Yusupova Z. X


Biomexanik tavsiflarning tasnifi va ularni o‘lchash birliklari



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   149
Biomexanik tavsiflarning tasnifi va ularni o‘lchash birliklari 
Biomexanik tavsiflar 
Ilgarilanma harakat 
uchun 
Aylanma 
harakat 
uchun 
Fazali
 
Davomiyligi: 
1.Harakatning alohida fazalari, s 
2.Barcha mashqniki, s 
Ritmli-sur‘atli tavsiflar: 
1.Sur‘at, 1/s; 
2.Ritm, 1/s; 
3.Sikl, s
 
Kinematik
 
Harakatlanish, m 
Tezlik, m/s 
Tezlanish, m/s
2
Burilish 
burchagi, 
grad. 
Burchak tezligi, rad/s 
Chiziqli tezlanish, m/s 
Burchak 
tezlanishi, 
m/s

Markazga 
intiluvchi 
tezlanish, m/s
2
Dinamik
 
Massa, kg 
Kuch, 
H
Gavda 
impulsi 
(harakatlar miqdori) kg 
m/s 
Inersiya 
momenti, 
k g m
2
Kuch momenti 
(aylanish 
momenti) 
H•m
Gavda 
impulsi 


74 
moment- 
ti (kinetik moment) 
kg • m
2
/s 
Energetik
 
Gavdani harakatlan-
tirish bo‗yicha ish, Dj 
Ilgarilanma harakat 
energiyasi, Dj 
Ilgarilanma harakat 
quvvati, Vt 
Tanani 
aylantirish 
bo‗yicha ish, Dj 
Aylanma 
harakat 
energiyasi, Dj 
Aylanma 
harakat 
quvvati, Vt 
 
3.4. Texnik vositalar va o‘lchash metodikalari 
Biomexanik kinematografiya
. Mazkur o‗lchov metodikasi o‗lchashning 
kontaktsiz vositalari tarkibiga mansub. Bu, ayniqsa muxim, chunki texnik 
vositalarning yagona tizimi bilan trenirovka ishi hamda musobaqa vaqtidagi 
harakat amallarini qayd qilish mumkin. Biomexanik kinematografiyaning texnik 
vositalari tezkor kinokameralarni, testt-ob‘ektni, analizatorni, kompyuterni o‗z 
ichiga oladi. 
Odam gavdasini fazoda harakatlanishiga bog‗liq ravishda tasvirga olishlarning 
har xil usullarini amalga oshirish mumkin: 
1. Yassi usuli, harakat bir yassilikdagi harakatlanishga yaqin bo‗lganda 
(yugurish yo‗lakchasida yugurish, uzunlikka sakrash va uchxatlab sakrash 
paytidagi yugurish, krol usulida suzish). Albatta, ushbu holatda, biomexanik 
axborotning bir qismi yo‗qotiladi, lekin harakatning umumiy qonuniyatlarini 
ilg‗ash mumkin. Tasvirga olishning ushbu turida kamera statsionar ravishda 
o‗rnatiladi; 
2. Panoramali, kamera odamning harakati ortidan burilganda, bunda operator 
odamni taxminan kadrning markazida ushlab turishga intiladi. Tasvirga olishning 


75 
ushbu turini balandlikka sakrashda paytidagi yugurishni, konkida yuguruvchining 
burilishni o‗tishida, butun distansiya bo‗yicha yugurishda qo‗llash mumkin; 
3. Fazoli, kameralar optik o‗qlari o‗rtasidagi burchak 90 gardus ostida 
joylashgan ikkita kameralar bilan tasvirga olish amalga oshiriladi. Tenglamalar 
tizimi ishlab chiqilgan (R.Shapiro, 1978) bo‗lib, uni yechish paytida, 
kameralarning har birini kadri yassiligida tanlangan nuqtalar koordinatalari 
bo‗yicha sportchi tanasida tadqiqotchini qiziqtirgan har qanday nuqtaning uchta 
fazoviy koordinatalari tiklanadi. Fazoviy tasvirga olish yordamida laboratoriya va 
natural sharoitlarida, chegaralangan fazoda (og‗ir atletika, gardish, dubulg‗a, yadro 
uloqtirish, sportning o‗yin turlarida to‗pni uzatish va h.k.) bajariladigan harakat 
turlarini o‗rganish mumkin. 
Biomexanik tasvirga olishning har qanday turi oddiy tasvirga olishdan shunisi 
bilan farq qiladiki, unda, keyinchalik qayta ishlov berishda miqdoriy ma‘lumotlarni 
olish uchun tasvir fazosini masshtablashtirish zarur; film kanalida tasma harakatini 
yuqori darajada stabillashtiruvchi va tasvirga olishning katta tezligiga ega 
(sekundiga 100 ta kadr va undan yuqori) bo‗lgan kinokameralardan foydalanish 
kerak. 
Masshtablashtirishni tasvirga olishdan oldin, kadr maydonida tasvirga olish 
ob‘ektining asosiy harakatlanishlari joyida joylashgan testt-ob‘ektni tasvirga olish 
vaqtida amalga oshiriladi. Yassi tasvirga olish pyatida testt-ob‘ekt bo‗lib bir metrli 
bo‗lak, fazoviy tasvirga olish pyatida esa – qobirg‗alari birlashtirilgan joyida 
ajralib turadigan belgilari bilan uch o‗lchovli kub xizmat qilishi mumkin. Kadrdagi 
nuqtalarning barcha koordinatalari ko‗paytiriladigan masshtabli koeffitsient testt-
ob‘ektning uzunligini tasma kadridagi xuddi shu bo‗lakning uzunligiga nisbatiga 
teng. 
Odam tanasidagi nuqtalarning koordinatalarini (qoidaga ko‗ra, odam tanasi 
bo‗g‗imlarining koordinatalarini) olish uchun tasma proyavka qilinganidan keyin 
filmlar analizatoriga o‗rnatiladi, unda, kadrlar taxminan 30 marta kattalashtiriladi. 
Operator, tanlangan nuqtalarning belgilangan ketma-ketligini kadrlarni birma-bir 
kuzatish orqali, kompyuterga koordinatalar to‗g‗risida ma‘lumotlar massivini 


76 
kiritadi. Ularni olgandan keyin, har qanday biomexanik tavsiflarni hisoblab topish 
mumkin. Lekin, undan oldin, birlamchi massivlarni silliqlash zarur, chunki 
operatorning qayta ishlov berishi natijasida noaniqliklar, bexosdan otilib chiqishlar 
yuzaga kelishi mumkin. Silliqlash kompyuterda quyidagi maxsus dastur-
operatsiyalar yordamida amalga oshiriladi: sirpanuchvi o‗rtacha, sirpanuchvi 
ko‗phad, ikkinchi tartibli Battervort filtri, splayn-funksiya. 
Biomexanik kinematografiyaning kamchiligi – tasmani proyavka qilish zarurati 
hisoblanadi, bu, ma‘lumotlarni olishni cho‗zib yuboradi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə