Зб еки он с р фан л ар а к а д е m и я с и


Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix04.06.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#88672
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
xvi-xviii asrlarda hindiston va orta osiyo xonliklari

Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. 
Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, 
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilova qismlaridan iborat. Tadqiqotning 
umumiy hajmi ilovasiz 95 varaqdan iborat. 


13 
I bob. XVI – XVIII asrlarda O’rta Osiyo xonliklari va Hindiston
 
1.1. XVI asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrda Boburiylar imperiyasi va 
Buxoro xonligida ijtimoiy-siyosiy ahvol 
Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan (1526) Boburiylar imperiyasi uning 
nabirasi Akbarshoh davridan to shoh Avrangzebning vafotiga qadar Hindistonda 
yagona kuchli davlat bo’lib qoladi. 
XVI asrda Hindistonda siyosiy tarqoqlik hukm surardi. o’zaro ichki nizolar va 
urushlar mamlakatni kuchsizlantirgan edi. Hindistondagi ichki siyosiy ahvolni 
sinchkovlik bilan kuzatib turgan Qobul hukmdori Zahiriddin Muhammad Bobur 
vaziyatdan foydalanishga qaror qildi va Hindistonni egallash uchun harbiy yurish 
boshladi. Bu davrda Shimoliy Hindistondagi Dehli sultonligida lodiylar sulolasi 
hukmronlik qilardi. Bobur Mirzoning Hindistonga qarshi harbiy yurishi 1525- 
yilning oxirida boshlandi. 1526- yilning 21-yil aprelida Panipat jangida Ibrohim 
Lo’diy qo’shinini tor-mor keltirdi. 27-aprel kuni esa Dehli shahrida Bobur podshoh 
nomiga xutba o’qildi. Shu tariqa tarixda 332 yil yashagan yangi imperiya - 
Boburiylar imperiyasiga asos solindi. Bobur Hindistonda o’zi bilan qolgan 
qo’shinga jogir tarqatdi. Bu yerlarda xo’jalik yuritish ishlariga rahbarlik qilish 
mahalliy urf-odatlarni yaxshi biladigan hindlarga topshirildi. Bobur podshoh 
imperiya taxtida uch yil o’tirdi. 1530- yilda o’limidan avval imperiya hududlarini 
o’g’illariga bo’lib berdi. Imperiya taxti katta o’g’li Humoyunga nasib etdi. Panjob, 
Qobul va Qandahorga ega bo’lgan qolgan uch o’g’liga akalari Humoyunga 
bo’ysunishni vasiyat qildi.
17
Humoyun imperiya sarhadlarini yanada kengaytirishga intildi. Bu kurashda 
uning asosiy raqibi Bixor va Bengaliyada joylashib olgan afg’on qabilalarining 
yetakchisi Sherxon Sur bo’ldi. Ikki sarkarda qo’shinlari o’rtasidagi jangda Sherxon 
Surning qo’li baland keldi. Mag’lubiyatga uchragan Humoyun Eronga qochib 


14 
ketdi. Sherxon Sur Hindiston taxtini egalladi va shoh deb e'lon qilindi. Bu hodisa 
1540- yilda yuz berdi. Sherxon Sur va uning o’g’illari 1554-yilgacha hukmronlikni 
saqlab turdilar. Biroq bu davr shiddatli va shafqatsiz ichki kurashlar bilan o’tdi. 
Oqibatda Hindistonda og’ir siyosiy vaziyat vujudga keldi. Bundan Humoyun 
ustalik bilan foydalandi. Taxtdan ayrilgan yillarda u turk, fors, turkman va 
o’zbeklardan iborat kuchli qo’shin tuza olgan edi. 1555- yilda Humoyun Hindiston 
taxtining da’vogarlarini tor-mor etib, yana hokimiyatni o’z qo’liga qaytarib oldi. 
Unga taxtda uzoq o’tirish nasib etmadi. Oradan ko’p vaqt o’tmay Humoyun 
tasodifiy falokat tufayli halok bo’ldi. Imperiya Akbarshoh davrida. Boburiylar 
sulolasi hukmdorlari ichida «Buyuk Akbar» degan unvonga sazovor bo’lgan 
Humoyunning o’g’li Akbarshoh (1542-1605) 1556- yilda otasi taxtini egalladi. 
Akbarshoh hamisha uzoqni ko’zlab siyosat yuritdi. Shu tufayli u Hindistonda o’z 
hukmronligini to’la va uzil-kesil o’rnata oldi. Shuning uchun ham uni 
Hindistondagi Boburiy hukmdorlar ichida eng ulug’i -«Buyuk Akbar» deb 
atashgan. Hind tarixchisi Ishvari Prasadning fikri bilan aytganda, ―Akbar Hindiston 
tarixidagina emas, balki jahon tarixida ham eng buyuk shohdir. Agar yevropalik 
hukmdorlar bilan taqqoslanadigan bo’lsa, Akbar ulug’vorlikda ham, 
omadbarorlikda ham ulardan ustun turadi.‖ 
18
Akbarshoh davrida (1556—1605) Boburiylar imperiyasi chegaralari shimolda 
Tibet chegaralaridan janubdagi Godavari daryosigacha va G’arbda Gujarotdan 
Sharqda Bangol qo’ltig’igacha bo’lgan ulkan hududlarni o’z ichiga olgan edi. 
Rajputan hokimliklari — Mevar va Marvar (Amber) hamda Gondvanada 
joylashgan bir qancha mayda hind rojaliklari ham Akbarshoh imperiyasiga 
bo’ysundirilgan edi. Shuningdek, Malva, Berar, Gujarot, Xandesh, Kashmir va 
qisman Ahmadnagardagi musulmon hokimliklari va so’ngroq Qandahor ham 
impe-riyaga qo’shib olingan va yigirma bir ta katta suba — o’lkalardan tashkil 
topgan edi. 
17
Гулбаданбегим. Ҳумоюннома, Т., 1959. Б.27 
18
P r a s a d Sаks еna. History of Shahjahan of Dehli. Allahabad, 1958. 


15 
Akbarshoh bunday buyuklikka osonlikcha erishgan emas. Uning asosiy raqibi 
Hindistondagi afg’on qabilalari yetakchilari edi. Akbarshoh qo’shini 1556- yilda 
afg’on qabilalari qo’shinini tor-mor etdi. 1559- yilga kelib taxt uchun boburiylarga 
qarshi kurashning yetakchi kuchlari - afg’onlarning Sur sulolasi butunlay yanchib 
tashlandi. Akbarshohning hukmronlik yillari imperiyaning oltin davri bo’lgan. 
Akbarshoh zukko davlat arbobi, mohir sarkarda bo’lishi bilan bir qatorda, itoatkor 
o’g’il, g’amxo’r ota ham edi. Qo’l ostidagi xalqlarning turmush 
farovonligi 
doimo uning e'tiborida turgan. Kambag’al, beva-bechoralarga muntazam moddiy 
yordam ko’rsatgan. Akbarshoh falsafa, din, adabiyot va tarix 
ilmini 
yaxshi 
egallagan. U boshqa din vakillariga nisbatan ham adolatli siyosat yuritgan. 
Akbarshoh musulmon bo’lmaganlardan undiriladigan «juzya» solig’ini bekor 
qilgan. Hindlarning ziyoratgohlaridan olinadigan soliqni man etgan. Imperiya 
hududida yagona savdo solig’i joriy etilgan. Ham xolisa, ham jogirdorlar 
yerlaridan teng miqdorda soliq undirilgan. Davlat idoralaridagi lavozimlar, dini va 
mazhabidan qat'i nazar, shaxsning salohiyatiga qarab taqsimlangan. Akbarshoh 
barcha fuqarolarga e'tiqod erkinligi bergan. Bir so’z bilan aytganda, Akbarshoh 
hindlar bilan musulmonlarning yonma-yon, tinch-totuv yashashlariga erishgan. 
Akbarshoh yuritgan bunday adolatli siyosat boburiylar davlatining ulkan 
imperiyaga aylanishida, uning mahalliy aholi va amaldorlar tomonidan qo’llab-
quvvatlanishida katta rol o’ynadi. Bu esa, o’z navbatida, imperiyaning qudrati va 
shon-shuhratining yanada ortishiga xizmat qilgan. Akbarshoh Hindistonda yuritgan 
adolatli siyosati evaziga «Milliy podshoh», «Xalq hukmdori» nomlariga ham 
sazovor bo 'lgan.
19
Biroq XVII asr ikkinchi yarmidan boshlab imperiyada toj-u taxt 
uchun kurash avj oldi. Oxir-oqibatda, bu kurashda 1627-1658- yillarda hukmronlik 
qilgan Shoh Jahon (Akbarshohning nabirasi)ning o’g’i Avrangzeb g’alaba qozondi. 
U 1658- yilda Dehli shahrini egalladi va o’zini shoh deb e'lon qildi.
Avrangzeb hukmronligi davrida (1658-1707) imperiya hududi yanada 
kengaydi, o’z qudratining cho’qqisiga erishdi. Biroq ayni Avrangzeb hukmronligi 
19
Синха Н. К., Банерджи А. Г., История Индии, М., 1954. 


16 
yillarida imperiya inqirozi uchun zamin ham yetila bordi. Xo’sh, bu nimalardan 
iborat edi? Avvalo, Avrangzebning hech kimga ishonmasligi, hamma narsaga 
shubha bilan qarashi davlati arkon hamda mahalliy hind hukmdorlarining undan 
ko’nglini sovitdi. Ikkinchidan, Avrangzeb o’ta jaholatparast edi. U o’zini faqat 
mamlakatni idora qilish uchungina emas, balki islom dinini himoya qilish va uning 
yoyilishi ko’lamini yanada kengaytirish uchun ham taxtga chiqqan hukmdor deb 
hisoblardi. Shu tufayli musulmon bo’lmagan fuqarolarni islom diniga o’tkazish 
uchun hech narsadan qaytmadi. Bunday siyosat oqibatida mamlakatning musulmon 
bo’lmagan aholisi uning itoafkor fuqarosiga emas, balki g’azablangan raqibiga 
aylandi. 1679- yildan hindlar qaytadan «jizya» solig’ini to’lashga majbur etildi.
20
Hatto hindlarning muqaddas ziyoratgohlarga boruvchilaridan ham soliq olinadigan 
bo’ldi. Musulmon savdogarlari soliqdan ozod qilingani holda, hind savdogarlariga 
tovarning 5 foizi miqdorida soliq joriy etildi. Soliq yig’uvchi idoralardagi 
mansabdor hindlar asta-sekinlik bilan lavozimlaridan bo’shatila boshlandi. 
Avrangzebning bu siyosati oxir-oqibatda Boburiylar imperiyasining chok-chokidan 
so’kilib ketishiga olib keldi.
Boburiylar imperiyasi - feodal jamiyatidan iborat bo’lib, imperatorning o’zi esa 
mamlakatda birinchi katta mulk egasi va yer egalari - feodallar manfaatini himoya 
qiluvchi davlat boshlig’i hisoblanar edi. 
Boburiylar imperiyasida yerga egalikning uch asosiy shakli — xolisa, jogirdor 
va zamindor mavjud edi. 
Xolisa yoki davlatga qarashli yerlar podshohning shaxsiy mulki hisoblanib
ular XVI asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrda barcha hosildor yerlarning 
sakkizdan bir qismini tashkil qilar va bu yerlardan tushgan daromad shoh hamda 
shoh oilasining ehtiyojlariga, saroy va shoh qo’shinini ta’minlash uchun sarf 
qilinardi.
21
20
Низомиддинов И.Ғ - ХVI-ХVIII асрларда Ўрта Осиѐ - Ҳиндистон муносабатлари., Т., "Фан", 1966 
21
Шарма Р. Бобурийлар салтанати (Инглиз тилидан Ғ.Сотимов тарж.). -Т., 1999. 


17 
Mamlakatdagi dehqonchilikka yaroqli asosiy yerlar jogirdorlar qo’lida edi. 
«Jogirdor»ning lug’aviy ma’nosi «joy olgan», «joyga egalik qiluvchi» bo’lib, 
«jogir» asosan harbiy xizmatlar evaziga tortiq qilingan yerlardir. Jogir yerlar 
vorisiy hisoblanmas edi, jogirdorlar o’z yerlarining hajmiga muvofiq ma’lum 
sondagi qo’shinni saqlash va ta’minlashlari hamda zarur bo’lgan vaqtda shu 
qo’shin bilan shohga yordam ko’rsatishlari kerak edi. 
Jogir yerlarning hajmi turlicha bo’lib, butun bir pargama - tumanlar ham jogir 
sifatida tortiq qilinardi. 
Zamindorlar - ma’lum o’lka va qishloqlardan davlatga to’lanishi lozim bo’lgan 
yer solig’ini ijaraga olgan savdogarlar ichidan chiqqan kishilar edi. Bu yer egalari 
ijaraga olgan yerlariga vorisiylik asosida egalik qilardilar. Zamindorlar asosan 
Bangol, Bihar va Orissa viloyatlarida asosiy yer egalariga aylanmoqda edilar. 
Yuqorida ko’rsatilgan yerga egalikning uchta asosiy shaklidan tashqari hind 
ruhoniylari va roja hamda roylarga tegishli kichik yer egaliklari va jamoa yerlari 
ham mavjud edi. 
Jogirdor va zamindorlar o’z ixtiyorlaridagi mulklarda mustabid hokim edilar, 
ular yer solig’i sifatida hosilning ko’rsatilgan miqdoridan ko’p ulushini tortib olar 
va bu ulush ba’zi hollarda hosilning yarmidan ham ortib ketar edi. 
Asosiy soliqdan tashqari hind dehqonlari qo’shimcha soliq va jarimalar 
to’lashga, jumladan, begor nomi bilan turli inshoot va qurilishlarda ishlashga 
majbur qilinardilar. Buning ustiga Akbarshoh tomonidan bekor qilingan, 
musulmon bo’lmagan - hindlardan talab qilinadigan jizya — jon solig’i Avrangzeb 
davrida yana tiklangan edi. 
Shunday qilib, Boburiylar imperiyasida ijtimoiy va iqtisodiy ahvol feudal 
tartibda edi. Norozilikning kuchayishi natijasida xalq qo’zg’olonlari bo’lib turardi, 
bu norozilikdan ko’pincha hind rojalari o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga 
harakat qilardilar. 
XVI 
asrning 
ikkinchi 
yarmi 
va 
XVIII 
asrlarda 
Hindistonda 
hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqish jarayoni davom etmoqda 


18 
edi. Hindistonda hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda ma’lum kasb 
bo’yicha bir shirkatga birlashish hollari ro’y bermoqda edi. 
Hunarmandchilik mahsulotlarini boshqa viloyatlarga olib borib sotuvchi 
savdogarlar soni borgan sari orta bordi. 
Hunarmandlar o’z mahsulotlarini qishloq xo’jalik mollariga ayirboshlar ham 
edilar. Bu kishilarga iqtisodiy tanqislikka uchragan vaqtda ularga qishloq xo’jalik 
mollarini qarz bergan yer egalari ishlab chiqarilgan mahsulotlarni mutlaq arzon 
bahoda sotib olish huquqiga ega bo’lardilar. Hunarmandlarga qarz berib, ular 
yetishtirgan mahsulotlarga ega bo’lish savdogar — sudxo’rlar tomonidan ham
amalga oshirilardi. 
Podshoga qarashli yerlarda ham hunarmandlarni shirkatga uyushtirish, 
korxonalarda majburiy ishlatish hollari sodir bo’la boshlagan edi. «Oyini 
Akbariy»da xabar berilishicha, saroy qoshida to’quvchilar, bo’yoqchilar, qurol-
aslaha ishlab chiqaruvchilar uyushmalari tashkil qilinib, bu korxonalarda 
ishlovchilarga oz miqdorda pul bilan haq to’langan. 
Korxonalarda «chire» nomli mashhur tilla suvi yuritilgan matolar, «fo’ta» - 
belbog’lar, xalatlar uchun «jomavar», baxmal, zarbop va qalin ipak matosi - «xara» 
hamda turli xil matolar to’qib chiqarilardi.
22
Podsho va katta yer egalari, savdogarlar tomonidan qishloq xo’jalik mollariga 
almashtirilgan yoki haq to’lab qo’lga kiritilgan hunarmandchilik mollari ichki va 
tashqi bozorlarga chiqarilar va shu yo’l bilan ham katta foyda olinardi. Sayyoh 
Monserratening ko’rsatishicha, Akbarning o’zi yirik savdogar bo’lgan va savdodan 
yaxshigina foyda olgan. 
Hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi, ichki va tashqi 
savdoning o’sishi pul - tovar munosabatlarini keltirib chiqardi va rivojlantirdi, 
buning natijasida podsho saroyi va feodallarning pul - boylikka bo’lgan ehtiyoji 
22
У р и н б о е в А . , Абдураззоқ Самарқандийнинг Ҳиндистон сафарномаси, Тошкент, УзССР ФА 
нашриѐти, 1960, Б.22 


19 
ortadi, bu hol o’z navbatida, ishlab chiqarishni rivojlantirish jarayonini 
kuchaytiradi. 
Katta mulk egasi, jogirdor va zamindorlarning markaziy davlatga 
bo’ysunmaslikka intilishlari, hind rojaliklarining o’z mustaqilliklari uchun tinmay 
kurashishlari va nihoyat, xalq qo’zg’olonlari XVIII asrga kelib Boburiylar 
imperiyasini siyosiy va iqtisodiy tomondan zaiflashtirib qo’ygan edi. 
Angliya va Hindiston masalasiga kelsak, mavjud bunday sharoitda Hindistonga 
yevropaliklarning kirib kelishi kuchaydi. Yevropa imperiya davlatlari hukmron 
doiralarining maqsadi, Hindistonning bitmas-tuganmas boyliklariga, unumdor 
yerlariga ega bo’lish edi. Yevropa davlatlari hukumatlari endilikda o’z 
maqsadlarini ro’yobga chiqarishga kirishishdi. Chunonchi, 1757- yilda ingliz 
qo’shini Bengaliyani bosib oldi. Bu boy hudud inglizlarning keyingi bosqinchilik 
rejalarini amalga oshirishda tayanch vazifasini o’tadi. Shu tariqa Angliyaning 
Hindistonni asta-sekin o’z mustamlakasiga aylantirish davri boshlandi. 
XVI asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrdagi siyosiy vaziyat shaklan 
Hindistondagi ahvolga o’xshab ketar edi. Shayboniyxon 1510-yilda halok 
bo’lgach, uning o’rniga amakisi Ko’chkinchixon taxtga o’tirdi. Ko’chkinchixondan 
so’ng taxtga o’g’li Abu Said (1530-1533) o’tiradi. Undan keyin esa hukmdorlik 
Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o’g’li Ubaydullaxon (1533-1540) 
qo’liga o’tdi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko’chirtirdi. 
Ubaydullaxon Buxoroga ota meros mulk deb qarar edi, chunki Shayboniyxon 
hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sulton - Ubaydullaxonning 
otasiga bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnahrda tashkil etgan 
davlati endilikda rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb ataladigan bo’ldi. 
Ubaydullaxonning tariximizdagi xizmatlari katta. Avvalo, Ismoil Safaviy va 
qizilboshlarning hujumlarini bartaraf etib Movarounnahrni ularning harbiy-siyosiy 
tazyiqlaridan saqlab qoldi. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning markaz 
sifatidagi nufuzi har tomonlama o’sdi. Ubaydullaxon o’z davlatining chegarasini 
Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. U Hirotni 


20 
ishg’ol etgan, qizilboshlarni bir necha marta mag’lubiyatga uchratgan edi. Ayni 
paytda u mamlakat ichkarisidagi o’zaro kurash va tarqoqlikka barham berdi. 
Ubaydullaxon vafot etgach, ichki ziddiyatlar yana kuchaydi. Hokimiyat uchun 
qattiq kurashlar boshlandi. Shayboniyxon avlodlarining har birida 10-12 nafardan 
o’g’il bo’lib, ularning har biri toj-taxtga da’vogar edilar. Ularning har biri o’z 
otameros bo’lgan hududlarda o’z qo’shiniga bosh bo’lib, mustaqillikka intilar
o’zini oliy hukmdor deb his etar hamda imkoni bo’lsa, xonlik taxtini egallash 
ishtiyoqida edilar. Ubaydullaxondan so’ng shayboniylar sulolasi vakillari o’rtasida 
o’zaro nizolar avjiga chiqdi. Buning oqibatida Abdullaxon I ning qisqa 
hukmronligi (1540-1541) dan so’ng mamlakatda qo’shhokimiyatchilik vujudga 
keldi. Ya'ni bir davlatda ikki hukmdor paydo bo’ldi. Biri - Ubaydullaxonning 
o’g’li Abdulazizxon Buxoroda, ikkinchisi - Ko’chkinchixonning o’g’li 
Abdulatifxon Samarqandda hukmdorlik qila boshladilar. Mamlakat bir necha 
mustaqil hokimliklarga bo’linib ketdi.
Ana shunday sharoitda kurash maydoniga Miyonqol hukmdori Shayboniy 
Iskandar Sultonning o’g’li Abdullaxon II (1534-1598) chiqdi. Iskandarxon 
xonadoniga Buxoro yaqinidagi Jo’ybor qishlog’ida istiqomat qiluvchi, g’oyatda 
katta nufuzga ega bo’lgan shayx Muhammad Islom (1493-1563) ning ixlosi baland 
bo’lganligi Abdullaxonga bu kurashda juda katta madad bo’ldi. Muhammad Islom 
va uning avlodlari o’zlarining kelib chiqishini ota tomondan Muhammad 
payg’ambar avlodlariga, ona tomondan esa Chingizxon va Jo’jiga ular edilar. 
Aslzodalik va tasavvuf tariqatidagi mavqeyiga ko’ra, Jo’ybor shayxlari somoniylar 
davridan boshlaboq davlat ishlarida muhim mansablarni egallab kelar edilar. XVI 
asrning ikkinchi yarmida Shayx Muhammad Islom, keyinchalik uning o’g’li Shayx 
Abubakr Sa'd Buxoroda shayxulislom lavozimini egallagan edilar.
23
1556-yili 
Muhammad Islomning ko’magida Abdullaxon amalda Buxoro taxtini egallaydi. 
Muhammad Islom Abdullaxonning faoliyatiga oq fotiha bergan edi. Abdullaxon II 
23
Юлдашев М. Ю., Новые данные о хозяйстве джуйберских шейхов. «Общественные науки в Узбекистане», 
1963, 5, стр. 37. 


21 
avval amakisi, Balx va Badaxshon hukmdori Pirmuhammadni (1557-1561), keyin 
otasi Iskandarxonni (1561 - 1583) xon deb e'lon qilgan bo’lsa-da, amalda 
mamlakat hukmdori Abdullaxon II ning o’zi edi. Abdullaxonning butun 
hukmronlik davri tinimsiz urushlarda kechdi. Chunonchi, 1574-yili Balxni, 1578- 
yili Samarqandni, 1583-yili Toshkent va Farg'onani, 1584-yili Badaxshonni, 1595-
yili Xorazmni zabt etdi va o’z davlati tarkibiga qo’shib oldi. Shundan keyin uning 
davlati sarhadlari janubda Hirotdan Mashhadgacha, shimolda Orol dengizigacha, 
Kaspiy dengizidan Issiqko’lgacha yetdi. Butun Movarounnahr, Xorazm va 
Xuroson yana yagona hukmdor qo’li ostida birlashtirildi. XVI asr oxirlariga kelib 
Buxoro xonligi nisbatan markazlashgan ulkan davlatga aylandi. Shunday qilib, 
XVI asrdagi davlatchiligimiz tarixida yetakchi sulola - shayboniylar sulolasi 
bo’ldi. Bu sulola o’zbek davlatchiligi rivojiga ma'lum darajada hissa qo’shdi. 
Sulolaning eng qudratli vakili Abdullaxon II davrida esa o’zbek davlatchiligi o’z 
tarixida yana bir bor yuksak darajaga ko’tarila oldi.
Abdullaxon II mamlakatni birlashtirish yo’lida shayboniy sultonlarning 
markaziy hokimiyatni kuchsizlantirishga urinishlariga qarshi tinimsiz va shafqatsiz 
kurash olib bordi. Bu maqsad yo’lida qarindoshlariga ham shafqat qilmadi. 
Abdullaxon II garchand davlatni markazlashtira olgan bo’lsa-da, davlatdagi ichki 
nizolarga to’la barham bera olmadi. Shunday qilib, Abdullaxon II vafotidan atigi 3 
yil o’tgach, bir asr davom etgan shayboniylar sulolasi hukmronligi barham topdi. 
Shayboniy Abdullaxon II 1598- yil fevral oyida vafot etgach, taxtga uning o’g’li 
Abdulmo’min o’tqazildi. Biroq o’sha yili - 1598-yil iyul oyida Abdulmo’min 
fitnachilar tomonidan O’ratepa va Zomin oralig’ida o’ldirildi. Undan qolgan ikki 
yashar o’g’ilning xonlik huquqini hech kim tan olmadi. Taxt uchun kurash 
boshlandi. Buxoroning bir guruh amirlari Ibodulla Sultonning o’g’li Abdulaminni 
xon qilib ko’tardilar.
24
Boshqa guruh amirlar esa Balx hokimi Abdullaxon II ning 
jiyani, Sulaymon Sultonning o’g’li Pirmuhammadni shayboniylarning oliy xoqoni 
deb e'lon qiladilar va Balxdan chaqirib olib, taxtga o’tqazadilar. Ichki nizolar 


22 
tufayli Buxoro xonligida sodir bo’lgan og’ir vaziyatdan foydalangan Eron 
hukmdori shoh Abbos bostirib kirib, Nishopur, Sabzavor, Mashhad, Hirotni 
egallaydi. Xorazm esa xonlik tasarrufidan chiqib, davlat mustaqilligini tiklab oldi. 
Ayni paytda qozoq xoni Tavakkal Movarounnahrga qo’shin tortib, Axsi, Andijon, 
Toshkent, Samarqandni egallab, Buxoro tomon yurdi. Xurosondan Buxoroga yetib 
kelgan Pirmuhammadxon Buxoro himoyasiga kirishdi. Xonlikning ko’pgina 
amirlari o’z qo’shinlari bilan Pirmuhammadxonga qo’shildi. Tavakkal Buxoroni 
ikki oy davomida qamal qilsa-da, uni ololmay Samarqand tomon chekindi. 
Pirmuhammadxon qo’shinlari uni ta'qib etib, 1599-yil avgust oyi oxirlarida 
Miyonqolning Uchqora mavzeyiga yetib oldilar va shu yerda bo’lgan jangda 
Tavakkal qo’shinlari tor-mor keltirildi. Movarounnahr hududi ozod etildi, qozoq 
lashkarlari Dashti Qipchoqqa chekindi. Pirmuhammadxon Samarqand hokimi etib 
Boqi Muhammadni, Toshkent hokimi etib Jahongir Sultonni tayinlaydi. 
Pirmuhammad Buxoro xonligini yana ikki yilcha idora qildi. Tez orada Jaloir, 
Do’rmon qabila boshliqlarining ig’vosi bilan Pirmuhammadxon bilan Boqi 
Muhammad o’rtasidagi munosabatlar buzildi. Oxir-oqibatda Pirmuhammadxon 
bilan Boqi Muhammad o’rtasida 1601- yilda Samarqand yaqinidagi Bog’i Shamol 
mavzeyida jang bo’ladi. Jangda Pirmuhammadxon yengiladi va 80 yoshida qatl 
etiladi.
25
Shayboniyxon davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlash yo’lida 
qator islohotlar o’tkazdi. Birinchidan, u davlat boshqaruvida suyurg’ol tizimini 
joriy etdi. Ya'ni zabt etilgan hududlarni boshqarish ishini o’z farzandlariga, 
qarindosh-urug’lariga, birodarlariga, qabila boshliqlari bo’lgan sultonlarga 
topshirdi. Samarqand poytaxt sifatida xon taxtiga o’tqaziladigan joy hisoblangan. 
U yerda xon sharafiga xutba o’qitilgan va pul zarb etilgan. Lekin suyurg’ol mulklar 
markaziy hokimiyatdan mustaqil bo’lishga intilar edilar. Ikkinchidan, mamlakatda 
yer-suv qaytadan taqsim qilindi. Ko’chmanchi qabila zodagonlari yengilgan 
24
Бартолд В.В. Узбекские ханства. Соч. Т. II. С. 268-292 
25
История Узбекистана (ХVI - Первая половина ХIХ века), т.3, Т., 1993. 


23 
mahalliy mulkdorlar mol-mulkini musodara qilish, sotish, egasiz qolgan yerlarni 
o’zlariniki qilib olish yo’li bilan mulklarini ko’paytirib oldilar. Uchinchidan, 
mamlakat ichida ijtimoiy hayotni tartibga solishga imkon beruvchi islohot ham 
o’tkazildi. Keyingi 10 yil ichida soliqlar og’irligidan va mulkdorlar jabr-zulmidan 
yer-suvlarini tashlab ketgan xo’jaliklar yerlarini ishga tushirish masalasi ko’rib 
chiqildi. To’rtinchidan, 1507- yilda pul islohoti o’tkazildi. Bunga ko’ra, 
mamlakatning hamma katta shaharlarida vazni bir xil - 5,2 gramm bo’lgan yangi 
kumush tangalar hamda mis chaqa pullar zarb qilinib, muomalaga chiqarildi. Bu 
islohot iqtisodiyotni tartibga solish va savdo-sotiqni jonlantirish maqsadida 
o’tkazilgan edi. Ayni paytda, bu islohot dehqonlarning soliq to’lash imkoniyatini 
oshirishga, davlat va xon mulkini ko’paytirishga imkon berdi. Shayboniyxon 
tomonidan amalga oshirilgan bu va boshqa tadbirlar, o’z mohiyatiga ko’ra, 
markaziy hokimiyatni mustahkamlashga xizmat qilishi zarur edi. Muhammad 
Shayboniyxon vafotidan so’ng boshlangan o’zaro toj-u taxt kurashlari hamda Eron 
bosqinchilariga qarshi kurash mamlakat iqtisodiy hayotiga salbiy ta'sir ko’rsatdi. 
Bu hol, o’z navbatida, pulning qadrsizlanishiga olib kelgan. Natijada, oliy 
hukmdor Ko’chkinchixon 1515- yilda navbatdagi pul islohotini o’tkazishga majbur 
bo’lgan. 1527- yilga kelgandagina ahvolning bir maromga tushishiga erishilgan. 
Shayboniy Abdullaxon II o’tkazgan pul islohoti Buxoro xonligi tarixida muhim 
ahamiyatga ega voqea bo’ldi. U oltin pul zarb etishni yo’lga qo’ygan va uning 
tarkibiga qiymati past bo’lgan boshqa ma'danlar aralashtirmasligini qattiq nazorat 
ostiga olgan. Bu pullar xonlikning butun hududida muomalaga kirdi. Bu hol, o’z 
navbatida, hokimiyatning yanada markazlashuviga, xazinaga katta daromad 
tushishiga olib keldi, savdo-sotiq yanada jonlandi.
Shayboniylar davlatidagi ichki ziddiyatlar markaziy hokimiyat bilan mahalliy 
hokimiyat o’rtasidagi ziddiyatlarda to’la namoyon bo’lgan. Shayboniylar davrida 
yer egaligining iqto, suyurg’ol, tanho va jogir turlari bo’lgan. Shayboniyxon 
davrida davlatni kichik-kichik mulklarga (suyurg’olga) bo’lib idora qilinardi. Bu 
hol hokimiyatdan ajralib chiqishga sharoit yaratar edi. Shayboniyxon bu xatoni 


24 
tuzatishga urinib, bo’ysunishni istamagan mahalliy hukmdorlar mustaqilligini 
tugatishga, ayrim hukmdorlarni almashtirishga harakat qildi. Bu esa mahalliy 
hukmdor va zamindorlarning keskin noroziliklariga sabab bo’ldi. Shayboniylar 
davrida mehnatkashlarning iqtisodiy ahvoli nochor edi. Ko’pchilik omma yersiz 
bo’lib, ijaraga yer olib ishlashga majbur edi. Aholidan 20 turdan ortiq soliq va 
to’lovlar olinardi. Asosiy soliq sug’oriladigan yerdan olinadigan xiroj bo’lib, 
daromadning 30 - 40 foizini tashkil qilardi. Davlat muassasalari, qo’shin va xon 
xonadoni xarajatlarini qoplash uchun to’lanadigan soliq ixrojot deb atalardi. Davlat 
pulga muhtoj bo’lganida favqulodda soliqlar ham joriy etilgan. Aholi soliq va 
jarimalar to’lashdan tashqari, mehnat majburiyatini ham o’tashi kerak edi. Bu 
majburiyat aholini kanallar, zovurlar qazishga, yo’l va ko’priklar qurishga, yem-
xashak yig’ishga jalb etishni nazarda tutardi. 
Ashtarxoniylardan Imomqulixon (1611 - 1642), Abdulazizxon (1645 - 1680), 
Subhonqulixonlar (1680 - 1702) Buxoroning siyosiy birligini saqlab qolish uchun 
ko’p harakat qiladilar. Ammo xalq qo’zg’olonlari va feodal ichki kurashlar zarbasi 
ostida xonlik, ayniqsa, Ubaydullaxon (1702 - 1711) va Abdulfayzxonlar (1711 - 
1747) hukmronligi davrida zaiflashib qolgan edi. Bu hol Buxoroni Eron shohi 
Nodirshoh tomonidan osongina istilo qilinishiga qulaylik tug’diradi (1740). 
Balx va unga tobe bo’lgan Qunduz, Juzgun (Fayzobod), Shibirg’on va hozirgi 
Afg’onistonning shimoliy viloyatlari Ashtarxoniylar qo’li ostida bo’lib, Balx 
odatda valiahd tomonidan idora qilinardi. Chunki Balx viloyati bir tomondan, 
Boburiylar imperiyasi va ikkinchi tomondan, Eron bilan chegaradosh bo’lib, katta 
harbiy va strategik ahamiyatga ega edi. Amudaryoning o’ng tomonidan Termiz, 
Ko’lob va Qobadiyon viloyatlari ham ma’muriy jihatdan Balxga tobe edi.
26
Tarixchi A.A.Semenovning fikricha, Pomir Buxoroga bo’ysunmagan, Badaxshon 
esa garchi Buxoro xonligiga tobe deyilsa ham, lekin ko’p vaqtlargacha yarim 
mustaqilligini saqlab qolgan. 
26
Материалы по истории Средней и Центральной Азии ХVI - ХIХ вв., Т., 1988. 


25 
Ashtarxoniylar davrida davlat tizimi va boshqaruvi o’z tuzilishi, mohiyati 
jihatidan shayboniylar davridagidan deyarli farq qilmas edi. Davlatning ichki va 
tashqi siyosatiga doir masalalar rasman oliy hokimiyat boshlig’i Xon ixtiyori bilan 
hal qilinardi. Markaziy va mahalliy hokimiyat boshqaruvida ham shayboniylar 
davrida amalda bo’lgan lavozimlar saqlanib qolgan. Ashtarxoniylar davrida saroy 
qutvoli davlat lavozimi joriy etilib, u davlat mablag’i hisobiga amalga 
oshiriladigan qurilish, suv inshootlari barpo etish va obodonchilik ishlarini 
boshqargan. Buxoro xonligi ma'muriy jihatdan viloyatlarga, viloyatlar tumanlarga 
bo’linib boshqarilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan. Harbiy 
sohada doimiy qudratli harbiy qo’shin, markaziy harbiy qo’mondonlikning 
yo’qligi, 
qo’shinning 
zamonaviy 
qurol-yarog’lar, 
zambaraklar 
bilan 
ta'minlanmaganligi Buxoro xonligining harbiy jihatdan o’ta zaiflashuviga olib 
keldi.
Ashtarxoniylar davrida yerga egalik qilishning, ilgarigi asrlarda amalda 
bo’lganidek mulki sultoniy, xususiy mulk, vaqf yerlari shakllari mavjud edi. Mulki 
sultoniy davlat yerlari hisoblanib, undan keladigan daromad xon xazinasiga kelib 
tushardi. Davlat yerlaridan o’sha joylarda yashagan dehqonlar foydalangan, ular 
yerni ishlatib, olingan hosildan xiroj solig’i to’laganlar. Xon davlat tasarrufidagi 
yerlarni, aholi yashaydigan qishloqlarni shahzodalarga, yirik din ulamolari va 
sayyidlarga suyurg’ol shaklida, harbiy qism boshliqlari, saroy amaldorlariga tanho 
shaklida in'om qilardi. Suyurg’ol qilingan katta yer egalari xon xazinasiga soliq 
to’lamas edi. Tanho shaklida in'om qilingan yerlar tanhodorning xususiy mulki 
bo’lmay, o’sha yerlarda ishlayotgan dehqonlardan soliq olish huquqi berilar edi. 
Xon ayrim shaxslarga hukmdorga ko’rsatgan alohida xizmatlari uchun ham yer-
mulklar in'om etardi. Bunday mulklar soliqlardan ozod qilinardi va shu boisdan 
ular „Mulki xurri xolis" deb atalardi. Xususiy mulkchilik tobora kuchayib bordi. 
Xon tomonidan davlat yerlarini soliqqa tortmaslik sharti bilan yirik boylar va saroy 
amaldorlariga sotish hollari ham yuz berdi. Xususiy mulk egalari u yerlarda o’zlari 
ishlamas edi, yersiz dehqonlarga ijaraga berib, ularni zo’ravonlik bilan ishlatib, 


26 
katta daromad olardilar. Diniy mahkamalarga mulki sultoniy hisobidan berilgan u 
yerlar, masjidlar, xonaqohlar, qabristonlar vaqf mulki hisoblanardi. Vaqf mulkidan 
ham soliq olinmas edi. Ko’chmanchi chorvador qabilalar ham katta-katta yerlarni 
egallab, o’troqlashib, dehqonchilik bilan shug’ullanadigan bo’ldilar. Natijada 
Qo’ng’irot, Mang’it, Nayman, Do’rmon va boshqa aholi yashaydigan yirik 
manzilgohlar vujudga keldi. Barcha mulk shakllariga xos xususiyat shunda ediki, 
ularda yersiz kambag’al dehqonlar ijara hisobiga mehnat qilganlar. Buxoro 
xonligidagi yerga egalik qilishning bunday tartibi oqibatda: qishloq xo’jaligidan 
tushadigan daromadlarning alohida shaxslar qo’lida to’planib borishiga; xon 
xazinasiga tushadigan daromadlarning kamayib, davlatning kuchsizlanishiga; - 
yerda ter to’kib ishlovchi, mahsulot yetishtiruvchi mehnatkash aholi moddiy 
ahvolining og’irlashuviga olib keldi. Tinimsiz urushlar, qabila boshliqlari va 
amirlar o’rtasidagi ichki kurashlar mamlakat iqtisodiy hayotini, aholining moddiy 
turmushini ayanchli ahvolga tushirdi. Sug’oriladigan yerlarda bug’doy, arpa, 
jo’xori, loviya, mosh, sholi, paxta, savzavot va poliz ekinlari ekilgan. Dasht va 
tog’oldi lalmi yerlarda ham boshoqli ekinlar, kunjut, tarvuz, qovun ekilib, 
dehqonchilik qilingan. Dehqonchilik mamlakat iqtisodining butunlay inqirozga 
tushib qolishidan saqlab turgan asosiy omil bo’lib, aholining oziq-ovqatga bo’lgan 
ehtiyojini qondirishga xizmat qilgan. Imomqulixon davrida, 1614-1615- yillarda 
Qashqadaryodan Qarshi cho’liga kanal qazilgan. 1633-1634- yillarda 
Qo’shqo’rg’onda kanal qazilib, vohalarga suv chiqarilgan. Biroq ashtarxoniylar 
davrida suv inshootlari qurilishiga yetarli e'tibor berilmadi.
27
Chorvachilik ham 
qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i bo’lgan. Mehnatkash aholi chorva 
mollarini boqib, go’sht, sut mahsulotlari yetishtirgan. Ammo katta yaylovlar xon, 
saroy amaldorlari, din peshvolari, qabila boshliqlariga tegishli bo’lib, ming-
minglab qo’ylar, podalar, yilqilar, tuyalar boqilardi. Jun, teri va boshqa 
chorvachilik mahsulotlari yetishtirilar, ichki va tashqi bozorda sotilar edi. 
Ho’kizlardan yer haydashda, omoch va mola tortishda keng foydalanilar edi. 
27
Alimova R. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi./ TDSHI qo`llanma T. 2009. 


27 
Hunarmandchilik va savdo. Hunarmandchilik mahsulotlari asosan shaharlarda, 
qisman yirik qishloqlarda yetishtirilar edi. Hunarmandchilikning to’qimachilik 
tarmog’ida ip yigirish, gazlamalar tayyorlash, tayyor kiyimlar tikish, gilam to’qish, 
kashtachilik ancha rivojlandi. Hunarmandchilikning kulolchilik tarmog’i ham rivoj 
topadi. O’lkada sog’ tuproq manbalarining ko’pligi sopol va chinni idishlar, ko’za, 
kosa va boshqa tayyor kulolchilik mahsulotlari tayyorlashga imkoniyat berardi. 
Metall va yog’ochga ishlov berish orqali uy-ro’zg’or buyumlari tayyorlash, binolar 
qurilishida yog’och va ganch o’ymakorligi kabi hunarmandchilik tarmog’i ham 
ancha o’sdi. Buxoro va Samarqandda yuqori sifatli yozuv qog’ozi ishlab chiqarish, 
tog’li hududlardan nodir metallar, kaliy qazib olish ham yo’lga qo’yilgan. 
Buxorolik hunarmandlar 200 ga yaqin kasb turlari bilan shug’ullangan. XVI - 
XVIII asrlarda Buxoro xonligida hunarmandchilikning turli sohalari, ayniqsa, 
to’qimachilik, qurol-yarog’ ishlab chiqarish, ko’nchilik, bo’yoqchilik, qog’oz 
tayyorlash va boshqalar rivojlangan edi. 
Hunarmandchilikning rivojlanishi ichki va tashqi savdoning o’sishiga sabab 
bo’ldi. Davlatga qarashli yerlar (xolisa)ning juda ko’p qismi suyurg’ol va tanho 
yo’li bilan feodal va ruhoniylarga in’om qilinishi natijasida yer solig’idan davlat 
xazinasiga tushadigan daromad kamayib ketadi. Bu og’ir iqtisodiy ahvoldan 
qutulish uchun hunarmandlar va savdogarlardan olinadigan soliqlarni oshirishga 
harakat qilingan. Shuning uchun hunarmandchilik hamda ichki va tashqi savdoni 
rivojlantirishdan markaziy davlat manfaatdor edi. Yirik yer egalari - feodal va 
ruhoniylar ham savdo bilan shug’ullanardilar. Chet ellardan keladigan savdogarlar 
podsholikka va shuningdek, Xo’ja Sa’dga qarashli Gavkushon karvonsaroyida 
to’xtashlari ham mumkin edi.
28
XVII-XVIII asrlarning birinchi yarmida savdo-sotiq ishlari ham bir qadar o’sib 
bordi. Savdo-sotiq ishlarida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Toshkent, Balx va boshqa 
yirik shaharlarning mavqeyi baland edi. Ichki savdoda dehqonchilik, chorvachilik 
mahsulotlariga, hunarmandchilik buyumlariga ehtiyoj kattaligi sababli bozorlar 


28 
gavjum bo’lardi. Tashqi savdo ham to’xtab qolmadi. Rossiya, Xitoy, Hindiston, 
Eron, Qashg’ar, Turkiya mamlakatlariga paxta, teri, jun, turli matolar va boshqa 
qishloq xo’jalik mahsulotlari chiqarilar edi. Buxorolik savdogarlarning Sibir 
shaharlarida o’z savdo rastalari bo’lgan. Xitoydan shoyi matolar, chinni idishlar, 
dori-darmon, choy, Hindistondan qimmatbaho toshlar, matolar, oltin iplar olib 
kelib sotilgan. Ashtarxoniylar davrida davlat xazinasini boyitishning yagona usuli 
soliq deb hisoblangan. Shu boisdan soliqlar turi va miqdori ko’paytirilgan. Asosiy 
soliq to’lovchi raiyat - dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar, savdogarlar bo’lib, 
ulardan xiroj, zakot, ixrojot, boj va boshqa soliqlar undirilgan. Soliqlardan tashqari 
aholi kanallar qazish, ariqlarni tozalash, qurilish va boshqa ishlarga majburan jalb 
etilardi.
Urush yillarida soliq miqdori haddan tashqari oshirilardi. Subhonqulixon 
davrida raiyatdan 7 yillik soliqlarni birdaniga yig’ib olish hollari bo’lgan. 
Ubaydullaxon esa aholidan yig’iladigan soliqlar miqdorini 4 baravarga 
ko’paytirgan. Ubaydullaxon 1708- yilda pul islohoti o’tkazib, tarkibining 35 foizini 
kumush tashkil etuvchi tangalar o’rniga, tarkibida 9 foiz kumush bo’lgan 
tangalarni zarb ettiradi va uning qimmatini oldingi tangalarga teng deb belgilaydi. 
Natijada pulning qadri 4 baravar kamayadi, norozilik kuchayib, do’kondor va 
hunarmandlar o’z mahsulotlarini sotmay qo’yadi, do’konlar yopiladi, savdo-sotiq 
ishlariga katta zarar yetadi. Muhammad Amin Buxoriyning „Ubaydullanoma" 
asarida „Oddiy xalq va kambag’allar mushkul ahvolda qoldilar, kundalik yeyish-
ichishdan mahrum bo 'ldilar, hatto kafan uchun mato topolmay, jonlarini xudoga 
topshirdilar", deb yozilgan edi. Bunday ahvolga chiday olmagan xalq 1708- yilda 
Buxoroda qo’zg’olon ko’taradi. Qo’zg’olonchilar xon saroyiga yaqinlashib, 
saroyni o’rab oladilar. Ark darvozasiga tosh yog’dirib, xonni haqoratli so’zlar bilan 
badnom qiladilar. Qo’zg’olon bostiriladi, yangi tangalar qimmati ikki baravarga 
tushirilib, do’konlar qayta ochiladi. 1712- yilda Samarqandda qo’zg’olon 
ko’tarilib, xalqqa zulm va zo’ravonlik qilayotgan kenagas qabilasidan qo’yilgan 
28
O’zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1qism, T., 2000. B-245 


29 
Sulton To’qsabo shahardan haydaladi. XVIII asrda Balx, Karmana, Miyonqol, 
Shahrisabz va boshqa viloyatlarda ham xalq qo’zg’olonlari ko’tariladi. Biroq 
qo’zg’olon tartibsiz, tarqoq holda bo’lganligi uchun tezda bostiriladi. Xalq 
qo’zg’olonlari Buxoro xonligi siyosiy tartiblarining istiqboli yo’qligini yaqqol 
ko’rsatdi va uni yanada zaiflashtirdi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə