Зб еки он с р фан л ар а к а д е m и я с и


II bob. O’rta Osiyo xonliklari va Hindiston o’rtasidagi iqtisodiy



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix04.06.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#88672
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
xvi-xviii asrlarda hindiston va orta osiyo xonliklari

II bob. O’rta Osiyo xonliklari va Hindiston o’rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlar 
 
2.1. Elchilik aloqalarining yo’lga qo’yilishi va dastlabki savdo 
munosabatlari 
O’rta Osiyo va Hindiston xalqlari o’rtasidagi iqtisodiy va siyosiy aloqalar 
o’zining ko’p asrlik tarixiga ega. Moziyga nazar tashlar ekanmiz, har qanday 
mamlakatning biror bir davlat bilan o’zaro aloqalarni yo’lga qo’yishda avvalo 
savdo-sotiq va iqtisodiy munosabatlardan manfaatdor ekanligini ko’rishimiz 
mumkin. Ana shu jumladan Buxoro va Hindiston xalqlari o’rtasidagi iqtisodiy 
aloqalar ham ko’p asrlik tarixni o’z ichiga oladi. Bu aloqalar bir necha asrlik 
tarixga ega bo’lib, Buyuk Ipak yo’li paydo bo’lgan davrlardayoq ikki o’rtada savdo 
aloqalari mavjud edi. 
Tarixiy ma’lumotlar bu munosabatlarning temuriylar davridan boshlab rasmiy 
va muntazam tus olganligidan dalolat beradi. XV asr tarixchisi Abdurazzoq 
Samarqandiyning yozishicha, Shohrux davlatining markazi Hirotga Hindistondan 
bir necha bor (814 - 1411; 819 - 1416 va 824 - 1421 yillari) elchilar kelgan. O’z 
navbatida Shohrux davlatining Abdurazzoq Samarqandiy boshliq elchilari 1442-
yili Hindistonning janubida joylashgan Kalikut port shahri va Bijonagar 
(Vidjayanagar) davlatiga yuborilgan; elchilar o’z vazifalarini muvaffaqiyatli 
bajarib, ikki yildan so’ng Hirotga qaytib keladilar. Abdurazzoq Samarqandiy 
elchiligiga yuklangan asosiy vazifalardan biri temuriylar davlati bilan Hindiston 
o’rtasida olib borilayotgan savdoni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini o’rganish 
edi.
31
XIV - XV asrlarda Hindistonning Eron va O’rta Osiyo bilan bo’lgan savdo 
munosabatlarida Xo’rmuz port shahrining ahamiyati katta bo’lgan. Arab sayyohi 
31
Н и з о м и д д и н о в Н., Ўрта Осиѐнинг чет эл Шарқи билан муносабатлари, Тошкент, Уздавнашр, 1961, 
5—43, 100—108-бетлар. 


39 
Ibn Battuta Xo’rmuzga Arabiston, Fors va Dashti Qipchoqdan minglab otlar 
haydab kelinishini va bu otlarning Hindistonda katta foydaga sotilishini xabar 
qiladi. «Savdogarlar bu tatar otlarining har birini ularning o’z yurtlarida 60 dirham 
(8 - 10 dinor; 1 dinor 13 gramm kumushdan iborat bo’lgan) ga sotib olib, - deb 
yozadi Ibn Battuta, - Hindistonda 100 dinor (600 dirham)ga sotganlar; eng yaxshi 
otlarning narxi 500 dinor va hatto undan ham ortiq turgan». 
Zahiriddin Muhammad Bobur O’rta Osiyo mevalarining Hindistonda noyob va 
qimmatligi haqida aytib o’tadi. Jumladan, Kandibodomning (Konibodom) bodomi 
nihoyatda a’lo navli ekanligini aytib, ―Xurmuz va Hindustong’a tamom muning 
bodomi borur…‖, deb ko’rsatadi.
32
Bundan tashqari Buxoro va Hindiston o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarda 
Kobul va Qandahor shaharlarining ahamiyati ham katta. Zahiriddin Muhammad 
Bobur bu masalada quyidagilarni yozadi: ―Hindistoniy g’ayri Hindistonni Xuroson 
der. Nechukkim arab g’ayri arabni Ajam der. Hindiston bilan Xuroson orasida 
xushki yo’ldin ikki bandardur, biri Kobul va yana biri Qandahor. Qoshg’ar va 
Farg’ona va Turkiston va Samarqand va Buxoro va Balx va Hisor va 
Badaxshondin karvon Kobulg’a kelurlar. Xurosondin karvon Qandahorga kelur. 
Bisyor yaxshi savdoxonadur. Savdogarlar Xitoy yo Rumga borsalar, ushmuncha – 
o’q savdo qilg’aylar. Har yili yetti-sakkiz-o’n ming ot Kobulg’a kelur. Quyi 
Hindistondan o’n, o’n besh-yigirma ming uyluk karvon Kobulg’a kelur. 
Hindistondin oq raxt va qand va nabot va shakar va aqoqir keltirurlar… Xuroson 
va Iroq va Rum va Chin matoi Kobulda topilur. Hindistonning xud bandaridur.‖
33
XVI asrning 2-yarmidan boshlab Hindiston bilan O’rta Osiyo o’rtasidagi 
iqtisodiy aloqalarda Kobulning ahamiyati yanada oshadi. Buning sababi Xo’rmuz 
va boshqa bir qator hind portlarining yevropaliklar tomonidan egallanishidir. 
Buning oqibatida Boburiylar imperiyasining dengiz orqali savdo qilish 
imkoniyatlari cheklanib qoladi va Buxoro xonligi bilan karvon yo’llarida iqtisodiy 
32
Заҳириддин Муҳаммад Бобур - Бобурнома. Т., "Юлдузча", 1990. Б-7 
33
Заҳириддин Муҳаммад Бобур - Бобурнома. Т., "Юлдузча", 1990. Б-117, 118 


40 
munosabatlar hajmi yanada oshadi. ―Ost-Indiya‖ kompaniyasi agenti Stillning 
aniqlashicha, XVI asr davomida quruqlikdagi karvon yo’li orqali yiliga avvallari 
yuborilgan 3 ming tuya mol o’rniga 14 ming tuya mol jo’natib turilgan.
34
Buxoro va Hindiston o’rtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalarning rivojlanishida 
Qozon (1553) va Astraxanning (1557) Rossiya tomonidan bosib olinishi ham 
muhim rol o’ynaydi. Chunki O’rta Osiyo, jumladan buxorolik savdogarlar hind 
mollarini Rossiya bozorlariga yetkazib berishda va O’rta Osiyoga kelgan hind va 
afg’on savdogarlarini rus mollari bilan ta’minlash ishlarida vositachi rolini egallab 
oladilar. Natijada Buxoro xonligi ham Hindiston, ham Rossiya bilan iqtisodiy 
aloqalarni anchagina rivojlantirib oladi. 
Mamlakatda e’tiborli savdogar hisoblanuvchi Buxoro va Xiva xonlarining 
sotish yoki almashish uchun rus bozorlariga chiqaradigan hamda rus podsholariga 
hadya va tortiq sifatida yuboradigan mol va buyumlari orasida Hindistondan 
keltiriladigan mollar ham salmoqli o’rin tutar edi. 
Masalan, Abdullaxon II tomonidan 1585-yili Astraxanga sotish uchun 
yuborilgan mollar orasida (bu mollarning qiymati o’sha davrdagi 2- 2,5 ming 
so’mni tashkil qilar edi) 40 puddan ortiq bo’yoq bo’lgan. Ma’lumki, bo’yoq 
Buxoroga, asosan, Hindistondan keltirilar edi. Shuningdek, shu yili Abdullaxon II 
o’z elchisi Muhammad Alini tortiq va hadyalar bilan rus podshosi Fyodor 
Ivanovich (1584 - 1598) huzuriga jo’natadi. Uning tortiq va hadyalari orasida 
qimmatbaho hind chodiri ham bor edi. 
Ayni vaqtda, O’rta Osiyo xonlari, xususan Buxoro xonlari Rossiyadan sotib 
olgan va rus podsholaridan yuborishni iltimos qilgan mollar orasida hind 
podsholari uchun yuborishga mo’ljallangan mollarning nomi ham ko’plab uchrab 
turadi. Bu xil mollar - suvsar, qunduz, oqsichqon terisi, oyna, ov qushlari (qirg’iy, 
lochin, shunqor), baliq tishi (morj tishi), zotli itlar va boshqalar. 
34
Низомиддинов И.Ғ - ХVI-ХVIII асрларда Ўрта Осиѐ - Ҳиндистон муносабатлари., Т., "Фан" 1966. Б-15 


41 
Ilyos Nizomiddinovning ma’lumoticha, XVI—XVII asrlarda O’rta Osiyo 
xonliklari bilan Rossiya o’rtasida olib borilgan savdoning uch asosiy shakli mavjud 
edi: 
a)
Xususiy savdo ; 
b)
xonlik va podshohlikning maxsus vakillari vositachiligida olib 
boriladigan savdo; 
c)
podshohlar o’rtasida o’zaro tuhfa va hadyalar yuborish yo’li bilan 
amalga oshiriladigan mol ayirboshlash. 
Savdoning bu shakllari Buxoro xonligi va Boburiylar imperiyasi o’rtasidagi 
iqtisodiy (savdo) munosabatlarda ham o’z ifodasini topgan edi. 
Savdoning ikkinchi va uchinchi shakli uning birinchi shakliga nisbatan katta 
imtiyozlarga egaligi va bu xil savdo yo’li bilan chetga chiqariladigan mollarning 
turlari bo’yicha qam farq qilardi. 
Xususiy savdogarlar sotadigan va sotib oladigan mollari uchun boj to’lashga 
majbur edilar. Bundan tashqari, xususiy savdogar o’z shaxsiy hayoti va mol-
mulkining xavfsizligi ta’minlangan deb his qilolmas edi, chunki mamlakatlardagi 
har bir siyosiy voqealar ularga katta zarar yetkazardi; ular ko’pincha qaroqchilar 
hujumiga uchrar, mollari talon-toroj qilinardi. 
Xususiy savdogarlar, asosan, xalq ehtiyoji uchun zarur bo’lgan mollar bilan 
savdo qilardilar. Ular XVI—XVIII asrlarda Hindistondan Buxoro bozorlariga turli 
hind matolari (jomavar, chire, gujorat «fo’ta»si), kashmir sholi, sukurlat - jun, nil 
va boshqa xil bo’yoqlar, lak, dorivorlar, choy, doka keltirar va O’rta Osiyodan 
Hindistonga ho’l va quruq mevalar (Abulfazlning ko’rsatishicha, Samarqand 
tarvuzi, nashvoti, olmalar, mayiz, bodom, mag’iz va boshqalar), ot, tuya, ipak 
matolar, sukno, qunduz terisi, suvsar, har xil chinnilar, zig’irpoyadan to’qilgan rus 
matosi va boshqalar olib borar edilar.
35
35
Расул-3а д е П., Из истории индо - среднеазиатских политических взаимоотношений во второй половине 
XIX в., в сб. «Взаимоотношения народов Средней Азии с сопредельными странами Востока», Ташкент, Изд-
во АН УзССР, 1963, стр. 173—194. 


42 
XVI - XVII asrlarda Buxoro va O’rta Osiyoning ayrim shaharlarida ko’plab 
hind savdogarlari turg’un bo’lib qoladi. Buxoroda maxsus hind mahallalari paydo 
bo’lib, ularni hindlarning o’zlari boshqarardilar. 
XVI asrning ikkinchi yarmida O’rta Osiyo bo’ylab sayohat qilgan Antoni 
Jenkinson Buxoro, Balx shahrida har yili Hindiston, Rossiya va boshqa 
davlatlardan katta-katta karvonlar bilan keluvchi savdogarlarning qurultoyi tez-tez 
bo’lib turadi, deb yozadi. Buxoroning dunyodagi savdo markazlaridan biri 
ekanligini tan olgan ingliz sayyohi bu shahardagi chet el savdogarlari, shu 
jumladan, hind savdogarlari tomonidan olib boriladigan savdoning ahamiyati 
haqida ma’lumotlar keltiradi. U bu savdogarlarning faqirlarcha kiyinganliklarini, 
ularning juda kam mol keltirishlariga qaramay, bu mollarning 2-3 yillab sotilmay 
yotishini alohida eslatib o’tadi. Jenkinson yana hind savdogarlari Buxoroga na 
oltin, kumush, na qimmatbaho toshlar va na ziravor dorivorlar keltirib 
sotmasliklarini qayd etgan.
36
Ammo bir qator olimlar uning bu ma’lumotlarini rad etadilar. Ularning 
fikricha, Buxorodagi chet el, ayniqsa hind savdogarlarining faoliyatini va hind 
mollari bilan savdo qilishni ataylab kamsitgan, Angliyaning ko’plab chiqarishi 
mumkin bo’lgan, suknosiga O’rta Osiyo bozorlarida talabning yo’qligini yaxshi 
bilgan ingliz sayyohi, Buxoro va umuman O’rta Osiyo bozorlaridagi savdoning 
boshqa chet el davlati uchun ahamiyatli bo’lib ko’rinishini yoqtirmagan. 
Jenkinsonning hind savdogarlarining qimmatbaho toshlar va ziravor - 
dorivorlar keltirmasliklari haqidagi fikri ham noto’g’ri fikr edi. Ziravor - 
dorivorlar Hindistondan Buxoroga chiqariladigan asosiy mollardan hisoblanardi. 
Qimmatbaho toshlar va boshqa oltin-kumushdan ishlangan buyumlar ko’proq 
savdoning yuqorida aytib o’tilgan ikkinchi va uchinchi shakllari yo’li bilan 
keltirilar va bu savdo haqida ehtimolki, Jenkinson yaxshi tushunchaga ega, emas 
edi. 


43 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə