Зб еки он с р фан л ар а к а д е m и я с и


 Buxoro xonligi va Boburiylar imperiyasi o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix04.06.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#88672
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
xvi-xviii asrlarda hindiston va orta osiyo xonliklari

2.2. Buxoro xonligi va Boburiylar imperiyasi o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar 
Hujjatlar XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida xususiy savdogarlar orasida 
ham boj to’lamay savdo qilish huquqiga ega bo’lganlar borligidan dalolat beradi. 
Bu xil savdogarlarga, hatto maxsus farmon bilan muayyan o’lkalar o’rtasidagi 
mavjud savdoda ayrim mollarni xarid qilish va sotish huquqi ham berilgan. Balxlik 
Oxunxo’ja Avaz va uning sheriklari boburiy Avrangzeb tomonidan berilgan 
tarxonnomaga ko’ra, Hindistonga saroy ehtiyojlari uchun turli quruq va ho’l 
mevalar, otlar va tuyalarni olib kelish hamda Balxga Hindiston matolari va 
buyumlaridan keltirib sotish huquqiga ega bo’lgan. Imperator o’z farmonida 
Qobuldan to Shohjahonobod (Dehli)ga qadar o’lka va viloyatlardagi hokimlar
jogirdorlar va shohlikning boshqa mutasaddilariga Oxunxo’ja Avaz va uning 
sheriklaridan chihilyak (qirqdan bir), zakot va rohdori (yo’l uchun olinadigan 
mablag’), tamg’a va boshqa ishlar yuzasidan zahmat yetkazmaslikni va ushlab 
qolmaslikni ta’kidlaydi.
37
Oxunxo’ja Avaz va uning sheriklari misolidagi ma’lumotlar XVII—XVIII 
asrlarda Boburiylar imperiyasida va umuman Hindistonda savdo burjuaziyasining 
shakllanish jarayoni boshlanganidan darak beradi. 
Buxoro xonligida boj to’lamasdan savdo qilish huquqiga asosan, xon, shayxlar 
va Balx hokimi ega edi. 
Boburiy imperatorlar ham savdodan keladigan foydani boylik orttirish 
manbalaridan biri deb bilib, mamlakatlararo qilinadigan tashqi savdoda faol 
qatnashganlar. 
Xonlar, jo’ybariy shayxlar va Boburiy imperatorlari mamlakatlararo boj 
to’lamaslik asosida olib borgan savdo ishlarini o’zaro «tuhfa va hadyalar» yuborish 
shaklida ham amalga oshirganlar. 
«Matlabut-tolibin» asarida jo’ybariy shayxlar va hind podsholarining o’zaro 
bir-birlariga «tuhfa va hadyalar» yuborib turganliklari haqida misollar keltiriladi. 
36
Низомиддинов И.Ғ - ХVI-ХVIII асрларда Ўрта Осиѐ - Ҳиндистон муносабатлари., Т., "Фан", 1966 


44 
Asarda ko’rsatilishicha, Jahongirshoh Shayxulislom Tojiddinga ikki marta 
«hadyalar» yuborgan va shayx ham bu qilingan «marhamat va iltifotlarga» o’z 
navbatida javob qaytargan. Hind podshosining har galgisi 50 ming xoniy 
qimmatiga ega bo’lgan matolari (kimxob, zarbop) va nodir buyumlari evaziga 
Shayxulislom ham Hindistonga umumiy qimmati 40 ming xoniydan ortiq 
qimmatga ega bo’lgan qunduz po’stinlar, morj tishi, chinni asboblar, qipchoq 
otlari, tezyurar tuyalar, ov qushlari (tuyg’un, qarchig’ay, shunqor) va behla
(charmdan yasalgan, ov qushlarini tutuvchi qo’lga kiygiziladigan qo’lqop)lardan 9 
sidradan ikki martaba tuhfa qilib yuborgan.
38
Shu narsa diqqatga sazovorki, har ikki tomonning «hadyalari garchi turli xil 
mato va buyumlardan iborat bo’lsa ham, ularning umumiy qimmatlari qariyb 
barobar kelardi. Bu esa tuhfa va hadyalarning haqiqatda mol almashish asosida 
olib boriladigan savdo tovarlaridan iborat ekanligini ko’rsatadi. 
Tortiq va hadyalar qilish shaklida olib boriladigan savdo boj to’lamay savdo 
qilish imtiyozidan tashqari foydali imkoniyatlarga ham ega edi. 
Mamlakatning hokim sinfi - xon va ruhoniylarga qarashli «tuhfa va hadyalar» 
karvonlari chegaradan o’tishi bilanoq, shu davlat hokimining buyrug’i bilan darhol 
qurolli guruhlar himoyasi ostiga olinar, qaroqchi va o’lka hokimlari tomonidan 
talon-taroj qilinish xavfidan xoli bo’lar edilar. 
XVI asrning ikkinchi yarmi va XVIII asr mobaynida tuhfa hamda hadyalar 
yuborish yo’li bilan olib borilgan savdo Buxoro xonligi va Boburiylar imperiyasi 
o’rtasidagi iqtisodiy (savdo) munosabatlarida muhim rol o’ynagan. Buxoro xonligi 
va Boburiylar imperiyasining bir-birlariga yuborgan elchiliklari va ular zimmasiga 
yuklatilgan siyosiy vazifalardan tashqari, ular har ikki mamlakat o’rtasidagi 
iqtisodiy (savdo) munosabatlarda vositachi rolini ham bajarganlar. 
Masalan, Hindistonga kelgan Imomqulixon elchisi Abdurahimxo’ja turli 
sovg’a-salomlar bilan birga Jahongirshohga bir yirik la’l «tuhfa» qiladi. 
37
Р у с т а м о в У. А., К истории изучения экономических, политических и культурных связей между 
народами Индии и Средней Азии. Труды Института Востоковедения АН УзССР, вып. 4, Ташкент, 1956. 


45 
Jahongirshoh ham Abdurahimxo’jaga 40 ming rupiya pul va biri 1500, 1000 va 
500 misqol og’irlikdagi uchta oltin ―kavkabi tole‖ hadya etgan. 
Shohjahon elchisi Hakim Hoziq o’zi bilan birga Imomqulixonga «tortiq» 
sifatida turli qimmatbaho toshlar bilan ziynatlanib, oltin suvi yugurtirilgan idishlar, 
sukurlat - jundan tikilgan, olmos va yoqut toshlar qadalgan shohona chodir, baliq 
tishi, oltin va nuqralar qadalgan ko’ylaklar va boshqa buyumlar olib kelgan. 
Hind manbalarida aytilishicha, Hakim Hoziq elchiligining keltirgan «hadya va 
tuhfalari»ning qimmati bir yarim lak rupiyani yoki 3700 iroq (Eron) tumaniga teng 
bo’lgan.
39
Balx hokimi Nadr Muhammadxon Shoh Xo’ja elchiligi orqali Jahongirshohga 
50 ming rupiyalik ot, turk qullari, va boshqa buyumlar yuborgan. Bularning 
evaziga boburiy hukmdor mazkur elchi orqali Nadr Muhammadxonga 40 ming 
rupiya pul va hind nafis mollaridan «hadya» qaytargan. 
Subhonqulixon ham Balx hokimi bo’lib turgan vaqtida Hindistonga bir qancha 
elchilar yuborib, ular orqali hind imperatoriga «tuhfa — hadyalar» tortiq qilgan. 
Hind podshohi ham o’z navbatida bularga lozim bo’lgan tarzda javob qaytargan. 
Masalan, u Subhonqulixonga uning elchisi Shodmonxo’ja orqali (hijriy 1080 – 
1669-yili) 25 ming rupiya pul, bir fil (nuqradan yasalgan egari bilan), 150 to’p 
shol, «jomavar», «chire», gujorat «fo’tasi» matolaridan berib yuboradi. 
Yana Abdulazizxon tomonidan «tuhfa» qilib yuborilgan, qimmati 40 ming 
rupiyalik la’l evaziga Avrangzeb Buxoro xoniga har birining bahosi 20 ming 
rupiyalik ikkita xanjar «tortiq» qiladi. 
Shuningdek, hind elchisi Mustafoxon Abdulazizxon saroyiga bir lakx va ellik 
ming rupiya qimmatiga barobar - oltin suvi yuritilgan egar-jabduq, jamdar quroli, 
qimmatbaho qilich, qalqon, o’qdon, bir fil va turli matolar keltiradi. 
Biz «hadya va tuhfalar» yuborish yo’li bilan savdo-sotiq qilishga oid bir qancha 
xarakterli misollar keltirish bilan chegaralandik. Bu haqda qo’shimcha ma’lumotlar 
38
Низомиддинов И.Ғ - ХVI-ХVIII асрларда Ўрта Осиѐ - Ҳиндистон муносабатлари., Т., "Фан", 1966 
39
Шарма Р. Бобурийлар салтанати (Инглиз тилидан Ғ.Сотимов тарж.). -Т., 1999. 


46 
mazkur ishning Buxoro xonligi va Boburiylar imperiyasining siyosiy – diplomatik 
munosabatlariga bag’ishlangan qismida ham kelti riladi. 
Savdoning bu shakli asosan qimmatbaho (la’l, olmos) va shuningdek, 
taqiqlangan mollar (qurol, fil) bilan «savdo» qilishdan iborat bo’lgan. Lekin shu 
bilan birga, bu xil savdo mollari ichida xususiy savdo mollari (ot, turli matolar, 
idishlar, asboblar) ham bor edi. 
Yuqorida keltirilgan faktlar shundan dalolat beradi-ki, XVI asrning ikkinchi 
yarmi va XVIII asr mobaynida Buxoro xonligi va Boburiylar imperiyasi 
o’rtasidagi elchilik munosabatlarining rivojlanishida shu mamlakatlarning o’zaro 
iqtisodiy (savdo) munosabatlari ham muhim o’rin tutgan. 


47 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə