Ўзбек тилида гендер тадқИҚИ



Yüklə 493,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/17
tarix27.03.2023
ölçüsü493,18 Kb.
#103301
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
167705 (2)

 
 
 
 
“Tolib o’tirgan yerida do’ng’illadi:
 
 
 
 
 
 
– YUrgandir, daydib. Keladi. Och qolib, sillasi qurib 
qaytib keladi”. (Said Ahmad) 
Talaffuzda ayollar erkaklardan ovoz tembri, pauzalarning harakteri, nutq tempi bilan 
farqlanadi. Ayollar ancha mayin, ingichka ovozda, urg’uni yanada cho’zib so’zlaydilar. 
“ - Shunaqa ekanmi? Voy, tovvo-ey! Xalfa 
eshonning qizi chaqirtirgan ekanmi? Voy, tovvo-oy... – deb uning eng qitig’i keladigan 
joylariga chang solishardi”. (Cho’lpon) 
“Hoy kim bilan gaplashyapsan, bolam?”. (Said Ahmad) 
Xotin-qizlar xarakteri uchun xos bo’lgan xususiyatlardan biri xis-hayajonlarining, 
holatlarining tez yuzaga chiqishida ko’rinadi. Bu xususiyat ko’proq nutqiy vositalar bilan 
ifodalanadi. 
“ - Voy, o’la qolay!... Jinni bo’libman men! – deb 
(Sultonxon) qichqirdi va yuzini yostiqqa qo’yib, chap qo’li bilan boshiga mushtladi... 
 
 - YOshlik qilibmiz, aylanay. Bilmabmiz. U ashulachi qizning dovrug’i dunyoni 
bosdi... Hammaning og’zida o’sha. Eringizday uchiga chiqqan xotinboz u bulbulnikiday 
ovozni o’z qulog’i bilan eshitsin-u darrov sovchi qo’ymasin – bo’ladimi, qalay?
 
 
 
 
 
 
Kelinchak birdaniga yotgan yeridan turib
Umrinisabibining yelkasiga osildi:...”. (Cho’lpon) 
 
“Voy, nega ertaga kelarkan, bugun kelsin”. (Said Ahmad) 
O’zbek 
xotin-qizlari nutqiga xos “aylanay”, “girgitton”, “o’rgulay”, “qoqindiq” kabi so’zlar ijobiy 
ma’no nozikligini ifodalovchi leksik vositalar sanaladi. Ular ko’proq keksa ayollar 
tomonidan nutqiy odatning turli vaziyatlarida qo’llanadi: “Kechqurun ko’cha eshigi 
taqilladi-yu, kampirning “Voy, o’rgilay”, “Voy, girgitton” degan tovushi eshitildi” 
(A.Qahhor). Xotin-qizlar nutqining individual xususiyatlarini “voy” undovining qo’llanilishi 
asosida ham oydinlashtirish mumkin: “ma’lum bo’lishicha, “voy” undovi o’ndan ortiq 
ma’no nozikliklarini ifodalaydi. Sevinish, erkalash, achinish, qo’rqish, havas, 


31 
sarosimalanish, koyish, alam kabi qator ichki holatlarning yuzaga chiqishida, bu so’z 
ma’lum darajada ahamiyatga ega...”.
1
“ – Voy, aylanay! Enaxon! Jonim o’rtog’im! Bormisiz? – deb paranjisini qo’liga olib 
Salti yugurdi”. (Cho’lpon) 
Erkaklar nutqida 
“oshna”, “boja”, 
“jo’ra”, “onasi”
kabi undalmalar uchrasa, ayollar nutqida 
“ovsin”, “dugonajon”, 
“egachi”, 
shuningdek turmush o’rtog’iga qarata 
“dadasi”
murojaat shakllari mavjud. 
“ – Oyi, o’zim? – so’radi bir narsa deyish uchun.
 
 
 
 - 
O’choqqa o’t qala. Dadang tushmagur-a, dadang tushmagur!”. (O’lmas Umarbekov) 
Ayollar nutqi hudud jihatdan ham o’ziga xoslikka ega bo’lib, qishloqlarda yashovchi 
ayollar nutqida 
“o’lsin”, “men o’lay”, “voy o’lay”, “jonini olsin”
kabi so’zlar ancha faol 
qo’llanadi
2

“Voy o’lay, qanaqa dadangiz?”, “...o’lsin, tush ham yomon narsa ekan....” 
(T.Jo’raev).
O’zbek tilida shunday iboralar borki, ular faqat erkaklar nutqidagina qo’llanadi. 
Jumladan, 
“Burnini yerga ishqamoq”, “Baqbaqangdan akang”, “Dabdalasini chiqarmoq”, 
“Jig’ini ezib qo’ymoq”, “Otimni (nomimni) boshqa qo’yaman”, “Quling o’rgilsin”
(yigit-
yalang nutqida ishlatiladi)
3
kabi iboralar asosan erkaklar nutqida qo’llanishi bilan o’ziga 
xoslik kasb etadi: 
“Burnini yerga ishqayman uning. Meni haqorat qilishi yetmay, yana 
ustimdan arz qilishi ham bormi?” (I.Rahim).
“Boshida danak chaqmoq” (varianti: “Boshida yong’oq chaqmoq”). “Jonini olsin”, 
“Sovuniga kir yuvmoq”, “Esim qursin”
kabi iboralar esa, asosan, ayollar nutqida uchraydi: 
“Esim qursin, esimdan chiqibdi, kechiring, Vera Pavlovna (S.Nazar). 
Bunday me’yor buzilgan hollarda esa adresant o’z nutqida jinsiga nomunosib til 
birligini qo’llagan bo’ladi. Shuning uchun ham yozuvchilar badiiy asarlarda personajlar 
nutqini individuallashtirish, uning o’ziga xos qiyofasini ochish maqsadida erkaklar nutqi 
uchun xos bo’lgan iboralarni ataylab ayollar nutqida keltiradi: 
“Asrora jindek kayf qilib 
qolgan ekan, o’ynab kelib, Xolmatjonning to’g’risida turib qoldi: 
1
Искандарова Ш. Ўзбек нутқ одатининг мулоқот шакллари. Фил.фанлари номз.дисс.автореферати. 
Самарқанд, 1993. 19-бет. 
2
Мўминов С. Ўзбек мулоқот хулқининг жинс жиҳатдан хосланиши // Ўзбек тили ва адабиёти, 64-66 
бетлар. 
3
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати. Тошкент, 1978. 292-бет. 


32 
- O’rtog’imni hafa qilsang, bilasanmi, nima qilaman, geroyligingga qaramay
jig’ingni ezib qo’yaman!” (S.Ahmad). 
Insonning ish joyi, yoshi va ijtimoiy kelib chiqishi uning nutqida o’z aksini topadi. 
Masalan: Miryoqub boshining qattiq og’riyotganligini: 
“Boshim siqilgan toy paxtadek 
og’riyapti”(Cho’lpon)
jumlasi orqali ifodalaydi. Bunday o’xshatishni faqat paxta qayta 
ishlash korxonasida ishlovchi kishigina qo’llashi mumkin. YUqoridagi jumlaning yuzaga 
kelishida Miryoqubning ish joyi yoki kasbi ta’sir etgan. 
YUqorida keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, erkak va ayol o’rtasidagi 
genderologik farqlarni badiiy asarlarda, personajlar nutqida ham kuzatish mumkin. 

Yüklə 493,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə