121
aniqlanadi. Ularning birlari faqat qayd qilingan xarakteristikalarning (inersiya
momenti, kinetik energiya, ish, ko‗pchilik hollarda shuningdek, tezlik, tezlanish va
shu singarilar) hosilalari sifatida hisoblash yo‗li, boshqalari (ko‗pincha, fazoviy,
vaqt va kuch xarakteristikalari) - bevosita qayd qilish yo‗li bilan olinadi.
Qanday xarakteristikalarni qayd qilish belgilangandan so‗ng, ma‘lumotlarni
yig‗ish sharoitlarini (tabiiy, tajriba uchun maxsus yaratilgan va boshqalar)
aniqlaydilar.
Trenirovka va musobaqalarni tabiiy kuzatish shunday amalga oshiriladiki, ular
sportchining harakatlariga xalaqit qilmasligi kerak. Kuzatuvchi o‗lchash
asboblaridan (ruletka,
sekundomer, optik kuzatish tizimi) va foto, kino - hamda
videoapparatlardan foydalanishi mumkin. Kuzatish (ko‗z bilan) yoki instrumental
kuzatishning asosiy sharti - ob‘ektiv ma‘lumotlar olish bo‗lib, u harakatlarning
tabiiy davom etishiga aralashishni talab qiladi.
Tajriba o‗tkazishda (ilmiy izlanishda) tadqiqtda qo‗yilgan vazifalar echiladigan
maxsus sharoitlar yaratiladi. Sinaluvchilar qat‘iy belgilangan sharoitlarda
o‗tkaziladigan va shu bilan birga uning harakatlariga
eng kam aralashish
ta‘minlanadigan tabiiy tajriba o‗tkazish mumkin. SHuning bilan birga, murakkab
apparatura bilan qurollangan sportchilar, hattoki yuksak natijalar ham ko‗rsatishi
mumkin.
Keyingi paytlarda laboratoriya (modelli) tajriba keng qo‗llanilmoqda.
Harakatlar to‗g‗risidagi qayd qilingan ma‘lumotlarni qayta ishlash, asosan,
matematik statistik usullar yordamida o‗tkaziladi.
Zamonaviy majmuaviy usullar bir qator ma‘lumotlarni qayd qilish va qayta
ishlashning o‗zaro bir-birini to‗ldiradigan, ayrim hollarda esa bir-birini (tekshirish
uchun) dublirovka qiladigan usullarini o‗z ichiga oladi.
Usulni ishonchli va imkoniyatli ma‘lumotlar olinishini ta‘minlashidan kelib
chiqqan holda tadqiqotning u yoki bu usulini tanlaydilar. Bunday usul
quyidagilarni:
1) o‗lchashning etarli darajadagi ishonchli aniqligini ta‘minlashi
2) sportchi harakatlarini bo‗yamasligi, ya‘ni sinaluvchini ortiqcha qiynamasligi
122
3) qo‗llash uchun ishonchli va qulay bo‗lishi
4) kuzatish va tajriba o‗tkazish sharoitlarida qo‗llanishi mumkinligi
5) qayta ishlash uchun qulay ko‗rinishdagi materiallarni berishi
6) boshqa kerakli usullar bilan birgalikda qo‗llash
imkoniyatlari mavjud
bo‗lishi
7) yuqorida aytib o‗tilgan hamma ko‗rsatkichlar bo‗yicha tadqiqot vazifalariga
mos kelishi kerak.
Dostları ilə paylaş: