Ўзбек тилида гендер тадқИҚИ


 Gender namoyon bo’lishining amaliy asoslari



Yüklə 493,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/17
tarix27.03.2023
ölçüsü493,18 Kb.
#103301
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
167705 (2)

 
2.4. Gender namoyon bo’lishining amaliy asoslari 
Bu ishda tilni shakllanish ko’rinishlariga gender faktorlari va odamlarga ijtimoiy 
omillarning ta’sirini o’rganishdagi erkin assotsiativ eksperiment ma’lumotlari ko’rib 
chiqiladi. Olingan ma’lumotlar gender faktoriga sotsiolingvistik kategoriya statusini 
berishdan ko’ra, uni o’zgaruvchan intensivlikni parametri sifatida qarashga imkon beradi. 
Tajribalarning asosiy natijalari o’zbek tilida androtsentrizm aniq ifodalanmagan va olingan 
ma’lumotlar analizini gender va metagender ko’rinishida ajratish kerak. Eksperiment shuni 
ko’rsatdiki, gender faktori boshlang’ich fikrlar doirasida “boshqaruvchi emas” parametridan 
uzoqda ekanligi, balki inson assotsiativ xulq-atvori xususiyatlariga kuchli ta’sir ko’rsatadi. 
Ko’pchilik holatlarda insonlarning qanday sharoitda yashashi va o’ylashi, ularning qaysi 
jinsga mansubligidan qat’iy nazar, kuchliroq ahamiyatga ega. 
Shuni ta’kidlash kerakki, bu yerda yozilayotgan eksperiment inson shaxsini 
sotsiobiografik va psixofiziologik harakteristikasiga bog’liq holda gomogen til doirasida,
tilning paydo bo’lish yo’nalishlarini o’rganish bo’yicha ko’plab eksperimentlarning kichkina 
ko’rinishi hisoblanadi. 
O’rganish uchun tanlab olingan shaxslar kontingenti so’zlashuvi (faqat so’zlashuvi 
emas, ularning mentali ham) ilmiy analizlar uchun kamdan-kam predmet bo’ladi. Bizning 
informantlar qilib tanlab olingan odamlar Andijon davlat universiteti Tarix va ijtimoiy fanlar 
fakulteti Milliy istiqlol g’oyasi: huquq va ma’naviyat asoslari yo’nalishi 1-bosqich talaba 
1
Саидхонов М. Алоқа-аралашув ва имо-ишоралар. – Т. “Фан”. 2008, 52-бет. 


36 
yigitlaridan 44 nafari hamda Filologiya fakulteti 1-bosqich talaba qizlaridan 48 nafari tashkil 
qiladi. 
Eksperiment uchun 12 ta so’z tanlab olindi: “baxt, gapirmoq, sevmoq, erkak, ayol, 
farzand, osmon, dengiz, ibodat, chiroyli, yashil, muqaddas”. 
So’zlar quyidagi talablar asosida tanlab olindi: 

So’zlar gapning turli bo’laklariga tegishli bo’lishi kerak; 

So’z o’z mazmunida baholash elementlariga ega bo’lishi kerak; 

So’zlar o’zbek tilining yuqori chastotali leksikasiga tegishli bo’lishi kerak; 

Ayrim so’zlar gender bo’yoqdorlikka ega bo’lishi kerak. 

Yüklə 493,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə