Ўзбек тилида гендер тадқИҚИ



Yüklə 493,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/17
tarix27.03.2023
ölçüsü493,18 Kb.
#103301
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
167705 (2)

 
 


25 
II BOB 
O’ZBEK TILIDA GENDERNING IFODALANIShI VA
O’ZIGA XOS JIHATLARI 
 
2.1. Muloqot jarayonida genderning yuzaga chiqishi 
Tilshunoslikda an’anviy tahlil usullarida kuzatishlar olib borilishi bilan birgalikda
uni sotsiologiya, psixologiya hamda boshqa fanlar bilan bog’lovchi yangi tahlil usullariga 
qiziqish kuchaymoqda. Bu tahlil usullari bilan bog’liq tilshunoslikda yangi zamonaviy 
yo’nalishlar paydo bo’lmoqda. Ana shunday yo’nalishlardan biri – lingvogenderologiyadir. 
Bu fanning tadqiq manbai – tilning gender xususiyatlarini o’rganish bo’lib, bunda ikkita 
masala: ayollar va erkaklar nutqining tafovutlari hamda o’ziga xos xususiyatlari; til tizimida 
erkaklik va ayollik belgilari bilan bog’liq tushunchalarni ifodalovchi til birliklariga e’tibor 
qaratiladi. 
Tilshunoslikda gender masalalarini o’rganishda nutqiy faoliyatning barcha 
ko’rinishlari: yozma va og’zaki matnlar tadqiqot ob’ekti bo’lib xizmat qilishi mumkin. 
Dunyo tilshunosligida bu masalalarga bag’ishlangan ishlar anchagina. Til va gender 
muammosi tadqiqida diskursga alohida ahamiyat berilishiga sabab aynan so’zlashuvda 
ayollik va erkaklik belgilari bilan shartlangan ko’plab hodisalar, jumladan, nutqning ayol 
yoki erkaklarga xos xususiyatlari voqelanadi. Shu jihatdan diskursning gender 
xususiyatlarini ochib berish juda qiziqarli ma’lumotlarni beradi.
“Diskurs” atamasi fransuz tilidan olingan bo’lib (discours), matnning og’zaki 
so’zlashuv shakli, dialog, bir-biriga ma’no jihatidan bog’langan mulohazalar yig’indisi, 
nutqiy asar ma’nolarini bildiradi. O’zbek tilida amalga oshirilgan tadqiqotlarda diskurs 
atamasi ko’proq og’zaki matn ma’nosini bildiradi. Har qanday talqinda ham diskurs matn 
tushunchasi bilan uzviy aloqador. Ta’kidlash joizki, tilshunoslikda diskurs va matn 
tushunchalarining o’zaro munosabati masalasi ilmiy munozaraga ham sabab bo’lgan. Shu 
o’rinda tilshunos Sh.Safarovning quyidagi fikrlari asoslidir: “Ma’quli, qiyoslanayotgan bu 
ikki hodisani “giperonim” – “giponim” munosabatida o’rganishdir. Diskurs inson ongli 
faoliyatining ma’lum bir turi, turkumi bo’lsa, matn uning bir ko’rinishidir. Diskurs 
kategoriyasining bu xildagi keng ma’noda, umumlashtiruvchi mazmunda talqin qilinishi 


26 
muloqot tizimi, inson ongli faoliyati bilan qiziquvchi boshqa fan sohalari – falsafa, 
sotsiologiya, psixologiya, kibernetika kabilar uchun allaqachonlar e’tirof etilgan qoidadir”.
1
Muloqot jarayonida ayol va erkaklarga xoslikni aniqlash qiyin emas. Shu o’rinda 
diskursning ayrim gender xususiyatlari to’g’risida to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq. 
Kuzatishlarimizni jadval asosida ifodalashni ma’qul ko’rdik. 

Yüklə 493,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə