft


yoki so‗z bilan ifodalaganda: moddiy jism harakati miqdorining o‗zgarishi 
kuch impulsiga teng. 


151 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə