Зб еки он с р фан л ар а к а д е m и я с и


Dissertatsiyaning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix04.06.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#88672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
xvi-xviii asrlarda hindiston va orta osiyo xonliklari

Dissertatsiyaning maqsad va vazifalari. 
Bugungi kunda bizga ancha 
yengilligi shundaki, ko’pgina qo’lyozma asarlar mutaxassis olimlarimiz tomonidan 
tarjima qilinib, nashr etilmoqda. Ammo mavzuga oid qo’lyozma asarlar 
tarjimalaridan foydalanishda bir muammoni ham qayd etib o’tish lozimki, bu kabi 
asarlarning mualliflari saroy tarixchilari bo’lganligi sababli ular shohlarni haddan 
tashqari ko’kka ko’targanlar. Ularni qudratli, ulug’ qilib tasvirlashga urinib, 
ko’pgina masalalarni to’g’ri yoritmaganlar, shu tufayli ularning dalil va 
mulohazalariga tanqidiy nazar bilan qaramoq darkor. Men dissertatsiyani yozishda 
shu narsani hisobga olgan holda, quyidagi maqsad va vazifalarni o’z oldimga 
qo’ydim: 
- o’rganilayotgan masalalarni to’g’ri tushunish va tahlil etishda qo’lyozma 
asarlardagi dalillarni boshqa adabiyotlardagi dalillar bilan solishtirish
- har ikkala mamlakatning ijtimoiy-siyosiy ahvolini, o’sha davrdagi xalqaro 
vaziyatni har tomonlama nazarga olish; 
- milliy va diniy jihatdan bir-biriga ancha yaqin bo’lgan boburiylar imperiyasi 
va Buxoro xonligidagi aniq ijtimoiy-siyosiy vaziyatni tanqidiy baholash; 
- O’zaro tarixiy munosabatlarning bugungi talqinini ham ochib berishga 
harakat qilish va hokazo. 


10 
Dissertatsiyaning ilmiy-nazariy yangiligi. 
Dissertatsiyada tomonlarning 
madaniy aloqalari va iqtisodiy munosabatlardagi o’ziga xosliklar masalasi ilk bor 
jiddiy ilmiy tadqiqotga tortilib, yaxlit hamda tizimli asosda o’rganildi. Har ikki 
saltanatning o’zaro aloqalarida diniy omillarning ta’siri ham katta ekanligi 
oydinlashtirib berildi. Xususan, har ikki mamlakat hukmdorlari o’rtasidagi o’zaro 
yozishmalarga e’tibor bersak, ularda hukmdorlar sunniy mazhabdagi birodarlar 
sifatida bir-birlarini talqin etadilar. Aslida esa bu narsa ―g’ayriddinlar‖ga qarshi 
kurashdagi ittifoqchilik uchun aniq bir niqob vazifasini bajargan. 
Bundan tashqari ishda o’rganilayotgan davrda Hindiston va O’rta Osiyo 
xonliklaridagi madaniyat va ilm-fan rivoji ham o’rganilganki, bu narsa o’sha davr 
haqida chuqurroq tasavvurga ega bo’lishda katta yordam beradi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə