Z. Shamsiyeva Respublika ta’lim markazi bo‘lim boshlig‘i


PAPE-MASHE TEXNIKASI ASOSIDA



Yüklə 5,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/38
tarix28.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#113678
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
4-texnologiya

PAPE-MASHE TEXNIKASI ASOSIDA
 LIKOPCHA YASASH


59
Likopchaning ustki tomoniga mo‘yqalam bilan yog‘ 
(vazelin) surtib chiqing va uning ustiga bir necha qavat 
namlangan qog‘oz bo‘laklarini yopishtiring.
So‘ngra yelim surtib, ustidan qog‘oz bo‘lakchalarini ketma- 
ketlik bilan bir tekisda yopishtirib chiqing.
Yelim qurigach, uni likop-qolipdan ajrating. Buning uchun 
likopchani chetidan ushlab, asta tortasiz. Hosil bo‘lgan 
likopcha shaklining tepa qismiga yana bir qavat oq qog‘oz 
yopishtiring. Notekis joylarini qaychi bilan tekislang va yelim 
qoldiq laridan tozalang. Shundan so‘ng uni bo‘yang va bezak 
bering.
Sinfdoshlaringiz bilan muhokama qiling.


60
1. Pape-mashe bu qanday texnika?
2. Pape-mashe texnikasi asosida qanday buyumlarni 
yasash mumkin? 
3. Pape-mashe texnikasini bajarish jarayoni qanday? 
4. Birinchi pape-mashe texnikasida buyumlar yasash 
qayerda paydo bo‘lgan?
Topshiriq.
Pape-mashe texnikasi asosida o‘zingiz 
xohlagan biror narsani yasab ko‘ring.
Savol va topshiriqlar:


61
Inson o‘z ishini yengillashtirish uchun turli xil mexa - 
nizm va mashinalarni o‘ylab topgan. Ko‘chaga qara- 
sangiz turli xil mashinalarni ko‘rasiz. Ular har xil ish - 
larni bajaradi. Sinfdoshlaringiz bilan muhokama qiling. Surati
berilgan mashinalar qanday ishni bajarishda yordam be-
radi? Bu mashinalar haqida nimalarni bilasiz? Birinchi ma - 
shina qachon paydo bo‘lganini bilasizmi? O‘zbekistonda
qanday mashinalar ishlab chiqariladi?


62
O‘zbekistonda dastlabki avtomobil ish - 
lab chiqarish zavodi Andijon viloyati ning 
Asaka
shahrida 1994–1996- yillarda qurildi 
va 1996- yilda konveyerdan birinchi avtomo-
billar chiqdi, bular — Daewoo Damas, Daewoo
Nexia va Daewoo Tico edi. Vaqt o‘tishi bilan
mahsulot assortimenti kengaydi.
Avtomobil tarixi g‘ildirak va aravani ixtiro qilishdan 
boshlangan. Birinchi avtomobil 130 yil oldin nemis mu- 
handisi Karl Benz tomonidan ishlab chiqarilgan. Yana bir 
nemis dizayneri Gottlieb Daimler avtomobilga benzinli 
dvigatelni 
o‘rnatib, 
rul 
orqali 
boshqariladigan 
birinchi 
4 g‘ildirakli mashinani yaratdi. Ushbu mashina soatiga 16 km 
tezlikda harakatlangan.
AXBOROT


63
Dizayner-rassom tomoni-
dan 
avtomobilning 
yon,
orqa va old tomonlari ko‘r-
satilgan holda rasmi chizi-
ladi. So‘ngra avtomobilning
to‘liq 
o‘lchamdagi 
modeli 
yaratilib, sinovdan o‘tkaziladi.
Sinovlar muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng ushbu mashina 
korxonada ishlab chiqariladi. 
Avtomobilni ishlab chiqarish uchun kamida o‘n besh 
ming xil qismi tayyorlanib, ularning har biri ishchi yoki robot 
tomonidan konveyerda yig‘iladi.
Suratga qarang. Siz avtomobil qanday qismlardan 
tashkil topganligini bilasizmi? Ular qanday tuzilishga 
ega? Avtomobilni yaratish va ishlab chiqarishda 
juda ko‘p kasb egalari ishtirok etadi. Mu-
handis-konstruktor, dizayner, texnolog, avto-
slesar, yig‘uvchi, sozlovchi, elektrik shular
jumlasidandir. 

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə