Zahiriddin muhammad boburning "boburnoma" asarida irfoniy qarashlar



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix12.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#116741
1   2   3   4   5   6
zahiriddin-muhammad-boburning-boburnoma-asarida-irfoniy-qarashlar

ǀ
ISSUE 6 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 287
“Boburnoma” da Boburning diniy-irfoniy qarashlari ham aks etgan. Buni asardagi 
ko‘plab diniy terminlar orqali ham kuzatishimiz mumkin. Xususan, namoz bilan bog‘liq 
quyidagi terminlar uchraydi:
Namozi bomdod. 
Ushbu izofa asarda 3 joyda ishlatilgan: 
Rapriy parganalaridin Jakiyn otliq pargana to‘g‘risida kemalarni yoqag‘a tortib, 
ul oxshom kemada-o‘q bo‘lduk. Andin subhdin burunroq kemalarni yurutub, orada 
namozi bomdodni o‘taduk . 
Namozi peshin. 
Bu izofa asrda 59 marta ishlatilgan. Bir o‘rinda peshin mamozi 
arabcha zuhur atamasi bilan ham ifodalangan: 
Namozi peshin bo‘lub edikim, bir qo‘yni topib kelib, bir erda tushub, o‘lturub, 
kabob qildilar
 
Namozi digar.
 
Ushbu birikma forsiy bo‘lib, 
digar
“boshqa, o‘zga” ma’nosini 
anglatadi. Istilohda asr namozi shunday nomlangan. Hozirgi kunda ba’zi shevalarda 
ushbu birikmaning qisqargan shaklda 
namozgar 
shaklida qo‘llanilishi kuzatiladi. 
Namozi digar
asarda 49 marta ishlatilgan:
 
Namozi digar xabar keldikim, Sulton Ahmad Tanbalning inisi Xalil kelib O‘sh 
qo‘rg‘onini o‘g‘urlab olibdur. Panjshanba kuni andin ko‘chub, men To‘s suyining 
qotilishig‘acha kema bila keldim.
Namozi shom. 
Bu so‘z asarda 39 marta 
ishlatilgan: 
Kunlar g‘oyat qisqaliqqa ilgarigi kishi yorug‘ choqta havol ollig‘a keldilar, 
namozi shom, namozi xuftang‘acha el kela qoldi. 
Namozi xuftan. 
Asarda 37 marta uchraydi: 
Namozi xuftan edi, kelib Xokon arig‘idin o‘tub, Raboti Ro‘zaq kentining yonig‘a 
tushuldi
.
 
Ramzon iydi. 
Ushbu birikma asarda 3 marta ishlatilgan: 
Bu ramazonni «Hasht bihisht» bog‘ida o‘tkarildi. Har tarovihni g‘usl bila o‘taldi. 
O‘n bir yoshimdin beri ikki ramazon iydini payopay bir erda qilg‘on emas edim. O‘tgan 
ramazon iydi Agrada bo‘lub edi. 
Iydi fitr. 
Bu birikma asarda 2 marotaba ishlatilgan: 
Tonglasi iydi fitr namozini anda qilib, Samarqand ustiga mutavajjih bo‘lub, 
Obyor qo‘rug‘ig‘a tushtuk

Sunnat vaqti. 
Ushbu birikma asarda 6 marta qo‘llanilgan:
So‘g‘dning ulug‘ shohjo‘ylarig‘a qorong‘u kechada urunub, yo‘l iturub yuz 
tashvish bila tong otqonda Xoja Diydordin o‘tub, sunnat vaqtida Qorbug‘ pushtasig‘a 
yormoshtuk. Qorbug‘ pushtasining shimolidin Xudak kentining oyog‘i bila Ilono‘ttini 
tuslab tebraduk
.
 
Qurbon iydi. 
Bu so‘z asarda 1 marta ishlatilgan: 
Bizga qurbon iydi SHohruxiyada bo‘ldi



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə