Zahiriddin muhammad boburning "boburnoma" asarida irfoniy qarashlar



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix12.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#116741
1   2   3   4   5   6
zahiriddin-muhammad-boburning-boburnoma-asarida-irfoniy-qarashlar

ǀ
ISSUE 6 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 288
“Boburnoma” asarini o‘qish jarayonida uning xatti-harakatlari, tutumlari, o‘y-u 
xayollari orqali haqiqiy siymosi ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. U har bir yurishini 
Allohning o‘ziga tavakkul qilib, natijasini esa Uning o‘ziga havola etardi. “Tavakkul” 
so‘zi asarda o‘n marta uchraydi. Ayniqsa, “Boburnoma”dagi Hindistonni zabt etilishi 
o‘rinlarida Boburning o‘zini tutishi, harakatlari uning haqiqiy tavakkul sohibi ekanligiga 
yorqin misoldir. Panipat jangining Bobur hayotidagi o‘rni haqida “Bobur 
ensiklopediyasi”da quyidagilar yozilgan: “
Panipat jangi Boburning buyuk sarkarda 
sifatidagi iqtidorini yaqqol namoyon etgan. Xususan, uning son jihatdan juda katta 
dushman qo‘shinini oz sonli lashkar bilan tor-mor qilgani harbiy san’at tarixidan o‘rin 
olgan. Sharq tarixchilari, shu jumladan, Boburning o‘zi ham mazkur jangda 
qatnashgan dushman qo‘shini sonini bir lak (yuz ming) deb ko‘rsatadi. Bobur qo‘shini 
esa o‘n ikki ming kishidan iborat bo‘lgan. Lekin ayrim hind va xorij tarixchilari boshqa 
raqamlarni ham keltiradi. Masalan, ayrim manbalarda Ibrohim Lo‘diy qo‘shinining 
soni qirq ming, Boburniki esa sakkiz ming atrofida bo‘lgan, deyiladi. Panipat jangi 
Hindiston tarixida ham, Bobur hayotida ham o‘ta muhim voqea bo‘lgan. Bu g‘alaba 
tufayli Bobur shimoliy Hindistonda uzil-kesil o‘z hokimiyatini o‘rnatib, yangi buyuk 
imperiyaga asos solgan”.
Bu holat asarda quyidagicha tasvirlangan: 
“…O‘sha yildan to to‘qqiz yuz o‘ttiz 
ikkinchi (1526) yilgacha Hindustonni egallashga astoydil kirishib, etti-sakkiz yil ichida 
besh marta qo‘shin tortdik. Beshinchi safar 
Tangri taolo o‘z fazlu karami bilan
 Sulton 
Ibrohimdek dushmanni 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə