Yusupova Z. X



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   149
Dinamometriya.
Sport biomexanikasining maqsadi sportchilar mahoratini 
oshirish, ular tomonidan rekordlar o‗rnatilishiga erishish, shuningdek, jarohat 
olishni oldini olish, yanada optimalroq sport inventarlarini, mexanizmlarini, 
trenajyorlarini yaratishdan iborat hisoblanadi..
SHuning bilan birga, sport amaliyotida sport biomexanikasidan bevosita 
foydalaniladi. Bunga, masalan, quyidagilar kiradi:
1) jismoniy mashqlarni jismoniy tarbiyaning (JT) ma‘lum masalalarini 
echishdagi samaradorligi nuqtai nazaridan baholash;
2) jismoniy mashqlarni bajarish texnikasini o‗qitish fani sifatida yuksak 
natijalarni ta‘minlaydigan harakatlarda asosiy va etakchi qismlarni ajratgan holda 
o‗rganish;
3) jismoniy mashqlarni bajarilish sifatini baholash, xatoliklarni, ularning 
sabablarini, oqibatlarini va bartaraf etish yo‗llarini aniqlash;
4) ilg‗or tajribalarni umumlashtirgan holda sport texnikasini takomillashtirish 
va uni nazariy jihatdan asoslash;
5) sport texnikasining eng yaxshi namunalarini o‗rganish (hamma uchun 
umumiy bo‗lganlarni ham va jismoniy rivojlanishning individual xususiyatlariga 
bog‗liq bo‗lganlarni ham);
6) 
sportchi 
organizmi 
imkoniyatlarini 
oshirish 
maqsadida 
jismoniy 
rivojlanishning funksional ko‗rsatkichlarini o‗rganish.


78 
YUqorida keltirilgan vazifalarni inobatga olgan holda Sport biomexenikasi 
hamda Sport metrologiyasi fanlarini o‗rganish doirasida kuch qobiliyatlarini tahlil 
qilish analizatori (TASS) elektron dinamometr asbob uskunasidan dars 
jarayyonlarida talabalarning kuch va kuchga bo‗lgan chidamlilik, tezkorlik
sifatlarini o‗rganishda, bitiruv malakaviy ishlarini bajarishda hamda mustaqil 
izlanuvchi-ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida biomexanik natijalarga 
erishishda foydalanishlari maqsadga muvofiq bo‗lar edi.
Olingan natijalarni biomexanik tahlil qilish asosida sportchi-talabalarning kuch 
qobiliyatlarini tahlil qilish va ijobiy natijalariga erishish uchun (TASS) elektron 
dinamometr qurilmasini takomillashtirish tizimi ishlab chiqilgan. Kuch qobiliyatini 
tahlil qilish trenajyori – KQTQTA (TASS) moslamasi – kuchni o‗lchash, kuchning 
o‗zgarish tezligi, koordinatsiya va kuch chidamliligini tahlil qiluvchi ko‗p 
funksionalli zamonaviy avtonom universal trenajyor-tahlil kompyuter tizimi.
TASS ning zamonaviyligi shundan iboratki, moslamada biomexanik tizim - 
inson mushaklarining kuch rejimida ishlashi to‗g‗risidagi asosiy innovatsion 
tasavvurlari amalga oshirilgan, shuningdek, mikrosxemotexnika va kompyuter 
texnologiyasi sohasidagi so‗nggi ishlanmalar qo‗llanilgan.
TASS ning universalligi – ikkita bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan: tortish 
kuchlanishi va panjaning kuchini bir vaqtda o‗lchash mumkinligi.
TASS ning ko‗p funksionalligi – o‗lchov jarayonlari hamda trenirovkani 
nazorat qilishni birgalikda olib borish imkoniyati bilan bog‗liq.
TASS ning noyob xususiyati – zamonaviy darajadagi avtomatlashtirilgan 
o‗lchov texnikasida ilmiy ish hamda pedagogikaning o‗quv masalalari echimiga 
qaratilgan ma‘lumotlarni birlashtirish imkoniyati bor.
TASS ning analogik moslamalardan muhim farqi: 

TASS nafaqat an‘anaviy – kuchning maksimal qiymatini, balki
kuchlanishning rivojlanish dinamikasini ham o‗lchaydi. Kuchning bir lahzali 
ahamiyati to‗g‗risidagi ma‘lumot insonning kuch qobiliyatlarini raqamli tavsifini 


79 
aniqlash: kuch impulsi – differensial (kuch gradienti) va integral, shuningdek,
kuch chidamliligini nazorat qilish imkonini beradi.

TASS kuchning ayni paytdagi ahamiyatini o‗lchaydi, qayd etadi va 
kelgusida tahlil va nazorat qilish uchun uni xotirasida saqlaydi.

TASS ning tuzilishi o‗ziga xos egiluvchan element bilan ta‘minlangan 
bo‗lib, uning qattiqligi sinaluvchining mushak kuchlarining qisqarishi va 
taranglashishini aniqlaydi.

Bir tekis boshqariladigan tutib turish kengligi sinaluvchining panja 
antropometrik parametrlariga moslashishini ta‘minlaydi va bu bilan qulay holatda 
o‗lchash hamda yuqori samarali mashq qilish uchun qulay sharoitlarni yaratadi.

TASS da sinaluvchining bir joydan boshqasiga tabiiy harakatlanishini 
(radiotizim ta‘siri radiusi doirasida) saqlagan holda o‗lchashni o‗tkazishga imkon 
beruvchi radiotelemetrik tizim qo‗llanilgan.

TASSga o‗rnatilgan dastur paketi sinaluvchining kuch xususiyatlarining 
biomexanik tavsifini hisoblashga, uning rivojlanish dinamikasini baholashga, ya‘ni
trenirovkaning ta‘sirini nazorat qilishga imkon beradi. Bu insonning harakat 
faoliyati tahlili bilan shug‗ullanuvchi barcha ilmiy laboratoriya hamda trenerlik 
ishlari amaliyotchilarining birinchi o‗rindagi vazifasi hisoblanadi.
TASS moslamasi avtonom sifatida o‗lchov kompleksi tarkibida insonning 
harakat faoliyatini o‗rganuvchi va nazorat qilish ishlari bilan shug‗ullanuvchi 
o‗quv, o‗quv-tajriba va ilmiy laboratoriyalarda qo‗llanilishi mumkin.
TASSni qo‗llanishini potensial imkoniyatlari sezilarli darajada keng. 
Jumladan, 
 

kuch tayyorgarligi darajasini nazorat qilish uchun ilmiy-tajriba laboratoriya 
ishlarida; 

qator sport mutaxassisliklarida alohida mushak guruhlari kuchi, ularning 
koordinatsiyasi va kuch chidamliligini rivojlantirish uchun mashq qilish 
(trenirovka) jarayonlarida; 


80 

tibbiyotda, travmotologiyada, reabilitatsiya markazlarida, fizioterapiya 
xonalarida – kuchning joriy nazorati, funksional imkoniyatlar hamda asimmetriya
darajalarini baholashda; 

reabilitatsiya markazlarida – dastlabki holat va tiklanish darajasini nazorat 
qilish uchun; 

maktab va bolalar muassasalarida – bolalar kuchining rivojlanishi va 
normadan ortda qolishini erta aniqlashni nazorat qilish uchun; 

bolalar pedagogikasida 
– o‗z imkoniyatlarini baholash darajasi 
shakllanmagan bolalar va o‗smirlar yuklamasini nazorat qilish uchun; 

sport va ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash bosqichida hamda 
boshqarishning manual vositalari ergonomikasi, shuningdek, sport inventarlarini 
tayyorlashda; 

panjaning ushlash kuchi bo‗yicha bilim kerak bo‗lgan texnik dizayn 
sohasida; 

trenajyor zallar va fitnes-klublarda kuchlanishlarni joriy nazorat qilish va 
mashg‗ulotlar metodikasini korreksiyalash uchun; 
TASSning kuch o‗lchagich bloki unga berilgan kuchning bir lahzalik 
qiymatini o‗lchashni ta‘minlaydi va radiokanal bo‗yicha kompyuterga ma‘lumotni 
uzatadi. Echilayotgan masalalarga qarab kuch o‗lchagichning modifikatsiyalari 
uchta modeli qo‗llanishi mumkin: TASS – kattalar uchun, TASS-100 – bolalar 
uchun va TASS-200 – o‗smirlar uchun. Radiotelemetrik tizimning etarlicha katta 
radiusdagi ta‘siri, statsionar o‗rnatilgan kompyuter bilan radioaloqani buzmagan
holda, kuch o‗lchagich bloki bilan birgalikda zal, stadion, sport maydoni 
chegarasida to‗siqlarsiz harakatlanishga imkon yaratadi.


81 

TASS ning dasturli paketi kuch o‗lchagichdan radiokanal orqali yuborilgan 
harakatlarning bir lahzalik qiymati tasvirini ko‗rsatadi, ularni qayd qiladi, 
bajarilayotgan harakatning asosiy biometrik tavsifini hisoblaydi, ma‘lumotlar 
bazasida axborotni saqlaydi. Dastur uchta bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan ish 
algoritmini o‗z ichiga oladi: 1 – kuch tavsifini ekspress o‗lchash; 2 – berilgan kuch 
ko‗rsatkichlari kattaligini qayta ishlash va differensiyalash qobiliyatiga ega kuch 
koordinatsiyasini baholash; 3 – chegarali kuch parametrlari va kuch chidamliligini 
nazorat qilish.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə