Зб еки он с р фан л ар а к а д е m и я с и


III bob. O’rta Osiyo xonliklari bilan Hindiston o’rtasidagi siyosiy



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix04.06.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#88672
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
xvi-xviii asrlarda hindiston va orta osiyo xonliklari

III bob. O’rta Osiyo xonliklari bilan Hindiston o’rtasidagi siyosiy 
aloqalar 
3.1. O’zaro siyosiy-diplomatik munosabatlarning yo’lga qo’yilishi 
Buxoro xonligi bilan Boburiylar imperiyasi o’rtasidagi siyosiy aloqalar XVI 
asrning 70-yillaridan boshlab muntazam ravishda davom etadi. 
1572-yili Hindistonga Abdullaxon II ning birinchi elchisi Xo’ja Oltamish 
keladi. Bu vaqtda Buxoro, Shahrisabz, Qarshi, Samarqand Abdullaxon II 
hukmronligi ostida bo’lib, Toshkent, Hisor uchun janglar olib borilmoqda edi. 
Boburiylar imperiyasi esa Malva (1561), Jaypur (1562), Gondvan (1564), Chitor 
(1568) rojaliklarini bo’ysundirgan va katta viloyatlardan biri Gujoratni tobe qilish 
harakatida edi. 
Xo’ja Oltamish elchiligi haqida K.A.Antonova shunday deydi: Badaxshon 
hokimi Mirza Sulaymon Buxoroga yarim qaram bo’lgan Balxga hujum qilib, bu 
kurashda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. So’ng u Akbarshohdan o’zbeklarga 
qarshi kurashda yordam so’raydi, Akbarshoh rozilik beradi. Bundan xabardor 
bo’lgan Abdullaxon II bu masala yuzasidan Akbarshoh fikrini aniqroq bilish va 
imkoniyati boricha Hindiston bilan yaxshi munosabatlar o’rnatish maqsadida 
Hindistonga elchi yuboradi. 
Xo’ja Oltamish elchiligi bilan birga sovg’a-salomlar va Abdullaxon II ning 
Akbarshoh nomiga yozilgan maktubi berib yuboriladi. Abulfazlning naqlicha, 
maktubda Abdullaxon II o’tmishda Hindiston bilan Buxoro o’rtasida do’stona 
aloqalar mavjud bo’lganligini bayon etib, yaxshi qo’shnichilik va hamjihatlikda 
bo’lishlikni taklif qilgan. Hind olimi R.Ch.Varmaning fikricha, Abdullaxon II o’z 
elchisi orqali Eron hududlarini Buxoro xonligi va Boburiylar imperiyasi o’rtasida 
bo’lish rejasini ilgari surgan va bu rejani har ikki tomon ham sir saqlagan.
40
40
R a m e s h C h a n d r a V a r m a . Akbar and Abdullakhan, «Islamic culture», vol. XXI, № 4, October, 1937, 
p. 381 


48 
Haqiqatan ham Buxoro xoni Akbarshoh bilan Mirza Sulaymonning hamjihatlik 
bilan harakat qilib, Balxni Buxorodan tortib olishi xavfidan cho’chigan edi. Chunki 
bu vaqtda Balx hali Buxoro xonligiga to’la bo’ysundirilmagan edi. Shuning uchun 
Abdullaxon II Hindiston bilan yaxshi munosabatda bo’lishga intilgan. Lekin, 
Buxoro elchiligining zimmasiga ikkinchi bir vazifa - Akbarshoh davlatining 
Eronga nisbatan bo’lgan munosabatini aniqlash ham yuklatilgan edi. 
Abdullaxon II ning Akbarga yozgan maktubi hozircha qo’limizda yo’qligi 
sababli, Buxoro xonining Eronga nisbatan aytgan fikrlari ochiq ma’lum bo’lmasa 
hamki, o’sha davrdagi siyosiy vaziyat Abdullaxon II ning Eronga nisbatan bo’lgan 
munosabatlarini aniqlashga yordam beradi. 
Buxoro elchisidan avval Hindistonga ikki marta — hijriy 967 – 1559 -1560 va 
hijriy 972 – 1564 - 1565 yillari Erondan elchilar kelgan edi. Birinchi Eron 
elchiligiga shoh Tahmaspning (1524 - 1576) qarindoshi Sayyidbek binni 
Ma’sumbek boshchilik qilib, u Hindistonga Humoyun podshoning vafoti 
munosabati bilan ta’ziya bildirish va Akbarning taxtga o’tirganini tabriklash uchun 
yuborilgan edi. Elchi o’zi bilan birga arab, iroq va turk otlari, turli matolar hamda 
Eronning nozik buyumlaridan tuhfa va hadyalar keltiradi. 
Eron davlati o’zining ikkinchi elchisi orqali Eron bilan Hindiston o’rtasida 
birlik va hamjihatlik o’rnatishga da’vat etgan. 
Lekin bunga javoban Akbarshoh davlatidan Eronga uzoq vaqtgacha elchilik 
yuborilmaydi. Chunki bunga Qandahor masalasi to’sqinlik qilar edi. 
O’zaro ichki kurashlarda Sherxon Surdan yengilgan Humoyun Hindistondan 
Eronga qochib borgan, Eron shohi Tahmasp Hindistonni qaytadan bosib olishda 
unga yordam ko’rsatgan edi. Buning evaziga Humoyun Qandahor o’lkasiga 
bo’lgan da’vodan voz kechgan va uni Eronga qaram deb bilgan edi. Demak, 
Akbarshoh Eron bilan do’stona munosabatlarni davom ettirsa, Qandahorni qo’ldan 
chiqarar edi. Akbarshoh esa Qandahordan voz kechishni, shu bilan birga, Eron 
bilan aloqaning keskinlashishini ham istamasdi; chunki Eron shoh Tahmasp 
davrida ancha kuchli davlatga aylangan edi. Shuning uchun Akbarshoh Eronga 


49 
nisbatan vaqtincha «indamaslik» siyosatini qo’llaydi. Ayni vaqtda bu siyosat 
Buxoro xonligiga nisbatan ham qo’llandi. 
Abulfazlning aytishicha, bu davrda Akbarshoh davlati ichki urushlar, ya’ni 
imperiyaga bo’ysunmagan o’lkalarga qarshi kurash bilan band edi, shuning uchun 
tashqi siyosatga u qadar e’tibor bera olmagan. 
Oltamish elchiligiga kelsak, bu haqda Akbarshoh davriga oid ilmiy-tadqiqot 
ishlari olib borgan nemis olimi Noer Buxoro elchisiga Hindistonda yetarli darajada 
hurmat va ehtirom ko’rsatilmaganligini eslatib o’tadi. Hind tarixchisi Varma ham 
Akbarshoh saroyidagi mavjud qonun-qoidaga ko’ra yaqin o’rtada dushmanlik 
ruhida bo’lish mumkin bo’lgan tomonga iltifot ko’rsatilmas edi va shu sababli 
Buxoroga javob elchiligi yuborilmadi, deb uqtiradi. Lekin Noer va Varmaning 
Akbarshoh davlatining Buxoroga nisbatan tajovuzona siyosat tutish niyatida 
ekanligi haqidagi talqinlari noto’g’ri bo’lib, Abulfazlning yuqoridagi fikrlari 
haqiqatga yaqinroqdir. Chunki bu davrda Hindistonda zabt etilmagan ko’p o’lka va 
viloyatlar bor edi; ikkinchidan, Akbarshoh davlatining Buxoro xonligi bilan 
chegaradosh Qobul viloyatining hokimi (Akbarning o’gay ukasi) Muhammad 
Hakim Mirzo Akbarshoh hokimiyatini nomigagina tan olar edi. 
Abulfazlning aytishicha, Abdullaxon II nomiga maktub yozilib, Buxoro elchisi 
orqali yuborilgan. Bu dalil ham Boburiylar imperiyasining Buxoro xonligiga 
nisbatan dushmanlik ruhida bo’lgan, degan mulohazani rad etadi. 
Endi, Eronni bo’lib olish masalasiga kelganda - ehtimol, bu yerda Varmaning 
mulohazasi to’g’ridir. Chunki, Abdullaxon II o’z maktubida Buxoro xonligi bilan 
Turkiya o’rtasida do’stlik o’rnatilganligini xabar qiladi. Bu do’stlik, albatta, shia 
mazhabidagi «kofir» Eronliklarga qarshi kurash asosida tashkil topganini ta’kidlab, 
Abdullaxon II, ehtimol, Akbarshohni ham diniy asosda bir ittifoqqa birlashishga 
chaqiradi. Akbarshoh davlatining Eronga nisbatan tutgan siyosati hali ravshan 
bo’lmagani uchun bu taklifga ham ochiq javob berilmagan va bu masala qattiq sir 
tutilgan. 


50 
Navbatdagi ikkinchi elchilik ham Abdullaxon II tomonidan yuboriladi. Bu safar 
Abdurahim boshchiligidagi Buxoro elchiligi Hindistonga to’g’ridan-to’g’ri 
«Eronni bo’lish» taklifi bilan keladi (1577). Abdullaxon II Boburiylar imperiyasi 
bilan Buxoro xonligi bir xil sunniy mazhabdagi davlatlar ekan, shunga asosan, ular 
bir ittifoqda bo’lib Eronlik shialarga qarshi kurashishlari - Eronning Iroq, Xuroson 
va Fors viloyatlarini Buxoro va Hindiston o’rtasida bo’lib olishlari lozim, deb 
uqtiradi. 
Abdurahim elchiligi Hindistonda hurmat va ehtirom bilan yaxshi qabul qilinadi 
va Buxoroga qaytishida u bilan birga Abdullaxon II saroyiga sunniy mazhabidagi 
Mirza 
Po’lat boshchiligida hind elchiligi yuboriladi. Hind elchiligi 
Movarounnahrga hijriy 986 - 1579 yili keladi. Bu vaqtda Samarqand hokimi 
Abulxayr Abdullaxon II ga bo’ysunishdan bosh tortib, unga qarshi kurashish 
uchun atrof viloyatlardan kuch to’plamoqda va shuning uchun Abdullaxon II 
shoshilinch ravishda Samarqand tomon otlangan edi. Abdullaxon II hind elchisini 
urush harakatlari davom etib turgan Zominda qabul qiladi va unga katta iltifot 
ko’rsatiladi. Abdullaxon II hind elchisini o’zi bilan birga olib yuradi va natijada, 
uning Hindistonga qaytishi kechiktiriladi. Bu bilan Buxoro xoni Samarqandda olib 
borilayotgan janglarni hind elchisiga ko’rsatib, unga o’z kuchini namoyish 
qilmoqchi bo’lgan bo’lsa kerak. 
Hind elchisi Akbarning Abdullaxon II nomiga yozilgan maktubini olib kelgan 
edi. Hofiz Tanish Buxoriyning aytishicha, maktubda birlik va hamjihatlik 
to’g’risida so’zlangan va (go’yoki) Akbarshoh Abdullaxon II amriga bo’ysunishga 
tayyor ekanligini bildirgan. Akbarshoh Abdullaxon II ga katta sovg’alar yuborgan. 
Akbarshohning tarixchisi Abulfazl Allomiy esa maktubda Akbarning «Eronni 
bo’lish»ga rozi bo’lmaganligini va Eron ham Muhammad payg’ambar xonadoniga 
mansub davlatlardan bo’lgani uchun unga yaxshi munosabatda bo’lish zarurligi 
ta’kidlanganini bayon qiladi. 
Akbarshoh Eronni bo’lib olishga rozi emasligini bildirgan bo’lsa ham, 
Abdullaxon II ning Eronga yurish qilish niyatini qat’iy ravishda qoralamadi. Bu 


51 
bilan birinchidan, Akbarshoh Buxoro xonligi bilan aloqani bo’shashtirishni 
istamagan. Chunki bu vaqtda Buxoro xoni Balxni butkul bo’ysundirib, 
Badaxshonga ham xavf solmoqda edi. Boburiylar imperiyasiga, garchi Gujarot 
(1573), Bangol (1574—1576) kabi viloyatlar va Rajputandagi bir qancha rojaliklar 
qo’shib olingan bo’lsa ham, hali Tata, Mekron, Siston va boshqa ko’pgina o’lkalar 
Akbarshoh hokimiyatiga bo’ysunmagan bo’lib, Qobulga ham ishonch kam edi.
41
Ikkinchidan, Eron shohi Tahmaspning vafotidan so’ng (1576) Eronda ichki 
feodal tartibsizliklar kuchayib ketadi. Natijada Abdullaxon II uchun Xurosonni, 
Akbarshoh uchun Qandahorni Erondan tortib olishga qulay sharoit vujudga kelgan 
edi. Lekin Akbarshoh ichki kurashlar bilan band bo’lib, Eronga qarshi kurashga 
tayyor emas edi. Shuning uchun Akbarshoh Abdullaxonning Eronga nisbatan 
tajovuzkor harakatini kuchsizlantirishga urinsa ham (chunki Akbarshoh Eron 
yerlarining Buxoro xonligi tomonidan bosib olinishini istamas edi, albatta), uning 
Eronga qarshi urush qilishiga qat’iyan qarshi chiqmaydi. Elchilik vazifasining 
sunniy mazhabi tarafdori Mirza Po’lat zimmasiga yuklatilishi ham bejiz emas edi. 
Mirza Po’lat elchiligiga ikkinchi bir muhim vazifa — Buxoro xonining 
Badaxshonga bo’lgan munosabatini aniqlash va iloji bo’lsa, Badaxshonga nisbatan 
tug’ilgan xavfning oldini olish vazifasi ham topshirilgan edi. 
Badaxshon masalasiga keladigan bo’lsak, Saltanat Akbarshoh qo’liga o’tganda 
Badaxshonda Mirza Sulaymon hokim edi. Mirza Sulaymon Akbarshoh davlatini 
kuchsiz fahmlab hijriy 974 - 1567 yili Qobulga hujum qiladi, ammo 
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. So’ng to’satdan Balxga hujum qiladi. Balx hokimi 
Pirmuhammad Buxoro xonligining yordami bilan Mirza Sulaymonni Balxdan 
quvib chiqaradi, bu kurashda Mirza Sulaymonning o’g’li Ibrohim Mirza halok 
bo’ladi
42

Abdullaxon II ning askarlari Hisorni qamal qilgan vaqtda (982 - 1574) 
hisorliklarning iltimosiga ko’ra, Mirza Sulaymon ularga yordamga keladi. Ammo 
41
Азимджанова С, Государство Бабура в Кабуле и в Индии, М., 1977. 
42
Ҳофиз Таниш Бухорий, Абдулланома, Т., Шарқ, 2000. Б.207 


52 
shu vaqtda Badaxshonda Mirza Sulaymonga qarshi uning amaldorlaridan biri -
Muhammadquli isyon ko’taradi. Marhum Ibrohim Mirzaning beva xotini 
Badaxshon hokimiyatini o’g’li Shohrux Mirza qo’liga olib berish maqsadida bu 
qo’zg’olonga qo’shiladi. Jangda Shohrux Mirza g’olib chiqadi, Mirza Sulaymon 
esa yordam so’rab avval Qobulga, so’ng Akbarshoh huzuriga boradi
43

Abdullaxon II Hisorni qo’lga kiritib (1578) Badaxshonni zabt etishga 
tayyorgarlik ko’radi. Hofiz Tanish Buxoriyning yozishicha, bundan xabar topgan 
Shohrux Mirza Abdullaxon II saroyiga elchi yuborib, Buxoro xoniga 
bo’ysunganini ma’lum qiladi. Shundan so’ng Abdullaxon II Badaxshon tomon 
yuborilgan askarlarga qaytish uchun buyruq bergan
44

Akbar o’z huzuriga kelgan Mirza Sulaymonni yaxshi qabul qilib, unga 
Badaxshonni qaytarib berishni va’da qiladi. Ko’p o’tmay, Akbarshoh saroyiga 
Mirza Shohruxning vakillari ham keladi. Shunisi qiziqki, Akbarshoh Shohrux 
Mirza vakillarini ham tantanali ravishda qabul qilib, Shohrux Mirzani Badaxshon 
hokimi deb taniydi va unga yordam berajagini aytadi
45
. Akbarshoh shunday 
qilishga majbur edi. Chunki Badaxshon Shohrux Mirza qo’lida bo’lib, agar 
Akbarshoh uni qo’llab-quvvatlamasa, u Abdullaxon II tomoniga o’tib ketishi 
mumkin edi. Bu voqeadan so’ng aldanganini sezgan Mirza Sulaymon Makka 
tomon yo’l oladi va u yerda besh yil turib, qaytishda Eron shohi Ismoil II huzurida 
bo’ladi. Eron shohi Badaxshonni qaytarib olishda Mirza Sulaymonga yordam 
qilishga va’da beradi. Ammo tez orada, ya’ni Mirza Sulaymon Badaxshonga yetib 
kelganga qadar Ismoil II vafot etadi. Endi Mirza Sulaymon faqat Abdullaxondan 
yordam olishi mumkin edi. Hind tarixchisi R. Ch. Varma yozadiki, bunday 
ahvolning oldini olish uchun Shohrux Mirza bobosi bilan yarashgan va ular 
o’rtasida shartnoma tuzilgan
46
. Hofiz Tanishning bergan ma’lumotiga ko’ra, 
Shohrux Mirza va Mirza Sulaymon o’rtasida to’qnashuv bo’lib, bunda Qobul 
43
Р. Ч. Варма, Акбар ва Абдуллахон, 382-бет. 
44
Ҳофиз Таниш Бухорий, Абдулланома, Б.207-208 
45
Р. Ч. Варма, Акбар ва Абдуллахон, 382-бет. 
46
Р. Ч. Варма, Акбар ва Абдуллахон, 383-бет. 


53 
hokimi Muhammad Mirza Hakim (Mirza Sulaymonning kuyovi) yordami bilan 
Mirza Sulaymon g’olib chiqqan. So’ngra har ikki hokim — Mirza Hakim va Mirza 
Sulaymonlar Abdullaxon II huzuriga elchi yuborganlar. Mirza Sulaymon elchi 
qilib Mehr Ali Ko’kaldoshni va Mirza Hakim esa Mavlono Nuriddin Muhammad 
qozini yuborganlar. Elchilar sovg’a-salomlar bilan birga maktub ham keltirganlar 
va bu maktublarda, Hofiz Tanishning yozishicha, har ikki hokim o’zlarining 
Buxoro xoniga bo’ysunganliklarini bildirganlar. Elchilarga Abdulxon II hurmat 
ko’rsatib, ularni «faxriy to’n»lar bilan mukofotlagan va Mirza Sulaymon nomiga 
yozilgan nomada uni Buxoroga kelishga taklif ham qilgan.
47
Hijriy 989 – 1581 - yili ham Mirza Sulaymon Abdullaxon II ga sovg’a-
salomlar hamda do’stlik va tobelik haqidagi maktubini yuborgan. 
«Mirotul olam» asaridagi ma’lumotlarga qaraganda, 992 – 1584 - yili Shohrux 
Mirza o’z bobosidan mag’lubiyatga uchrab, Akbarshoh saroyiga keladi, Mirza 
Sulaymon bu kurashda Abdullaxon II dan yordam olgan
48

Keltirilgan ma’lumotlar shundan darak beradiki, Badaxshonda ikki 
hokimiyatchilik hukm surgan va ular o’rtasida to’xtovsiz kurash davom etgan. Bu 
kurashda Shohrux Mirza Akbardan yordam olgan, Mirza Sulaymon esa 
Abdullaxon II ga tayangan. 
Ichki feodal kurashlarining kuchayishi Abdullaxon II tomonidan Badaxshonni 
bosib olish uchun zamin hozirlagan. 
1584-yili Abdullaxon II Balx hokimligini o’g’li Abdulmo’minga topshirish 
bahonasida shu shaharga keladi. Abdullaxon II ning rejasini sezgan Shohrux Mirza 
Balxga o’z elchisi Shoh Hasanni yuboradi. Lekin Abdullaxon II elchini qabul 
qilmaydi va elchiga kinoya bilan tez kunda Badaxshonda so’zlashuvini aytadi. 
Shundan so’ng, ko’p vaqt o’tmay Badaxshon Buxoro xonligiga qo’shib olinadi. 
Bobo va nevaralar oldinma-keyin Akbarshoh huzuriga qarab yo’l oladilar. 
47
Ҳофиз Таниш Бухорий, Абдулланома, Б.208 
48
Бахтовархон, Миротул олам, Б.187 


54 
Badaxshondagi janglarda Shohrux Mirzaning o’g’li Muhammad Zamon Mirza 
buxoroliklarga asir tushadi. 
Badaxshonning zabt qilinishi Qobul hokimi Mirza Hakimni ham cho’chitib 
qo’yadi va u Akbardan yordam so’rab, o’z vakilini uning huzuriga yuboradi. 
Lekin, oradan ko’p vaqt o’tmay, Mirza Hakim vafot etadi (1585), shundan so’ng 
Qobul, Zobulistonda tartibsizliklar kuchayadi. Bu voqealarda Abdullaxon II ham 
qisman ishtirok etgan edi. Feridun nomli shaxs marhum Mirza Hakimning 
o’g’illari Afrosiyob Mirza (14 yashar) va Kaykabod (11 yashar)larni o’zbeklar 
tomoniga qochib ketishga da’vat qiladi. Agar Feridunning bu rejasi amalga oshsa, 
Abulfazl Allomiyning yozishicha, Abdullaxon II Qobulga ham da’vogar bo’lishi 
mumkin edi
49

Akbarshoh Qobuldagi tartibsizliklarning oldini olish uchun jadal harakat qilib, 
lashkarboshi Man Singxga tezlik bilan Qobulni ishg’ol qilishga farmon beradi va 
Qobul qaytadan imperiyaga qo’shib olinadi. 
Bu davrda Akbarshoh davlatini qattiq tashvishga solgan voqea - tarixda 
«ravshaniylar xarakati» nomi bilan shuhrat topgan afg’on qabilalarining ozodlik 
uchun olib borayotgan qo’zg’olonlari bo’lgan edi. Afg’on qabilalariga qarshi 
kurashni yaxshi uyushtirish maqsadida Akbarshoh o’z saroy ahllari bilan birga 
1586-yil 4-yanvarda Attekka (Atokka) keladi. 
Ravshaniylar bilan bo’lgan to’qnashuvda Svad tomon yuborilgan Zaynxon 
boshliq lashkarlar va Bujirda harakat qilayotgan Bir Bal qo’shinlari tor-mor 
keltiriladi
50
. Jangda Bir Bal halok bo’ladi. Shu vaqtda Buxorodan elchilar 
kelayotganligi haqida xabar keladi. elchilar xafsizligini ta’minlash uchun Farid 
Baxshi boshchiligida ahadiy (shoh huzuridagi va uning maxsus nazorati ostidagi 
saralangan harbiy otryad) harbiy qismlari safarbar qilinadi va Man Singx ham o’z 
qo’shini bilan Qobuldan elchilar himoyasiga yetib keladi. 
49
Абулфазл Алломий, Тарихи Акбаршоҳий, Т., 1997, ―Шарқ‖. б.26 
50
Абулфазл Алломий, Тарихи Акбаршоҳий, б.28 


55 
Boburiylar imperiyasining qo’shinlari Qobulni ishg’ol qilgach, Feridun qo’lga 
tushadi va Man Singx Feridunni Akbarshoh huzuriga keltiradi. Taftish natijasida 
Feridunning sotqinligi aniqlangach, «gunohlarini yuvib kelishi uchun» u Makkaga 
surgun qilinadi. 
Buxoro elchiligiga Abdullaxon II saroyidagi e’tiborli kishilardan Mir Quraysh 
boshchilik qiladi. Elchilar o’zlari bilan zotli ot va tuyalar, ov qushlari, a’lo navli 
mo’yna va boshqa nafis matolardan iborat «tuhfa va hadyalar» olib keladilar 
hamda Jayyib ismli kabutarboz orqali esa Movarounnahrning turli nav 
kabutarlaridan jo’natilgan edi. 
Abulfazlning aytishicha, Xaybar yo’lagining kengaytirilishi, Hind daryosiga 
ko’prik solinishi, Man Singxning Qobuldagi g’alabasi va Akbarning o’z 
qarorgohini Attekka ko’chirgani Abdullaxon II ni cho’chitgan va Abdullaxon II 
Akbarshoh Balxga hujum qilishi mumkin, degan xayolda bu xavfning oldini olish 
uchun Hindistonga elchilar yuborgan. 
R. Ch. Varmaning fikricha, Akbarshoh hokimiyatining Qobulda mustahkam 
o’rnatilishi Abdullaxon II ni Eronga nisbatan tutgan siyosatida Akbarshoh xohishi 
bilan hisoblashishga majbur qilgan
51

«Abdullanoma»da Abdullaxon II ning Akbarshoh nomiga yozgan va Mir 
Quraysh orqali yuborgan maktubining qisqacha mazmuni keltiriladi. Maktubda 
Abdullaxon II «Haj» (Makka va Madina)ga boradigan yo’lda joylashgan 
Badaxshon o’lkasi kofir qizilboshlar qo’lida ekanligi va shu tufayli bu o’lkada 
doimiy g’alayonlar bo’layotganligi haqida gapirib, kelgusi yil bahorda katta 
qo’shin bilan bu viloyatni «kofirlar» qo’lidan tortib olish niyatida ekanini bayon 
qiladi. Shuningdek, Abdullaxon II Akbarga «kofir»larga hech qanday yordam 
ko’rsatmaslikni va agar «kofir»lar o’zbeklar bilan bo’lgan kurashda tor-mor 
keltirilib, uning huzuriga borsalar, ularga boshpana berishgina emas, balki 
Hindistondan haydab chiqarishlari lozim deb, uqtiradi
52

51
Р. Ч. Варма, Акбар ва Абдуллахон, 384—385-бетлар 
52
Ҳофиз Таниш Бухорий, Абдулланома, б.157 


56 
Akbarshoh Buxoro elchilarini uzoq vaqt qabul qilmaydi. «Tarixi 
Akbarshohiy» 
asarining 
ma’lumotiga 
ko’ra, bunga Akbarning sevimli 
lashkarboshisi Bir Balning afg’onlar bilan bo’lgan kurashda o’ldirilganligi va shu 
munosabat bilan shohning uzoq vaqt ta’ziya tutishi sabab bo’lgan. Aslida 
Akbarning o’zbek elchilarini qabul qilmaslik sababi shunda ediki, bu vaqtda 
Kashmir hokimi Yusufxonning o’g’li Yoqub isyon ko’targan va uni bostirish 
uchun Akbarshoh Kashmirga katta qo’shin yuborgan edi. Buxoro elchiligiga 
o’zining jangovar kuchlarini namoyish qilish maqsadida Akbarshoh ataylab qabul 
marosimini kechiktiradi. 
Nihoyat, Akbarshoh elchilarni o’z saltanatining 32 yillik tantanasi kuni - 25 
rabbial avval 994/1586-yilining 14-martida qabul qiladi. 
Mir Quraysh elchiligi qabul qilingandan bir oy o’tgach, Akbarshoh Attokdan 
(bu yerda shoh 3 oydan ko’proq turadi) Lohurga keladi. Abulfazlning yozishiga 
ko’ra, Akbarshoh o’z qarorgohini o’zbek elchisining iltimosi bilan Buxoro 
chegarasidan uzoqda joylashgan Lohurga ko’chirgan. Ammo shoh yana Panjob 
viloyatida qolgan edi. Sababi shuki, agar Turon hokimi do’stlikka xiyonat qilgudek 
bo’lsa, zafarli qo’shin tezda Lohurdan Turon tomon harakat qilishi kerak edi
53

Abulfazlning mulohazalariga tanqidiy qaramoq kerak, chunki u ko’p 
masalalarni Akbarni ulug’lash yo’lida noto’g’ri talqin etgan. 
Bu vaqtda Akbarning Movarounnahrga hujum qilishi uchun asos ham, 
imkoniyat ham yo’q edi va u o’z qarorgohini o’zbek elchisining iltimosi bilan 
Attokdan Lohurga ko’chirmagan, albatta. Zaynxon va Bir Bal qo’shinlarini tor-mor 
qilgan ravshaniylar Attokka, ya’ni Akbarshoh qarorgohiga xavf solmoqda edilar. 
Shunga ko’ra, Attok mudofaasini mashhur Todar Malga topshirilishi ham bejiz 
emas edi. 
Shunday qilib, Akbarshoh vaziyat taqozosi bilan Lohurga ketadi va u yerda 
afg’onlar va belujlarga qarshi hamda Tata va Seiston viloyatlarini imperiyaga 
qo’shib olish uchun bo’lgan kurashga rahbarlik qiladi. 


57 
Badaxshonni bosib olgan Abdullaxon II endi Hirotga yurish qilish niyatida edi. 
Ammo uning rejasini qozoqlar qo’zg’oloni buzib yuboradi. Qozoqlar qo’zg’olonini 
tezda bostirish maqsadida Termizda Abdullaxon II va jo’ybariy shayxlar boshlig’i 
Xo’ja Kalon (Xo’ja Islomning o’g’li) boshchiligida kengash o’tkaziladi
54

Abdullaxon II Eron tomon hujum qilib, uning yerlarining bir qismini bosib olishga 
oshiqar edi, chunki Erondagi siyosiy vaziyat Abdullaxon II maqsadlarining amalga 
oshishi uchun qulaylik tug’dirar edi. Ammo, Badaxshonning bosib olinishi 
Buxoroning Akbarshoh davlati bilan bo’lgan munosabatlarining keskinlashishiga 
olib kelishi mumkin edi. Demak, Eronga yurish qilishdan avval Akbarshoh 
davlatining Buxoroga bo’lgan munosabatini aniqlash lozim edi. Shuning uchun 
qozoqlar qo’zg’oloni bostirilishi bilanoq Abdullaxon II Samarqanddan Hindistonga 
elchi jo’natadi va Buxoroga qaytadi. Mir Quraysh elchiligi oldida mas’uliyatli 
vazifalar turar edi. Bu elchilik Badaxshonning Buxoroga qo’shib olinishi 
sabablarini tushuntirishi, sodir bo’lgan voqeaga Akbarshoh davlatini ko’ndirgan 
holda, Buxoro — Hindiston munosabatlarini yaxshilashga va Buxoro xonligining 
Eronga nisbatan harakatlarida Hindistonning betaraf bo’lishiga erishishi kerak edi. 
R.Ch.Varmaning yozishicha, Mir Quraysh elchiligi «Eronni bo’lish» masalasi 
yuzasidan ham muzokaralar olib borgan va bu haqda tomonlar umumiy bir fikrga 
kelgan
55
. R. Ch. Varma o’z mulohazasining isboti sifatida quyidagi uchta 
ma’lumotni keltiradi:
a) Akbarning Badaxshonning o’zbeklar tomonidan bosib olinganligiga sukut 
alomati bilan rozi bo’lgani;
b) Abdulmo’minning Turkiya sultoni Murod III ga maktubi; maktubda 
―Hindiston podshohi ham bu oliy dargohga (Buxoroga va Balxga - I. N.) o’zining 
eng buyuk kishilaridan biri Hakim Humomni tortiqlar, hadyalar va do’stona 
maktub bilan yubordi va ittifoq tuzdi‖ deb ko’rsatiladi;
53
Абулфазл Алломий, Тарихи Акбаршоҳий, Б.279 
54
Ҳофиз Таниш Бухорий, Абдулланома, Б.178 
55
Р. Ч. Варма, Акбар ва Абдуллахон, 385—386-бетлар. 


58 
d) Imomqulixonning (1611-1680) Jahongirshohga (1605-1627) yozgan 
maktubi, maktubda marhum Abdullaxon va Akbar zamonida Buxoro bilan 
Hindiston o’rtasida Eronga qarshi ittifoq tuzilgan, deb aytiladi. 
Bu yerda shuni qayd qilib o’tish lozimki, Mir Quraysh elchiligi bilan birga 
Buxorodan Akbarshoh saroyiga Nazarbiy elchiligi ham yuboriladi. 
Mir Quraysh Boburiylar imperiyasi bilan muzokaralar olib borish huquqiga ega 
bo’lgan Buxoro davlatining rasmiy elchisi bo’lsa, Nazarbiy otasi Iskandarxon 
vafotidan so’ng (1583) xonlik taxtiga o’tirgan Abdullaxon II ning saltanat egasi 
bo’lgani haqida xabar qiluvchi va uning nomidan Akbarni tabriklovchi maxsus 
vakili edi. 
«Tarixi Akbarshohiy»dagi ma’lumotga ko’ra, Akbarshoh Nazarbiyni (va uning 
o’g’illari — Shodibiy, Boqibiy va Qurbonbiylarni) Mir Qurayshdan ancha avval 
qabul qilgan va ularga iltifotlar ko’rsatgan. 
Akbarshoh nomiga bitilib, Mir Quraysh elchiligi orqali yuborilgan nomaning 
qisqacha mazmuni «Abdullanoma»da hikoya qilingani haqida yuqorida so’zlagan 
edik. Bu maktubning asl nusxasini topa olmaganligimiz sababli, bu haqda mufassal 
fikr yuritolmaymiz. Ammo, tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, O’zbekiston 
respublikasi FA Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida saqlanayotgan 289-
raqamli qo’lyozmadagi maktublarning biri Abdullaxon II ning Akbarshoh nomiga 
bitilgan va Nazarbiy orqali berib yuborilgan maktubi bo’lib chiqdi. Bu hujjat 
«Hazrat xalafatpanoh (Abdullaxon II) ning Muhammad Nazarbiy dodxoh elchiligi 
yuzasidan Hinddiston podshohiga yozgan maktubi» deb nomlangan. Maktub 
Buxoro xonligining Akbarshoh davlatiga nisbatan tutgan siyosatini va Mir 
Quraysh elchiligining maqsad va vazifalarini aniqlashda katta rol o’ynaydi. Chunki 
fikrimizcha, Mir Quraysh orqali ham shu xil mazmunda bitilgan maktub berib 
yuborilgan bo’lishi ehtimol. 
Nazarbiy keltirgan maktubda Buxoro xoni Akbarshoh shaxsiyatini uzundan-
uzoq ta’rif qilgach, Buxoro «xalqi oldida orom va osoyish eshigi kushoyish» 
bo’lgani, «to’qson ikki o’zbekiya firqasining bir qancha ming el va ulusi... itoat va 


59 
farmonbardorlik halqasini jon quloqlariga osib tamoman tobe» bo’lganliklari, 
qozoq, qoraqalpoq va qirg’iz qabilalari yordami bilan qalmoqlarning 
bo’ysundirilgani haqida, Buxoro va Hindistonda hokimlik qilgan sobiq hoqonlar 
o’rtasidagi birlik va hamjihatlik to’g’risida bayon qilinib, so’ng Eron masalasiga 
o’tiladi. Maktubda ko’rsatilishicha, bu voqealardan avval hajga boruvchilarga 
hujum qilib, ularni o’ldirgan va mollarini talon-toroj qilayotgan shia-Eronliklarga 
Nazarbiy dodxoh boshchiligida elchi yuborilgan, ularga nasihatomuz so’zlar 
aytilgan, lekin Eronliklar bu nasihatlarga ham quloq solmay, o’z bosqinchilik 
ishlarini davom ettiraverganlar. Shundan so’ng Buxoro xoni (Abdullaxon II)
Xorazm viloyatining volisiga, Mashhad, Astrobod va Nishopurga borib, ketma-
ket hujum va talon-torojlar qilib, u tabiatan yomon xulqlilar fig’onini (ko’kka) 
chiqarsin» deb, ham mang’itiya va turkmanlarga Eronliklarga qarshi Marv 
tomondan hujum qilishga buyruq bergan. 
So’ng maktubda yozilishicha, saroy ahllaridan bir qanchasi Abdullaxon II ga 
Boburiylar imperiyasiga elchi yuborishni maslahat berganlar. Bundan kuzatilgan 
maqsad shuki, boburiylar imperatori ham «porloq shariatni mustahkamlash va 
baxtiyor millatning kuchayishi uchun barcha tog’dek basavlat mujohidlari va 
jangovar, muzaffar muborizlari bilan u tarafdan (Hindistondan) yo’ldan ozgan toifa 
ustiga otlansalar, toki shon-shuhrat konining har ikki gavhari (Abdullaxon II va 
Akbarshoh) o’zaro bir-birlariga yordam va madad berib, u toifani oyog’idan 
qulatsalar va ular diyorini (shunday) islomobod qilsalarki... «Nazarbiy elchiligi shu 
maqsad yuzasidan hamda osmondek baland taxtga baxtiyorlik bilan o’tirishlarini 
tabriklash uchun...» tayin etilgan. Maktub oxirida Hindistondan ham elchilar 
yuborilishi va shu asosda do’stlikni mustahkamlash zarurligi uqtirib o’tiladi.
56
Demak, maktub mazmuniga ko’ra, Buxoro xoni Akbarshohga Eronga qarshi 
kurashda bir ittifoqda bo’lib harakat qilishini taklif etgan. 
Mir Quraysh elchiligi, o’ziga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli ravishda 
bajarib, 1586-yil 2-dekabrda (12-ramazon 994-yili) Akbarshoh davlatining 


60 
Buxoroga tayin qilgan elchilari bilan birgalikda yo’lga chiqadi. Hind chlchilariga 
Hakim Humom boshchilik qilar edi. Hakim Humom Boburiylar imperiyasining 
Buxoro xonligiga yuborgan rasmiy elchisi va Mir Sadr Jahon Mufti esa 
Abdullaxon II ning otasi Iskandarxonning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirish 
uchun Akbar tomonidan yuborilgan, uning shaxsiy vakili edi. Hind elchilari o’zlari 
bilan birga Akbarning Abdullaxon II nomiga bitilgan maktubini keltiradilar. Elchi 
Mir Qurayshga berilgan turli nafis mollar va buyumlardan tashqari, hind shohi 
Abdullaxon II va uning o’g’li Abdulmo’min sultonlar uchun xazinachi Muhammad 
Ali orqali maxsus sovg’a va hadyalar berib yuboradi. Bu «sovg’a - hadyalar»ning 
qimmati bir yarim lakni yoki uch ming yetti yuz iroq tumanini tashkil qilgan. 
Abdullaxon II Mir Quraysh elchiligining qaytayotganini va u bilan birga hind 
elchilari kelayotgani haqidagi xushxabarni eshitgach, darhol Qobul hokimiga 
odamlar yuborib undan hind elchilarini uzoq tutib turmaslikni iltimos qiladi va 
maxsus kishi orqali Mir Qurayshning tez yetib kelishi tayinlanadi. 
Demak, Abdullaxon II Akbarshoh davlatining Buxoroga nisbatan bo’lgan 
munosabatini bilishni oshiqib kutgan, chunki Hindistonning Buxoro bilan yaxshi 
munosabatda bo’lib qolishi ayni holda Akbarshoh davlatining Abdullaxon IIning 
Eronga nisbatan tutgan siyosatiga rozi ekanligidan darak berardi. 
1587-yilning may oyida Chahorbog’da (Andxoy) Hirot masalasi bo’yicha 
Abdullaxon II katta kengash o’tkazadi; Shahrisabz, Samarqand, Balx, Dehnov, 
Hisor va boshqa viloyatlardan minglab qo’shin keltiriladi. Hirot hokimi 
Aliqulixonning Buxoroga vassal bo’lish haqidagi iltimosi ham rad etiladi. Oradan 
ko’p o’tmay, Hirot qal’asi qo’lga kiritiladi va Abdullaxon II o’z qarorgohini Sulton 
Husayn Mirza madrasasiga ko’chiradi. 
1587-yilning avgustida Mir Quraysh Abdullaxon II huzuriga keladi va u hind 
elchilari ot va tuyalar yetishmasligi sababli orqada qolib ketdilar, deb xabar qiladi; 
Abdullaxon darhol hind elchilarini ot va tuyalar bilan ta’minlashga buyruq beradi. 
56
Низомиддинов И.Ғ - ХVI-ХVIII асрларда Ўрта Осиѐ - Ҳиндистон муносабатлари., Т., "Фан", 1966 


61 
Mir Qurayshni esa hind elchilariga hamroh bo’lib kelish uchun Andxoyga qaytarib 
yuboradi. 
Elchilar Hirotga yaqinlashganda ularni Qozi Hoji Muhammad, Mirza Haydar 
Muhammad Munshi va ko’p a’yon hamda shig’ovullar tantanali ravishda kutib 
oladilar. Ertasi kuni Sulton Husayn Mirza madrasasida katta bazm uyushtiriladi. 
Hofiz Tanish Buxoriy bu haqda shunday hikoya qiladi: «Abdullaxon II uchun taxt 
o’rnatilib, uning atrofiga amallariga qarab noiblar, amir va lashkarboshilar 
joylashdilar. Tillado’z to’nlar kiygan va marvaridlar qadalib ziynatlangan xanjarlar 
taqqan maxsus kishilar xizmatda edilar. Saroy hojiblarining quloqlari xon 
farmoyishiga qaratilgan edi. Majlis boshlanishi bilan Hakim Humom, Sadr Jahon 
va elchilikning boshqa kishilari bazmga taklif etiladilar, hind elchilariga ularning 
shohlari elchilarni qay tartibda qabul qilsa, shu qonun-qoidaga asosan murojaat 
qilishlariga ruxsat berildi. Hind elchisi Hakim Humom hayajonga to’lgan holda 27 
marotaba salom berdi. Salom shundan iborat ediki, qo’l kaftlarini yerga tekkizib, 
so’ng balandga ko’taradi va oldinga qadam tashlab boshini quyi soladi. Oliy joy 
(taxt) ga yaqinlashganda elchi tizzasida turib xon qo’lini o’padi va o’zi bilan 
keltirgan nomani uzatadi. Nomaning mazmuni shundan iborat edi-ki, deb 
ko’rsatadi Hofiz Tanish Buxoriy, - muhabbat va do’stlik haqida so’zlanib, umumiy 
dushman (Eron)dan saqlanish uchun birgalikda harakat qilish taklif etiladi». 
So’ng elchilar Qulbobo (Ko’kaldosh) vositachiligida Hindistondan keltirilgan 
sovg’a va hadyalarni birma-bir ko’rsatadilar. Abdullaxon II bu sovg’a va 
hadyalarni shu yerning o’zida o’z a’yonlari va amaldorlariga ulashib beradi. 
Ertasi kun elchilar Sulton Abdulmo’min huzurida bo’lib, unga ham hadya — 
tortiqlar beradilar. Shundan keyin, Abdullaxonning farmoniga ko’ra, hind elchilari
har kuni amaldor - a’yonlar bazmlariga taklif etiladilar, ularga sovg’a-salomlar 
in’om qiladilar. Nihoyat, zulqa’da (noyabr) oyining oxirlarida hind elchilari (Hirot 
butunlay zabt etilganga qadar) Mir Quraysh hamrohligida Buxoroga yuboriladi va 


62 
bosh qozi Nuriddin Muhammadga elchilarni yaxshi joylashtirish va ular haqida 
g’amxo’rlik qilish topshiriladi.
57
«Makotiboti Allomiy» («Allomiy maktublari»)da Hakim Humom elchiligining 
yuborilishiga oid Akbarshoh nomidan Abdullaxonga bitilgan ikkita maktub 
keltirilgan. Maktublar mazmuni, asosan, bir xil bo’lib, ular yozilishi jihatdan bir-
biridan farq qiladi. Maktublarning qisqacha mazmuni quyidagicha: Abdullaxon II 
shaxsiyatining maqtovidan so’ng, Akbarshoh o’zining 30 yildan ortiq Hindistonda 
shoh bo’lib turgani va bu vaqt ichida ko’pdan-ko’p o’lka va viloyatlarni zabt 
etganini aytadi. So’ng, uzoq vaqt Movarounnahrdan elchilar kelmaganini eslatib
o’tgach, Akbarni dinsizlikda ayblagan va bu haqda Abdullaxon II ga turli-tuman 
bo’hton so’zlar yetkazgan shaxslarni qoralaydi. (Akbarshoh xudo va 
payg’ambarlar ham bo’htondan holi emasliklarini uqtirib, o’zini haqiqiy musulmon 
qilib ko’rsatishga harakat qiladi. Maktub mazmuniga ko’ra, Akbarshoh farang (por 
tugaliyalik)larga qarshi kurashga otlangan vaqtda Eronda ahvol keskinlashib 
qolganligi to’g’risida xabar kelgan. Eron shohiga qarshi amir va o’lka hokimlari 
bosh ko’targanlar. Erondagi bu ichki ziddiyatlardan Rum (Turkiya) sultoni 
foydalanib, Eronning bir qancha joylarini bosib olgan. Maktubda aytilishicha, Eron 
shohi Akbardan yordam so’rab Aliquli Hamadoniyni Hindistonga yuborgan. Shu 
sababli Akbarshoh o’g’illaridan biri (Shahzoda Murod)ni katt qo’shin bilan Eron 
Iroqi tomon jo’natish, o’zi esa Xuroson tomon yo’l olmoqchi bo’lgani, agar 
Abdullaxon II ham Xurosonga yetib kelsa, Akbarshoh Abdullaxon II bilan 
uchrashib ko’p masalalarni, shu jumladan, Eronga yordam ko’rsatish masalasini 
ham hal qilib olishlari mumkinligi maktubda qayd qilinadi. Shuningdek, 
Akbarshoh Abdullaxon II dan Shohrux Mirzaning gunohidan o’tishni so’raydi.
Rasmiy elchi sifatida Hakim Humom va Iskandarxon vafoti yuzasidan ta’ziya 
bildirish uchun Sadr Jahon yuborildi, deb yoziladi. Hakim Humom Akbarshoh 
57
Р у с т а м о в У. А., К истории изучения экономических, политических и культурных связей между 
народами Индии и Средней Азии. Труды Института Востоковедения АН УзССР, вып. 4, Ташкент, 1956. 


63 
davlatining eng ishonchli kishilaridan ekanligi alohida ta’kidlangan; tuhfa va 
hadyalar Muhammad Ali orqali jo’natildi, deb maktubga xotima berilgan. 
Maktublarning bir-biridan farqi faqat shundaki, birinchisida Xurosonda 
uchrashib, Eron masalasi muhokama qilinganda, bu masala yuzasidan har ikki 
tomonning fikri nazarga olinishi kerak bo’lsa, ikkinchisida Eronga yordam 
ko’rsatish Abdullaxon II ning xohishi va uning ko’rsatmasiga muvofiq amalga 
oshishi mumkinligi ta’kidlangan. Demak, ikkinchi maktub birinchisiga nisbatan 
masalaning qo’yilishi nuqtai nazaridan kelishuvchilik ruhida bitilgan. 
I.Nizomiddinov Hakim Humom elchiligi va Akbarning Abdullaxon II nomiga 
yozilgan maktubi to’g’risida fikr yuritib, Akbarshoh Abdullaxon II ga o’zini 
qudratli shoh qilib ko’rsatmoqchi bo’lgan, deydi. Shia mazhabidagi Hakim 
Humomni elchilikka boshliq qilib tayinlash bilan, Akbarshoh Abdullaxon II 
ustidan kulgan. Akbarning maktubi haqiqatan ham ko’p ma’noli bo’lib, undagi 
qarama-qarshi fikrlar Boburiylar imperiyasidagi ichki ziddiyatlar va Abdullaxon II 
siyosatining tajovuzkor ruhidan kelib chiqadi. 
Bu davrda Akbarshoh davlati kuchli, markazlashgan bo’lib, ancha kengaygan 
edi. Bu esa Abdullaxon II ni cho’chitardi. Lekin ulkan imperiyadagi ichki 
ziddiyatlarning kuchayishi va shu bilan birga mamlakat janubidagi yangi 
viloyatlarni bo’ysundirish kabi muhim vazifalarning mavjudligi (Badaxshon 
qo’ldan ketsa hamki) imperiyaning Buxoro xonligiga nisbatan siyosatini 
o’zgartirmadi; garchi Akbarshoh Xurosonga borishi haqida so’zlab, Abdullaxon II 
ni qo’rqitmoqchi bo’lsa ham, Abdullaxon II bilan uchrashishni taklif qilib, Eron 
masalasini hamjihatlikda hal qilish kerakligini aytib, mamlakatlar o’rtasida ittifoq 
mavjud va shunday bo’lib qolajak, deb ishontirishga urindi. Akbarshoh o’z xatida 
Abdullaxonning Eronga qarshi tajovuzkor siyosatini qattiq qoralamaydi. Chunki 
Eronning zaiflashishi Akbarshoh davlati uchun ham foydali edi. Lekin Eronning 
zaiflashishi hisobiga Buxoro xonligining kuchayishi Akbarga yoqmas edi. Shunga 
ko’ra, Akbarshoh o’z maktubida, garchi Eronliklar sunnat va jamoat yo’lidan 
toygan bo’lsalar ham, ular payg’ambar xonadonidan ekanliklarini eslatib, ularga 


64 
bunday og’ir vaqtda yordam qo’lini cho’zish har ikki podsholikning vazifasidir, 
deb uqtiradi. Umuman, maktub mazmuni Abdullaxon II ning siyosatiga, ya’ni 
Xurosonni zabt etishga zid emas edi; Abdullaxon II Hirotni butunlay bosib olishga 
astoydil kirishadi va to’qqiz oy qamaldan so’ng Hirot zabt etiladi va Hirot 
hokimligi Amir Qulbobo (Ko’kaldosh)ga topshiriladi; Abdulmo’min boshliq 
qo’shinlar esa Mashhad ustiga yurishga tayyorlanadilar. 
Kashmir bo’ysundirilgandan so’ng, Akbarshoh o’z a’yonlari bilan bu o’lkaga 
sayohat qiladi va 12-zulqa’da (13-sentyabr’) 997 (1589) yili Qobulga keladi. Bu 
yerda Buxorodan qaytayotgan Hakim Humom elchiligini qabul qiladi. Hakim 
Humom Akbarga Hirot va Xurosonni tasarruf etgani uchun Abdullaxon II undan 
minnatdor ekanini hamda Akbarshoh huzuriga yaqin orada Sadr Jahon bilan 
birgalikda Buxoro elchisi Ahmad Ali Otaliq kelajagini bildiradi. Ko’p vaqt o’tmay, 
Ahmad Ali Otaliq ham Qobulga yetib keladi va Akbarshoh iltifotiga sazovor 
bo’ladi. So’ng Akbarshoh Qobul hokimligini Qosimxonga topshirib, Lohurga
qaytib keladi.
58
Hindiston – Buxoro munosabatlari haqida fikr yuritganda Muhammad Zamon 
nomi bilan bog’langan voqeani ham eslab o’tmoq zarur. Muhammad Zamon 
Shohrux Mirzaning o’g’illaridan bo’lib, u Badaxshon uchun bo’lgan kurashda 
o’zbeklar qo’liga asir tushgan va Abulfazlning yozishicha, 12 yoshida qamoqda 
vafot etgan. 
Oradan ko’p yil o’tgach, Qorateginda Shohrux Mirzaning farzandi Muhammad 
Zamon nomi bilan bir shaxs paydo bo’ladi. Uning atrofiga turli qishloqlardan 
qurolli guruhlar yig’ila boshlaydi va «Muhammad Zamon» tez orada Ko’lob va 
boshqa yerlarni qo’lga kiritadi, janglarning birida hatto Abdulmo’minni asir olish 
ehtimoli ham yuz bergan edi. Lekin o’z xohishi bilan kelib qo’shilgan qurolli 
kuchlar o’z boshliqlariniig qalbaki shaxs ekanligini sezgach, tarqalib ketadilar. 
So’ng Muhammad Zamon o’zbeklardan yengilib, Qobulga qochadi va payt poylab 
58
Н и з о м и д д и н о в Н., Ўрта Осиѐнинг чет эл Шарқи билан муносабатлари, Тошкент, Уздавнашр, 1961. 
Б.38 


65 
Qobul hokimi Qosimxonni o’ldiradi. Qosimxonning o’g’li esa Muhammad 
Zamonni o’ldiradi. Shunday qilib, Abulfazl Muhammad Zamonni Akbarshoh 
davlati bilan aloqasiz shaxs deb hisoblaydi. 
R. Ch. Varmaning ma’lumotiga ko’ra, Muhammad Zamon o’z vakilini yuborib 
Akbardan yordam so’ragan; Akbarshoh esa o’zbeklar bilan yaxshi munosabatda 
ekanligini aytib, bu iltimosni rad qilgan va uning kim ekanligini bilish niyatida uni 
saroyga taklif qilgan. F.A.Noer Akbarshoh «Muhammad Zamon»ga yordam 
berishdan voz kechgan bo’lsa-da, uning harakatlarini ma’qullagan, deydi. 
Badavoniy ham «Muhammad Zamon» Shohrux Mirzaning o’g’li emasligini aytadi. 
Ammo u Ko’histonni qo’lga kiritgan «Muhammad Zamon»ga Lohurdan ahadiylar 
orqali 200 ashrafiy mablag’, ko’p miqdorda o’q yoy va to’plar yuborganini xabar 
qiladi. Faqat «Mirotul olam» asarining muallifi Muhammad Zamonni Shohruxning 
o’g’li deb ataydi. 
«Muhammad Zamon» Shohrux Mirzaning o’g’li yoki o’g’li emasligi va 
shuningdek, uning Akbarshoh tomonidan yuborilgani haqida aniq ma’lumotga ega 
emasmiz. Lekin shunisi aniq-ki, Akbarshoh «Muhammad Zamon»ga yordam 
ko’rsatgan, ammo bu yordam yetarli darajada bo’lmagan; chunki Akbar, 
birinchidan, Abdullaxonning Badaxshondagi hokimiyatini kuchsizlantirishga 
uringan; ikkinchidan, Abdullaxon II davlati bilan yaxshi munosabatda bo’lgani 
uchun bu ishda ochiq - oydin va astoydil harakat qilolmagan. Buning ustiga 
Ahmad Ali Otaliq elchiligining qaytishiga uzoq vaqtgacha ruxsat etilmaydi. Hali 
Ahmad Otaliq elchiligi Hindistonda turgan vaqtda Buxorodan Abdullaxon II ning 
Mavlono Husayniy boshchiligidagi yangi elchiligi keladi va u 9-noyabr (1590)da 
Akbarshoh huzurida bo’ladi. Abulfazl Mavlono Husayniy elchiligi haqida so’zlab, 
Buxoro xoni bu elchilikni Ahmad Ali Otaliqning uzoq vaqt Buxoroga 
qaytmaganligidan tashvishlanib va o’g’li Abdulmo’minning qilmishlari uchun uzr 
so’rab yuborgan, deb yozadi. 
Muhammad Zamon voqeasi va janglarning birida mag’lubiyatga uchrash 
Abdulmo’minni g’azablantiradi va u o’z nomidan Akbarshoh saroyiga elchilar 


66 
yuborib, ular orqali Hindistonga qochib borgan badaxshonliklarni tutib berishni 
talab qiladi. Ba’zi mualliflar (masalan, «Akbarnoma»ga sharh yozgan Sayyid 
Muhammad Sodiq Ali) Abdulmo’min Akbarning qizini o’ziga xotinlikka 
so’ratgan, shuningdek, Hindistonga qarashli bir qancha yerlarga ham da’vo qilgan, 
deb ko’rsatadilar. Abulfazl Allomiy daftar (maktublar)iga sharh yozgan Mavlaviy 
Muhammad G’iyosiddin Abdulmo’min otasining roziligi bilan Akbarshoh oldiga 
shunday talablarni qo’ygan, Akbarshoh esa bu haqda o’z kishisi (josusi) orqali 
eshitib, Abdulmo’min elchisini Hind daryosiga cho’ktirib yuborishga buyurgan, 
deb izohlaydi. 
Fikrimizcha, Mavlaviy Muhammad G’iyosiddinning fikri ,haqiqatga yaqinroq 
bo’lishi mumkin. Akbarning Buxoro xonligidagi voqealardan xabardor qilib 
turuvchi «o’z kishisi»ga ega ekanligi «Makotiboti Allomiy»da keltirilgan 
maktublardan birining mazmunidan ham ma’lum bo’ladi. Bu maktub Abdullaxon 
II amirlaridan birining nomiga yozilgan bo’lib, bunda Hakim Humomning vafot 
etganligi tufayli Akbarshoh mazkur amir bilan xat yozishib turishni ushbu maktub 
muallifiga (Abulfazlga) buyurgan va mazkur amirning imperator saroyida katta 
e’tiborga ega ekanligi va boshqalar haqida maxsus sirli iboralar bilan bayon 
qilingan. 
Abulfazl Allomiy asarida Abdulmo’min yuborgan elchi Hind daryosidan 
o’tayotgan (28-farvardin 999)da, 17-aprel 1591-yilda suvga cho’kib ketadi, deb 
ko’rsatiladi.
Akbarning Buxoroga yaqin Panjob viloyatida uzoq vaqt turib qolishi 
Abdullaxonni xavfga solgan va Buxoro xoni Mavlono Husayniy elchiligini 
yuborib Akbarshoh davlati bilan yaxshi munosabatda bo’lishga intilgan, deb 
yozadi bu elchilik haqida R. Ch. Varma. 
Aslida esa Abdullaxon II ni boshqa bir narsa tashvishlantirmoqda edi. Yosh va 
g’ayratli Eron shohi Abbos (1587— 1629) mamlakatdagi feodal kurashlarni 
shafqatsiz ravishda bostirib, kuchli markazlashgan davlatga asos solmoqda edi. 
Abbos o’zbeklar tomonidan zabt etilgan Hirot va Xurosonni qayta bosib olish 


67 
harakatida edi. Bu ishda u hatto Hindistondan yordam so’rab, o’z elchisi Yodgor 
Sulton Rumluni Akbarshoh huzuriga yuborgan edi. 
Ammo Akbarshoh Eronga nisbatan «kuzatish», «payt poylash» siyosatini 
tutishda davom etardi. Bunga asosiy sababi hali Qandahor masalasining uzil-kesil 
hal bo’lmaganligi edi. Shu sababli Eron elchisi Yodgor Sulton Rumlu Hindistonda 
uzoq vaqt tutib turildi. 
Oradan bir qancha yil o’tgach, ya’ni 1595-yilda Qandahor Hindistonga qo’shib 
olinadi, bu quyidagicha amalga oshadi: Qandahor hokimi Sulton Husayn Mirza 
vafotidan so’ng undan 4 o’g’il (Muzaffar Husayn Mirza, Rustam Mirza, Abusaid 
Mirza va Sanjar Mirza) qolgan edi. Sulton Husayn Mirza davlati Qandahordan 
tashqari, Zomindovar, Garmsardan Sirxindgacha kengaygan edi. Shoh Abbos bu 
yerlarni uning o’g’illariga bo’lib beradi: Muzaffar Husayn Mirzani Qandahor 
hokimi, Rustam Mirzani Garmsar va Zomindovar hokimi qilib tayinlaydi. Davlat 
vakili qilib Hamzabek (ko’r Hamza)ni belgilaydi. Hamzabekning ig’vosi bilan 
Muzaffar Husayn Mirza Seistonni egallaydi. Rustam Mirza esa bu yerni qo’shib 
olish niyatida edi. Natijada, aka-ukalar orasida nizo chiqib, u katta to’qnashuvlarga 
olib keladi. Bu davrda o’zbeklar Farrohga tahdid solmoqda edilar. Farroh hokimi 
Rustam Mirzadan yordam so’raydi, Rustam Mirza esa paytni qulay hisoblab, 
Farrohni egallab oladi va Seistonga hujum qiladi, lekin muvaffaqiyattsizlikka 
uchraydi. Rustam Mirza Seistondan qochib Zomindovarga kelsa, bu yer o’zbeklar 
qo’liga o’tgan bo’ladi. Endi Rustam Mirzaga Hindistonga borishdan bo’lak iloj 
qolmaydi. Akbarshoh Rustam Mirzani tantanali ravishda qarshilaydi. Unga 
Mo’lton viloyatini «jogir» qilib beradi.
59
Rustam Mirzaga bu qadar katta iltifot 
ko’rsatishdan maqsad, - deyiladi «Tarixi olamoroyi Abbosiy»da — Muzaffar 
Husayn Mirzani ham Hindistonga jalb qilish edi. Shu yo’l bilan Akbarshoh 
Qandahorni urushsiz o’z territoriyasiga qo’shib olish niyatida edi. 
O’zbek qo’shinlari Zomindovarni egallagach, Seiston va Qandahorga hujum 
qilishga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Qandahorni tezroq qo’lga kiritish maqsadida 


68 
Abdullaxon II o’z elchisini Muzaffar Husayn Mirza huzuriga yuborib, uni 
Hindistonga borishni xayoliga ham keltirmaslikka, Qandahorda xotirjam hokimlik 
qilib, o’z ota yerini Boburiylar imperiyasi tasarrufiga bermaslikka da’vat qiladi. 
Ammo, Muzaffar Husayn Mirza Abdullaxon II ning so’zlariga ishonmaydi. 
Ayni vaqtda Akbarning vakili Qandahorga kelib, Qandahorni unga topshirishni va 
Muzaffar Husayn Mirzaga esa Hindistonga borishni taklif etadi. Avval onasi, 
o’g’li, so’ngra Muzaffar Husayn Mirzaning o’zi Hindistonga jo’nab ketadi. Hind 
qo’shinlari Qandahorga kirib kelishi bilanoq Qandahor qal’asidagi ikki mingga 
yaqin qizilbosh (Eronlik)lar qochib ketadilar va natijada, Qandahor urushsiz 
Akbarshoh davlatiga qo’shib olinadi. 
Qandahor Hindistonga qo’shib olingach, Akbarshoh darhol Eron bilan 
aloqalarni tiklashga kirishadi. Eron elchisi Yodgor Sulton Rumlu bilan birgalikda 
Eronga Ziyaulmulk boshchiligida elchilar yuboriladi. 
Abulfazl Allomiy yozadiki, Yodgor Sulton elchiligi kelganidan so’ng saroyda 
kengash o’tkazilib, Eronga yordam berish va shahzodalardan biri rahbarligida hind 
qo’shinlarini Xurosonga yuborishga qaror qilingan edi. Lekin Buxorodan 
elchilarning ketma-ket kelishi va do’stona aloqalarning o’rnatilishi natijasida bu 
qaror amalga oshmadi.
60
Akbarshoh nomidan Shoh Abbosga yozilgan maktubda Eronga hind 
qo’shinlarini yuborishning kechiktirilganiga sabab Akbar davlatining ichki 
kurashlar bilan bandligi, Erondagi siyosiy vaziyatning noaniqligi hamda 
Qandahor masalasi va boshqalar deb ko’rsatiladi. So’ng maktubda Akbarshoh 
Movarounnahrga yurish qilib, uni bosib olmoqchi bo’lganini va u yerdan Eronga 
yordam ko’rsatishga ahd qilganligini, ammo Turon hokimining ketma-ket elchilar 
yuborib, do’stona aloqa bog’lagani sababli bu fikridan qaytganini bayon qiladi. 
59
Эрскин У. Ҳиндистонда Бобур давлати (Инглиз тилидан Ғ.Сотимов тарж.). - Т., 1997 
60
Абулфазл Алломий, Тарихи Акбаршоҳий, Т., ―Шарқ‖, 1997. б.29 


69 
Shunday qilib, Akbarshoh davlati Ziyaulmulk elchiligi va Eronga yuborilgan 
boshqa elchiliklar orqali Buxoro xonligiga qarshi kurashda Eron shohiga aniq bir 
yordam va’da qilmaydi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə