Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент давлат иқтисодиёт университети


корхона маблағлари ва уларни ташкил топиш манбалари холатини пул шаклида гурухлаш ва акс эттириш усулидир! Баланс корхона активлари, хусусий капитали ва мажбуриятлари



Yüklə 109,86 Kb.
səhifə3/9
tarix15.05.2022
ölçüsü109,86 Kb.
#87111
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Молиявий ҳисобга кириш-савол

корхона маблағлари ва уларни ташкил топиш манбалари холатини пул шаклида гурухлаш ва акс эттириш усулидир! Баланс корхона активлари, хусусий капитали ва мажбуриятлари тўғрисидаги ахборотларни вақтлар бўйича кўрсатиб туради

Бухгалтерия баланси Актив ва Пассив қисмлардан иборат бўлиб, бу иккала қисм хамиша бир бирига тенг бўлади

Баланс – хисобот шакллари ичида асосий вазифани бажарувчи бўлиб хисобланади. Бухгалтерия баланси турлари:Тузилган санасига кўра
1. Кириш (таъсис) баланси
2. Ҳисобот баланси
3. Тугатиш баланси
4. Бирлаштириш ва ажратиш баланси
Маълумотларни жамлашига кўра
1. Алоҳида баланс
2.Консолидациялаштирилган баланс
Молиялаштирилишига кўра
1. Бюджет ташкилотлар
баланси
2.Хўжалик юритувчи субъектлар баланси
2. Бухгалтерия баланси таркибий тузилиши, баланснинг турлари

14.Инвестицияларнинг баҳоланиши ва уларни ҳисобга олиш вазифалари

15.Ҳисоб – китоб счети бўйича операцияларни ҳисобга олиш-- Yuridik shaxs sifati faoliyat ko’rsatayotgan va mustaqil balansiga ega bo’lgan korxonalar tijorat banklaridan birida o’zlarining hisob–kitob schyotini ochadilar. Markaziy Bank yo’riqnomasiga binoan korxona o’zi tanlagan bankda pul mablag’larini saqlash, barcha turdagi hisob-kitoblarni, kredit va kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun so’mda va talab qilib olgungacha valuta depozit schyotini ochishlari mumkin. Ochilgan hisob–kitob schyotida bo’sh pul mablag’lari va mahsulot (ish va xizmat) lar sotishdan tushgan pul, bankdan olingan uzoq va qisqa muddatli kreditlar hamda boshqa tushumlar saqlanadi.

Hisob–kitob schyotidan korxonaning olingan materiallar, asosiy vositalar uchun mol yuboruvchiga to’lanmalari, budjetdan, ijtimoiy sug’urtadan bo’lgan qarzni to’lash, ish haqi berish uchun kassaga olingan pul va boshqa zaruriyatlar uchun to’langan pul mablag’lari aks ettiriladi. Hisob-kitob schyoti bo’yicha sodir bo’ladigan operatsiyalarni hisobga olish uchun korxonada 5110 - «Hisob-kitob schyoti» ochiladi. Bu schyot aktiv bo’lib, uning debetida hisob-kitob schyotiga tushgan barcha tushumlar, kreditida esa - hisob-kitob schyotidan barcha sarflangan pul mablag’lari aks ettiriladi. Bu schyotning debet saldosi hisob-kitob schyotida pul mablag’larining qolgan qoldig’ini ko’rsatadi. Bu schyotda boshqa aktiv schyotlar kabi kredit qoldiq bo’lmaydi.

16.Баланснинг тузилиши ва унинг моддалари. Балансни ўқиш тартиби.

17.Қимматли қоғозларнинг турлари: Qimmatli qogʻozlar - oʻz egasiga mulkka egalik huquqini va daromad koʻrinishida muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar hujjatlari (aksiya, obligatsiya, akkreditiv, veksel, chek, Munitsipal obligatsiyalar (mahalliy zayomlar obligatsiyalari) va boshqalar). Qimmatli qogʻozlar taqdim etuvchi yoki egasining ayrim huquqlari qayd etilgan maxsus tarzda rasmiylashtirilgan moliyaviy hujjat. Qimmatli qogʻozlar maʼlum shaxs nomiga yozilgan (ismli), dastlab sotib olgan shaxs nomiga yozilgan va uning roziligi bilan boshqa shaxsga oʻtkaziladigan orderli va egasi yozilmaydigan (egasi koʻrsatilmaydigan) turlarga boʻlinadi. Korxonalarning aksiya, obligatsiyalari va davlat obligatsiyalari Qimmatli qogʻozlarning asosiy turlari hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlar korxona kapitalida qatnashish yoki pulni ssudaga taqdim etish va dividend yoki foiz tarzida daromad olish huquqini beradi. Qimmatli qogʻozlar oʻz egasiga daromad keltirgani uchun fond birjasit maʼlum kurs boʻyicha oldi-sotdi qilinadi 

18.Маҳсулот (иш, хизмат)ларни сотишдан олинган ялпи фойда (зарар)ларни ҳисобга олиш Mahsulot (ish xizmatlar)ni sotishdan olingan yalpi foyda korxonada yaratilgan foydani ifodalaydi. Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydani topish uchun mahsulotni sotishdan tushgan sof tushumlardan shu sotilgan mahsulot tannarxini chegirib tashlash kerak, o’z navbatida, mahsulot sotishdan tushgan sof tushumni topish uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan keyin kelgan tushumdan qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, qaytarilgan tovarlar qiymati, xaridorga berilgan skidkalar (chegirmalar) ayirib tashlanadi. Mahsulotni eksport qiluvchi korxonalar eksport tariflarini ham chegirib tashlaydilar. Mahsulotni sotishdan keladigan tushum esa O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuniga asosan aniqlanadi.
Demak, mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda mahsulot sotishdan tushgan sof tushum bilan sotilgan mahsulot tannarxi orasidagi farqqa teng. Bu farq ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin. Ijobiy farq foyda sifatida, salbiy farq esa zarar sifatida e’tirof etiladi.
Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumni hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
9010 - «Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad»; 9020 - «Tovarlarni sotishdan olingan daromad»;

9030 - «Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar»; 9040 - «Sotilgan tovarlarning qaytarilishi»;



  1. - «Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar». Yuqoridagi hisobvaraqlarda korxonaning asosiy faoliyatidan olingan sof tushumi sifatida quyidagilar aks ettiriladi: sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa tarmoqlar korxonalarining ishlab chiqargan tayyor mahsuloti va yarim tayyor mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlar;sanoat tusidagi ish va xizmatlar:
    sanoat xarakteriga ega bo’lmagan ish va xizmatlar;
    sotib olingan buyumlar;
    qurilish-montaj, loyiha-qidiruv, geolog-razvedka, ilmiy-tadqiqot ishlarini sotishdan olingan daromadlar;
    savdo va ta’minot tashkilotlarining tovarlarni sotishdan olingan daromadlari;transport korxonalarining yo’lovchi va yuklarni tashishi bo’yicha xizmatlari;engil avtomobillarni ijaraga berish va avtomashinalarni haydab olib borish xizmatlari;
    aloqa korxonalarining xizmatlari va boshqalar;aloqa korxonalarining xizmatlari va boshqalar

19.Хўжалик операциялари таъсирида балансдаги ўзгаришлар. Har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ko’plab xo’jalik operatsiyalarini sodir etadi. Barcha xilma-xil xo’jalik operatsiyalarining soni ikki mingga yaqin bo’lishi mumkin. Bu xo’jalik operatsiyalarining har biri sodir bo’lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari summalarini o’zgartirib yuboradi. Lekin bu xo’jaklik operatsiyalari balansga faqat to’rt xil yo’l bilan ta’sir etadi.

Birinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari borki, ular balansning faqat aktiviga ta’sir etadi. Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.

Ikkinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning faqat passiviga ta’sir qilib, passivda bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.

Uchinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga va passiviga ham ta’sir etib, ular summasini ko’paytirib yuboradi.

Тo’rtinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi. Balansga ta’sir qiladigan bunday o’zgarishlarni misollarda keltiramiz.

Buxgalteriya balansi hisobot davrining I - kuniga tuziladi. Хo’jalik faoliyatiny amalga oshirishda xo’jalik mablag’lari tarkibi va hajmi sodir bo’layotgan operatsiyalar ta’sirida uzluksiz o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar balansga, albatta, ta’sir etadi.

20.Инвестицияларнинг таснифланиши: Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish, rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan,holda.guruhlashtiriladi.

Birinchidan, qo’yilish ob’ektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.

Real investitsiyalar (kapital qo’yilmalar) – pul mablag’larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat.


Asosiy fondlarga sarflangan real investitsiyalar maqsadi sarflanish yo’nalishlari va boshqa ko’rsatkichlarga ko’ra hududlararo, tarmoqlararo, texnologik, qayta ishlab chiqarish tarkiblariga ega. Asosiy fondlarga sarflangan investitsiyalarni, ularning aktiv (mashinalar, asbob-uskunalar) va passiv (bino, inshootlar) qismlarini tashkil etish uchun sarflangan umumiy harakat yig’indisidagi ulushi investitsiyalarning texnologik tarkibini tashkil etadi.
Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog’liq bo’lib, ko’pchilik hollarda investitsion loyihalar doirasida amalga oshiriladi.

Moliyaviy investitsiyalar kapitalni, to’lov va moliyaviy majburiyatlarning barcha turlarini o’zida mujassamlashtiruvchi, moliyaviy aktivlarga joylashtirilishini anglatadi. Ushbu moliyaviy vositalarning eng muhimlari qimmatli qog’ozlardir: ulushli (aktsiyalar) va qarz (obligatsiyalar). Real investitsiyalardan farqli o’laroq moliyaviy investitsiyalarni ko’proq portfel investitsiyalar deb atashadi, chunki bu holda investorning asosiy maqsadi bo’lib moliyaviy aktivlarning mukammal yig’masini (investitsiyalar portfelini) shakllantirish va qimmatbaho qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan turli operatsiyalarni boshqarish hisoblanadi. Moliyaviy investitsiyalar shaxsiy kompaniyalar va davlat idoralari tomonidan muomalaga chiqarilgan aktsiyalarga, obligatsiyalarga va boshqa qimmatli qog’ozlarga va bank depozitlariga, uzoq muddatga jalb qilinadigan qo’yilmalardir. Moliyaviy investitsiyalarning asosiy qismi, kapitalni noishlab chiqarish sohasiga sarflanishini bildiradi. Moliyaviy investitsiyalar aksariyat holatlarda real investitsiyalarning manbai bo’lib xizmat qilishi mumkin.

21.Касса операцияларини ҳисобга олиш. Korxonaning kassasi buxgalteriya aparatining tarkibida bo’lib, unga naqd pul mablag’lari va boshqa qimmatliklar (qimmatli qog’ozlar, pulli hujjatlar, pochta markalari va boshqa) ni qabul qilish, berish hamda saqlash operatsiyalarini amalga oshirish majburiyati yuklatilgan. Pul mablag’larining butligi, kassa operatsiyalarini bajarish bo’yicha moddiy javobgarlik korxona rahbari tomonidan tayinlanadigan kassirga biriktirilgan. Kassa operatsiyalarini yuritish amaldagi qoidaga ko’ra tartibga solinadi.

Kassada kechiktirib bo’lmaydigan xarajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan belgilangan limit doirasida qoldiq bo’lishi mumkin. Belgilangan limitdan ortiqcha naqd pul kassada faqat ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya berish kunlari, bank muassasasidan pul olingan kun ham qo’shilgan holda, uch kun ichida saqlanishi mumkin.


Kassaga pulni qabul qilish bosh buxgalter yoki uning yordamchisi tomonidan imzolangan kassa kirim orderi (KO-1-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Bunda pul topshiruvchiga kassir va bosh buxgalter tomonidan imzolangan (0402004-kvitansiya) kvitansiya beriladi. Kassadan naqd pul kassa chiqim orderi (KO-2-shakl) yoki kassa chiqim orderi rekvizitlari o’rnini bosuvchi maxsus shtamp qo’yilgan talabga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar (to’lov qaydnomai, pul berish to’g’risida ariza, schyotlar va b.) bo’yicha beriladi.
Kassadan pul rahbar va bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzolangan hujjatlar bo’yicha beriladi. Agar kassa chiqim orderlariga ilova qilinadigan pul berish to’g’risidagi hujjatlarda rahbarning imzosi bo’lsa, kassa chiqim orderlariga imzo qo’yish shart emas. Kirim kassa orderlari, uning kvitansiyalari va kassa chiqim orderlari buxgalter tomonidan aniq qilib yoziladi. Bu hujjatlarda xech qanday o’chirish yoki to’g’rilashga ham yo’l qo’yilmaydi. Korxonada ishlamaydigan shaxslarga pul berishda ularning shaxslarini tasdiqlovchi pasport yoki boshqa hujjat talab qilinadi, kassa chiqim orderning pul olganligi to’g’risida imzo qo’yiladigan joyida taqdim etilgan hujjatning ma’lumotlari ko’rsatiladi.
Ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag’lar uchun naqd pul bankdagi hisob-kitob schyotidan pul chek daftarchasiga asosan olinadi. Barcha kassa kirim va chiqim orderlarini buxgalter kassa kirim va chiqim hujjatlarini ro’yxatga olish jurnaliga yozib (KO-3-shakl) kassirga beriladi. Pul olingandan yoki berilganidan so’ng kassir zudlik bilan kirim va chiqim orderlariga imzo qo’yadi hamda ularga ilova qilingan hujjatlarga sanasini ko’rsatib shtamp yoki qo’lda: kirim hujjatlariga – «Olindi», chiqim hujjatlariga – «Тo’landi» deb belgi qo’yadi.

22.Валюта счети бўйича амалга оширилган операцияларни ҳисобга олиш. Хorijiy valutadagi pul mablag’larini va xorijiy valuta operatsiyalarini har bir korxona amalga oshirishi mumkin. Хorijiy valuta operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun bankda valuta joriy schyotini ochish kerak. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xorijiy valuta operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat (litsenziya) berilgan banklarda valuta schyoti ochish mumkin. Bunday litsenziya olgan banklarni vakillik banklari deyiladi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vaqti-vaqti bilan chop etiladigan byulletenida keltirilgan xorijiy valutalarda schyotlar ochish mumkin.


Valuta schyotini ochish uchun bank quyidagi hujjatlarni talab qiladi:
valuta schyotini ochish to’g’risida ariza;
ta’sis hujjatlar ko’chirmasi (notariusda yoki ro’yxatga oluvchi organ tomonidan tasdiqlangan ustav, ta’sis shartnomalari);
notariusda tasdiqlangan ro’yxatdan o’tganlik to’g’risidagi hujjatlarning ko’chirmasi;
korxonani ro’yxatdan o’tgan joyidan soliq inspeksiyasi va pensiya fondida hisobga olinganligi to’g’risida ma’lumotnoma;
imzolar nusxalari qo’yilgan va yumoloq muhr tushirilgan kartochka;
qo’shma korxonalar va xorijiy firmalar qo’shimcha qilib O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi tomonidan ularni xorijiy investitsiyali korxonalar reestriga kiritilganligi to’g’risida beriladigan guvohnoma topshiradilar. Хorijiy valutani sotish (sotib olish)da sodir bo’ladigan kursdagi farq (ijobiy yoki salbiy) ijobiy bo’lsa – 9540 «Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyotida, salbiy bo’lsa – 9620 «Kurs farqlaridan zararlar» schyotida hisobga olinadi. Хorijiy valuta harakati to’g’risidagi ma’lumotni bank muassasasi korxonaga valuta schyotidan ko’chirma berish yo’li bilan xabar beradi. 5210 «Mamlakat ichidagi valuta schyotlar»ni kredit oboroti 2/1 – jurnal-orderida aks ettiriladi. Bu schyotning debet oboroti 2/1 qaydnomaini yuritish bilan nazorat qilinadi. Valuta schyoti bo’yicha analitik hisob kartochkalarda valutalarning nomlari bo’yicha yuritiladi.

23.Асосий воситаларнинг табиати: асосий воситалар таннархи, капитал ва қўйилмалар сарфи ҳисоби

5,8,9,11,14,16,23


  1. Турли дебиторлик ва кредиторлик қарзларни ҳисобга олиш.


Yüklə 109,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə