Z. Shamsiyeva Respublika ta’lim markazi bo‘lim boshlig‘i


Birinchi texnologiya — bu burchakni to‘ldirish tartibi



Yüklə 5,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/38
tarix28.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#113678
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
4-texnologiya

Birinchi texnologiya — bu burchakni to‘ldirish tartibi.
Burchakni ip bilan to‘ldirishni amalga oshirish uchun 
karton, qalam, chizg‘ich, rangli ip, bigiz, igna va yelim
kerak bo‘ladi.


49
Birinchi qoida.
Kartonning orqa tomonining o‘rtasiga qalam 
bilan uzunligi 10 santimetr bo‘lgan burchak chizamiz. Burchak-
ning har bir santimetrini qalin nuqtalar bilan belgilaymiz.
Ikkinchi qoida.
Nuqtalarni belgilashda ularning teng 
uzunlikda joylanishiga va har ikki tomonining nuqtalari 
soni bir xil bo‘lishiga e’tibor bering. Chizma suratda 
ko‘rsatilgan ko‘rinishda bo‘lishi lozim.
Uchinchi qoida.
Igna bilan ishlash oson bo‘lishi 
uchun bigiz yordamida har bir nuqtani teshib chiqamiz.
Shuningdek, nuqtalarni raqamlar bilan belgilaymiz.
Rangli ipni ignaga o‘tkazib, oxirgi uchini tu-
gib bog‘laymiz va igna bilan orqa tomondan
1 raqamli nuqtaga joylashtiramiz. So‘ngra ipni old
tomonga o‘tkazib, burchakning boshqa tomonidagi 
birinchi raqami bilan bog‘laymiz, bu yo‘riqnomada 
“1–1” deb yoziladi.
Endi ipni ikkinchi raqamga o‘tkazamiz. Esingizda 
tursin: burchakning old tomoniga uzun, orqa tomoni-
da yoniga qisqa tikuv qilamiz.
old
orqa
Ishni 
bajarish quyidagicha 
ko‘rinadi:
1–1 nuqtalarni bog‘lang (old 
tomonda),
qisqa tikuv 1–2 (orqa tomon-
da),
uzun tikuv 2–2 (old tomonda),
2–3 qisqa tikuv (orqa tomon-
da)
uzun tikuv 3–3 va boshqalar.


50
Karton qog‘ozning orqa tomoniga doira chizing. Uni 6 ta 
teng bo‘lakka bo‘ling. Ushbu bo‘laklarda bigiz yordamida te-
shiklar hosil qilib, raqamlang. Ish birinchi raqam ga igna kiri-
tishdan boshlanadi, shundan so‘ng quyidagi harakatlar ket-
ma-ketligi amalga oshi riladi: tashqi tomondan 1 va 5-sonli 
belgilar o‘rtasida tikuv, orqa tomon da – 5 va 6-sonlar orasida. 
Keyin 6 va 2-raqamlar orasida katta 
tikuv yasaladi. Old va orqa tomon - 
lari bo‘ylab, mos ravishda, 3 va 7, 7 
va 8, 8 va 4 kabi davom ettiriladi. 
Eslatma. Nuqtalar orasidagi ma-
sofa qancha kichik bo‘lsa, ish yanada 
nozik va qiziqarli bo‘ladi.
1. Izonit texnikasi bilan yaratilgan tasvirlar qaysi san’at 
turiga kiradi?
2. Izonit texnikasida asosan qaysi qoidalarga rioya qilish 
lozim?
3. Izonit texnikasi bilan yaratilgan ishlardan qayer- 
larda foydalaniladi?

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə