Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/273
tarix22.09.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#122817
növüСборник
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

1. Oila salomatligi:
oila a’zolari salomatligi bo‘yicha birlamchi bilimlarga ega bo‘lish, salomatlikni 
saqlash omillarini bilish, salomatlikni saqlash va umrni uzaytirish usullarini va milliy qadriyatlarni oila 
hayotiga singdira bilish, milliy tabobatdan xabardor bo‘lish, reproduktiv salomatlik mezonlariga amal 
qilish, to‘g‘ri ovqatlanish me’yorlariga rioya qilish, salomatlikni saqlashning fuqarolik burchi ekanligini 
anglash, qariyalar salomatligiga e’tiborli bo‘lish, go‘dak va emizikli bolalar salomatligi, bolalarni yuqumli 
kasalliklardan asray olish, oilada tibbiy bilimlarga hurmat va e’tiborning shakllantirilishi, farzandlarni 
zamonaviy tibbiy tahdidlardan asrash, ularga tibbiy tahdidlar bo‘yicha zarur bilimlarni berib borish, bolani 
ona suti bilan boqish mazmunini anglash, hayotga fiziologik-gigiyenik jihatdan tayyor bo‘lish, oilaning 
ijtimoiy ahvolini yaxshi va ravon saqlash, uni yaxshilash omillarini o‘rganish.
2. Oiladagi jinslararo munosabatlar: 
jinsiy tarbiya asoslari, jinslar psixologiyasi va salomatligi 
bo‘yicha bilimlarni egallash, nikohni ulug‘lash, nikohdagi halollik va sadoqat, jismoniy tarbiya va sport 
bilan shug‘ullanishni an’anaga aylantirish, ona salomatligiga muqaddas munosabat, farzand tug‘ilishi va 


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
40
uning salomatligi, o‘zini va oila a’zolarini zararli ko‘nikmalardan asrash, ma’naviy barkamollik sog‘lom 
turmush tarzi asosidagi axloq normalari inson psixologiyasi bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish; psixologik 
turlarni ajrata bilish, psixologik ta’sir o‘tkazish omillarini egallash, psixologik muvozanat sirlarini egallash.
3. Oila axloqi va estetikasi: 
oilada o‘zaro munosabatlar va muloqot madaniyati tashabbuskorlik, faollik, 
ijodkorlik, tibbiy va ma’naviy sog‘lomlik, jismoniy va ruhiy barkamollik, yеtakchilik va tadbirkorlik, o‘zaro 
muhabbat, adolat, insonparvarlik, insoniylik, to‘g‘rilik, kamtarlik, samimiylik, ota-onaga hurmat, mehr-
muruvvat, saxovat, bag‘rikenglik, sadoqat, vafodorlik, gunoh ishlardan qochish, sabr-toqat, o‘z va’dasi 
ustidan chiqish, ilmli bo‘lish, ayollarni qadrlash, iffat, rostgo‘ylik, pokizalik, halollik, himmat va bardoshlilik, 
xushxulqlilik, shukur, hayo, tejamkorlik, halimlik, viqor, rahm-shafqat, onalik mehri, ma’naviy barkamollik, 
axloqiy poklik va vafodorlik, mehr va muruvvatga asoslangan oilaviy muloqot madaniyati, jamoat ishlari 
va oila taraqqiyotida tashabbuskorlik, faollik, ijodkorlik, ma’naviy-mafkuraviy sog‘lomlik, inson erkini 
hurmatlash, har bir insonning takrorlanmasligini tan olish va e’zozlash.

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə