Ўзбек тилида гендер тадқИҚИ


 Personajlar nutqida genderga xos xususiyatlarning



Yüklə 493,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/17
tarix27.03.2023
ölçüsü493,18 Kb.
#103301
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
167705 (2)

 
2.2. Personajlar nutqida genderga xos xususiyatlarning 
namoyon bo’lishi 
Ma’lumki, ayollarning o’zaro gaplashadigan “mahram gaplari” (Cho’lpon), asosan, 
ular nutqida qo’llanadigan leksik va frazeologik birliklar bilan alohida ajralib turadi. Chunki 
tilimizda shunday so’z va iboralar borki, ular faqat erkaklar yoki ayollar tomonidangina 
qo’llanilishi mumkin. Garchi o’zbek erkaklari va ayollari nutqida qo’llanadigan til birliklari 
yapon erkaklari va ayollari nutqida ishlatiladigan til birliklari kabi keskin farqlanib turmasa 
ham
2
, bu haqda fikr yuritishga arzigulik farqlar topiladi. 
Ayollar nutqi erkaklar nutqidan fonetik, leksik va grammatik jihatdan ancha farq 
qiladi. Ammo bundan maxsus ayollar tili yoki erkaklar tili mavjud degan xulosa chiqarib 
bo’lmaydi.
Kuzatishlardan aniqlanishicha, erkaklar va ayollar nutqida biologik va psixologik 
jihatdan qarama-qarshilik yaqqol ko’zga tashlanadi. Biolog olimlarning ta’kidlashicha 
qizlarning tili o’g’il bolalarga nisbatan ancha tez chiqar ekan. Ular dastlab turli tovushlarni 
talaffuz etib, shu asosda so’zlarni, jumlalarni talaffuz qila boshlar, o’g’il bolalar esa butun-
butun tayyor jumlalar talaffuz qilar ekanlar. Sakkiz yoshga qadar qizlar o’g’il bolalarga 
qaraganda sezilarli darajada me’yordagi nutqqa ega bo’ladilar.
3
1
Қаранг: Кирилина Л.В. Категория “gender” в языкознании // Женщина в российском обществе. 1997. 
2. 15-20. Гриценко Е.С. Язык как средство конструирования гендера. Диссертация на соискание ученой 
степени доктора филологических наук. – Нижний Новгород, 2005. 
2
Японияда махсус эркак ва аёллар тили (нутқи) мавжуд бўлиб, улар, ҳатто махсус тил бирликлари 
билан фарқланади. Қаранг: Алпатов В.М. Япония. Язык и общество. М., 1988. С. 70. 
3
Комсов В.В. Язык города. – М., 1991, С.100 


30 
Xotin-qizlar nutqidagi fonetik o’ziga xoslik nutqiy odatning turli vaziyatlarida aniq 
yuzaga chiqadi. Erkak kishining ovozi yo’g’on, kuchli, bir oz dag’allik aralashgan bo’ladi:
“ – Ho’...xola, turing, kelib qoldik!”. 
(Cho’lpon)


Yüklə 493,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə