Zahiriddin muhammad boburning "boburnoma" asarida irfoniy qarashlar



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix12.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#116741
  1   2   3   4   5   6
zahiriddin-muhammad-boburning-boburnoma-asarida-irfoniy-qarashlar



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 
ǀ
ISSUE 6 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 286
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “BOBURNOMA” ASARIDA 
IRFONIY QARASHLAR 
 
Sirojiddin Namozov 
O‘zMU magistri 
 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning diniy-irfoniy qarashlari 
xususida so‘z yuritiladi. Ayni paytda uning “Boburnoma” asaridan olingan parchalar 
orqali fikrlar quvvatlanadi. 
Kalit so‘zlar:
“Boburnoma”, tasavvuf, tavakkul, panjshanba, namozi digar
Panipat, Ibrohim Lo‘diy. 
GENEALOGICAL VIEWS IN ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR'S 
“BOBURNOMA” 
 
ABSTRACT
This article discusses the religious and mystical views of Zahiruddin Muhammad 
Babur. At the same time, opinions are supported by excerpts from his work 
"Boburnoma". 
Keywords:
"Boburnoma", mysticism, tawakkul, Thursday, other prayers, Panipat, 
Ibrahim Lodi. 
Ma’lumki, Bobur hazratlari nafaqat shoh, balki betakror ijodkor sifatida ham 
mashhurdir. Xususan, “Boburnoma” yaratilgan davridan beri o‘z qadr-qiymatini 
yo‘qotmasdan kelmoqda. Ushbu asarda Boburning yigirmdan ortiq sohaga qiziqqani 
yaqqol namoyon bo‘ladi. Ya’ni faqatgina voqealar rivojini bayon etish bilan 
cheklanmasdan etnografiya, geografiya, tilshunoslik, hayvonot olami kabi sohalar 
bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar berib o‘tadi. Boburshunoslarning aytishicha
hindlarning o‘zi ham “Boburnoma”ni ishonchli manba sifatida ardoqlab kelar ekan. Bu 
esa “Boburnoma”dagi har bir ma’lumot aniqlik, daqiqlik bilan keltirilganligidan dalolat 
beradi. Fikrimizning isboti sifatida asardagi “…
kecha-kunduz ikki yuz o‘n olti ming 
ko‘zni yumub ochquncha bo‘lg‘ay”
ma’lumotini olaylik. Hozirgi kundagi ilmda ham 
inson biologik nuqtayi nazardan bir sekundda ikki yarim marta (har 400 millisekundda 
bir marta) ko‘zini yumib ochishi mumkin. Bir minutda 150 marta ko‘zni yumib ochish 
mumkin. Bir kecha kunduzda 1440 daqiqa bor. 150x1440=216000. Demak, xuddi 
“Boburnoma”da aytilganidek bir kecha-kunduzda 216 ming marta ko‘zni yumib ochish 
mumkin ekan.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə