Z. T. Nishanova, G. K. Alimova


Kuzatish metodining qanday turlari mavjud?



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə15/86
tarix29.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#90243
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86
Z. T. Nishanova, G. K. Alimova

Kuzatish metodining qanday turlari mavjud?

*A. ichki, tashqi va kiritilgan kuzatish, standartlashtirilgan va standartlashtirihmgan

  1. frontal va tanlanma

  2. standartlashtirilgan va. standartlashtirilmagan

  3. qo'shilib kuzatish, dala sharoitida kuzatish, uxlab kuzatish, begonalami

kuzatish, sogTom bolalami kuzatish


-20-


  1. BOLALAR PSIXOLOGIYASI MUAMMOLARINING 0’RGANILISHI

Reja

  1. L.S.Vigotskiyning madaniy tarixiy konsepsiyasi.

  2. A.N.Leont'evning faoliyat nazariyasi.

  3. V.N.Myasishchevning munosabatlar psixologiyasida bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlarining yoritilishi.

Maqsad: bolalar psixologiyasi sohasidagi tadqiqotlarda metodologik asos bo‘ladigan konsepsiyalar, nazariyalar bilan tanishish.
Vazifalar: L.S.Vigotskiyning madaniy tarixiy konsepsiyasi,
A.N.Leont'evning faoliyat nazariyasi, V N.Myasishevning munosabatlar psixologiyasida bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlarining yoritilishini bayon qilish.
Tayancli tushunchalar: madaniy tarixiy konsepsiya, faoliyat nazariyasi, munosabatlar psixologiyasi.

  1. L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy konsepsiyasi

L.S. Vigotskiy (1896-1934) eng mashhur rus; psixologi va faylasuflaridan biridir. Olim o’z ilmiy qarashlarida ilgari surgan ko'plab g'oyalar bevosita bolalaming psixik taraqqiyotiga oiddir. L.S. Vigotskiyning oliy psixik fiinksiyalar shakllanishi haqidagi qonuni bolalar larbiyasi va ta’limini amalga oshirishda katta ;ihamiyatga ega. Psixolog ilmiy qiziqishlarining markazida bolaning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti masalasi turadi. L.S. Vigotskiyning izlanishlari oliy psixik funksiyalar, ya’ni ixtiyoriy xotira va diqqat, tafakkur, irodaviy harakatliimi bevosita miyaning faoliyati bilan tushuntirib bo’lmasligini, ushbu fimksiyalaming mohiyatini tushunish uchun ulaming ildizlarini organizmdan tashqaridagi ijtimoiy muhitxlan izlash lozimligini ko’rsatdi. Aynan L.S. Vigotskiyning ilmiy qarashlari ijtimoiy muhit ahamiyatini aniqlashtirishda muhim poydevor bo’lib xizmat qildi.
L.S.Vigotskiyning fikricha, muhit oily psixik funksiyalaming taraqqiyot manbaidir. Muhitning taraqqiyotdagi ro’li yosh o'tishi bilan o’zgarib boradi. Shuning uchun muhitni absolyut emas, nisbiy qabul qilish kerak. Insonda xulq atvoming tug’ma shakllari mavjud bo'lmaydi. Odamning psixik taraqqiyoti faoliyatning tarixan shakllangan turlari va usullarini o’zlashtirish orqali kechadi. Miyaning morfofizologik xususiyatlari va muloqot bola taraqqiyoti uchun sharoit sifatida xizmat qiladi. Taraqqiyotning asosiy harakatiantiruvchi kuchi taTimdir.


-21 -




L.S.Obuxovaning fikricha, L.S.Vigotsk]yning katta xizmati shundaki, u bolalar psixologiyasi faniga tarixiylik tamoyilini kiritgan. Ushbu tamoyilga ko’ra, psixik hodisalar harakatdagi narsa sifatida o'rganilishi lozim.
Mtidaniy-tarixiy konsepsiya - L.S. Vigotskiy tomonidan XX asming 20-30 yillarida ishlab chiqilgan inson psixik taraqqiyoti haqidagi nazariyadir. Konsepsiyaning asosiy mazmuni quyidagilardan tashkil topgan: mehnat qurolarini ishlatishi tufayli odam tabiatdan ajralib chiqqan. Tabiatga ishlov berish uchun odam ushbu qurollardan foydalansa, o’z psixikasiga ta'sir ko’rsatish uchun u psixologik qurollarni qoTlaydi. Psixologik qurollar belgilardan iboratdir. Ushbu qurollar ixtiyoriy psixik fiinksiyalar - ixtiyoriy diqqat va xotira, mantiqiy fikrlash, irodaviy harakatlar va hokazolaming asosini tashkil etadi. Ixtiyorsiz psixik funksiyalarai L.S.Vigotskiy natural yoki tuban fimksiyalar, deb atagan, ixtiyoriy psixik funksiyalar ijtimoiy kelib chiqishga ega, belgilar bilan vositalangan, odam tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladigan funksiyalardir. Ushu fnnksiyalar awal boshqa odamlar bilan hamkorlik shakli sifatida paydo boTadi, so’ngra individuallashib boradi. Psixologik qurol - belgilami egallash interiorizatsiya jarayonida amalga oshadi. Interiorizatsiya tufayli interpsixologik. munosabatlar intrapsixologik turdagi munosabatlarga aylanib boradi. Bu jarayon katta odamning tarixiy taraqqiyot davomida shakllangan madaniy belgilar - vositalar yordamida ta'sir ko'rsatishi bilan boshlanadi. Keyinchalik bola atrof olamga (o’yinchoqlarga, hayvonlarga, bolalarga, kattalarga) ushbu belgilar bilan ta’sir ko'rsata boshlaycli. Shundan keyingina, unda o’z-o’ziga ta'sir ko’rsatish qobiliyaii shakllanadi. Bolaning quloqsizlik qilishi yoki c>’quv faoliyatida orqada qolishi psixologik qurollami o’zlashtirmaganlik natijasidir. Masalan, bola kiyim kiyishda ketma-ketlikni buzish xotirasining zaifligidan emas, balki ushbu jarayonni amalga oshirish uchun zarur boTgan psixologik qurollami egallamaganligi tufaylidir. Shunday qurol sifatida, bolaga kiyimlami to’g’ri ketma-ketlikda kiyish tasvirlangan rasmlar taqdim etilishi mumkin.
Madaniy-tarixiy konsepsiyaning muhim g’cyalaridan biri rivojlanishning eng yaqin zonasi haqidagi nazariy qarashdan iborat. Rivojlanishning eng yaqin zonasi - bola rivojlanishining ayni vaqtdagi darajasi bilan kelajakda erishish murrikin boTgan taxminiy darajasi o’rtasidaigi vaqtinchalik masofadan iborat. Bu zonaga yetilmagan, ammo yetilish jarayonida boTgan funksiyalar kiradi. Bolaning aktual


-22 -




rivojlanish darajasi uning bugungi kundagi taraqqiyot darajasini, bola rivojlanishining eng yaqin zonasi ertangi kunda bola o’z taraqqiyotida erishishi mumkin bo'lgan taraqqiyot darajasini ifodalaydi. Rivojlanishning eng yaqin zonasini bola katta odam yordami bilan bajara oladigan vazifalar darajasi belgilaydi. Agar bola o’zi uchun qiyin bo’lgan vazifani katta odam yordami bilan bajara olsa, bu vazifa bola rivojlanishining eng yaqin zonasida joylashgan bo’ladi.
L.S.Vigotskiyning fikricha, psixik taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi ta’limdir. Ta’lim psixik taraqqiyotni o’z ortidan tortadi va uni tezlashtiradi. U kutilgan natijani berishi uchun taraqqiyotdan oldin bo’lishi, ya’ni rivojlanishning eng yaqin zonasiga mo'ljal olishi lozim.
L.S.Vigotskiy o’z konsepsiyasida bola psixik taraqqiyotining 4 asosiy qonunini ta’riflab berdi. Bu qonunlar quyidagilardan iborat:

  1. Bola taraqqiyoi: ritmlarining farqlanish qonuini. Bu qonunga ko’ra bolaning rivojlanishi o’z sur'atlariga ega, bu syr’atlar vaqt ritmiga to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun chaqaloqlikdagi hayotning 1 yili o'smirlikdagi 1 yilga teng boTmaydi;

  2. Bola taraqqiyotidagi metamorfoza qonimi. Bu qonunga ko’ra, rivojlanish sifat o’zgarishlaming zanjiridan iborat. Bola kamroq biladigan, qoTidan kairu oq narsa keladigan odam emas, balki psixikasi sifat jihatdan kattalar psixikasidan farqlanuvchi mavjudotdir;

  3. Bola taraqqiyotining notekislik qonuni. Bu qonunga ko’ra, bola psixikasining har bir tcmoni o’z taraqqiyotining optimal davriga ega bo'ladi, har xil psixik funksiyalar notekis, noproporsional rivojlanadi;

  4. Oliy psixik funksiyalaming sbakllanish qonuni. Bu qommga ko'ra, h:ir qanday oliy psixik fimksiya awal bolaning atrofdagilar bilan boTgan munosabatida namoyon boTadi, keyinchalik u individual sohaga ko’chadi. Shuningdek, L.S.Vigotskiyning ta'kidlashicha, bola taraqqiyotida barqaror davrlar inqirozli davrlar bilan almashadi. Inqirozlar ikki yosh davri tutashgan joyda, bola psixikasi va xulq- atvoridagi eski xususiyatlaming yo’qolib, yangilari shakllanishi davrida ro’y beradi.

Demak, L.S.Vigotskiy psixologiyada madaniy-tarixiy yondoshuvga asos solgan. Mazkur yondashuv bolalair psixologiyasidagi nazariy va amaliy muammolami haJ. qilishda ham katta ahamiyatga egadir.


-23 -



  1. Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə