84
Goniometrning plastinalari bitta bo‗g‗imga tutashgan zvenolarga qotiriladi.
Goniometrning o‗qi o‗lchash paytida bo‗g‗imda aylanuvchi o‗q bilan
birlashtiriladi. Bitta plastinkada aylanma reostat joylashadi, ikkinchisida
reostatning ―begunok‖i qotiriladi. Plastinkalar oralig‗idagi burchakning o‗zgarishi
reostatning qarshiligi o‗zgarishi (tokning o‗zgarishi) bilan birga o‗tadi, aynan shu,
yozib oluvchi moslamada qayd qilinadi yoki analogli raqamli qayta o‗zgartirgich
orqali bevosita kompyuterga kelib tushadi.
Ayrim paytda, mos ravishda modifikatsiya qilingan
goniometrni biologik
qaytar aloqaning vositasi sifatida qo‗llashadi. Buning uchun, burchaklarning
diapazonlari beriladi, ularda mashqlar bajarilishi kerak. Ushbu diapazondan chiqib
ketish tovushli signal bilan birga o‗tadi, bunda, burchaklarning pastki va yuqorigi
chegaralaridan chiqib ketishidagi signallar har xil eshitiladi.
Dostları ilə paylaş: