Зб еки он с р фан л ар а к а д е m и я с и


 Hukmdorlarning yozishmalarida ko’zlangan siyosiy maqsadlar



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix04.06.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#88672
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
xvi-xviii asrlarda hindiston va orta osiyo xonliklari

3.2. Hukmdorlarning yozishmalarida ko’zlangan siyosiy maqsadlar 
Bir qancha yillar davomida Hindistondan Buxoroga elchilar yuborilmadi. 
Buxoro elchisi Mavlono Husayniy 1592-yili Lohurda vafot etadi. Oradan ikki yil 
o’tgach, R.CH.Varmaning yozishicha, yana Buxorodan elchi Mulk Saloh Buxoriy 
kelgan.
61
Buxorodan Akbarshoh saroyiga ketma-ket elchilarning kelishi, fikrimizcha, 
Buxoro xonining bu davrda Akbarshoh davlati bilan yaxshi munosabatlarda 
bo’lishga harakat qilganligidan darak beradi, chunki bu Buxoro xonligi manfaatiga 
mos kelardi. Buxoro xoni Eronga qarashli yerlarni, shu jumladan, Qandahor 
o’lkasini bosib olishda Hindistonning betarafligini ta’minlashga intilardi. Ammo, 
Akbarshoh davlati ham o’z navbatida Qandahor o’lkasini (shuningdek, bu o’lkaga 
qarashli Zomindovar, Garmsar va boshqa yerlarni ham) Boburiylar imperiyasiga 
tegishli joylar deb bilib, uni Erondan tortib olish fikrida edi. Demak, bu yerda 
Buxoro xonligi bilan Akbarshoh davlatining manfaatlari bir-birlariga zid keladi. 
Shunga ko’ra, har ikki mamlakat o’rtasida yaxshi qo’shnichilik aloqalari o’rnatish 
mumkin bo’lmadi, chunki bu xildagi munosabatdan Akbarshoh davlati manfaatdor 
emas edi. Uzoq vaqt davomida Hindistondan Buxoroga elchilar yuborilmasligining 
sababi ham ana shunda edi. 
Qandahor urushsiz Hindistonga qo’shib olingach, Qandahorga safarbar qilingan 
hind harbiy qismlariga Zomindovar, Garmsar va boshqa joylarni Buxoro 
xonligidan qaytarib olish haqida buyruq beriladi va bir necha kichik-kichik 
to’qnashuvlar natijasida u yerlar Akbarshoh davlatiga qo’shib olinadi. 
61
R a m e s h C h a n d r a V a r m a . Akbar and Abdullakhan, «Islamic culture», vol. XXI, № 4, October, 1937, 
p.378


70 
Shundan so’ng Akbarshoh Buxoroga elchi yuborishga qaror qiladi. Bundan 
maqsad, birinchidan, Zomindovar va Garmsardagi to’qnashuvni xaspo’shlash 
bo’lsa, ikkinchidan, Buxoro bilan do’stona munosabatlar o’rnatib, bu xil 
munosabatdan Eron—Hindiston aloqalarini o’z manfaatlariga bo’ysundirishda 
dastak sifatida foydalanish edi. 
24 – urdu-bihesht (1004 hijriy—17-may 1597) yili Hindistondan Buxoroga 
Xo’ja Ashraf Naqshbandiy boshliq elchilik yo’lga chiqadi. Shohona sovg’a — 
hadyalar esa Shayx Husayniy Laknoviy orqali maxsus jo’natiladi. Hind elchisi 
Akbarning Abdullaxon II nomiga yozilgan do’stlik aloqalarini mustahkamlashga 
qaratilgan maktubini keltiradi. 
Maktubda Akbarshoh o’z davlatining Buxoro xonligiga nisbatan doimo 
do’stona munosabatda bo’lganini uqtirib, buning isboti o’laroq quyidagi dalillarni 
keltiradi: 
a) Abdullaxon II Hinduqush mamlakatlar o’rtasida chegara bo’lib hisoblansin, 
deb taklif qilgan ekan, uning bu taklifi ma’qul topildi; 
b) Eron hokimi o’z elchisi Yodgor Sulton Rumluni yuborib Buxoroga qarshi 
kurashda yordam so’ratgan ekan, bu iltimos qabul qilinmadi; 
v) Shohrux Mirzaga Buxoroga yaqin bo’lgan Qobul yoki Kashmirdan emas, 
balki Malva o’lkasidan jogir berildi; 
g) O’zbeklar Qandahorni Eronga qarashli joy deb bilib, unga hujum 
qilmasinlar, degan andisha bilan bu viloyat Hindistonga qo’shib olindi; 
d) Shohrux Mirzaning o’g’li nomi bilan Badaxshonda qo’zg’olon ko’targan 
Muhammad Zamonga yordam ko’rsatilmadi; 
e) Buxoro xonini xavfdan qutqarish uchun Panjobni tashlab Agraga kelindi; 
j) Abdulmo’min qilgan beadabgarchiliklarga o’g’ilning otaga qilgan erkaligi 
deb qaralib, uning gunohidan o’tildi va boshqalar.
62
Maktubda Akbarshoh o’zining Panjob viloyatida uzoq vaqt turib qolishiga 
afg’onlar va belujlarni bo’ysundirish, Kashmir, Tata va Seistonni imperiyaga 


71 
qo’shib olish sabab bo’lganini aytib, so’ng Gujarotdagi qo’zg’olonning bostirilishi 
va Dekanda olib borilayotgan janglar haqida birma-bir hikoya qiladi. 
Maktub mazmuniga qaraganda Ahmad Ali Otaliqqa Xo’ja Ashraf Naqshbandiy 
elchiligi bilan birgalikda qaytishga ruxsat etilgan. Maktubda faqat bir joyda, ya’ni 
Abdulmo’minning hatti-harakatlari haqida suz borganda, bu noo’rin harakatlar 
Abdullaxonning roziligi bilan qilingan bo’lishi kerak, deb kinoya qilinadi. Boshqa 
barcha masalalar do’stona ruhda naql etilgan. 
Akbar davlatining ichki ishlari ham Buxoro xonligi bilan do’stlikni 
mustahkamlashni taqozo qilar edi. Chunki bu davrda imperiya oldida katta bir 
vazifa — Dekanni bo’ysundirish vazifasi turardi. Bu masalani muvaffaqiyatli hal 
qilishda Boburiylar imperiyasining g’arbiy rayoni — Qobul viloyatida tinchlik va 
osoyishtalik hukm surishi muhim rol o’ynardi, bu esa Buxoro xonligi bilan bo’lgan 
aloqalarga bog’liq edi. 
Hind elchilari Xo’ja Ashraf Naqshbandiy va Sulton Husayn Laknoviylar 1597-
yilning sentyabrida Abdullaxon huzurida bo’ladilar, hind elchilarining Hindistonga 
qaytishlarida kuzatib borish vazifasi Mir Qurayshga topshiriladi. Elchilar Hirotga 
kirib kelganlarida Abdullaxon vafoti haqida xabar tarqaladi. 
Keltirilgan dalillardan shunday xulosaga kelish mumkinki, XVI asrning 
ikkinchi yarmida Buxoro xonligi bilan Hindiston o’rtasida qizg’in siyosiy 
(diplomatik) munosabatlar o’rnatilgan va bundan har ikki tomon manfaatdor 
bo’lgan. 
XVI asrning ikkinchi yarmidagi Buxoro — Hindiston munosabatlarini uch 
davrga bo’lish mumkin: 
a) Buxoro xoni tomonidan Badaxshon bosib olingunga qadar bo’lgan davr. Bu 
vaqtda Buxoro — Hindiston munosabatlari u qadar do’stona ruhda bo’lmadi. 
Badaxshonning zabt qilinishi esa mamlakatlar o’rtasidagi munosabatni 
keskinlashtirib yuborishi ham mumkin edi. Lekin, har ikki mamlakatning 
manfaatlari o’zaro munosabatlarni keskinlashtirishga yo’l qo’ymadi. Buxoro xoni 
62
Н и з о м и д д и н о в Н., Ўрта Осиѐнинг чет эл Шарқи билан муносабатлари, Тошкент, Уздавнашр, 1961


72 
Akbar saroyiga ketma-ket do’stlik elchilarini yuborib, Badaxshon voqeasini esdan 
chiqarishga uringan bo’lsa, Akbar o’z imperiyasining g’arbiy chegaralari 
xavfsizligini ta’minlash uchun Buxoro bilan yaxshi qo’shnichilik siyosatini davom 
ettirishga majbur bo’ldi; 
b) Abdullaxonning Eronga nisbatan tutgan tajovuzkorlik siyosatining 
kuchaygan davri. Bu davrda Buxoro xoni Hindistonni Eronga qarshi kurashga 
undadi. Eronning zaiflashishidan manfaatdor bo’lgan Akbar davlati (Qandahorni 
osongina Hindistonga qo’shib olish maqsadida) Abdullaxonning Eronga nisbatan 
bo’lgan agressiv niyatlarini qat’iyan qoralamadi; 
d) Qandahoq masalasining hal bulish davri. Ma’lumki, bu masala ustida 
Buxoro va hind qo’shinlari o’rtasida to’qnashuvlar ham bo’ldi. Ammo shundan 
keyin ham mamlakatlar o’rtasidagi munosabat keskin o’zgarmadi. Chunki janubiy 
hind yerlarini bosib olish uchun Akbar davlatiga Buxoro xonligi bilan yaxshi 
munosabatda bo’lish zarur edi. O’zaro yaxshi qo’shnichilik munosabatlaridan 
Buxoro xonligi manfaatdor edi, chunki bu vaqtda davlatni o’z qo’liga olgan Eron 
shohi Abbos I Buxoroga karshi kurashni kuchaytirish fikrida edi. 
Ashtarxoniylar hukmronlik qilgan davrda xam Buxoro xonligi va Boburiylar 
imperiyasi o’rtasida qizg’in diplomatik aloqalar mavjud bo’lgan. 
Imomqulixon taxtga o’tirgach, o’g’li Iskandarni Toshkent hokimi qilib 
tayinlaydi. Tez orada Iskandar zulmiga qarshi toshkentliklar qo’zg’olon 
ko’taradilar va Iskandar o’ldiriladi. Bu voqeadan xabar topgan Imomqulixon Balx 
hokimi — ukasi Nadr Muhammadxon bilan birgalikda Toshkentga yurish qilib, 
qo’zg’olonni shafqatsizlik bilan bostiradi (1613), so’ng Buxoroga qaytib kelib, 
Hindiston shohi Jahongir (1605—1627) huzuriga elchilar yuboradi. Elchilar 
Hindistonga qimmatbaqo sovg’a va tuhfalar bilan boradilar. Jahongirshoh ular 
bilan yaxshi munosabatda bo’lgan.
63
63
У р и н б о е в А . , Абдураззоқ Самарқандийнинг Ҳиндистон сафарномаси, Тошкент, УзССР ФА нашриѐти, 
1960, Б.22


73 
R.Ch.Varmaning yozishicha, Buxoro elchilari Imomqulixonning Jahongirshoh 
nomiga yozgan maktubini keltirganlar va bu maktubda Buxoro xoni marhum 
Abdullaxon II va Akbarshoh davrlarida Buxoro hamda Hindiston o’rtasida bir 
diniy mazhabda bo’lish asosida o’zaro ittifoq tuzilganligi va bu ittifoq natijasida 
Xuroson hamda Eronning ko’p joylari Buxoro va Hindiston tomonidan bosib 
olinganligi qayd qilib o’tilgan. 
«Tarixi Muqimxoniy» muallifining ko’rsatishicha, «oraan bir necha vaqt 
o’tgach, Jahongir podshoh Hakim Hoziqni elchilik rasmi bilan oliy maqom xon 
(Imomqulixon) huzuriga yuboradi». Asarda ko’rsatilishicha, Hakim Hoziq elchiligi 
Buxorodan jo’nab ketganidan bir yil keyin Jahongir vafot etgan. Agar biz Hakim 
Hoziq elchiligini Buxoroda bir yil turgan deb faraz qilsak, (Jahongirshoh 1627-yili 
vafot etgan) u holda hind elchilari Buxoroga 1624—1625 yillari, demak, 
Imomqulixon elchisidan o’n yil keyin kelgan bo’ladi. «Tarixi Muqimxoniy» 
kitobida keltirilgan ma’lumotlar asosida shu asar muallifining Hakim Hoziq 
elchiligining kelishi to’g’risidagi ma’lumotlari ham chalkash. 
Lekin, Hindiston bilan Buxoro o’rtasidagi siyosiy munosabatlar bunday uzoq 
vaqt uzilib qolmagan. Manbalarning ko’rsatishicha, Hakim Hoziq elchiligidan 
avval Hindistondan Buxoroga Birka elchiligi kelgan va ular Buxoroda bir necha yil 
turganlaridan so’ng, vatanlariga qaytganlar. 
Shundan keyin Buxorodan Hindistonga Xo’ja Abdurahim boshchiligida 
elchilar yuboriladi. 
Xo’ja Abdurahim Xo’ja Islom Jo’yboriyning nabiralaridan bo’lib, Xo’ja 
Sa’dning o’rtancha o’g’li edi. Xo’ja Sa’d o’z vafoti oldidan (23-oktyabr 1589-yil) 
vasiyat qilib, o’zining barcha asosiy boyligi — yer-mulki va 18 ming oltin ashrafiy 
mablag’ini katta o’g’li Xo’ja Tojiddinga meros qilib beradi. Xo’ja Abdurahimga 
esa 4 ming ashrafiy tegadi, xolos.
64
64
Юлдашев М. Ю., Новые данные о хозяйстве джуйберских шейхов. «Общественные науки в Узбекистане», 
1963, 5, стр. 37.


74 
Imomqulixon taxtga o’tirishi bilan Xo’ja Abdurahimning e’tibori tobora 
kuchsizlana boradi va hatto bizga noma’lum sabablarga ko’ra, Xo’ja Abdurahim 
haj qilish niqobi ostida Buxoroni tashlab ketishga majbur bo’lgan. 
Xo’ja Abdurahim Isfaxonga yetganda yo’lda betob bo’lib qolib yana Buxoroga 
qaytib keladi. Lekin u oradan ko’p vaqt o’tmay Hindiston safariga otlanadi. 
«Matlabut-tolibin» asardagi ma’lumotlarga ko’ra, Xo’ja Abdurahimning 
Hindistonga borishiga quyidagi voqea sabab bo’lgan. Hindistonda Shox Salim 
(Jahongirshoh) bilan uning o’g’li Shoh Xurram o’rtasida kuchli kelishmovchiliklar 
paydo bo’lgani to’g’risidagi xabar Buxoroga ham yetib keladi. Kunlarning birida 
Xo’ja Abdurahim Imomqulixonga shu haqda gap ochib, ota-bolani yarashtirib 
qo’yish kerakligini aytganda, Imomqulixon Xo’jaga qarab: bu - sizlar (ya’ni 
jo’ybariy shayxlar) ning ishingiz, ota-bobolaringizdan tortib shu xil yumush bilan 
shug’ullanib kelmoqdasizlar, deb javob qaytargan. Bu voqeadan so’ng Xo’ja 
Abdurahim Hindiston safariga taraddud ko’rgan. Xo’ja Abdurahim qimmatbaho 
buyumlar — tulki va qunduz terisidan tikilgan po’stinlar, baliq tishi, bir qancha 
tezyurar ot va tuyalar, yaxshi ziynat berib yozilgan kitob va riq’alar hamda boshqa 
sovg’a-salomlar bilan yo’lga tushadi. Xo’ja Abdurahimga bir qancha mulozimlar 
bilan birga katta o’g’li Muhammad Siddiqxo’ja hamrohlik qiladi.
65
Chegaradan o’tishi bilanoq hind podshosining buyrug’i bilan Xo’ja Abdurahim 
va uning mulozimlari uchun kuniga ming rupiya qo’nalg’alik ajratiladi. Viloyat 
hokimlari ularga tuhfa va sovg’alar in’om qiladilar, Qobul viloyatining hokimi 
Zafarxon Xo’ja Abdurahimni Lohur shahrigacha kuzatib boradi. Xo’ja Abdurahim 
Lohur shahriga yaqinlashganda uning istiqboliga Abdullaxon II davrida - Mashhad 
hokimi bo’lgan va Hindistonda esa «panchhazori» («besh mingchi») lavozimida 
xizmat qilgan Bahodirxon o’zbek, Xo’ja Abdul Hasan devon, Ibodatxon baxshi va 
boshqalar chiqadilar. Xo’ja Abdurahim kelgan kuniyoq Jahongirshoh tomonidan 
tantanali ravishda qabul qilinadi va katta hurmat sifatida unga taxtga yaqin 
o’tirishga ruxsat etiladi. Qabul marosimida Jahongirshoh Abdurahimga 50 ming 


75 
rupiya in’om etadi, Xo’ja Abdurahim bir qancha kun davomida tilla va nuqra 
idishlarga solingan xilma-xil taom-lar bilan mehmon qilinadi. 
Hind tarixchisi Banarsi Prasad Saksenaning fikricha, Hindistonga elchilik 
vazifasi bilan kelgan Xo’ja Abdurahim Buxoro xonining Xurosonni Hindiston va 
Buxoro o’rtasida bo’lib olish haqidagi taklifini ham bayon qilgan va 
Jahongirshohning vafoti munosabati bilan bu taklif amalga oshmay qolgan. 
Demak, B. P. Saksenaning ma’lumotlariga ko’ra, Xo’ja Abdurahim Buxoro 
xonining Hindistonga yuborgan rasmiy elchisi bo’lgan. Shunday bo’lishi ham 
mumkin. Chunki Jahongirshohning o’g’li Shohjahon (Shoh Xurram) va 
boshqalarning tinimsiz qo’zg’olonlari orqasida Hindistonning kuchsizlanib 
borayotganini sezgan Imomqulixon bu qulay vaziyatdan foydalanib, o’zini 
Hindistonning ichki ishlariga ham aralasha oladigan ulug’ hoqon qilib ko’rsatishga 
harakat qilgan bo’lishi mumkin. Xo’ja Abdurahim uchun ham hind shohi huzuriga 
oddiy shayx emas, balki davlat elchisi sifatida kelish qulay va foydali edi. 
Shuningdek, «Tuzuki Jahongiriy» muallifi o’z asarida Xo’ja Abdurahim 
Imomqulixonning Jahongirshoh nomiga yozilgan maktubini keltirgan, deb 
yozadi
66
. Ammo, «Tuzuki Jahongiriy»da hamda Xo’ja Abdurahimning 
Hindistonga qilgan sayohatini batafsil hikoya qiluvchi «Matlabut-tolibin»da 
(shuningdek, boshqa asarlarda) ham bu maktub yoki uning qisqacha mazmuni 
haqida hech qanday ma’lumot uchramaydi. 
Fikrimizcha, Xo’ja Abdurahimning Hindistonga borishi to’g’risida berilgan va 
ushbu ishda tarjimasi ilova qilinayotgan hujjat Buxoro xonining hind podshohi 
nomiga yozgan nomasi bo’lmasa kerak. Chunki bu hujjat «Hindiston 
voqeanavisining nishoni (buyrug’i)» deb atalib, unda shohlarga yoziladigan rasmiy 
xatlardagi kabi Jahongirshoh shaxsi ulug’lanib ta’rif etilmaydi, aksincha
Imomqulixon ko’proq o’zining adolatlik xon ekanligi haqida maqtanib yozadi va 
nihoyat, hujjatda Xo’ja Abdurahimning ko’ngliga sayr qilish fikri tushgani va 
65
Абулфазл Алломий, Тарихи Акбаршоҳий, Т., ―Шарқ‖, 1997.
66
Мирза Mуҳаммад Ҳоди, Тузуки Жаҳонгирий, 428-бет 


76 
shuning uchun uni Hindiston safarining voqeanavislik xizmatiga tayin etilgani 
aytiladi: 
«...pok zotli Xo’ja Abdurahimga ko’pdan-ko’p iltifotlar qilinib... uni Hindiston 
safarining voqeanavislik xizmatiga sarafroz qildikki, u (chegaradan) o’tishdan va 
ishga tushishdan boshlab to bu xizmatning anjomiga va oxiriga qadar har mulk va 
har yerda ro’y bergan turli voqealarning hammasini oqqa tushirib va bayon qilib 
har kuni oliy taxt poyasining arziga yetkazadi». Noma oxirida ham Jahongirshoh 
davlatining abadiy bo’lishi va boshqalar haqida istak bildirish o’rniga 
«Shubhasizki, (buni) to’xtatish va (unga) xiloflik qilish oliy ostonaga bosh 
qo’yuvchilarga dog’ tushirishdan xabar beradi» deyiladi. Agar Xo’ja Abdurahim 
o’ziga yuklatilgan vazifani ado etmasa, uning Imomqulixon oldida e’tiborsiz bo’lib 
qolajagi kinoya qilinadi. Hujjatdan ko’rinib turibdiki, Xo’ja Abdurahimga 
voqeanavislik vazifasi ham yuklatilgan. 
Demak, birinchidan, Xo’ja Abdurahim Hindistonga o’z xohishi bilan 
ketmagan, aksincha, unga nisbatan Imomqulixon munosabatining sovuq 
bo’lganligi orqasida chet o’lkalarga chiqib ketishga majbur bo’lgan (ehtimol, shu 
vaqtlarda jo’ybariy shayxlarning kattasi, asosiy merosxo’r Tojiddin o’ziga raqiblik 
qilishi mumkin bo’lgan ukalari — Xo’ja Abdurahim va Abdixo’jalardan qutulish 
maqsadida o’z ta’siridagi xon Imomqulini shunday qilishga da’vat etgandir) va 
ikkinchidan, Imomqulixon Xo’ja Abdurahimning Hindiston safaridan podsholik 
ishlarida ham foydalangan. 
Tarixiy asarlarda Imomqulixonning onasi va Jahongirshohning xotini 
Nurjahonbegim ham (o’z vakillari orqali) bir-birlariga do’stona maktublar va 
qimmatbaho tuhfa hamda hadyalar yuborib turganliklari haqida ma’lumotlar bor.
67
Shunday qilib, Hakim Hoziq elchiligiga qadar Hindistondan Buxoroga Birka va 
Nurjahonbegimning Xo’ja Nasriddin Qobuliy boshchiligidagi elchilari kelgan 
67
Б а й к о в а Н. Б., Роль Средней Азии в русско - индийских торговых связях (первая половина XVI — 
вторая половина XVIII в.), Ташкент, Изд-во «Наука» УзССР, 1964.


77 
bo’lsa, Buxorodan Hindistonga Xo’ja Abdurahim va Imomqulixon onasining 
elchilari borgan. 
Endi «Tarixi Muqimxoniy»da yo’l qo’yilgan xronologik chalkashlik haqida 
to’xtab o’tamiz. Ma’lumki, bu asarda Hakim Hoziq elchiligi Jahongirshoh 
tomonidan yuborilgan elchilikdir, deb yozilgan. Ammo «Matlabut-tolibin» 
asaridagi voqealarning tavsifi Hakim Hoziq Shohjahon tomonidan yuborilgan elchi 
ekanligini aniqlab beradi. Asarda hikoya qilinishicha, Xo’ja Abdurahim 
Hindistonga borgandan so’ng bir qancha vaqt o’tgach, Jahongirshoh Kashmir 
viloyatiga sayr qilish uchun jo’naydi va Xo’ja Abdurahimni ham o’zi bilan birga 
olib ketadi. Kashmirda avval Jahongirshoh va so’ng ko’p vaqt o’tmay Xo’ja 
Abdurahim (1037—1627) vafot etadilar. Xo’ja Abdurahimni Chahorbog’da 
(Kashmir) dafn etadilar. Keyinchalik Xo’ja Abdurahimning o’g’li Muhammad 
Siddiqxo’ja otasining jasadini Hakim Hoziq boshliq elchilik hamrohligida 
Buxoroga olib kelib dafn ettiradi, dafn marosimida Imomqulixon ham 
qatnashadi
68
. Hakim Hoziq elchiligi Jahongirshoh davrida emas, balki uning 
vafotidan so’ng Shohjahon tomonidan (saltanat egasi bo’lgandan keyingi birinchi 
yili) yuborilgan elchilik ekani Shohjahon davriga bag’ishlangan maxsus tarixiy 
asar «Mirotul olam»da ham aniq aytilgan va bu asarda Shohjahonning 
Imomqulixon nomiga yozilgan maktubining do’stlik haqida zikr etuvchi va 
Imomqulixon shaxsiyatini ulug’lovchi debochasi ham keltirilgan. 
Hakim Hoziq boshchiligidagi hind elchilari Buxoroga 1628 - yilda kelgan, 
chunki «Mirotul olam»da Hakim Hoziq elchiligi Hindistondan jo’nab ketgandan 
so’ng (12-rajab 1037 – 14-mart 1628) navro’z bayrami nishonlangani qayd 
qilingan. 
Imomqulixon olti oy davomida hind elchisini qabul qilmaydi. Hakim Hoziq 
norozilik bayon qilib, bu haqda Buxoro amirlariga shikoyat qiladi. 
So’ng Nodir Devonbegi Imomqulixonga hind elchisini qabul qilish haqida 
so’zlaganda, xon, agar elchini qabul qilsak, u holda elchi keltirgan tortiqlarni ham 


78 
olishga to’g’ri keladi, biz esa iltifotlarga muhtoj emasmiz, deb javob beradi. 
Nihoyat, Imomqulixon ovdan qaytib kelayotgan vaqtida hind elchisining yo’l 
ustida xonga ko’rinishi mumkinligini aytadi. 
Xonga ko’rinish shu tariqa o’tadi: Hakim Hoziq o’zi keltirgan buyumlarni yo’l 
ustida ko’zga ko’rinarli joyga yasatib qo’yadi, ammo Imomqulixon go’yo ularga 
zor emasdek, bu tortiqlarni nazar-pisand qilmagandek, tuhfalarga bir qiyo boqib, 
so’ngra Rahim parvonachiga qarab: «Bularni senga berdim», deydi. 
Bu voqeadan hayratda qolgan elchi darhol bir qilichni yashirib qolishga 
ulguradi. Ertasi kuni Imomqulixon hind elchisini rasmiy suratda qabul qiladi. 
Hakim Hoziq taxt yoniga yaqinlashib, Imomqulixonga hind podshohining xatini 
beradi va elchilarga xos odob bilan xonga qarab: «Marhum Akbarshoh podshohdan 
uning ikki xususiy qilichi qolgan edi. Birini hokim Shohjahonning o’zi oldi, 
ikkinchisini marhum hokim Akbarga nisbatan o’g’illarcha munosabatda bo’lsin 
degan so’zlar bilan bizlardan o’z tug’ishgani Imomqulixonga berib yubordi», deb 
qilichni uzatadi. 
Imomqulixon qilichni olib tortsa, u ha deganda qinidan chiqavermaydi. Shunda 
Imomqulixon — «negadir sizning qilichingiz qinidan chiqmaydi» deb, Shohjahon 
Badaxshonni olish niyatida Qobulga kelibdi, degan mazmundagi Buxoroda 
tarqalgan gapga ishora qiladi. Elchi esa «Hokim bu qilich tinchlik ifodasidir, 
shuning uchun darhol o’z qinidan chiqavermaydi, agar u urush qilichi bo’lganda 
edi, u vaqtda ishontirib aytamanki, shu ondayoq o’z qinidan chiqarib olingan bo’lar 
edi», deb javob qaytaradi. Imomqulixon bu javobdan mamnun bo’lib, hind 
elchisiga ishonchi ortib, u bilan tez-tez uchrashib turadigan bo’ladi. Ba’zan 
davlatga tegishli ishlar yuzasidan ham maslahatlashadi. 
Hakim Hoziq o’z zamonasining buyuk kishisi — yorqin aql egasi, olim, shoir 
va tabibi edi. 
Kunlarning birida, saroy shoirlaridan Mavlono Turobiy va Nahliy o’zlarining 
yangi yozgan she’rlarini Imomqulixonga o’qib beradilar. Hakim Hoziq ham bu 
68
Муҳаммад Толиб бин Тожиддин Ҳасанхўжа, Матлабут-толибин, Б.214 


79 
yig’ilishga taklif qilingan edi. Shoirlar o’z she’rlarini o’qib bo’lgach, Imomqulixon 
Hakim Hoziqqa qarab — «Bu ajoyib chuqur ma’noli va go’zal, latofatli 
she’rlardan qaysi biri ustun turadi»,— deb so’raydi. Hakim Hoziq esa so’z o’yini 
vositasi bilan, «hoqon, xurmo daraxti yerdan o’sib chiqadi», deb lo’nda javob 
beradi («Nahli» so’zi arab tilida xurmo daraxtini, «Turob» so’zi esa tuproq — yer 
ma’nosini anglatadi). Hakim Hoziq Turobiy she’rini Nahliy she’riga qaraganda 
mazmunan kuchli va shaklan go’zal demoqchi bo’ladi. Bu hozirjavoblik va aqllilik 
Hakim Hoziqqa bo’lgan ehtiromni yanada kuchaytiradi. 
Shohjahon saltanat egasi bo’lganda, imperiya iqtisodiy va siyosiy jihatdan 
kuchsizlanib qolgan edi. Shohjahon oldida tarqalib ketish xavfi tug’ilayotgan 
imperiyani saqlab qolish, Dekanni bo’ysundirish va Qandahorni qayta Hindistonga 
qo’shib olish masalasi turar edi. Balx hokimi Nadr Muhammadxon Hindistondagi 
ichki ziddiyatlardan foydalanishga harakat qiladi. U Jahongirshoh vafotini 
eshitgach, Qobulga hujum boshlab, shaharni bir qancha vaqt qamal qilib turadi; 
faqat Muhabbatxon boshchiligidagi hind qo’shinlari Qobulda Boburiylar davlatini 
tiklashga muvaffaq bo’ladi. Shohjahon o’z hokimiyatini mustahkamlash yo’lida 
urushda talafot ko’rgan Qobulliklarga xazinadan bir lak rupiy mablag’ ham 
ajratadi. 
Boburiylar imperiyasidagi ichki ahvolning nihoyatda mushkullashganligi, Eron 
bilan munosabatning keskinlashishi va Qobuldagi voqealar Shohjahonga 
Imomqulixon davlati bilan do’stona munosabatda bo’lishni taqozo qilardi. Shunga 
ko’ra, hind elchiligining katta sovg’alar olib kelishi va elchilikka boshchilik qilish 
vazifasi o’z davrining donishmandi Hakim Hoziq zimmasiga yuklatilishi bejiz 
emas edi. 
Yuqoridagi sabablarga binoan Shohjahon davlati ko’p yillar davomida Buxoro 
xonligi bilan yaxshi qo’shnichilik munosabatida bo’ladi. Qobul viloyati va 
umuman imperiyaning g’arbiy rayonlarida o’z hokimiyatini mustahkamlash 
maqsadida Shohjahon Balx hokimi bilan ham aloqani uzmadi, Nadr 
Muhammadxonning Qobulga qilgan yurishlariga go’yo ahamiyat bermagan bo’lib, 


80 
1632-yili Hindistonga kelgan Balx elchisi Vaqqos Hojiga katta iltifotlar qildi, 
elchiga keltirgan 15 ming rupiyalik sovg’a-salomlari evaziga 40 ming rupiyalik 
tuhfalar beriladi. Kelasi yili Vaqqos Hoji elchiligiga javoban Balxga Tarbiyatxon 
boshliq hind elchiligi yuboriladi. Shu tariqa to 1639-yilgacha Balx bilan Agra 
orasida elchilar qatnab turadi. 
1636-yili Shohjahon 50 ming armiya bilan Dekanga yurish qiladi. Katta 
viloyatlardan Golkonda va Bijopurni imperiyaga bo’ysundirib, Ahmadnagargacha 
bo’lgan territoriyani ishg’ol qiladi. Uchinchi o’g’li Avrangzebni Dekanga noib 
qilib tayinlab, o’zi markazga qaytib keladi. 
1629-yilda Shoh Abbos vafot etadi, Eron taxtiga Shoh Safi o’tiradi (1629—
1642). Shoh Safi davrida Eron ichki feodal kurashlar va ayniqsa, Turkiyaning 
Eronga qarshi to’xtovsiz hujumlari natijasida o’z qudratini yo’qotgan edi. Turkiya 
bilan janglar davom etib turgan vaqtda Shohjahon Qandahor hokimiga Boburiylar 
saroyida katta lavozim va’da qilib, 1638-yili Qandahorni Hindistonga qo’shib oladi 
va Eron — Turkiya sulhi tuzilguniga qadar hindlar Qandahorda o’z mavqelarini 
mustahkamlab oladilar. 
1639-yili Shohjahon Qobulga keladi. Bu vaqtda 50 ming kishilik hind 
qo’shinlari Navshahrda tayyor turardi. Bu voqea Balx hokimi Nadr 
Muhammadxonni qattiq cho’chitadi. Chunki Shohjahon Nadr Muhammadxonning 
Qobulga qilgan yurishlari uchun qasos olgani kelgan, deb o’ylash mumkin edi. 
Nadr Muhammadxon Shohjahonning Qobulga kelgani va uning rejalari haqida 
Imomqulixonga xabar qillb, Buxoro xonini tezda Balxga yordamga yetib kelishini 
so’raydi. Vaziyatning haqiqatan ham mushkulligini bilgan Imomqulixon zudlik 
bilan Balxga keladi va bu yerda Shohjahonga Imomqulixon va Balx hokimi 
nomidan maktub yozilib, elchi Mansurxo’ja dodxoh orqali Qobulga yuboriladi. 
Maktub quyidagi mazmunda yozilgan edi: 
«Qadim zamonlardan beri bizning ota-bobolarimiz o’rtasida ahd-u paymon 
qilinib, hech bir tomon hanuzgacha zarar va bezovtalikka sababchi bo’lmagan edi. 
Agar avvalgi ahd-u paymonni nazar-pisand qilmay, yaxshi munosabatlarni 


81 
dushmanlik ruhi bilan almashtirsalar, u holda biz, ikki aka-uka sizga qarshi chiqa 
olamiz va ko’ramiz - murod hosil etuvchi (tangri) kimning murodini berarkin». 
Mansurxo’ja dodxohga esa agar Shohjahon Qobuldan qaytishga rozilik bildirsa, 
uni uch manzil masofagacha kuzatib borish, aks holda tezlik bilan kishi yuborib 
xabar qilish vazifasi topshiriladi. 
Buxoro xoni va Balx hokimining hamjihatlikda ko’rgan tadbirlari Shohjahonga 
o’z ta’sirini ko’rsatgan bo’lsa kerak, «Tarixi Muqimxoniy» muallifining 
yozishicha, Shohjahon Buxoro elchisiga, agar uning Qobulga kelishi Buxoro 
xonini tashvishlantirgan bo’lsa shu kuniyoq Hindistonga qaytib ketishga buyruq 
berajagini aytgan. 
Shu voqeadan so’ng Imomqulixon davrida Buxoro va Hindiston o’rtasida 
elchilar yuborish to’xtatilgan. Bu yerda faqat shuni eslatib o’tish kerakki, 
Imomqulixon umrining so’nggi vaqtlarida ko’r bo’lib qolib, taxtni ukasi Nadr 
Muhammadga topshirib o’zi Makkaga ketadi, «Mirotul olam»da yozilishicha, 
Shohjahon o’z vakili Mir Ibrohimdan Imomqulixonga bir lak rupiya pul hadya 
yuboradi. Ammo Mir Ibrohim Makkaga yetib borganga qadar Imomqulixon vafot 
etganligi tufayli, Mir Ibrohim bu pulga marvarid (40 ming rupiyaga) va zotli 
otlar sotib olib uni keltirib shohga topshirgan. 
Imomqulixon xonligi davrida Buxoro — Hindiston munosabatlari umuman 
do’stona tarzda bo’lsa ham, bu mamlakatlar feodal davlatlariga xos ziddiyatlardan 
xoli 
emas 
edilar. 
Shohjahon 
davlatining 
kuchsizlangan 
yillari 
Nadr 
Muhammadxonning Qobulga qilgan hujumi va Shohjahonning tahdidi mazkur 
fikrimizning dalili bo’la oladi.
69
Nadr Muhammadning (1642-1645) hukmronligi uzoq vaqt davom etmadi. U 
Qarshi viloyatida bo’lgan vaqtida bir qancha amir va amaldorlar uning katta o’g’li 
Abdulazizni Xo’jandda xon deb e’lon qiladilar. Vaziyatning nihoyatda 
mushkulligini tushungan Nadr Muhammadxon Buxoroga bormay, Balxga qochadi. 
O’g’illari uning buyruq va amrlariga bo’ysunmay qo’yadilar. Shundan so’ng Nadr 


82 
Muhammadxon o’g’illariga qarshi kurashda Shohjahondan yordam so’rashga 
majbur bo’ladi. Shohjahon esa Nadr Muhammadxonning Qobulga qilgan hujumlari 
sababli undan qasos olish va shuning bilan birga, Balxni o’z imperiyasiga qo’shib 
olish uchun qulay fursat keldi deb, darhol «yordam» berishga rozilik bildiradi va 
o’g’li Sulton Murodbaxsh boshchiligida Guriga katta qo’shin yuboradi. Oradan 
ko’p vaqt o’tmay hind qo’shinlari Balxni ham ishg’ol qiladilar. Nadr 
Muhammadxon esa Eronga qochadi. Eron shohi Abbos II (1642— 1667) Nadr 
Muhammadxonni yaxshi qabul qiladi. Hatto uni Buxoro taxtini qayta egallashga 
da’vat qilib, bu ishda katta qo’shin bilan yordam berishga tayyor ekanini aytadi. 
Ammo Nadr Muhammadxon Eron qo’shinlari bilan Buxoroga bostirib kirishni 
ma’qul ko’rmay, Abbos II taklifini qabul qilmaydi. Nadr Muhammadxon Eronda 
uzoq vaqt (ikki yarim yil) turib qoladi, Balx esa hali ham hindlar qo’lida edi. 1645-
yili Shohjahon shahzoda Murodbaxshni Balxdan chaqirtirib olib, Balxga 
yuborilgan hind qo’shinlari ustidan rahbarlikni harbiy ishlarda nom chiqargan 
kichik o’g’li Avrangzebga topshiradi. 
Buxoro xoni Abdulazizxon katta kuch to’plab, Balxni hind qo’shinlaridan ozod 
qilishga otlanadi. Abdulazizxonga qozoq xoni Yangir va Xorazm xoni Abdulg’ozi 
yordamga keladi. Xorazmliklar uch ming kishilik qo’shin yuboradilar. 
To’rt oy davom etgan urush natijasida hind qo’shinlari chekinishga majbur 
bo’ladi. 
Hindlar Balxni tashlab ketgach, Abdulazizxon ham o’z qo’shini bilan Buxoroga 
qaytadi va ukasi Subhonqulini Balx hokimi qilib tayinlaydi. 
Hind qo’shinlarining chekinishidan avval Shohjahon Balx hokimligini Nadr 
Muhammadga topshirishni afzal ko’rib, uni Balxga chaqirtirgan edi. Subhonquli 
Balxga qaytib kelgan otasi Nadr Muhammadxon bilan to’qnashib uni yengadi va 
Nadr Muhammadxon hokimlikdan umidini uzib, Makkaga ketadi. 
Hind tarixchi olimlari N.K.Sinxa va A.Ch.Banerdjilarning fikricha, hind 
qo’shinlarining Balx yurishida muvaffaqiyatsizlikka uchrash sabablari, 
69
P r a s a d Sаks еna. History of Shahjahan of Dehli. Allahabad, 1958.


83 
birinchidan, Boburiy a’yonlari dabdabali va jo’shqin hayotga o’rganib qolgan 
edilar, ular boy Hindistondan uzoqda ular uchun doimo notinch o’lkalarda turishni 
yoqtirmas edilar, ikkinchidan, ular yerli xalqlar bilan kelisha olmadilar. Garchi 
Balx uchun bo’lgan kurashda Shohjahon davlati 40 million rupiya sarf etgan 
bo’lsa-da, bundan hech bir manfaat bo’lmadi. 
Hind askarlarining Balxni tashlab chiqib ketishiga Hindistonda yuz berayotgan 
ichki voqealar sabab bo’lgan. XVII asrning 40-yillaridan boshlab Shohjahonning 
o’g’illari va ular atrofidagi turli guruhlar o’rtasida taxt uchun kurash kuchayib 
ketadi, ikkinchi tomondan, ko’pgina rojaliklar o’z mustaqilliklari uchun tinmay 
kurash olib borardilar. Otasiga qarshi qaratilgan o’zboshimcha harakatlari uchun 
Avrangzeb Dekan noibligi lavozimidan bo’shatilib, Balxga jo’natilgan edi. 
Shohjahon davlati bilan munosabatlar keskinlashgan davrda Buxoro bilan Eron 
o’rtasida o’zaro yaqinlashish paydo bo’ladi. 
Eron hududi orqali Buxoroga kelgan rus elchisi Anisim Gribovning bergan 
ma’lumotiga qaraganda, 1647-yilning dekabrida (A.Gribov Isfaxonda turgan 
vaqtida) Buxorodan Eronga Abdulazizxon elchisi Asan qo’shboshi (Hasan 
Qushbegi) keladi. Buxoro elchisi o’zi bilan birga bir sandiq to’la oltin, 70 tuyada 
har xil mo’yna va boshqa xil mollardan sovg’alar keltirgan. Bu sovg’alarni ikki 
mingga yaqin kishi olib kelgan. 
Anisim Gribov Eron davlati ahllaridan Buxoro elchisining nima maqsad va 
vazifalar bilan kelganligi haqida so’raganida, ular bu elchilikning maxfiy 
xarakterdagi elchilik ekanini, ya’ni elchilar hindlar bilan kurashda Eron shohi 
Abbos II ning Nadr Muhammadxonga yordam bergani uchun Abdulazizxonning 
Eron davlati bilan do’stona munosabatda bo’lishga ahd qilgani va hindlar bosib 
olgan Qandahor shahrining eronliklar tomonidan qaytarib olinishida Eron shohiga 
yordam berishga tayyor ekanini bayon qilganlar. Bu orada Erondan ham Buxoroga 
elchi yuborilib, unga Eronning Buxoro bilan do’stona aloqalarni mustahkamlash 
tarafdori ekani, Shohjahon davlatiga qarshi kurashda Buxoro bilan bir ittifoqda 
harakat qilishga rozilik bildirish vazifasi topshiriladi. Qandahorni qaytarib olishda 


84 
Buxoro yordamiga tayangan Eron davlati bir yil ilgari Hindistondan kelgan elchini 
Eron hududidan chiqarib yuboradi va Shohjahondan Qandahorni qaytarib berishni 
talab qiladi. 
1648-yilning mart oyida Buxorodan Eronga yana elchi kelib, u Qandahor va 
hindlar qo’lidagi ba’zi yerlarni bosib olishda Eronga Buxoro amirligining harbiy 
yordam berishga tayyor ekanligini bildiradi. 1648-yil 13-martda Eron shohi 
Buxoro elchisi hamrohligida katta qo’shin bilan Qandahor tomon yo’lga chiqadi. 
Bu vaqtda A.Gribov va uning hamrohlariga ham Isfaxondan jo’nab ketishga 
ruxsat berilgan edi, shuning uchun Eron — Buxoro munosabatlariga doir uning 
ma’lumoti shu yerga kelib tamom bo’ladi. 
1649-yil fevralda Qandahor Eron qo’shinlari tomonidan bosib olinadi va 
Shohjahonning Qandahorni qaytarib olish yo’lidagi bir necha bor (1649-yil may, 
1652, 1653-yil aprel) urinishlari muvaffaqiyatsiz chiqadi. 1657-1660 - yillar 
davomida Shohjahonning o’g’illari Dara va Avrangzeb o’rtasidagi o’zaro taxt 
uchun bo’lgan ichki kurash Qandahorning uzoq vaqt eronliklar qo’lida qolib 
ketishiga sabab bo’ladi. 
Makka tomon yo’l olgan Nadr Muhammadxon Eronning Simnon shahriga 
yetganda vafot etadi (1651). Shu munosabat bilan Buxoro va Balxda 
(Abdulazizxon va Subhonquli tomonidan) motam e’lon qilinadi. Oradan ko’p vaqt 
o’tmay aka-ukalar o’rtasida nizo chiqib, Abdulazizxon Subhonqulidan Balx 
hokimligini tortib olish maqsadida unga qarshi Muhammad Sulton boshchiligida 
katta qo’shin yuboradi. Lekin Muhammad Sulton va undan keyin yuborilgan 
qo’shinlar ham Balxni ishg’ol qilishga muvaffaq bo’lolmaydilar. Abdulazizxon 
Subhonqulini Balx hokimi deb tanishga majbur bo’ladi. 
Abdulazizxonning Shohjahon nomiga yozgan maktubi ham mavjud bo’lib, bu 
maktubning qimmati shundan iboratki, shu davrgacha Abdulazizxon taxtga 
o’tirgandan to Avrangzeb o’zini podsho deb e’lon qilganga qadar (ya’ni 1645-
yildan 1659-yillargacha) Buxoro bilan Hindiston o’rtasida hech qanday diplomatik 
munosabat bo’lmagan deb taxmin qilar edik. Maktubning topilishi va uning 


85 
mazmuni bu fikrning noto’g’ri ekanligidan xabar beradi. Maktubda Abdulazizxon 
Hindiston bilan bo’lgan munosabatlarning uzilib qolishiga «falonchi» sababchi deb 
ko’rsatadi va «falonchi»ning nomi zikr qilinmasa ham maktub mazmunidan uning 
kimligi juda ravshan, chunki «falonchi» maktubda o’z otasiga qarshi kurashgan va 
Abdulazizxonni o’z otasi o’rnida hurmat qilishi lozim bo’lgan shaxs sifatida 
ta’riflangan, demak, «falonchi» - bu Subhonqulixon edi. 
Maktubning mazmuniga ko’ra, Subhonqulixon Abdulazizxon elchilarini 
Hindistonga yo’latmagan, ular orqali yuborilgan hadyalarni esa tortib ola bergan. 
Maktub oxirida, mamlakatlararo do’stlikni mustahkamlash kerakligi uqtirib 
o’tiladi. 
Subhonqulixonga nisbatan ishonchsizlik bilan qarash davom etgan bo’lsa 
kerak, maktubda elchining nomi va uning kim ekanligi ko’rsatilmaydi. 
Fikrimizcha, maktub Subhonquli Balx hokimi deb tan olingandan bir qancha 
yil o’tgandan so’ng, taxminan 1653— 1655 yillarda yozilgandir. Bu vaqtda 
Hindistonda ichki ziddiyatlar kuchaygan, qarib qolgan Shohjahon bilan o’g’li 
Avrangzeb o’rtasida hokimiyat uchun kurash avjiga chiqqan edi. Shuning uchun 
Shohjahon Buxoroga o’z vaqtida javob elchiligi yuborolmagan bo’lsa kerak. 
1658-yili Boburiylar imperiyasi taxtiga Avrangzeb o’tiradi. Shohjahon 
Avrangzebning odamlari nazorati ostiga olinadi va 1666-yilda vafot etadi. 
Avrangzeb akasi Daraga qarama-qarshi o’laroq, taxt uchun kurashda musulmon 
feodallari va islom ruhoniylariga tayanadi, Dara tarafdorlarining ko’pchiligi 
hinduizm dinidagi kishilar edilar. Artilleriya qismlarining musulmonlardan tashkil 
topganligi davlatni Avrangzeb qo’liga o’tishida katta rol o’ynadi. Musulmon 
harbiy feodallari yordami bilan davlat tepasiga chiqib olgan Avrangzeb musulmon 
feodal ruhoniylari manfaatlarini ko’zlab, reaksion ichki siyosatni amalga oshiradi. 
Uning buyrug’i bilan ko’pgina budda ibodatxonalari buzib tashlanadi, hindlar 
qo’lidagi yerlar tortib olinib, musulmon feodallariga jirg’a - tortiq qilib beriladi, 
hinduizm dinidagi kishilar kamsitilib, juz’ya — jon solig’i to’lashga majbur 
qilinadi. Ular davlat, sud va moliya ishlaridan chetlatiladi. Musulmonlar bilan 


86 
hindularni bir-biriga yaqinlashtirishdagi Akbarshoh va uning vorislari tomonidan 
amalga oshirilib kelinayotgan oqilona siyosat yuzini zulmat qoplaydi. 
Avrangzeb o’z tashqi siyosatida Boburiylar imperiyasini kengaytirishga harakat 
qilib, tinimsiz kurash olib boradi; natijada Boburiylar imperiyasi G’aznadan 
Chittakongacha, va Kashmirdan Qarnatikkacha bo’lgan yerlarni ishg’ol qiladi. 
Ammo, bunday katta territoriyani ishg’ol etgan imperiya ichki tomondan 
mustahkam emas edi, ayniqsa maratxlar va Dekan rojaliklari Avrangzeb davlatiga 
so’zdagina tobe bo’lib, doimiy ichki kurashlar bilan imperiya tinkasini quritardilar. 
Avrangzeb zamonida Hindiston bilan O’rta Osiyo o’rtasidagi munosabatlar 
birmuncha do’stona xarakterga ega bo’ladi. Bu munosabatlar Buxoro xoni 
Abdulazizxonning Avrangzebni taxtga o’tirganligini qutlovchi maktubi bilan 
boshlanadi. Maktubni elchi Xo’ja Ahmad al-Husayniy Naqshbandiy olib boradi. 
Noma Avrangzeb shaxsiyatini uzundan-uzoq ta’riflash bilan boshlanib, so’ng 
hamjihatlik odati do’stlik uchun bebaho gavhardir, deb uqtirilgach, birdamlikni 
mustahkamlash lozimligi izhor etiladi. Maktub oxirida Hindistondan ham tez-tez 
elchi va maktublar kelib turishiga umid qilinadi. 
O’sha vaqtlarda Hindiston bo’ylab sayohat qilib, vrachlik kasbi tufayli shoh 
saroyida xizmat qilgan Fransua Betnye Avrangzebni tabriklash uchun kelgan 
o’zbek elchilari haqida shunday hikoya qiladi: 
Elchilar Avrangzebga hind odatiga muvofiq, uzoqdan uch marta qo’llarini 
boshlariga ko’tarib, so’ng yerga tekkizib salom beradilar. So’ng elchilar 
Avrangzebga juda yaqinlashadilar, shoh xatni bevosita elchilar qo’lidan olishi 
mumkin edi, lekin u bunday qilmaydi. Elchilar keltirgan nomani Avrangzebning 
amiri olib ochadi va shohga uzatadi. Avrangzeb xatni diqqat bilan o’qib chiqqach, 
elchilarga baxmal nimcha, salla, ipak bilan gul tikilgan sharf sarpo berishni 
buyuradi. 
Elchilar Avrangzebga qimmatbaho ko’k tosh (lyapis — lozur)dan yasalgan bir 
necha quticha, uzun junli tuya, chiroyli otlar, bir necha tuya ho’l meva: nok, olma, 


87 
uzum, qovun; bir necha tuya quritilgan meva: buxoro olxo’risi, turshak, oq va qora 
mayiz olib kelgan edilar.
70
Avrangzeb elchilar bilan suhbatda Samarqanddagi fan, ayniqsa Ulug’bek 
rasadxonasining ahvoli, ajoyib mevalar hosili to’g’risida savollar beradi. 
Elchilarning yurtlariga qaytishi oldidan Avrangzeb barcha amirlarni yig’ib, 
elchilarning har biriga ikki sidradan qimmatbaho sarpo sovg’a qilib, ular turgan 
joyga sakkiz ming rupiya pul eltib berishni buyuradi. So’ng elchilardan Buxoro 
xoniga bir necha to’p qimmatbaho kimxoblar, yupqa polotno va olachalar, oltin 
hamda kumush yo’llik ipak matosi, bir necha gilam, qimmatbaho toshlar bilan 
bezatilgan ikkita xanjardan iborat sovg’alar berib yuboradi. 
Elchilar Dehlida to’rt oy turib, vatanlariga qaytayotganlarida ba’zilari issiqdan 
yo’lda halok bo’ladilar. 
«Mirotul olam»da ko’rsatilishicha, Buxoro elchilari Avrangzeb saltanatining 
to’rtinchi yiliga kelib ikki marta – 4 - rabius-soniy oyida (27-noyabr 1661-yil) va 
24 - rajab oyida (14-mart 1662-yil) hind shohi qabulida bo’lganlar. 
Umuman, elchilarga Hindistonda taxminan bir lak-u yigirma (120) ming rupiya 
naqd pul va mollar tuhfa etilgan. 
Avrangzeb saltanatining beshinchi yili boshlangan kun elchilarga ketishga 
ruxsat etilgan, ammo elchilik boshlig’i Xo’ja Ahmad (al-Husayniy) Lohurda vafot 
etgan. 
«Olamgirnoma»da elchilik tarkibidagi boshqa shaxslarning ham nomi tilga 
olingan, masalan, Xushholxon, Javxarxon, Mirzabek Mirshakar, Latifbek, Miraxur 
va boshqalar; bularga ham bir necha ming rupiya mablag va matolar hadya etilgan. 
Avrangzeb saltanatining oltinchi yili Abdulazizxonning mulozimi Kuchakbek 
Buxorodan hind shohi uchun ot va ov hayvonlari keltiradi; buning evaziga 
Kuchakbekka faxriy to’n va ikki ming rupiya in’om qilinadi.
71
70
Низомиддинов И.Ғ - ХVI-ХVIII асрларда Ўрта Осиѐ - Ҳиндистон муносабатлари., Т., "Фан", 1966
71
Расул-3а д е П., Из истории индо - среднеазиатских политических взаимоотношений во второй половине 
XIX в., в сб. «Взаимоотношения народов Средней Азии с сопредельными странами Востока», Ташкент, Изд-
во АН УзССР, 1963, стр. 173


88 
Keltirilgan tuhfalar ichida ov qushlari hind shohiga ma’qul tushgan bo’lsa 
kerak, Avrangzeb Abdulazizxonga xat yozib, yana bir necha ov qushlari va 
jonivorlar berib yuborishni iltimos qiladi. Maktubda bu xil tortiqlarni do’stlikning 
ramzidir, deb ta’rif qiladi. 
Avrangzeb saltanatining yettinchi yili (1665-yil, iyul) Buxoroga Mustafoxon 
Xofi boshchiligida elchi yuboradi. Elchilar Abdulazizxon nomiga yozilgan maktub 
va umumiy qiymati bir lak-u ellik (150) ming rupiyalik tuhfa keltiradilar. 
Mustafoxon Xofi elchiligi qanday maqsadlar bilan yuborilganligi, uning 
Buxorodan qaytgan-qaytmagani haqida aniq ma’lumotlar yo’q bo’lsa ham, ushbu 
ishda e’lon qilinayotgan Abdulazizxonning Avrangzeb nomiga yozilgan maktubi 
bu elchilik haqida birmuncha tasavvur hosil qilishga imkon tug’diradi. 
Maktubda Avrangzeb shaxsiyati ulug’lanib, unga yaxshi istaklar tilanilgandan 
so’ng, har ikki tomon o’rtasidagi .do’stona munosabatlarning mustahkamlanishiga 
ishonch bildiriladi. So’ng Ka’ba yo’lida g’ov bo’lib turgan shia mazhabidagi 
eronliklarga qarshi Iroq va Xurosonga yurishga qaror qilinganligi bayon qilinadi va 
ayni holda Avrangzeb elchisi Mustafoxon Xofi orqali shu masala yuzasidan 
muayyan bir fikr aytilmaganligidan taajjublaniladi. 
Maktubda yaqin orada Hindistonga Tohirxon va Obidxon boshchiligida elchilik 
yuborilishi xabar qilinadi. 
«Mirotul olam»da 12-zulhijja 1079 (11-may, 1669) yili Hindistonga Buxorodan 
Rustambiy boshliq elchilik kelganligi va u Abdulazizxonning maktubi bilan birga 
turli hadyalar keltirganligi xabar qilinadi. Rustambiy Avrangzeb saroyida yaxshi 
qarshi olingan va birinchi qabulda hind shohi elchiga faxriy xalat, bezatilgan jig’a 
hamda xanjar, o’ttiz ming rupiya naqd pul, ikkinchi qabulda esa (7-sentyabr, 1669-
yil) yana xalat, qimmatbaho chiroyli qilich, qalqon, bitta fil, elchiga 34 ming, 
uning hamrohlariga esa 16 ming rupiya hadya qilgan. 
Fikrimizcha, 
Abdulazizxonning 
Avrangzeb 
nomiga 
bitilgan 
maktubi 
Rustambiy elchiligi tomonidan olib kelingandir. 


89 
Rustambiy elchiligiga javoban 1080-yilning zulhijja (1670-yil, may) oyida 
Hindistondan Yakkatozxon elchiligi yo’lga chiqadi. Elchilar Buxoro xoniga 100 ta 
podsholik (matnda — muhrlik, deyilgan) oti, 4 ming rupiya turadigan bir fil, 
qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan jamdar quroli, qilich, jig’a va boshqa hadyalar 
keltiradilar. 
«Olamgirnoma»da 1081 (1671) yili ham Buxorodan Muhammad Sharif nomli 
elchi Hindistonga kelganligi va uni hind shohi qabul qilib, 25 ming rupiya pul, 
faxriy xalat, tilla egar-jabdug’i bilan bir ot in’om etganligi haqida ma’lumot 
beriladi. 
Balx hokimi Subhonqulixon ham Avrangzeb davlati bilan yaqin munosabatda 
bo’lgan. 
Subhonqulixon akasi Abdulazizxondan ilgariroq Avrangzebni (taxtga o’tirgan 
yilining uchinchi yili) saltanat egasi bo’lishi bilan elchi Ibrohimbek orqali 
tabriklagan. 
O’z navbatida hind imperatori ham Buxoroga elchi Mustafoxondan 
Subhonqulixon nomiga bitilgan do’stona maktub va bir lak rupiya hadya berib 
yuboradi. 
Buxorodan Rustambiy elchiligi Hindistonga kelganda Subhonqulixon ham 
akasi Abdulazizxonga taqlid qilib, o’zining a’yonlaridan Xushbekni maktub va 
«turon nafis mollaridan iborat armug’on bilan fayzmakon ostonaga (ya’ni 
Avrangzeb saroyiga) tayin qilgan», hind shohi Balx elchisiga faxriy xalat, 
bezatilgan xanjar, jig’a va 11 ming rupiya in’om qilgan.
72
Fikrimizcha, Balx hokimi Subhonqulixon Hindiston bilan iqtisodiy va siyosiy 
munosabatlarda bo’lib, bu munosabatlardan Balxni Buxoroga tobe bo’lmagan, 
mustaqil hokimlik qilib ko’rsatish maqsadida foydalangan. O’z navbatida 
Avrangzeb davlati ham Balx hokimligi bilan yaqin qo’shnichilik munosabatida 
bo’lishdan manfaatdor edi. Afg’on qabilalarining mustaqillik uchun olib borgan 
72
Р у с т а м о в У. А., К истории изучения экономических, политических и культурных связей между 
народами Индии и Средней Азии. Труды Института Востоковедения АН УзССР, вып. 4, Ташкент, 1956.


90 
kurashlarini bostirishda imperiyaning g’arbiy chegaralari xavfsizligini ta’minlash 
juda muhim ahamiyatga ega edi. 
Abdulazizxon hukmronligining dastlabki yillarida Buxoro - Hindiston 
munosabatlari keskinlashib ketadi. Bunga asosan hind qo’shinlarining Balxni 
ishg’ol qilishi sabab bo’ldi. Tarixiy dalillarning ko’rsatishicha, bu vaqtda 
Abdulazizxon davlati, hatto Boburiylar imperiyasiga qarshi Eron bilan ittifoq 
tuzishga ham harakat qilgan. Lekin Balx hind qo’shinlaridan ozod qilingach va 
ayniqsa, Balx hokimi Subhonqulixonning o’zboshimchalik bilan qilgan hatti-
harakatlarining kuchayishi natijasida Buxoro - Hindiston munosabatlarida 
o’zgarish paydo bo’ladi. Abdulazizxonning Shohjahon nomiga yozgan maktubida 
aytilishicha, hind podshohi huzuriga Buxorodan bir qancha elchiliklar yuborilgan, 
ammo Subhonqulixon ularning ko’pchiligining Hindistonga borishiga monelik 
qilgan. 
Abdulazizxon 
ham 
mamlakatlar 
o’rtasidagi 
yaxshi 
qo’shnichilik 
munosabatlarini kuchaytirish niyatida Avrangzeb saroyiga elchilar yuboradi. 
Garchi Abdulazizxon Rustambiy elchiligi orqali yuborgan maktubida hind shohiga 
Eronga qarshi kurashishni taklif qilgan bo’lsa ham, lekin bu davrdagi Buxoro 
xonligining Boburiylar imperiyasi bilan yaxshi munosabatda bo’lishi Eronga 
nisbatan dushmanlik vajidan emas edi. Chunki Buxoro xonligi Eron bilan ham 
tinch-totuv yashamoqda edi.
73
Keksayib qolgan Abdulazizxon Subhonqulixonning tazyiqiga bardosh 
berolmay, 1680-yilning boshlarida taxtdan voz kechib, Makkaga ketishga majbur 
bo’ladi. Subhonqulixon Buxoro taxtini egallagach, Balxga o’g’li Iskandar 
Bahodirxonni hokim qilib tayinlaydi. Oradan uch yil o’tar-o’tmas shahzodaga 
zahar 
berib 
o’ldiriladi. Bu ishda Subhonqulixonning ikkinchi o’g’li 
Abulmansurxon ishtirok etgan edi. Bu voqeadan xabardor bo’lgan Subhonqulixon 
Balx hokimligini Ibodulla sultonga berishga qaror qiladi. Ammo hokimiyatni 
73
Пигулевская Н. В., Якубовский А. Ю., Петрушевский И. П., Строева Л. В., Белиницкий Л. М., История 
Ирана с Древнейших времен до конца XVIII в,, изд. ЛГУ, 1958, стр. 260.


91 
Abulmansurxon qo’lga oladi va ko’p o’tmay u ham o’ldiriladi. Balx Siddiq 
Muhammad sulton qo’liga o’tadi (1684). 
Shu vaqtda Xorazm xoni Anusha Buxoro xonligiga hujum qiladi. 
Subhonqulixon Balxga odam yuborib, o’g’li Siddiq Muhammadni tezda yordamga 
yetib kelishga da’vat qiladi. Ammo Anushaning Samarqandni egallaganligini 
eshitgan Siddiq Muhammad yo’lga chiqqan vaqtida yana Balxga qaytib ketadi. Bu 
voqeadan qattiq achchig’langan Subhonqulixon Badaxshon hokimi Mahmudbiy 
Otaliqni yordamga chaqirib, xorazmliklarni Samarqanddan haydab chiqaradi. 
So’ng Subhonqulixon Mahmudbiy Otaliq bilan birga Balx tomon yuradi, hiyla 
bilan Siddiq Muhammadni qo’lga tushirib, qiynab o’ldiradi. Subhonqulixon 
Balxda uch oy turadi va Balxni Muhammadjon Otaliq ixtiyoriga topshirib (4-aprel, 
1685-yili), Buxoroga qaytadi. 
«Tarixi Muqimxoniy» asarida 1096 (1685) yili Buxoroga Avrangzeb elchisi 
Zabardastxonning kelganligi haqida so’z boradi. Ammo hind manbalari va bizning 
ixtiyorimizdagi hujjatlar Zabardastxon elchiligiga qadar Subhonqulixon davlati 
bilan Boburiylar imperiyasi o’rtasida elchilik almashinib turilganligidan darak 
beradi. Masalan, 21-shavval 1092 (13-noyabr, 1681) yilda Buxoro elchisi 
Rahmonquli hind podshohiga ikkita ot, o’n juft qunduz po’stin va bir tuya sovg’a 
qilgan. Avrangzeb esa elchiga xalat va besh ming rupiya in’om etgan. 
20-jumodil-avval 1093 (27-may, 1682) yilda Buxorodan kelgan elchi 
Muhammad Sharif hind shohining qabulida bo’lgan va faxriy xalat bilan 
sharaflangan. 
Manbalarning ko’rsatishicha, Subhonqulixon davrida Buxorodan Hindistonga 
Mir Abdurahmonxo’ja Sadr boshliq elchilar ham kelgan. Elchi orqali yuborilgan 
maktubda katta bir dushmanning Samarqandga hujumi va ularning tor-mor 
qilinishi bayon qilingan. Maktubning mazmunidan xatning qay vaqtda yozilganligi 
va elchilikning Hindistonga qachon yuborilganligini aniqlash qiyin emas. Chunki 
1684-yili Xorazm xoni Anusha Samarqandga hujum qilib, shaharni vaqtincha 
ishg’ol qilishga muvaffaq bo’lgan edi. 


92 
Anushaning ketma-ket hujumi va Siddiq Muhammadni otasining buyrug’iga 
bo’ysunmasligi Subhonqulixonni ancha cho’chigib qo’yadi. U Buxoro xonligida 
sodir bo’lgan mushkul vaziyatdan Avrangzeb ham foydalanishi mumkin deb 
o’ylab, bu xavfning oldini olish maqsadida Hindistonga tezlik bilan maktub 
jo’natadi: maktubda barcha tashvishli ishlarga xotima berilib, Buxoro xonligida 
osoyishtalik barpo qilinganligi ta’kidlab o’tiladi, ya’ni Buxoro xoni o’z davlatining 
zaif emasligini tushuntirmoqchi bo’ladi. 
Bu maktubda Eron va Eronliklarga qarshi hech bir so’z aytilmaydi, demak, bu 
bilan Subhonqulixon o’z mavqeini mustahkamlash harakatida bo’lgan. 
Avrangzebning farmoniga ko’ra, 1095-yil 25-rabbial avval oyida (12-mart 
1683-yil) Saidxon Bahodirning nabirasi Vafodorxonga «Zabardastxon» nomi 
berilib, so’ng Balx va Buxoroga elchi qilib yuboriladi. Zabardastxon orqali Balx 
hokimiga ziynatlangan jamdar quroli, qilich, jig’a, qalqon, kamon, ot, fil, o’n ming 
rupiya pul va Subhonqulixon uchun bahosi o’n bir ming rupiyalik fil va nafis 
mollardan berib yuboriladi. 
«Tarixi Muqimxoniy»da 1096 (1685) - yili Hindistondan Buxoroga 
Zabardastxon elchiligi kelgani va ular hadya qilgan sovg’a-salomlar ichida fillar 
ham borligi aytilib, so’ng Avrangzebning Buxoro xoni nomiga yozilgan 
maktubining to’liq nusxasi keltirilgan.
74
Maktubda aytilishicha, Avrangzeb Subhonqulixonni podsholik taxtiga o’tirishi 
bilan ancha ilgari tabriklash niyatida bo’lgan, ammo Muhammad Siddiqning 
qo’zg’olonlari va chegarada sodir bo’lgan notinchlik bu maqsadni amalga 
oshirishga monelik qilgan. 
So’ng Avrangzeb Hindistondagi voqealarga to’xtab o’tadi. U Ajmir hokimi 
Ronaning juzya to’lashdan bosh tortgani va unga qarshi o’g’li Muhammad 
Akbarshoh boshliq katta qo’shin yuborgani, o’g’lining esa otasiga bevafolik qilib, 
74
М у х а м м е д Ю с у ф М у н ш и . Мукимханская история, перевод с тaдж. проф. А.А.С е м е н о в а ,
Ташкент, Изд-во АН УзССР, 1950, стр. 144


93 
isyon ko’targani va Boburiylar imperiyasi qurolli kuchlarining Singxa (Mevar 
hokimi)ga qarshi kurash olib borganliklari haqida hikoya qiladi. 
Shuningdek, maktubda Qashg’arga yaqin joylarda yashovchi qalmoqlar ustidan 
to’la g’alaba qozonilgani hamda Dekandagi Janda viloyatining imperiyaga qo’shib 
olingani xabar qilinadi. 
Voqealar bayonidan ma’lumki, Dekan yurishida birmuncha muvaffaqiyatlar 
qo’lga kiritilgach, Buxoroga Zabardastxon boshliq elchilik yuborilgan. Hind 
elchilari kelgandan so’ng Balx hokimi Muhammadjon Otaliq qo’zg’oloni haqida 
xabar keladi va Subhonqulixon bu voqeaning oldini olish uchun tezda Balx tomon 
otlanadi. Hind elchilariga ham o’z vatanlariga qaytishga ruxsat beriladi. Bu 
voqeadan foydalanib Xorazm xoni Anusha Buxoroning chekka o’lkalariga hujum 
qiladi. Subhonqulixon bu xabarni eshitishi bilanoq Balx hokimligini Jovimbiy 
Otaliqqa topshirib, o’zi darhol Buxoroga qaytadi va Anushaga zarba beradi. 
Anushaning Buxoroga qilgan hujumining muvaffaqiyatsiz chiqishidan norozi 
bo’lgan Xorazm a’yonlari, uni ko’r qilib, taxtga o’g’li Ernak (Erengxon)ni 
o’tkazadilar. 
Xorazmdagi ichki ziddiyatlardan voqif bo’lgan Subhonqulixon endi 
xorazmliklar Buxoroga bostirib kelishlari mumkin emas degan ishonch hosil qilib, 
Xashikbiy Otaliq boshchiligidagi asosiy kuchini Xurosonni zabt etish uchun 
safarbar qiladi va Buxoro qo’shinlari Xurosondagi kuchli qal’alardan bo’lmish 
Boloi Murg’obni ishg’ol qiladilar. 
«Tarixi Muqimxoniy» muallifining yozishicha, Avrangzeb o’z elchisi 
Zabardastxon orqali Buxoro xoniga Eronga qarshi ittifoq tuzishni taklif qilib, hind 
qo’shinlarining Qandahor tomonidan jang qilishga tayyor ekanliklarini aytgan. 
Keyinchalik, Subhonqulixon go’yo har ikki mamlakat o’rtasida tuzilgan bitimga 
asosan Xurosonga yurish qilgan. 
Vengr sayyohi A. Vamberi ham shu haqda fikr yuritib, Avrangzebning Buxoro 
xonini Eronga qarshi kurashga undaganini ta’kidlab o’tadi. Vamberining 
ko’rsatishicha, afg’on qabilalari Avrangzeb davlatiga qarshi kurashda maxfiy, 


94 
suratda Eronliklar tomonidan qo’llab-quvvatlanganlar. O’zi bevosita Eronga qarshi 
jang qilishni istamagan Avrangzeb Buxoro xonligini Eronga qarshi qo’yish yo’li 
bilan Eronliklardan o’ch olish rejasini tuzgan. 
Bu masala yuzasidan ikki xil fikr yuritish mumkin. Birinchidan, Avrangzeb, 
haqiqatda, Buxoro xonini Eronga qarshi hujumga da’vat etgan va o’zi ham bu 
ishda hamkorlik qilishini bildirgan. Afg’on qabilalarini bo’ysundirish yuzasidan 
uzoq vaqt (1667—1675 yillar) kurash olib borgan va Dekan masalasi bilan band 
bo’lgan Avrangzeb g’arbiy chegaralarining xavfsizligini ta’minlash yuzasidan 
Buxoro xoni bilan yaqinlashgan va o’zining Buxoroga nisbatan do’stligining isboti 
sifatida Eronga qarshi bir ittifoqda harakat qilishga ham rozi bo’lgan. 
Ikkinchidan, Subhonqulixon va uning saroy ahllari Hindiston elchiligidan 
o’zlarining Eronga qarshi qaratilgan siyosatlarini amalga oshirish yo’lida 
foydalanish niyatida bo’lgan bo’lishlari ham mumkin. 
1100 (1688—1689) - yili Hindistonga Buxoro elchisi Nazarbiy keladi va u 
Subhonqulixonning hind voliysiga yozgan maktubini keltiradi.
75
Buxoro xoni o’z maktubida Balxda ro’y bergan tartibsizliklar, Siddiq 
Muhammadning otasi (Subhonqulixon)ga qarshi chiqishi va shu munosabat bilan 
Subhonqulixonning Balxga yurishi, shu vaqtda Anushaning Buxoroga hujum 
qilishi va xorazmliklarga qarshi olib borilgan kurash, qalmoq qabilasining 
bo’ysundirilishi hamda Subhonqulixonga tobelik bildirib Qashg’ardan ham elchilar 
kelganligi birma-bir bayon qilib o’tiladi va shulardan keyin «...shu vaqtda u adolat 
samarasining munavvar ko’ngillariga yomon asarlik shialarga qarshi zo’r jihod va 
g’azot dag’dag’asi tushibdi. Biz ham birlik va hamjihatlik yuzasidan tamoman 
xayrlik bo’lmish bu ishga azm qilamiz. 
Ammo, to hanuzgacha u shavkat panohga qator kofirlar tufayli xotirjamlik 
muyassar bo’lmagan ekan, biz mazkur niyat yuzasidan peshqadamlik qilib, guruh-
guruh muzaffar asarlik lashkarlarimizni bebosh qizilboshlar ustiga yubordikki, 
muxlis vafodor elchingiz (Zabardastxon) bu voqealarning suratini ko’rdi (va) 


95 
undan so’ng ruxsat olib qaytib ketdi…» deb yoziladi. So’ngra, maktubda Boloi 
Murg’ob (hozirgi Kushkaning shimoli-sharqida), uning 20 ta qal’asi bilan birga 
zabt etilgani xabar qilinadi. 
Demak, Nazarbiy elchiligi Boloi Murg’obning bosib olinishi bilanoq (1688-
yil) Hindistonga jo’natilgan. 
Maktub mazmunidan shu narsa anglashiladiki, garchi Buxoro xoni Eronga 
qarshi kurashda hind podshohining faolsizligini ta’kidlab o’tsa ham, lekin bu 
sohada aniq bir fikr aytmaydi, ya’ni Eronga qarshi kurashda Hindiston ham 
ishtirok qilishi lozimligi qayd qilinmaydi. 
Subhonqulixon o’zining boshqa bir maktubida hind shohini Eronga qarshi 
urushga ochiqdan-ochiq da’vat qiladi. Ikkinchi maktubda islom yo’lida «kofir» 
Eronliklarga qarshi hujum qilib, 1100-ilon yilining rabial avval oyida (1688-1689) 
Boloi Murg’ob viloyati zabt etilgani, bu voqeadan Iroq va Xuroson aholisining 
tashvishlangani hikoya qilingandan so’ng, o’rtadagi do’stlik pesh qilinib, 
Avrangzebga qarata: « (Janoblari) ...taassub yengini astoydil shimarishda hamda... 
taqvoda ham sa’i-harakat qilishlari lozimdir» deb uqtiriladi. Maktub oxirida 
«ushbu voqealar xabarini yetkazish va qon-qarindoshlik loyihasi (janobning) 
muqaddas xotiralari xursandchiligiga sabab bo’lur, deb ixlosmand va e’tiqodatvor 
bandamiz, mazkur g’azovatda ishtirok qilgan (va) bo’lgan voqealar tafsilotini 
mufassal biladigan Shohbekbiy elchilik rasmi bilan u viloyatga yuborildi», deb 
elchining qaytib kelishiga tez ruxsat berilishi iltimos qilinadi. 
Fikrimizcha, Shohbekbiy elchiligi Nazarbiy boshliq elchilikdan ancha keyin, 
taxminan 1700-1701 yillarda yuborilgan bo’lishi kerak. Buxoroning asosiy 
kuchlari Xuroson tomon safarbar qilinganda Erengxon to’satdan Buxoroga bostirib 
kiradi. Subhonqulixon yana Badaxshondan Mahmudbiyni yordamga chaqirishga 
majbur bo’ladi. Demak, Buxoroning ichki ishlari Eron masalasini to’xtatib turishga 
majbur etgan va bu Nazarbiy elchiligi orqali Hindistonga berib yuborilgan 
maktubda o’z aksini topgan. 
75
Хайруллааев М. М. Ўзбек дипломатияси тарихи. Т. ―Шарқ‖, Б. 373


96 
Ernakxonning Buxoroga qilgan muvaffaqiyatsiz yurishi uning taqdirini ham hal 
qilgan edi. Ko’p o’tmay, Ernakxon zaharlab o’ldiriladi va Xorazm Buxoroga 
bo’ysundiriladi. Subhonqulixon Xorazmga o’zining mulozimlaridan Niyoz eshik 
og’osini (Shohniyoz) xon qilib tayinlaydi. Xorazm tarixchisi Munisning 
yozishicha, Shohniyoz xonlik qilgan davrda (1688—1702) Xorazm bilan Buxoro 
o’rtasida to’qnashuvlar bo’lmagan. 
Xorazm masalasini go’yo hal qilgan Subhonqulixon endi Eronga qarashli 
yerlarni bosib olishga, u yerlardagi aholini talon-toroj qilishga intilgan va bu 
niyatini amalga oshirishda Avrangzebni ham ishtirok qilishga da’vat etgan. Ammo 
bu vaqtga kelib Avrangzebning ulkan imperiyasi inqirozga yuz tutgan edi. 
Bombaydan to Madorasgacha — butun Hindiston yarimoroli bo’ylab Boburiylar 
imperiyasiga qarshi xalq qo’zg’olonlari avj olmoqda edi. Ayniqsa, ozodlik kurashi 
maratxlar orasida keng tarqaladi va kuchayadi. Shuning uchun, ichki ishlar bilan 
band bo’lgan Avrangzeb Buxoroga elchi yubora olmagan.
76
Demak, Subhonqulixon davrida Buxoro xonligi bilan Boburiylar imperiyasi 
o’rtasida go’yo «diniy birlik» asosida o’zaro yaqinlik va hamjihatlik paydo 
bo’lgan. Lekin shunga qaramay, Subhonqulixon va Avrangzebning o’zaro 
munosabatlarida humdorlarga xos bir-birini mensimaslik, o’zini ulug’ hoqon qilib 
ko’rsatish an’analari mavjud edi. Bu Zabardastxon elchiligi keltirgan maktub 
mazmuni bilan Subhonqulixonning Avrangzebga yuborgan javob maktubida 
yaqqol ko’zga tashlanadi. Avrangzeb maktubida Qashg’arning Boburiylar 
imperiyasiga tobeligi aytilgan bo’lsa, Subhonqulixon nomasida esa Qashg’ar 
Buxoroga tobe deb uqtiriladi. Bu to’g’rida yana shunday dalil keltirish mumkin: 
Zabardastxon elchiligi bilan birgalikda Buxoroga Xo’ja Abulmaoniy Balxiy nomli 
shaxs keladi va u o’zini voqeanavis vazifasida ekanligi va hind podshohi u orqali 
Sohibqiron (Amir Temur) mozori atrofida joylashgan xo’jaliklar (shayxlar) 
uchun o’n ming rupiya berib yuborganini Buxoro xoniga aytib, Samarqandga 
76
Ахмедов Бобур. Историкогеографическая литература Средней Азии ХVI-ХVIII вв. (Письменные 
памятники), Т., 1985. Б.68


97 
borish uchun ruxsat berishni iltimos qiladi. Bu Subhonqulixonga ta’sir qilgan 
bo’lsa kerak, u hind podshohining bu harakatini Buxoroning ichki ishiga aralashish 
deb hisoblab norozilik bildirgan va Xo’ja Abulmaoniyning Samarqandga borishi 
uchun uzoq vaqt ruxsat bermaydi. Nihoyat, hind elchisining qat’iy talabi natijasida 
Xo’ja Abulmaoniy ruxsat olib, Samarqandga boradi va o’n ming rupiyani shahar 
qoziyul-quzzotiga bermoqchi bo’lganda, u pulni olmaydi. O’ylaymizki, bu ishda 
Samarqand qozisi Buxoro xonining amriga muvofiq ish tutgan. Shundan so’ng, 
Xo’ja Abulmaoniy hind rupiyalarini Madrasa toliblari o’rtasida tarqatib, so’ng 
Buxoroga qaytgan. 
Subhonqulixon vafotidan so’ng Ubaydullaxon (1702— 1711) va Abulfayzxon 
(1711 — 1747) davrida Buxoro xonligida iqtisodiy va siyosiy tushkunlik yanada 
kuchayadi. Ayni bir vaqtda xalq qo’zg’olonlarining tobora o’sishi va hind 
rojaliklari, ayniqsa, maratxlarning mustaqillik uchun olib borgan tinimsiz 
kurashlari natijasida Avrangzeb davlati ham zaiflashib qolgan edi. Avrangzebning 
vorislari — Bahodirshoh (1707—1712), Farruh Siyar (1713—1719) va 
Muhammadshohlar (1719—1748) tadbirsiz bo’lib, ichidan chirib borayotgan 
Boburiylar imperiyasini saqlab qolishda ojizlik qilar edilar. 
Shunga qaramay, bu vaqtlarda ham har ikki mamlakat o’rtasida iqtisodiy va 
siyosiy aloqalar davom etdi. Masalan, qo’lyozmalar fondida hind shohi nomiga 
yozilgan maktublarning biri Abulfayzxon nomidan yozilganligi tekshirishlar 
natijasida aniqlandi. 
Bu noma «Hazrat xalofatpanohning Hindiston hokimiyatiga «tabrik yuzasidan 
amirlik panohi Sultonbiy Qushbegi elchiligi orqali yozib yuborgan maktubi» deb 
ataladi. Matnda elchilik boshlig’i Sultonbiy dodxoh Rustambiy otaliq o’g’li deb 
ko’rsatilgan. 
Abdurahmon Tolening «Tarixi Abulfayzxon» asarida Rustam o’g’li Sultonbiy 
1716 yil oxirlarida qushbegi unvoniga ega bo’lgani va kenagas qabila boshliqlari 
tomonidan Abulfayzxonga qarshi uyushtirilgan kurashda ishtirok qilib, uning 
1718-yil 25 mayda o’ldirilgani bayon qilinadi. 


98 
Elchilikning qachon va qaysi xon tomonidan yuborilganini maktub 
mazmunidan ham aniqlash mumkin. Maktubda Buxoro xonining saltanat egasi 
bo’lgan vaqtida qandaydir o’zboshimchalarning qilgan ixtiloflari va hozirda 
ularning bo’ysundirilgani haqida bayon qilinadi. 
Ubaydullaxon o’ldirilib, Abulfayzxon taxtga o’tirgan birinchi oylarda davlatni 
asosan Jovshan qalmoq boshqargan va u ko’p davlat a’yonlari va hatto xonning 
ham huquqini cheklashga uringan. Shundan so’ng Abulfayzxonning maxfiy 
buyrug’i bilan Ma’sumbiy Otaliq va uning kishilari Jovshanni o’ldirganlar. Demak, 
maktubda bayon qilingan o’zboshimchalar Jovshan va uning tarafdorlaridir. 
Yana shu narsa diqqatga sazovorki, maktubda yozilishicha, Hindistondan elchi 
kelib, u hind podshohining «davlat quyoshining tulu’i va adolat nurlari paydo 
bo’lgani haqida» xabar bergan. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, Sultonbiy elchiligi 
Hindistonga Abulfayzxon tomonidan 1714—1715 yillar mobaynida, ya’ni 
Sultonbiy ―qushbegi‖ unvoniga ega bo’lishdan avval yuborilgan. Hindistondan 
kelgan elchi esa Boburiylar imperiyasining shohi Farruh Siyarning (1713—1719) 
elchisi bo’lgan. Shunga ko’ra, so’nggi vaqtdarda maktubni ko’chirgan kotiblar 
Sultonbiyga qushbegi unvoni berilganidan xabardor ekanliklari tufayli maktub 
sarlavhasiga «Sultonbiy qushbegi elchiligi» deb yozganlar. 
Sultonbiy elchiligi qadimiy do’stona munosabatlarga amal qilgan holda Farruh 
Siyarni saltanat egasi bo’lishi bilan tabriklashdan tashqari, yana boshqa vazifalarni 
ham bajarishi lozim bo’lgan. Chunki maktub oxirida shunday deb yoziladi: 
«Qachonki, (huzurlariga) tashrif buyurishdan mamnun bo’lib, bandalik lozimatini 
o’rniga qo’ysa, unga topshirilgan zarur ishlardan nimaiki eshitilsa quloq berib 
(unga) iqbol darajasini munosib ko’rsalar».
77
Bu «zarur ishlar» nimadan iborat 
ekanligi maktubda aniq aytilmagan. O’ylaymizki, maktubdagi zarur ishlar savdo-
sotiqqa oid masala bo’lishi kerak; bu haqda mehtar Ubaydulla elchiligi orqali 
yuborilgan Abulfayzxonning boshqa bir maktubida ancha aniq ma’lumotlar bor. 


99 
Hokimiyat tepasida qalmoq Jovshan turganida Po’lat mehtarning o’g’li 
Ubaydulla bosh mehtarlik vazifasiga tayin etilgan edi. Jovshan o’ldirilgach, bosh 
mehtarlik Ibodullaga olib berilgan, ehtimol Ubaydulla oddiy mehtarlik vazifasida 
qoldirilgan. 
Mehtar Ubaydulla orqali yuborilgan maktubda Buxoro xoni qadim vaqtlardan 
beri har ikki mamlakat, o’rtasida ota-bobolar davridan beri davom etib kelayotgan 
do’stona munosabatlarni yanada kuchaytirish kerakligini ta’kidlaydi. So’ng 
maktub oxirida «Janoblari tomonidan maxsus mehtar Poyanda Boqi va 
Xudoybergan taxvildorlar orqali (berib yuboriladigan) mollar elchi(miz)ning 
so’ziga binoan, u orqali ravona qilsalar, mazkur banda (ya’ni elchi) bu mollarni 
kam-ko’stsiz keltirib, gardunmador sarkor (ya’ni Buxoro xoni) huzuriga qaytib 
keladi», deb ilova qilingan. Demak, mehtar Ubaydulla elchiligi Hindistonga 
Sultonbiy elchiligi Buxoroga qaytib kelgandan so’ng ko’p vaqt o’tmay yuborilgan 
va bu elchilikning asosiy vazifasi (Sultonbiy elchiligi yoki Sultonbiy elchiligiga 
javoban Hindistondan kelgan elchilik orqali aytib yuborilgan) hind podshohining 
va’da qilgan mollarini Buxoroga tezroq yetkazib kelishdan iborat bo’lgan. 
Sultonbiy va mehtar Ubaydulla elchiliklari haqida hujjatlar XVIII asrning 
birinchi yarmida ham (Nodirshoh istilosiga qadar) Buxoro xonligi bilan Boburiylar 
imperiyasi o’rtasida elchilik munosabatlari davom etgan va bu munosabatlar, 
asosan, iqtisodiy (savdo) manfaatlarni ko’zda tutganligidan darak beradi. Faqat bu 
davrlardagi Buxoro va Hindiston munosabatlariga oid ko’pgina hujjatlarning hali 
bizga noma’lum bo’lib qolishi, bu masalaning to’la va mufassal yoritilmay 
qolishiga sabab bo’lmoqda. 
1736-yili Eron taxtini egallagan Nodirshoh (1736-1747) mamlakatdagi harbiy 
aristokratiya va turli jangovar qabilalar kuchiga tayanib, istilochilik harakatlarini 
boshlab yuboradi. Hozirgi Afg’oniston hududlarini bosib olgach, Hindistonning 
Panjob va boshqa shimoliy viloyatlariga hujum qiladi. Natijada 1739-yili 
Boburiylar imperiyasining markazi Dehli shahrini ishg’ol qilishga muyassar 
77
Низомиддинов И.Ғ - ХVI-ХVIII асрларда Ўрта Осиѐ - Ҳиндистон муносабатлари., Т., "Фан", 1966. Б.79


100 
bo’ladi. So’ng, Nodirshoh katta qo’shin bilan Balxga kelib, u yerdan Buxoroga 
tomon yuradi (1740). Buxoro xoni Abulfayzxon o’z a’yonlari bilan Nodirshoh 
istiqboliga chiqib, Eronga bo’ysunadi. Shu yili Eron qo’shinlari Xorazmni ham 
bosib oladilar. 
Nodirshoh davlatiga bo’ysungan mamlakat va davlatlar o’zaro mustahkam 
iqtisodiy va madaniy aloqaga ega emas edilar. Shunga ko’ra, qurol kuchi bilan 
vujudga keltirilgan bu katta imperiya Nodirshoh vafotidan so’ng tezda parchalanib 
ketadi. Buxoro va Xorazm xonliklari yana mustaqil bo’lib oladilar. Afg’on 
qabilalari ham qulay fursatdan foydalanib, abdali (durroniy) qabilasidan bo’lgan 
Ahmad nomli shaxsni shoh deb e’lon qilib, Afg’oniston davlatiga asos soladilar 
(1747). Shu vaqtdan boshlab Buxoro xonligi bilan Boburiylar imperiyasi 
o’rtasidagi qo’shnichilik munosabatlari o’rnini Buxoro — Afg’oniston 
munosabatlari egallaydi. 
Nodirshoh istilosidan so’ng zaiflashib qolgan Boburiylar imperiyasi 
maratxlarning kuchli zarbasiga uchraydi, maratxlar Dehlini ham ishg’ol qilishga 
muvaffaq bo’ladilar. Ammo oradan ko’p o’tmay, Afg’oniston shohi Ahmad 
(1747—1773) Hindistonga bostirib keladi, afg’onlar bilan maratxlar o’rtasida 
1761-yil 14-yanvarda Panipat maydonida qattiq jang bo’ladi. Afg’onlar o’sib 
kelayotgan maratxlar kuchiga qaqshatqich zarba beradilar, shu bilan birga o’zlari 
ham uzoq vaqt Hindistonda qololmaydilar. 
I.Nizomiddinov Panipat maydonidagi jangni xarakterlab, bunday deb yozadi: 
«Buyuk Boburiyning cheksiz hokimiyatini uning noiblari ag’dardi, noiblarning 
hukmronligini maxratlar (maratxlar) yemirib tashladi, maxratlarning hukmronligini 
afg’onlar yemirdi va bular hammasi bir-biri bilan urushib turgan bir vaqtda, 
britaniyaliklar birdanigq hujum qilib kelib, bularning hammasini bo’ysundirib oldi. 
Haqiqatda bu davrda inglizlar Hindistonni zabt etishda o’z raqiblari bo’lgan 
Gollandiya va Fransiyani siqib chiqargan va imperiyaning kuchsizlanganidan 
foydalanib, Hindistonni o’z mustamlakalariga aylantirishga astoydil kirishgan 
edilar. 


101 
1857-1859 – yillarda ko’tarilgan sipohilar qo’zg’oloni Buyuk Britaniyaga 
Hindistonni to’la o’z mulki deb e’lon qilishi uchun bahona bo’lib xizmt qildi. 
Oradan ko’p vaqt o’tmay O’rta Osiyo xonliklari ham Rossiya tomonidan yarim 
mustamlakaga aylantirildi. Shu tariqa Hindiston va O’rta Osiyo xonliklari 
o’rtasidagi o’zaro aloqalar uzilib qoldi. 


102 
XULOSA 
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, buyuk davlatchiligimiz o’z tarixi 
davomida juda ko’plab mamlakatlar bilan do’stona va diplomatik aloqalarda bo’lib 
kelgan. Bugungi kunda har ikki mustaqil mamlakat – O’zbekiston va Hindiston 
Respubliklari o’rtasidagi iliq munosabatlar kuni kecha paydo bo’lgan emas. Bu 
aloqalar bir necha asrlik tarixga ega. Madaniyati va tarixi uyg’un bo’lgan har ikki 
davlatning ushbu dissertatsiyamizda qisman ochib berilgan o’zaro aloqalar ham 
o’zbek xalqi, ham hind xalqi uchun faxr-u iftixor ramzi bo’lishi shubhasiz. 
O’zbekiston Respublikasi bilan Hindiston o’rtasidagi do’stona, iqtisodiy va 
siyosiy munosabatlar o’zining ko’p asrlik tarixiga ega bo’lib, O’zbekiston 
mustaqillikka erishgan so’nggi yillarda esa bu munosabatlarning rivojlanishida 
katta imkoniyatlar yaratildi. Natijada ana shu masalalar va ularning tarixiga oid 
ko’p ilmiy asarlar, maqolalar va arxiv hujjatlari bosilib chiqdi-ki, ular har ikki 
mamlakat o’rtasidagi munosabatlarni ravshanlashtirishda muhim ahamiyatga 
egadirlar. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ―Tarixiy xotirasiz kelajak 
yo’q‖ nomli asarida O’rta Osiyoda xonliklar davri davlatchilik tarixini o’rganish, 
bu davrlar haqida tegishli ilmiy xulosalarga kelish vazifasini tarixchi va 
tarixshunos, manbashunos va sharqshunos olimlar zimmasidagi muhim vazifa qilib 
qo’ydilar. Rossiya imperiyasi mustamlakachiligiga qadar bo’lgan davrda O’rta 
Osiyoda Buxoro, Xiva, Qo’qon xonliklari yoxud uch mustaqil davlat bo’lib, ular 
mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritishgan. Xonliklarning tashqi iqtisodiy (savdo-
sotiq), diplomatik va madaniy aloqalari Sharq va G’arb mamlakatlari bilan qizg’in 
kechgan. Aynan Rossiya bilan XVI asr o’rtalaridan boshlab doimiy va muntazam 
diplomatik aloqalar o’rnatilgan. U paytlardagi o’zaro munosabatlar tenglik asosida, 
har bir subyekt mustaqilligi mezoniga amal qilingan holda yo’lga qo’yilgan. Sharq 
davlatlari bilan O’rta Osiyo aloqalari esa eng qadimgi davrlarga borib taqaladi. Bu 
munosabatlar tizimida Hindiston muhim o’rin tutadi. Kushon imperiyasi (mil.avv I 


103 
– mil. IV asrlar) davrida O’rta Osiyo va Hindiston bitta mamlakat tarkibida 
bo’lgan. Tarixdan bu kabi dalillarni ko’plab keltirish mumkin. 
Ayniqsa, XVI-XVIII asrlarda Hindiston va O’rta Osiyo xonliklari o’rtasidagi 
ko’pyoqlama munosabatlar tarixi masalalari alohida bir tadqiqot obyekti bo’la 
oladi.
Ushbu tadqiqotning xulosasida quyidagi holatlarni ta`kidlab o`tishni lozim 
topdik: 
Tadqiqot natijasi sifatida o’rganilgan asosiy yozma manbalarda siyosiy va 
iqtisodiy manfaatlar ustunlik qilganligi aniqlashtirildi. Hukmdorlar o’rtasidagi, 
jumladan Abdullaxon II va Akbarshoh, Jahongirshoh va Imomqulixon, Shoh Jahon 
va Abdulazizxon kabilar olib brogan o’zaro yozishmalardagi faktlar yuqoridagi 
fikrlarga dalildir. O’rta Osiyo va Hindiston xalqlari o’rtasidagi iqtisodiy va 
siyosiy aloqalar o’zining ko’p asrlik tarixiga ega. Moziyga nazar tashlar ekanmiz, 
har qanday mamlakatning biror bir davlat bilan o’zaro aloqalarni yo’lga qo’yishda 
avvalo savdo-sotiq va iqtisodiy munosabatlardan manfaatdor ekanligini 
ko’rishimiz mumkin. Ana shu jumladan Buxoro va Hindiston xalqlari o’rtasidagi 
iqtisodiy aloqalar ham ko’p asrlik tarixni o’z ichiga oladi. Bu aloqalar bir necha 
asrlik tarixga ega bo’lib, Buyuk Ipak yo’li paydo bo’lgan davrlardayoq ikki o’rtada 
savdo aloqalari mavjud edi. 
Tadqiqotda Hindiston va O’rta Osiyo o’rtasidagi o’zaro aloqalarning qadimiy 
tarixidan boshlab, o’rganilayotgan davrdagi ularning ijtimoiy-siyosiy ahvoli 
to`g’risida ham ko`plab ma`lumotlar keltirildi. Mazkur ma`lumotlar orqali o’sha 
davr tarixiy jarayonlari haqida aniq tasavvurga ega bo’lish uchun mamlakat va xalq 
hayoti aniq daliliy raqamlarda o`rganildi. 
XVI asrning ikkinchi yarmi Buxoroda siyosiy va ijtimoiy jarayonlarning keskin 
kechganligi, uzoq va nihoyat 1556-yilda markazlashgan davlat tuzilishi bilan 
bog’liq muhim voqea bilan xarakterlanadi. Markazlashgan davlat esa, o’z-o’zidan 
siyosiy hamkor izlaydi va diplomatik aloqalarni yo’lga qo’yadi. Bu borada esa 


104 
etnik, milliy va diniy jihatdan bir-biriga yaqin ikki mamlakat o’rtasida aloqalarni 
o’rnatish ancha qulay edi. 
Tadqiqotda dissertatsiya mavzusiga va shunga yaqin mavzularda e’lon qilingan 
turli adabiyotlar, jumladan rus va ingliz tillaridagi adabiyotlardan ham 
foydalanildi. Sovet davri adabiyotlari ham tanqidiy o’rganilib, ulardagi fikrlarga 
izohlar berib o’tildi.
Tadqiqotda gazeta, jurnal va ilmiy-nazariy maqolalar to’plamlarida e’lon 
qilingan ilmiy va ilmiy-publitsistik maqolalar tahlil qilindi va o`rganildi. Istiqbolda 
ushbu mavzu yuzasidan yana ko’plab maqolalar e’lon qilish mumkin. 


105 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə