Ўзбек тилида гендер тадқИҚИ



Yüklə 493,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix27.03.2023
ölçüsü493,18 Kb.
#103301
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
167705 (2)

Erkaklar 
Ayollar 
Suhbatni boshlash 
Salomlashish 
jarayonining 
qisqaligi
Ayrim 
hollarda 
salomlashish 
jarayoni 
amalga 
oshmasdan 
to’g’ridan to’g’ri muddaoga o’tish 
Salomlashish 
va 
hol-ahvol 
so’rashish jarayonining nisbatan 
uzunligi 
Suhbatning borishi 
Oldindan 
rejalashtirilgan 
fikrlarning bayon etilishi 
Erishilgan natijalar eng ko’pi 
bilan 50 foizga bo’rttiriladi 
Dalil va faktlar, misollarning 
ko’proq qo’llanilishi
Sitatalar sifatida buyuk shaxslar, 
olim va faylasuflarning fikrlarini 
keltirish 
Aforizmlar, latifalar, maqollarning 
ko’proq ishlatilishi 
Sukut 
saqlash 
jarayonining 
uzunroq davom etishi 
Suhbat 
davomida 
uzun 
pauzalarning qo’llanilishi 
Suhbat jarayonida suhbatdoshning 
so’zi kamroq bo’linadi, odatda 
erkaklar suhbatdoshning fikrini 
Suhbat 
davomida 
bir 
xil 
fikrlarning takroriy qo’llanilishi 
Erishilgan natijalar odatda 200 
va 
undan 
ortiq 
foizga 
bo’rttirilishi mumkin 
Emotsionallikni aniq namoyon 
etilishi 
Boshqa 
shaxslar 
tomonidan 
aytilgan 
gaplarning 
suhbatdoshga yetkazilishi 
Sitatalar sifatida o’ziga tanish 
bo’lgan insonlarning gaplarini 
keltirish 
Suhbat 
jarayonida 
sukutning 
deyarli vujudga kelmasligi, sukut 
vujudga kelgan taqdirda uning 
qisqaligi
Suhbat 
davomida 
pauzalar 
1
Сафаров Ш. Прагмалингвистика: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, - Тошкент, 2008. 226-227 
бетлар. 


27 
oxirigacha eshitishadi 
Aniq, bir ma’noli gapirish 
Siyosiy-iqtisodiy, 
professional 
mavzular 
haqida 
ko’proq 
suhbatlashish 
Suhbat 
jarayonida 
maqtanish 
predmeti 
sifatida 
odatda 
professional yutuqlar, intelektual 
bilimlar, 
yangi 
texnika 
va 
texnologiyalar bilan tanishganlik 
va boshqalar o’taydi.
Gaplar va jumlalarning qisqa va 
lo’ndaligi 
deyarli qo’llanilmaydi, odatda 
ularning 
suhbati 
uzluksiz 
tovushlar yig’indisi kabi bo’ladi 
Suhbatdoshning 
so’zi tez-tez 
bo’linadi. 
Suhbatdoshning 
so’zini bo’lish ko’pincha miyaga 
to’satdan kelgan fikrni bayon 
qilish uchun amalga oshiriladi 
(“Evrika” effekti) 
Majhul 
yoki 
ko’p ma’noli 
so’zlarning qo’llanilishi
Kiyim-kechaklar, 
kosmetik 
vositalar, oilaviy muammolar 
haqida ko’proq suhbatlashish 
Suhbat 
davomida 
maqtanish 
predmeti sifatida uy jihozlari, 
avtomashinalar, 
taqinchoqlar, 
kosmetik vositalar va boshqa 
moddiy boyliklar o’taydi. 
Gaplar va jumlalarning uzun 
tuzilishi.
Diskursning gender xususiyatlari haqida gap ketganda ayollar va erkaklar nutqida 
qo’llaniluvchi leksemalarni qiyoslash ham alohida ahamiyat kashf etadi. Tilshunoslarning 
kuzatishlaricha, tildagi yangilanish jarayonlari ayollarga nisbatan erkaklar tomonidan tez 
qabul qilinib, ilmiy va kasb-hunarga oid yangi leksemalar erkaklar nutqida ko’proq va 
faolroq qo’llanilar ekan.
1
1
Потапов В.В. Многоуровневая стратегия в лингвистической гендерологии // Вопросы языкознания. 
2002, 1, С.103-130 


28 
YAna bir tilshunosning kuzatishicha, ayollar kundalik muloqotda neologizmlardan 
unumli foydalangan holda, rasmiy muloqotda ulardan qochishga harakat qilar ekan.
1
Shuningdek, baho bildiruvchi sifatlarining qo’llanishiga ko’ra ham erkak va ayollar nutqi 
farqlanar ekan. Bunday birliklarning faol qo’llanilishi ayollar nutqining harakterli 
xususiyatlaridan biri sifatida e’tirof etilgan.
2
Ayol kishi tabiatan nozik yaratilganligi sababli, 
suhbat jarayonida ham jozibador va bo’yoqdor leksemalarni, shaxsiy munosabat ifodalovchi 
so’zlarni, ayniqsa, ijobiylik semasiga ega bo’lgan leksemalarni ko’p qo’llaydi. Odatda 
suhbat predmeti bir oz bo’rttirilgan holda ko’rsatiladi. So’zlashuv jarayonida ayollarda 
emotsionallik kuchliroq bo’ladi: hayratlanish, sevinish, hafa bo’lish, qo’rqish kabi ruhiy-
fiziologik holatlar yorqinroq aks etadi. 
Ayollar va erkaklar nutqining o’ziga xosligi ular nutqida qo’llanilgan jumlalarni 
taqqoslaganda ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunonchi, ayollar suhbatdoshining fikriga 
qo’shilish yoki qo’shilmasligini hamda shaxsiy munosabatlarini ifodalar ekan, suhbatdoshini 
hafa qilib qo’ymaslik uchun ehtiyot bo’lib jumla qurishadi, ya’ni o’z e’tirozlarini, 
noroziliklarini ifodalash uchun tilning sintaktik qurilishida mavjud bo’lgan neytralroq 
konstruksiyalardan, qoliplardan foydalanishadi. Jumladan, keyinroq borsak bo’lmaydimi, 
keyinroq borsak bo’lar ekan, keyinroq boraylik, keyinroq bora qolaylik, keyinroq bora 
qolaylik, maylimi?, keyinroq borsak nima deysiz? va h. Erkaklar esa bu holatda keyinroq 
boramiz, keyinroq borsak bo’ladi, keyinroq ham borsak bo’ladi, keyinroq borsak ham 
bo’ladi kabi ifoda shakllaridan foydalanishadi. 
G’arb tilshunoslarining fikricha, ta’kidli tarkibli so’roq gaplar (rus tilidagi 
“xvostoo’ye voproso’” Tebe eto nravitsya, ne tak li?) ingliz tilida so’zlashuvchi ayollar 
nutqining asosiy sintaktik jihatlaridan biridir.
3
Ayollar va erkaklar nutqining o’ziga xosligini belgilovchi asosiy omillardan biri 
ayollarning erkaklarga qaraganda ko’proq nutqiy muloqotda xushmuomala bo’lishga, odob 
saqlashga, suhbatdoshiga nisbatan hurmat ko’rsatishga harakat qilishlaridir. 
Ayol va erkaklarning yozma hamda og’zaki nutqidagi farqlar yuqoridagilar bilan 
cheklanmaydi. Ushbu farqlarning asosida jinslarning psixologiyasi, tafakkuri o’rtasidagi 
1
Lakoff R. 1975 – Language and woman’s place. N.Y., 1975. 
2
Eckers Th. 1994 – Features of women: assessing stereotypic beliefs about gender subtypes // British journal 
of social psychology. 1994. №33. 
3
Chandler M.A., Basset D.L. 1989 – Tag questions and powerfulness: quantitative and qualitative analysis of a 
course of psychotherapy // Language in society. 1989, V, 18. № 1. 


29 
tafovutlar, jamiyatdagi gender parametrlarini belgilovchi normalar jamiyatda insonlarning 
ongi va tafakkuri, ijtimoiy-ma’naviy qarashlari asosida shakllanadi.
1
Bundan xulosa qilish 
mumkinki, o’zbek tilida faqatgina ayollargagina xos bo’lgan so’zlashuvning gender 
xususiyatlari, ayrim horijiy tillarda ikkala jins vakillariga ham xos bo’lishi mumkin. Bu 
fikrni dalillash kelgusida o’zbek tilining gender xususiyatlarini o’rganuvchi tadqiqotchilar 
zimmasiga tushadi.
Xulosa qilib aytganda, o’zbek tilida diskursning gender xususiyatlarini o’rganish 
tilshunoslik, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy fanlar kesimida muhim ahamiyatga ega. 

Yüklə 493,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə