Зб еки он с р фан л ар а к а д е m и я с и


 XVI asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrda Boburiylar imperiyasi va



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix04.06.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#88672
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
xvi-xviii asrlarda hindiston va orta osiyo xonliklari

1.2. XVI asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrda Boburiylar imperiyasi va 
Buxoro xonligida ilm-fan va madaniyat 
Ta'lim sohasidagi islohotlar. Shayboniylar ta'lim sohasida ham islohot 
o’tkazdilar. Bu islohotning o’tkazilishiga amaldorlar guruhini vujudga keltirish va 
ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo’ldi. Xonlarga va 
sultonlarga barcha sohalar bo’yicha ilmli, diplomatik qobiliyatga ega bo’lgan 
amaldorlar zarur edi. Islohotga ko’ra, ko’p bosqichli o’qitish tizimi joriy etildi. Har 
bir mahallada maktab ochildi, ba'zi xonadonlarda uy ta'limi joriy etildi. Bolaga olti 
yoshdan ta'lim beriladigan bo’ldi. Maktabda ikki yil o’qigach, o’quvchilar 
madrasaga o’tkazilardi. XVI asrda Samarqandda Shayboniyxon madrasasi, 
Buxoroda Abdullaxon, Toshkentda Baroqxon va Ko’kaldosh madrasalari va 
boshqa ta'lim muassasalari quriladi va faoliyat yuritadi. Madrasada uch bosqichli 
ta'lim joriy etilgan bo’lib, uning har bir bosqichida yetti yildan o’qilardi. Shunday 
qilib, o’qish 21 yil davom etardi. O’quvchilar ilohiyot ilmidan, hisob-kitobdan, 
handasa, fiqh, mantiq, musiqa, she'r san'atidan ilm olardilar. Albatta, ta'lim olishga 
hammaning ham imkoni bo’lmas edi. Savodxonlikning Movarounnahrda XVI 
asrdagi ana shunday rivojlanishi o’zbek tili rivojlanib, keng tarqalishiga, adabiy 
aloqalar rivoj topishiga ancha ijobiy ta'sir ko’rsata oldi.
Ilm-fan. Shayboniylar davrida fan va madaniyat sezilarli darajada rivojlangan. 
Bunga - ushbu sulola hukmdorlari orasidan o’z davrining yetuk ilm-fan arboblari 
yetishib chiqqanligi ham ta'sir ko’rsatgan. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, 
Ko’chkunchixon va Ubaydullaxonlar o’z davrining nihoyatda o’qimishli kishilari 
bo’lganlar. Shuningdek, Muhammad Shayboniyxon, Abdulazizxon va 


30 
Abdullaxonlar kutubxonalarida o’z zamonasining ajoyib kitob xazinalari bo’lgan. 
Bundan tashqari, Movarounnahrda Mirzo Ulug’bek akademiyasi an'analarini 
davom ettiruvchi fidokor olimlar yetishib chiqdi. Masalan, Samarqand va Buxoro 
madrasalarida mudarrislik qilgan mavlono Kamoliddin Ibrohim, Abdullaxonning 
muallimi Xoja Muhammad, yulduzshunos Qiyomiddin Shaydo, iftixor ul-atibbo 
(tabiblar iftixori) unvonini olishga sazovor bo’lgan Muhammad Mazid, Hakim 
Shahrisabziy, jarroh mavlono Baqo, mavlono Rafe, 1541-yilda ilmi tibb va dori-
darmonlar haqida asar yozgan Muhammad Husayn ibn Shiroq Samarqandiy, ko’z 
kasalliklarini davolashda nom chiqargan Shohali ibn Sulaymon, Xoja Hakim 
(vafoti 1585), natijat-ul-atibbo unvonini olgan Abdulhakim ibn Sulton Mahmud 
kabilar shular jumlasidandir. Xoja Hasan Nisoriy ―Muzakkiri ahbob‖ asarida 
matematika va astronomiya ilmida shuhrat topgan mavlono Kavkabiyni alohida 
qayd etadi.
29
Matematika va astronomiya sohasida yozilgan kitoblardan 
Muhammad Amin ibn Ubaydulla Mo'minobodiyning „Hisobi amali shabaka", 
(Shabaka jadvali amali hisobi; 1550), Bobokalon muftiy Samarqandiyning „Risola 
dar ilmi hisob", ―Vaziyat bar chahor qism‖, Tursun Zominiyning ―Tuhfayi amir‖, 
Muhammad Husayn munajjim Buxoriyning ―Ma'rifat samti qibla‖ (Qibla tomonni 
topish ma'rifati), Mahmud ibn Ahmad Foriziyning ―Risola dar muaddili qamar‖ 
(Oy fazolarining tengligi haqida risola; 1517), Tojis-Saidiyning ―Hoshiy li shahri 
ashkoli ta'sis‖ (Asoslash shakllari sharhiga izohlar; 1568), Said Muhammad Tohir 
ibn Abulqosimning ―Ajoyib ut-tabaqot‖ (1545-1550) asarlari va boshqalarni 
ko’rsatish mumkin. Tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy 1526- yili ―Dastur al-
iloj‖, ―Muqaddimoti dastur al-iloj‖ (Davolash bo’yicha dastur) asarlarini yozgan. 
Ubaydulloh Qahhol ibn Muhammad Yusuf ham o’z davrining yetuk tabibi, tib 
olimi, Baroqxonning o’rtancha o’g’li Toshkand hokimi Darvishxonning 
buyrug’iga binoan 1598-yilda ―Shifo ul-ilal‖ (Kasalliklar shifosi) asarini yozadi. 
Asar 500 varaqdan ko’p bo’lib, uzoq vaqtgacha tib ilmidan asosiy qo’llanma 
tarzida undan foydalanilgan. Bir necha bitik nusxasi bizgacha yetib kelgan. Uning 
29
Ҳасанхожа Нисорий. Музаккири аҳбоб, Т., 1993. Б.37 


31 
yana ―Umdat ul-kuhliya fil-amrodul-basariya‖ (Ko’z kasalligiga doir asosiy kitob) 
asari ham bo’lgan. 
Shayboniylar davrida tarix fani ham rivojlandi, ko’plab tarixiy asarlar yozilgan. 
Kamoliddin Binoiy, Mulla Shodiy, Muhammad Solih, Fazlulloh ibn Ro’zbexon 
Isfaxoniylar Shayboniyxon topshirig’i bilan har qaysisi Shayboniyxonga atab 
alohida tarixiy asarlar yozganlar. Bundan tashqari, Abdulloh ibn Muhammad ibn 
Ali Nasrullohiyning „Zubdat ul-ozor", Hofiz Tanish Buxoriyning „Abdullanoma" 
(„Sharafnomayi shohiy"), noma’lum muallifning „Tavorixi guzidayi nusratnoma" 
asarlari shayboniylar davri ijtimoiy, siyosiy tarixiga doirdir. Zayniddin Vosifiyning 
„Badoye ul-vaqoye", Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma" asarlari 
ham shu davr ijtimoiy va madaniy hayotidan bahs yuritadi. Ko’chkinchixon 
topshirig’i bilan Sharofiddin Ali Yazdiyning „Zafarnoma"si o’zbek tiliga o’girildi. 
Yetuk tarixchi olim Mirza Muhammad Haydar (1500-1556) 1541-1546- yillarda 
Yunusxonning nabirasi, tog’avachchasi Abdurashidxonga bag’ishlab „Tarixi 
Rashidiy" asarini yozadi.
30
Mirza Haydar Toshkentda dunyoga kelgan; uning onasi 
Toshkent hokimi Yunusxonning qizi Xo’bnigorxonim bo’lib, Zahiriddin 
Muhammad Boburning xolavachchasi bo’lgan. Hofiz Ko’hakiy (Sulton 
Muhammad Hofiz Toshkandiy) Ulug’bek Mirzoning shogirdi Ali Qushchining 
nabirasi bo’lib, shayboniylar davrining yetuk tarixchisi, mantiq, fiqh, kalom ilmlari 
olimi bo’lgan. Davr taqozosi bilan o’z vatani Toshkentda turg’un yashay olmaydi. 
1528-yili Zahiriddin Muhammad Bobur huzuriga, Hindistonga boradi. Hajga borib, 
Usmonlilar Turkiyasi sultoni bilan uchrashadi. Vazirlikka qilingan taklifni rad etib, 
1563-yili Toshkentga qaytadi va shu yerda 1584-yili vafot etadi. U „Tarixi 
Toshkand", „Tarixi oliy Chingiz" (Chingiz sulolasi tarixi), „Risola fi fannit-tavsir 
val-usul val-firu val-mantiq val-kalom" (Tafsir, fiqh asoslari va tarmoqlari, mantiq 
va kalom ilmi haqida risola) kabi asarlar muallifidir. 
Adabiyot. Shayboniyxonning o’zi ham umri jangu jadallarda o’tishiga 
qaramay, she'riyat va tarix fani bilan shug’ullanishga vaqt topgan. Uning she'riy 


32 
devon tuzgani ma'lum. U hatto xattotlik bilan ham shug’ullangan. O’zbekiston 
Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti 
kutubxonasida (tartib raqami 844) Kamoliddin Binoniy qalamiga mansub 
„Shayboniynoma" asarining Shayboniyxon ko’chirgan nusxasi saqlanadi. 
Ubaydullaxon ham ilmli va ma'rifatli hukmdor edi. U fors va turk she'riyatini 
yaxshi bilardi. Ayni paytda, o’zi „Ubaydiy" taxallusi bilan o’zbek, fors, arab 
tillarida ijod qilgan, she'rlar bitgan. Uning uch tilda bitgan she'rlaridan iborat uch 
devoni bir kitobga jamlangan. Ubaydiyning o’zbek tilidagi devoni 306 g’azal, 435 
ruboiy, 25 qit’a, 13 tuyuqdan iborat. 
Me'morchilik. Shayboniy hukmdorlar poytaxt Buxoro va uning atroflarini obod 
qilishga harakat qildilar. 1535-1536- yillarda qurilgan Mir Arab madrasasi, 1540-
1541- yillarda bino qilingan Masjidi Kalon, 1549- yili Abdulazizxon qurdirgan 
koshinli xonaqoh, Mag’oki Attori masjidi (qayta ta'mirlangan), 1559- yili qurilgan 
Toqi Zargaron, Toqi Sarrofon, Toqi Kitobfurushon, Karmanadagi hazrati 
Qosimshayx xonaqohi, 1582- yili qurilgan uch darvozali Timi Kalon, 1581- yili 
bino qilingan Modarixon madrasasi, Oyposhsha oyim madrasasi, 1580- yili bino 
qilingan Govkushon madrasasi, 1586- yili qurilgan Fathulla qo’shbegi madrasasi, 
1585-yili qurilgan Fayzobod xonaqohi, Do’stum madrasasi, 1577-1578-yillari 
qurilgan Abdullaxon madrasasi, Tim, Chorsu fikrimizning dalilidir. Samarqandda 
ham shayboniylar nomi bilan bog’liq binolar anchagina. Chunonchi, Shayboniyxon 
tomonidan qurila boshlab, 1515-1516 - yillarda bitkazilgan Shayboniyxon 
madrasasi va Abdurahim Sadr madrasasi, Toshkentda bino qilingan Baroqxon 
madrasasi, Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustiga qurilgan ko’prik (1582) 
mashhurdir. Buxoroga kelgan ingliz elchisi Antoniy Jenkinson: „Buxoro juda katta 
shahar, unda g’ishtlik imoratlar, serhasham binolar ko’p. Hammomlar shunday 
mohirlik bilan qurilganki, ularning misli dunyoda yo’qdir", - deb yozadi. Ayniqsa, 
Abdullaxonning yurt obodonchiligi yo’lidagi sa'y-harakatlari tarixchilar tomonidan 
yuksak baholangan. Uning davrida markaziy hokimiyat kuchayishi tufayli katta 
30
Mirza Muhammad Haydar. Tarixiy Rashidiy. / V.Rahmonov, Y.Egamova tarjimasi. ―Sharq:. T. 2010. 


33 
qurilish ishlari amalga oshirilgan. Chunonchi, Abdullaxon 1000 dan ortiq rabot va 
sardoba, ko’plab madrasa, masjid, ko’prik, suv omborlari qurdirgan. Buxoroda 
juda katta savdo markazi bunyod etilgan. Hukmdorlardan Muhammad 
Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon II lar ilm, fan, ma'rifat homiylari edi. 
Shayboniylar davrida, ayniqsa, ilm-fanning tarix, tibbiyot sohalari, shuningdek, 
me'morchilik boshqa sohalarga qaraganda ilgarilab ketdi.
Ashtarxoniylar davrida avj olgan ichki ziddiyatlar, tinimsiz urushlar, siyosiy 
parokandalik ma'naviy-ma'rifiy, madaniy hayotga salbiy ta'sir etdi. Biroq bunday 
murakkab siyosiy vaziyat maorif, ilm-fan, madaniyat rivojini to’xtatib qololmadi. 
Maktab va madrasa ta’limi. XVII-XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko’plab 
maktab (maktabxona)lar faoliyat ko’rsatgan. O’g’il va qiz bolalar alohida-alohida 
maktablarda o’qitilgan. O’g’il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar, korxonalar 
qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan bo’lib, masjid 
imomi yoki madrasani tugatgan ziyoli kishilar o’qituvchilik qilgan. Ularni domla 
deyishgan. Qiz bolalar maktablari badavlat kishilar yoki o’qituvchi ayollar uylarida 
tashkil etilgan, qizlarni otinoyi, otinbibi, bibixalifa, bibiotin deb atalgan ayol 
o’qituvchilar o’qitishgan. Maktablar xarajati va domlalarning maoshi vaqf 
mulkidan tushgan daromadlar hamda o’quvchilarning ota-onalari tomonidan o’qish 
uchun to’langan mablag’lar hisobidan qoplangan. Yetim-yesirlar bepul o’qitilgan. 
Bolalar maktabga 6-7 yoshdan berilgan va 5-8 yil davomida ularga boshlang’ich 
ta'lim berilgan. O’quvchilarga avval harflar o’rgatilgan, keyin bo’g’inlar, ularni 
qo’shish orqali so’z tuzish, „Haftiyak" („Qur'oni Karimning yettidan biri") kitobini 
o’qish o’rgatilgan. Hisob darsida sonlar, ularni qo’shish, ayirish, ko’paytirish, 
bo’lish amallari o’rgatilgan. O’quvchilar Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Mashrab, Hofiz 
Sheroziy, So’fi Olloyor asarlarini, „Chor kitob"ni o’qib saboq olganlar. Qizlar 
maktablarida uy-ro’zg’or tutish, pazandachilik, odob-axloq, pokizalik sirlarini 
o’rganishga ko’proq o’rin berilgan. Bolalar o’qishni to’liq o’zlashtirib olganlaridan 
keyingina yozishga o’tganlar. Bolalarga kitoblardan ko’chirib yozish, mustaqil 
ravishda duoyi salom xati, ish yuzasidan turli ma'lumotlar yozish malakalari 


34 
o’rgatilgan. Maktablarda imtihonlar bo’lmagan, o’quvchilarga maktabni bitirgani 
to’g’risida hujjat ham berilmagan. Bolaning ravon o’qishi, to’g’ri yoza olishi, 
hisob-kitobni bilishi maktabni bitirganligiga guvoh bo’lgan. Madrasa o’rta va oliy 
o’quv yurti hisoblangan. Madrasaga maktabxonalarni tugatganlar qabul qilingan. 
Madrasa ta'limi talabalar iqtidoriga qarab 7-12 yil davom etgan. Buxoro xonligi 
shaharlarida 150 dan ortiq madrasa bo’lgan. Madrasada arab, fors tilida yozilgan 
kitoblar o’qitilgan, ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharhlab 
berilgan. O’qish „Avvali ilm" deb nomlangan fors tilidagi o’quv qo’llanmasini 
o’zlashtirishdan boshlangan. Keyin arab tili grammatikasi o’qitilgan. Fiqh (huquq) 
kursi majburiy kurs hisoblangan. Madrasalarda umumta'lim kurslaridan falakiyot, 
handasa, tibbiyot, kimyo, tarix, jug’rofiya, adabiyot, aruz ilmi, me'morchilik 
asoslari, xattotlik, musiqa, axloq, notiqlik kabi fanlar o’qitilgan. Talabalardan 
Imom al-Buxoriy, Abu Mansur Moturidiy, Burhoniddin Marg’inoniy asarlarini, 
jami 137 darslik va o’quv qo’llanmalarini o’zlashtirish talab etilgan.
Ilm-fan. Diniy mutaassiblik, xalq ommasidan diniy aqidalarga so’zsiz itoat 
etish talablarining kuchayishi ilm-fan ravnaqiga salbiy ta'sir etdi. Shunga 
qaramasdan ilm-ahllari ijodi batamom to’xtab qolmadi. XVII asrning taniqli olimi, 
Mir Arab madrasasi mudarrisi Muhammad Sharif Buxoriy (1609-1697) falsafa, 
tasavvuf, tarix, fiqh, tilshunoslik, astronomiya sohasida 20 dan ortiq asarlar 
yozgan. Uning „Davriylik haqida risola" asari makon va zamon masalalariga 
bag’ishlangan. Uning „Xoqonga foydali maslahatlar" kitobi 25 bob 32 fasldan 
iborat bo’lib, unda shariat qonun-qoidalari, ijtimoiy hayot va axloqiy 
muammolarga oid ma'lumotlar, hukmdorlar to’g’risida qiziqarli lavhalar o’z 
ifodasini topgan. Matematika, handasa, kimyo, astronomiya sohasida Mulla Tursun 
Fariziyning, falsafa va mantiq sohasida Mulla Yusuf Qorabog’iyning asarlari 
bizgacha yetib kelgan. Boboxoja ibn Xoja Orif Samarqandiy tomonidan 1678-yilda 
falakiyot, ilmi hay'at haqida risola yozilgan. Mahmud ibn Valining 1636- yilda 
yozilgan „Baxr ul-asror" („Sirlar dengizi") asarida samarqandlik va buxorolik 20 
nafar olim haqida ma'lumotlar berilgan. Subhonqulixon davrida tibbiyot ilmi 


35 
rivojlandi. Uning tashabbusi bilan Buxoroda „Dor ush-shifo qurilib, bemorlarni 
davolash ishi yo’lga qo’yilgan, tibbiyotga ixtisoslashgan madrasa qurilib, 
shifokorlar tayyorlangan. Subhonqulixonning tibbiyotga oid kitoblar jamlangan 
nodir kutubxonasi bo’lgan. U „Subhoniy tibbiyoti bo’yicha davolash", „Baxtli 
soatni aniqlashda oy manzillarining mohiyati" nomli ilmi nujumga oid kitoblar 
yozgan.
Tarixnavislik. XVII-XVIII asr birinchi yarmida Buxoro tarixiga doir qator 
asarlar yaratiladi. Tarixchi va geograf olim Mahmud ibn Valining „Oliyjanob 
insonlar jasorati xususida sirlar dengizi" asarida Movarounnahr va Xuroson tarixi, 
mamlakatlar, shaharlar, okean va dengizlar, hayvonot olami haqida qimmatli 
ma’lumotlar bayon qilinadi. U „Muhabbatnoma", „Axloq husnlari" risolalari 
hamda 50 ming baytdan iborat katta devon muallifidir. Tarixnavislikda 
Muhammad Yusuf Munshiyning „Tarixi Muqimxoniy", Muhammad Amin 
Buxoriyning „Ubaydullanoma", Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriyning 
„Muhit ut-tavorix" („Tarixlar dengizi"), Abdurahmon Tolening „Abulfayzxon 
tarixi", Xojamqulixon Balxiyning „Qipchoqxon tarixi" asarlari muhim ahamiyatga 
egadir.
Adabiyot va san'at. XVII-XVIII asr birinchi yarmida adabiyot ancha rivoj 
topdi. Adabiy muhitda Bedil (asli ismi Mirzo Abdulqodir, 1644-1721) ning o’rni 
katta. U Kesh (Shahrisabz)lik, turkiy barlos urug’idan, Hindistonga ko’p marta 
safar qilgan, Dehlida vafot etgan. Bedil inson erkinligi, tafakkuri haqida falsafiy, 
axloqiy qarashlarini she'riy va nasriy asarlarida bayon etgan. Bedil 120 ming 
misradan ortiq she'riy va nasriy asarlar yozgan. Uning yirik asari „To’rt unsur" 
nasrda yozilgan bo’lib, havo, suv, yer, olov haqida, shuningdek, o’simliklar, 
hayvonlar va odamning kelib chiqishi haqida o’z qarashlarini bayon etadi. 
Bedilning „Irfon" dostonida falsafa, tarix va ilohiyotning xilma-xil masalalari 
bayon etilgan. Bedilning fikricha, dunyo abadiy bo’lib, to’xtovsiz harakat qiladi va 
o’zgarib turadi. U she'rlarida jamiyatdagi jabr-zulm, adolatsizlik kabi illatlarni 
qoralaydi. Bedil asarlarining ko’pchiligi 16 jildli „Kulliyoti‖ga kirgan (Bombey, 


36 
1882). Bedil Turkistonda „Abulma'oniy" („Ma'nolar otasi") degan nom olgan. 
Sayido Nasafiy (asl ismi Mirobid 1637-1710) to’quvchilik bilan shug’ullangan, 
ko’pgina she'rlarida ijtimoiy tengsizlikka, jabr-u zulmga qarshi norozilik bayon 
etilgan. U 212 xil kasb hunar egalari haqida fikr bildirib, hunar ahlini ulug’lagan. 
Uning „Bahoriyat" („Hayvonotnoma") majoziy-munozara asarida, g’azallarida o’z 
davrining ijtimoiy-siyosiy hayoti qalamga olingan. Turdi (XVII asr) hajviy she'rlari 
bilan tanilgan shoir. Turdining merosi 18 she'rdan iborat bo’lib, ulardan 12 tasi 
g’azal, 5 tasi muxammas janriga oid. 434 misra hajmdagi bu merosning 165 
misrasi Subhonqulixon haqidagi hajviyalardir (―Subhonqulixon to’g’risida 
hajviya‖, 1691). Uning tasavvufiy she'rlari g’oyat go’zal va teran falsafiy 
mazmunga boy bo’lgan.
Sofi Olloyor (1644-1724) tariqat arbobi va shoir. U shayxlik martabasiga 
ko’tarilgan, valiulloh (karomat sohibi) bo’lib yetishgan. U forsiy tilda 
„Taqvodorlar maslagi", „Oriflar murodi", turkiy tilda „Ojizlar saboti", „Najot 
tantanasi" kabi masnaviy asarlarini yaratgan. Uning „Taqvodorlar maslagi" 
(„Maslakul-muttaqin") asari 12 ming bayt, 135 ta bobdan iborat bo’lib, ilohiy 
ma'rifat badiiy talqinda bayon etilgan o’zbek falsafiy adabiyotining yetuk 
namunasidir. Bu asar maktab va madrasalarda darslik qatorida o’qitilgan. Buxoro 
xonligi adabiy muhitini Mashrab (Boborahim Mulla Vali o’g’li), Xoja Samandar 
Termiziy, Mutribiy, Samarqandiy, Mulla Sodiq Samarqandiy kabi yetuk 
namoyandalar ham o’z asarlari bilan boyitdilar. Xattotlik, miniatura rassomlik 
san'ati, kitob ko’chirish, ularni naqsh va tasvirlar bilan bezatish san'ati davom 
ettirildi. 1624-yilda Samarqandda ko’chirilgan Sharafiddin Ali Yazdiyning 
„Zafarnoma" kitobi o’sha davr kitobat san'atining yorqin namunasidir. Xalq 
ommasining o’ziga xos ijodiyoti qo’shiqlar, ertaklar, masxaraboz-qiziqchilarning 
shahar maydonlarida namoyish qiluvchi san'atida, askiyalarida namoyon bo’ldi. 
Musiqa san'atida turli sozandalar xalq yoqtirgan kuylar va ashulalarni ijro etib, 
tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’lardilar. Me'morchilik. Buxoro xonligi 
tasarrufidagi hududlarda me'morchilik ishlari ham ancha rivoj topdi. Ko’plab 


37 
masjidlar, madrasalar, bozorlar, xonaqohlar, karvonsaroylar, hammomlar, 
sardobalar barpo etildi. XVII asrda Samarqand Registoni ansamblining hozirgi 
qiyofasi shakllantirildi. Samarqand hokimi Yalangto’sh Bahodir 1619-1635- 
yillarda vayrona holatga tushib qolgan Registon maydonida Ulug’bek madrasasi 
qarshisida Sherdor madrasasini, uning yonida 1646-1659 - yillarda Tillakori 
madrasa-masjidini o’z mablag’lari hisobidan bunyod ettirgan. Samarqand Registon 
ansambli o’zining rang-barang koshinkor bezaklari, naqshinkor peshtoqlari, ulkan 
gumbazlari bilan O’rta Osiyo me'morchiligining noyob tarixiy yodgorligi bo’lib, 
bugungi kunda jahon jamoatchiligi, sayyohlari e'tiborini o’ziga jalb qilmoqda. 
Buxoroda yirik me'moriy majmua - Labihovuz ansambli bunyod etildi. Buxoroning 
eng badavlat kishilaridan biri bo’lgan Nodirdevonbegi 1620-yilda bozor maydoni 
o’rtasida bo’yi 45 metr, eni 36 metr, chuqurligi 5 metr bo’lgan katta hovuz 
qurdirib, atrofini shag’al, marmar va toshlar bilan mustahkamlattiradi. Hovuz 
atrofida Nodirdevonbegi madrasasi va xonaqohi, Ko’kaldosh madrasasi, Ernazar 
elchi madrasasi bunyod etiladi. 1652-yilda Buxoro shahrida Abdulazizxon 
qurdirgan qo’sh imoratli madrasa mustahkamligi, nafis naqshli koshinlarga boyligi 
bilan ajralib turadigan, o’z zamonasi me'morchiligining yetuk namunasi 
hisoblanadi. Imomqulixon Madina shahrida Chorbog’, Makkadagi Ka'baga 
kiraverish darvozalaridan biri ostonasi uchun oltin va kumush tutqichli yog’och 
zina qurdiradi. XVIII asr boshlarida Qarshida Shermuhammadbiy, Xo’ja 
Qurbonbiy madrasalari, savdo yo’llarida hashamatli rabotlar barpo etiladi. Xulosa 
qilib aytganda, XVII-XVIII asr birinchi yarmida og’ir siyosiy vaziyatga 
qaramasdan xalqimiz o’zining ijodkorlik, bunyodkorlik xislatlarini namoyon qila 
olgan va ilm-fan to’xtab qolmagan. 


38 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə