Zahiriddin muhammad boburning "boburnoma" asarida irfoniy qarashlar



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix12.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#116741
1   2   3   4   5   6
zahiriddin-muhammad-boburning-boburnoma-asarida-irfoniy-qarashlar

Agar tig‘i olam bijunbad zi joy, 
Naburrad rage to naxohad Xudoy.
(
Mazmuni

„Agar olam tig‘i qo‘zg‘alsa ham, 
Xudo xohlamasa biror tomirni kesolmaydi “
.) 
Yana bir o‘rinda esa: 
Ko‘pu ozga Tangridir berguchi,
Bu dargohda yo‘qtur kishininig kuchi. 
Misralarini keltirib o‘tadi, bu esa hazrati Boburning biz uchun o‘rnak bo‘ladigan 
sifatlaridan biridir. Ko‘pchiligimizda mo‘ljal bilan voqelik nomutanosib kelib qolsa
rozi bo‘lmaslik, isyon qilish kayfiyati sodir bo‘ladi. Vaholanki, haqiqiy musulmoni 
komilda qazo va qadarga nisbatan isyon emas, taslim kayfiyati bo‘lishi lozim.
Hazrati Bobur tabiatidagi nuqsonlarni isloh qilishga, undan zuhd qilishga harakat 
qilardi. Buning dalili o‘laroq butun mamalakat bo‘yicha ichkilikka barham berish 
haqidagi farmonini kltirib o‘tish mumkin: 
“Sabablar surati in’ikosining to‘planish joyi 
va sadoqat, to‘g‘rilik injulari naqshining xazinasi bo‘lgan aql egalarining fikr oyinasi 
bu ma’ni chechaklari javharining naqshini o‘ziga olurki, inson tabiati o‘zining 
yaratilishi bo‘yicha nafs lazzatlariga moyildir, zavq keltiruvchi yoqimli narsalarni tark 
etish Xudoning tavfiq berishiga va osmoniy ko‘makka bog‘liq. Bashar nafsi yomonlikka 
mayl etishdan uzoq emas, «Nafsimni poklay olmadim, chunki nafs yomonlikka amr 
etuvchidur». Undan qaytish bag‘ishlovchi Malikning lutf-marhamatidan boshqa 
mumkin emas. «Bu Allohning ehsonidir, kimga xohlasa baxsh etadi, Alloh katta ehson 
egasidir». 
Bu so‘zlarni ifodalashdan va bu gaplarni bayon qilishdan g‘araz shuki, insonlik 
taqozosi, podshohlar rasm-rusmi podshohlik lavozimi, mansabdorlar odati bo‘yicha 
shohdan tortib sipohiygacha go‘zal yoshlik kunlarida shariat man’ qilgan ba’zi 
narsalarga va ayrim o‘yin-kulgilarga ruju qilinardi. Bir qancha vaqtdan keyin 
pushaymonlik kunlari kelib, ularni bitta-bitta tark qilinar va chin tavba bilan ularga 
qaytish eshigi yopilar edi”. 
Bobur hayotning o‘tkinchi ekanligini, bu dunyoda hech kim abadiy qolmasligini, 
hech kim mutlaq ustun bo‘la olmasligini, doimo yaxshilik qilish kerakligini ich-ichidan 
his qilardi. Ushbu foniy dunyoning arzimas matohlaridan o‘zini baland olardi. 
Insonlarga nisbatan bahosini ilohiy mezon, ya’ni taqvosiga qarab belgilardi:
“Bu besh 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə