Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент давлат иқтисодиёт университети


«Tovarmoddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMA



Yüklə 109,86 Kb.
səhifə9/9
tarix15.05.2022
ölçüsü109,86 Kb.
#87111
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Молиявий ҳисобга кириш-савол

«Tovarmoddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMA ga asoslangan bo'lishi lozirn. Ushbu standartga muvofiq materiallar eng kam bahoda, ya'ni tannarxi bo'yicha yoki sof sotish qiymatida hisobga olinishi lozim. Chunki buxgalteriya hisobining ehtiyotkorlik tamoyilini aks ettirishning biri ho'lib past baholash qoidasi hisoblanadi: tannarx bo'yicha yoki sotishning sof qiymati. «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMA ga asosan, tovar moddiy zaxiralarning tannarxi barcha sotib olish xarajatlarini va tovarmoddiy zaxiralarni manzilga yetkazib berish hamda tegishli holatga keltirish bilan bog'liq bo'lgan transport-tayyorlov xarajatlarini o'z ichiga oladi. Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlash, ularni baholashning quyidagi usullarini qo'llash orqali amalga oshirish mumkin: 1. O'rtacha tannarx bo'yicha yoki AVECO usuli. 51 2. O'rtacha chamalangan baholar bo'yicha, birinchi tushum - birinchi xarajat, FIFO usuli. 3. O'rtacha chamalangan baholar bo'yicha, oxirgi tushum - oxirgi xarajat, UFO usuli. AVECO usuli materiallarning o'rtacha narxlariga asoslangan. Bu usul bo'yicha har bir birlikning qiymati davr boshlarida o'xshash birliklarning o'rtacha o'lchanadigan qiymatidan va davr mobaynida sotib olingan va ishlab chiqarilgan o'xshash birliklar qiymatidan belgilanadi. O'rtacha qiymat davriy asosda yoki xo'jalik yurituvchi subyektda mavjud bo'lgan vaziyatga ko'ra, har bir qo'shimcha yetkazib berish davomida hisoblanishi mumkin. . FIFO usulida ishlab chiqarish uchun dastlab sotib olingan materiallar partiyasi bo'yicha baholanadi, so'ngra ikkinchi partiya bahosi bo'yicha va hokazo. FIFO usulida xomashyo, materiallar va tovarlar kelib tushish tartibi bo'yicha baholanadi. Bu shundan dalolat beradiki, materiallar tannarxining qismi sifatida nisbati oldingi bahoda haqiqatda ushbu materiallar yuqori yoki past narxda sotib olinganligidan qat'i nazar, sarflanadi. Materiallarning bahosi ularning joriy bahosini aks ettiradi. Inflyatsiya davrida FIFO usuli qo'llanilsa, sof foydaning eng yuqori darajasiga erishiladi. LIFO usulida materiallar ishlab chiqarishga avval oxirgi, so'ngra avvalgi partiya tannarxi bo'yicha yoziladi va hokazo. Zaxirada qolgan ni'ateriallar qiymati hisobot davrining oxirida birinchi sotib olingan material tannarxi bo'yicha hisoblanadi. UFO usulidan foydalanish inflyatsiya davrida eng past foydani, deflyatsiya, ya'ni narxlarning pasayishi vaqtida eng yuqori foydani keltiradi.


  1. Капитал, фондлар ва молиявий натижалар ҳисоби

Bozor munosabatlarining rifojlanishi korxona faoliyatini moliyaviy ta'minlashga, mablag'lar tarkibi va tuzilishida o'zgarishlar sodir bo'lishiga olib keladi. Bunday sharoitda korxona ishlab chiqarish xo'jalik faoliyatini amalga oshirish uchun o'zining mablag'lariga ega bo'lishi iozim. Bular esa xususiy kapital deb yuritiladi. Xususiy kapital xo'jalik yurituvchi korxonaning (subyekt) aktivi va majburiyatiari o'rtasidagi farqni aks ettiradi. O'z navbatida xususiy kapitai ikki guruhga bo'linadi. I. Qo'yilgan (investitsiya) kapital. 2. Taqsimlanmagan foyda. Xususiy kapital ishJab chiqarish va mulk egasiga to'lash, qo'shimcha investitsiya va faoliyatning natijalariga bog'liq hold a ko'payishi yoki kamayishi mumkin. Xususiy kapital tarkibiga quyidagilar kiradi. 1. Ustav kapitali. 2. Qo'shilgan kapital. 3. Zaxira kapitali. 4. Grantlar va subsidiyaIar. 5. Kelgusidagi xarajatlar va to'lovlar zaxirasi. 6. Taqsimlanmagan foyda. Barcha mulk shakllaridagi korxonalarda kapital, rezervlar va taqsimianmagan foyda bo'yicha buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat: - ustav kapitalining shakllanishi va undan foydaIanishni nazorat qilish; - korxona muassislari, kapitalning shakllanish bosqichlari va aksiyalar turlari bo'yicha axborot to'plash; - ustav kapitalining holati va harakati xususida hisobot tuzish bo'yicha ma'lumotlar olishni ta'minlash; . - qo'shilgan kapital hamda rezerv kapitalining shakllanishi bilan bog'liq muomaIaiami o'z vaqtida hisobda aks ettirish; 166 - korxona sof foydasining shakllanishi va uning taqsimlanishini o'z vaqtida hisobga olish hamda nazorat qilish. Ustav kapitalining holati va harakati passiv 8510 - «Ustav kapitali» (fondi) schyotida hisobga olinadi va quyidagi subschyotlardan iborat: 8310-«Oddiy aksiyalaD>. 8320-«Imtiyozli aksiyalar». 8330-«Ulushlar va omonatiar». Ustav kapitali (fondi)ning analitik hisobi xo'jalik yurituvchi subyektning har bir ta'sischisi bo'yicha alohida yuritiladi. 851O-((Ustav kapitali» (fondi) schyoti boshqa schyotlar bilan quyidagicha aloqada bo'ladi. Korxonalarga davlat tomonidan becilgan yordam (subsidiya) bu iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida va ular tomonidan belgilangan shartlarni bajarganda davlat (hukumat) tomonidan pul va moddiy ko'rinishda tekinga becilgan yordamdir. Subsidiyalaming hisobini yuritish tartibi 10 sonli BXMS «Davlat (hukumat) subsidiyalarini hisobga olish va davlat (hukumat) yordamini tavsiflash» standartida keltirilgan. Fondlar va moliyaviy natijalarning hisobi 2, 3, 21-sonli BXMS da itartibga solingan. Bu schyotlarning kredit jarayoni 11, 12, 15-jumal rrderlarda aks ettiriladi.




  1. Асосий воситаларнинг табиати: асосий воситалар таннархи ҳисоби




  1. Меҳнатга ҳақ тўлашнинг тизимлари ҳамда уларни ҳужжатлаштириш

Kishining mehnat faoliyati turli-tuman bo`lganligi uchun, uning mehnatiga haq to`lash ham turlicha shakllarda namoyon bo`ladi. Ish haqining ikki shakli qabul qilingan:

  • ishbay haq to`lash;

  • vaqtbay haq to`lash.

Mehnatga ishbay haq to`lash – xodimlarning haqiqatda bajargan ishi yoki yetishtirgan mahsulotiga to`lanadigan ish haqidan iborat. Ishbay haq to`lash bajariladigan ishga yoki mahsulotga me’yor belgilash imkoniyati bo`lgan va uni aniq hisobga olish mumkin bo`lganda keng qo`llaniladi. Ish haqi to`lashning bu shakli xodimlarni ishni bajarishdagi moddiy manfaatdorligini ta’minlovchi asosiy omillaridan hisoblanadi.

Vaqtbay haq to`lash bu xodimlarning sarflangan ish vaqti, ya’ni soat, smena, kun uchun to`lanadigan ish haqidan iborat. Mehnatga haq ishlab chiqarishda qatnashayotgan xodimlar soniga yoki bajarilgan ish, yetishtirilgan mahsulot uchun to`lanishi mumkin. Ishlab chiqarishda qatnashayotgan xodimlar soniga ish haqi yakka tartibda yoki mayda guruh, guruh tartibida bo`lishi mumkin. U yoki bu haq to`lash tartibini qo`llash, ekin turlari, mahsulot yetishtirish texnologiyasi, mehnat jarayonining shu jarayon pirovad oqibat natijasi bilan qanchalik bog`langanligiga, ya’ni mehnat taqsimoti va mehnat kooperatsiyasi qanchalik darajaga yetganligiga bog`liq.

Bundan tashqari mehnatga haq to`lash o`z vazifasiga ko`ra:

- asosiy ish haqi to`lashga;

- qo`shimcha haq to`lashga bo`linadi.

Asosiy ish haqi –agrotexnika, zootexnika hamda tashkiliy xo`jaligi talablariga ko`ra, belgilangan ish, mahsulot yetishtirish me’yorini bajarganligi uchun oldindan belgilab qo`yilgan stavka yoki rassenka, lavozim okladi to`lanadigan ish haqidan iborat. Bu kafolatlangan ish haqini tashkil qiladi.

Qo`shimcha ish haqi – qo`shimcha mehnat sarf qilish, ish jarayonlarini takomillashtirish orqali qo`shimcha yetishtirilgan mahsulot yoki yuqori sifatli mahsulot hamda shu mahsulotlarni yetishtirish uchun xarajatlarni tejash evaziga to`lanadigan ish haqidir. Qo`shimcha ish haqi natural va pul holida to`lanishi mumkin. Qo`shimcha ish haqining hajmi juda katta bo`lmasligi kerak. Aks holda u asosiy ish haqini ahamiyati va rolini keskin kamaytiradi.

Mehnatga haq to`lashning ham asosiy, ham qo`shimcha turlari juda ko`p ko`rinishda bo`lganligi sababli oqilona foydalanish uchun ular ma’lum tizimda qo`llaniladi.

Mehnatga haq to`lash tizimi – o`zaro bog`langan, bir maqsadga qaratilgan, bir-birini to`ldiruvchi turli haq to`lash shakllarining o`zaro yig`indisidir.

Ishbay haq to`lash tizimlariga:

- oddiy chegaralanmagan ishbay tizimi;

- ishbay progressiv tizim;

- ishbay mukofot tizimi;

- akkord mukofot tizimi.

Mehnatga haq to`lashni oddiy chegaralanmagan tizimida xodimlarga ish haqi mehnat me’yorining bajarilish darajasidan qat’i nazar o`zgarmagan stavka va rassenkalarda to`lanib boriladi. Masalan, paxtani qo`lda terishni olsak, me’yor 60 kg. Belgilangan, ish tarif jadvalining IV razryadi bo`yicha ta’riflashtirilgan bo`lsa, 1 kg paxta uchun 25 so`m to`lash kerak bo`ladi. Bunda ishchiga me’yorni bajarish va bajarmasligidan qat’iy nazar (ya’ni qancha paxta terishidan qat’i nazar) har bir kilogramm tergan paxtasi uchun 25 so`m haq to`lanib borilaveradi.

Ishbay progressiv tizimda me’yordan ortiq bajarilgan ish yoki yetishtirilgan mahsulot uchun progressiv ortib boruvchi stavka yoki rassenka bo`yicha haq to`lanadi. Masalan, paxtani qo`lda teruvchi xodimlarga me’yor chegarasidagi ish uchun 1 kg -25 so`m bo`lsa, 60-80 kg-gacha 30 so`m, 80-100 kg 35 so`m va h.k. tartibda haq to`lab boriladi yoki me’yordan ortiq bajarilgan ish, yetishtirilgan mahsulotning har 1 foizi uchun ish haqi stavkasi yoki rassenkasi ma’lum foizga ortib borishi mumkin.

Progressiv ishbay tizimini qo`llash uchun yetarli sharoit bo`lishi, ya’ni xodimlarni onglilik darajasi, aniq nazorat o`rnatilishi kerak. Aks holda ish haqi fondining ortiq sarflanishiga sabab bo`ladi.

Ishbay mukofot tizimida xodimlarga to`lanadigan asosiy ish haqi ikki qismdan iborat bo`lib, birinchi qismi bajargan ishi, ikkinchi qismi yetishtirgan mahsuloti uchun to`lanadi. Bundan tashqari mahsulot yetishtirish darajasining orttirib borganligi, xarajatlarni tejaganligi hamda ishlarni sifatli bajarganligi uchun mukofot beriladi.

Akkord mukofot haq to`lash tizimida ishchilarga ish haqi ma’lum brigada yoki zveno bo`yicha, chorvachilik tarmoqlarida bundan tashqari, ayrim ishchilar kategoriyasi bo`yicha haqiqatda yetishtirgan mahsulotlar birligiga oldindan belgilab qo`yilgan ish haqi hajmida (rassenkasida) to`lanadi. Bundan tashqari mahsulot yetishtirishda yuqori natijaga erishganligi va xarajatlarni tejaganligi uchun mukofotlash qo`llaniladi. Bu haq to`lash tizimining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda xodimlarning ish haqi bevosita mahsulot yetishtirish bilan bog`liq.

Vaqtbay haq to`lash tizimi:


- oddiy vaqtbay;
- vaqtbay mukofot tizimlaridan iborat.

Oddiy vaqtbay shaklda ish haqi xodimlarning ish bajargan vaqtlari (soat, smena, kun, oy va h.k.) uchun to`lab boriladi. Vaqtbay mukofot tizimida yuqoridagi tartibdan tashqari ma’lum ko`rsatkichlar uchun mukofot beriladi.



  1. Харажатлар ҳақида тушунча.

Xarajatlar, sarfxarajatlar, chiqimlar —tovarlarni i.ch. va muomalasi jarayonida turli resurslar (xom ashyo, materiallar, mehnat, xizmatlar, mablagʻlar) sarflari bilan bogʻliq chiqimlarning pul shaklidagi ifodasi. Asosan, i.ch. va muomala X.ga boʻlinadi. Ishlab chiqarish X.i: doymi y X. — ishlab chiqariladigan mahsulot hajmiga bogʻliq boʻlmagan chikimlar (mas, hududni qoʻriklash, maʼmuriyatni, binoimoratlarni saqlash chiqimlari); oʻzgaruvchan X. — ishlab chiqariladigan mahsulot yoki koʻrsatiladigan xizmat hajmiga bogʻliq boʻlgan chiqimlar, (mas, materiallar, xom ashyo sotib olish, ishbay xodimlar mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq sarflar). Toʻliq (umumiy, yalpi) X. — doimiy va oʻzgaruvchan X. yigʻindisi; bevosita ishlab chiqarish X.i (aniq bir mahsulotni i.ch. bilan bogʻliqva uning tannarxiga kiritiladigan chiqimlar), ekspluatatsiya X.i — mashina, uskuna, transport vositalari va boshqalardan foydalanish bilan boglits chikimlar. Muomala X.ga qoʻsh im cha muomala chiqimlari (i.ch. jarayonlarini muomala sohasida davom etishi — qadoqlash, sakdash, sotiladigan joyga eltish va boshqa bilan bogʻliq) vasof muomala chiqimlari (bevosita oldisotdi operatsiyalari bilan bogʻliq) X. kiradi. Muomala X., odatda, isteʼmolchilar uchun (transportekspeditorlik chiqimlari, bojxona boji toʻlash, port soliq va yigʻimlarini toʻlash, bank xizmatlari uchun chiqimlar, vakillik X.i), ishlab chiqaruvchilar uchun (savdosotiq boʻlinmasini sakdash, marketing tadqiqotlari, reklama, transportekspeditorlik chiqimlari, vositachilarga haq toʻlash, sotishdan oddinti servis va texnika xizmati uchun chikimlar, bank operatsiyalari boʻyicha xarajatlar, vakillik xarajatlari va boshqalar) va savdo uchun (tovarni xarid qilish, tashish, sakdash va sotish bilan bogʻliq chiqimlar) alohida hisobkitob qilinadi.

Nizomga asoslangan holda barcha xarajat moddalarini quyidagicha ifodalash mumkin

1. Mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
 bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
 bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
 boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish yo‘nalishidagi ustama xarajatlar.
2. Davr xarajatlari:

 sotish xarajatlari;

 ma‘muriy xarajatlar;

 boshqa operatsion xarajatlar va zararlar.

 foizlar bo‘yicha xarajatlar;

 xorijiy valyuta operatsiyalarida yuzaga keladigan salbiy kurs farqlari;

 qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash;

 moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar.

3. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar:

4. Favqulodda zararlar.

Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarda moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun quyidagi schetlar belgilangan:

9610-«Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar»;

9620-«Kurs farqlaridan zararlar»;

9630-«Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar»;

9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar».

Korxonalarda xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritilishiga ko‘ra bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi.

• Bevosita xarajatlar korxonalarga mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan xomashyo va materiallar, mehnatga haq to‘lash (ajratmalari bilan birga), ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vositalar amortizatsiyasi kabi xarajatlar kiradi.

• Bilvosita xarajatlar esa mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar hisoblanib, ularga ma‘muriy-boshqaruv xarajatlari, boshqaruv asbob-uskunalarini saqlash va foydalanish xarajatlari kiradi.


Ishlab chiqarish yo‘nalishidagi hamma xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritiladi. Bu esa ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olish, shuningdek, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni tejash hamda ulardan samarali foydalanish ustidan nazorat qilishga imkon beradi.

  1. Капитал ва қўйилмалар сарфи ҳисоби

____________________________________________________________________________________

  1. Меҳнат ва иш ҳақи ҳақида тушунча ҳамда уни ҳисобга олишнинг вазифалари

Korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati jonli mehnatni iste’mol qilish bilan birga yuz beradi. Uning miqdori ishlagan kishi-soatlar bilan o‘lchanadi. Mehnat jarayonida har bir xodimning bajargan ishi, tayyorlagan mahsuloti, iste’molchilarga ko‘rsatgan xizmatlar uchun sarflangan mehnatiga haq to‘lash miqdorini asoslash hamda aniqlashni tat qiladigan o‘zaro munosabatlar vujudga keladi.

Ishlab chiqarish faoliyatida markaziy o‘rinni mehnat va uning natijalari egallaydi, chunki uning yordami bilan mahsulot yaratiladi. Bu holat mehnat munosabatlarini belgilaydiki, hech bir korxona kerakli miqdordagi va tasnifdagi mehnat resurslarisiz o‘z maqsadiga erisha olmaydi. Mehnat resurslari esa ishlaganliklari uchun mehnat haqi bilan ta’minlanadilar.

Mehnat haqi - bu mehnatning bahosi yoki narxidir. Uning miqdori va dinamikasi bozor omillariga, birinchi navbatda esa unga bo‘lgan talab va taklifga bog‘liq.

Mehnat haqi - bu tovarning puldagi ifodasi “ishchi kuchi” yoki “ishchi kuchining narxi”. Uning miqdori ishlab chiqarish sharoiti hamda bozor omillari - talab va taklif, ya’ni bu omillar ta’sirida bozorda ishchi kuchi narxi va ish haqi o‘rtasida tafovut yuzaga keladi (ish haqi haqiqiy narxidan oshishi yoki kamayishi mumkin).

Mehnat haqi - bu jamiyat ko‘lamida milliy daromadning ishchilar va xizmatchilar o‘rtasida ular mehnatining miqdori va sifatiga muvofiq taqsimlanadigan hamda shaxsiy iste’moli maqsadlari uchun foydalaniladigan qismidir.

O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning mehnat qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan. Unga ko‘ra, har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlab va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.

Mehnat haqining miqdorini belgilash ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron-bir tarzda cheklanmaydi .

Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim hamda qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonining o‘zgarish ish vaqtining sarflanishi, mehnatga haq to‘lash fondi, to‘lov turlari va xodimlar toifa bo‘yicha hamda mehnatga haq to‘lash fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa to‘lovlar korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Shu munosabat bilan korxonaning buxgalteriya xizmati oldida mehnat me’yori va unga haq to‘lashni hisobga olish, nazorat qilish vazifalari ham belgilanadiki, bu esa:



  • ishbay ishlovchilar va boshqa xodimlarning ish sifatini to‘g‘ri va o‘z vaqtida xujjatlar bilan rasmiylashtirishni, shuningdek, ish haqini hsoblash va uni belgilangan muddatlarda to‘lash;

  • soliqlar va boshqa ish haqidan ushlanmalar qo‘shilgan holda korxona xodimlari bilan mehnatga haq to‘lashga doir hisob - kitoblarni o‘z vaqtida o‘rnatilgan muddatlarda olib borish;

  • hisoblangan mehnat haqi summasini va ijtimoiy sug‘urta fondlariga ajratmalar summasini mahsulot tannarxiga to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida o‘tkazish;

  • operativ boshqarish va zaruriy hisobotlarni tuzish hamda ijtimoiy sug‘urta fondlari bilan hisob - kitob qilish maqsadida mehnat va unga haq to‘lash ko‘rsatkichlarini tezkor yig‘ish va guruhlash;

  • ish haqidan byudjetga majburiy to‘lovlarni, shuningdek, korxonagayetkazilgan moddiy zararni ayrim tashkilotlar va jismoniy shaxslar foydasiga to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida ushlab qolish va o‘tkazish;

  • xodimlar sonini va ish vaqtidan foydalanishni nazorat qilishni ta’minlash;

  • ish vaqtining to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish;

  • sarflangan mehnat yoki ishlab chiqarilgan mahsulotni tegishli hujjatlarda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish;

  • hisoblangan ish haqini kalkulyatsiya obyektlar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash;

  • ish haqi va mehnatga haq to‘lashning ilg‘or usullarini amalda qo‘llash;

mehnatga haq to‘lash fondini to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish

  1. Харажатларнинг гуруҳланиши. Харажат консепциялари.

Har bir korxona, firma va qolaversa har bir shaxs о‘z ishlab chiqarish faoliyatida maksimum foyda olishga intiladi. Bunga qanday qilib erishish mumkin? Bunga umumiy javob shunday: korxona, firma va о‘z foydasi miqdorini kо‘paytirishni maqsad qilib qо‘ygan har bir shaxs ishlab chiqarish jarayonini shunday tashkil etish lozimki, bir xil hajmdagi ishlab chiqaradigan tayyor mahsulotga imkoni boricha kam ishlab chiqarish omillari sarf etsin, ya’ni ishlab chiqarishni eng kam harajat bilan amalga oshirsin. О‘z-о‘zidan ma’lumki firma, ishlab chiqarish hajmi doimo о‘zgarishda bо‘ladi. Ayrim holda u kengayadi, ba’zida bо‘lsa qisqaradi. Shuning uchun yuqoridagi fikrni boshqacha talqin qilib aytish mumkinki: korxona, firma ishlab chiqarishni shunday tashkil etishi lozimki, unga ishlab chiqaradigan mahsuloti birligiga imkoni boricha kam omillar jalb etilsin.

Ishlab chiqarish omillariga yoki resurslariga qilinadigan sarf harajatlar ishlab chiqarish harajatlari deb ataladi. Shunday ekan ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligi ishlab chiqarish harajatlarini minimum darajaga keltirishdan iborat.

Harajatlar tо‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz “boy berilgan imkoniyatlar harajati” degan tushunchani bilishimiz kerak. “Boy berilgan imkoniyatlar harajati” deb biror xil resursdan foyda olish maqsadida foyda olish maqsadida foydalanib lekin, maqbul yо‘lni tanlanmaganligi uchun boy berilgan daromadga aytiladi.

Masalan, birorta tadbirkor ishlab chiqarish faoliyatini malga oshirish uchun 100 ming sо‘m harajat qildi. Yо‘lni oxirida shu faoliyati natijasida 110 ming sо‘m daromad qildi, ya’ni foyda 10 ming sо‘m bо‘ldi. Lekin bu tadbirkor kishi 100 ming sо‘m pulini jamg‘arma bankiga qо‘yganda 15 % yiliga qо‘shimcha berilsa unda 115 ming sо‘m daromad olishi mumkin edi, ya’ni foyda 15 ming sо‘mni tashkil etib boy berilgan imkoniyat harajati 5 ming sо‘mni tashkil etadi.

Mana shu kabi boy berilgan imkoniyatlar harajati har bir firma, korxona, tadbirkor shaxs bilan har doim yonma-yon turadi. Har bir firma, tadbirkor shaxs biror xildagi ishlab chiqarish yoki xizmat kо‘rsatish faoliyatini olib borishni kо‘zda tutganida uning oldida mavjud resurslardan qaysi birini tanlash imkoniyati turadi, chunki bozorda turli xildagi resurslar bо‘ladi, ularning bahosi turlicha.

Masalan, birorta hovli kо‘rmoqchisiz. Uyni g‘ishtdan, (pishiq g‘isht, xom g‘isht, shlakbeton g‘isht va h.z.) yog‘ochdan, sementdan, toshdan qurish mumkin. Qaysi birini tanlash kerak. Siz sotib olgan resurs bahosi “boy berilgan imkoniyatga” teng bо‘lishi mumkin, chunki siz boshqa resurslar о‘rniga shuni tanladingiz. Xuddi shunga о‘xshash misol korxona, firmaga ham taaluqli. Chunonchi, deraza, eshik va umuman mebel fabrikasi qaysi yog‘ochni tanlashi kerak? Qizil yog‘och, bereza, dub va h.z. Yog‘och olib kesish kerakmi yoki tayyor taxtami? Qaysi biri afzal.

Bunga о‘xshash misolni ishchilarni yollashga ham bog‘lash mumkin. Siz aynan tanlangan ishchingiz boshqa siz tanlamagan ishchiga kо‘ra yomon ishladi va h.z.

Yuqorida keltirilgan misollar tashqaridan sotib olinadigan resurslarga taaluqli. Korxonaning ichki resurslaridan foydalanishga taaluqli bо‘lgan “boy berilgan imkoniyatlar harajati” ham mavjud.

Masalan, korxonada bino-inshootlar, turli mashina-uskunalar, stanoklar, hamda uning schyotida pul mablag‘lari mavjud. Ayrim hollarda korxonada yil davomida faoliyat yurgizadi yil oxirida daromadi uchma-uch yoki hattoki ziyon kо‘radi. Buning о‘rniga balki bu korxona imoratini, turli uskunalarini ijaraga berganda, bank schyotlaridagi pullarini qarzga berganda ulardan kо‘proq daromad qilishi mumkin edi. Demak, bu yerda ham berilgan imkoniyatlar mavjud.


  1. Лизингга олинган асосий воситалар ҳисоби

Buxgalteriya hisobi 6-son “Ijara hisobi” milliy andozaga binoan ijara

quyidagi turlarga bo’linadi:

1. Lizing (moliyaviy ijara) – ijara munosabatlarining alohida turi bo’lib unda

lizing beruvchi, lizing oluvchi va mulkni sotuvchi tomon shartnoma asosida 12

oydan oshiq muddatga lizing oluvchiga to’lov asosida mulkdan foydalanish va

egalik qilish munosabatlari belgilanadi.

Bunda: a) Lizing shartnomasi muddati tugagach ob’ekt lizingga oluvchi

mulkiga aylanadi.

b) Lizing ob’ektining xizmat muddati 80 foizni tashkil etishi va lizing

shartnomasi tugashida uni 20 foiz dastlabki qiymati qolishi.

c) Lizing shartnomasi tugagach lizing oluvchi mulkni sotib olish huquqiga

ega.


d) Lizing to’lovi lizing shartnomasi davrida lizing ob’ekti qiymatining 90 foiz

atrofida bo’lishi.

2. Uzoq muddatli ijara – ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga bitim asosida

mulkka egalik qilish va foydalanishga 12 oydan oshiq muddatga to’lov asosida

berishi.

3. Qisqa muddatli ijara - ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga bitim asosida

mulkni egalik qilish va foydalanishga 12 oygacha to’lov asosida beradi.

4. Ikkilamchi ijara (ikkilamchi lizing) – ijarachi (lizingga oluvchi) ijaraga

(lizingga) beruvchining roziligi bilan, ijaraga (lizingga) beruvchining oldida ijara

(lizing) shartnomasi yuzasidan javobgarlikni saqlagan holda ijaraga olingan mulkni

(lizing ob’ektini) boshqa uchinchi shaxsga ikkilamchi ijara (ikkilamchi lizing)ga

topshiradigan shartnoma munosabati.

Yuqorida keltirilgan lizing munosabatlar buxgalteriya hisobida ayrim

adabiyotlarda (18, D.) ta’kidlanganidek quyidagicha aks ettiriladi:

1. Operativ lizing bo’yicha:

Ob’ekt ijaraga qabul qilinganda 001 – “Operativ lizing bo’yicha olingan

asosiy vositalar” hisobvarag’iga qabul qilinib, qaytarilganda shu hisobvaraqdan

chiqim qilinadi.

Operativ lizing bo’yicha to’lashga tegishli ijara haqi summasiga xarajat va

boshqa hisobvaraqlar debetlanib 6910 – “To’lanadigan qisqa muddatli ijara”

hisobvarag’i kreditlanadi. Ushbu to’lovlar to’langanda 6910 debetlanib 5110

kreditlanadi.

Ushbu muomalalar ijaraga beruvchida:

DT 4820 – “Qisqa muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar” KT 9350 –

“Qisqa muddatli ijaradan daromadlar”.

Ijara haqi summasi xo’jalikni hisob-kitob hisobvarag’iga kelib tushganda DT

5110 KT 4820

2. Moliyaviy lizing bo’yicha:

A. Lizing beruvchi kompaniyada:

Lizing bo’yicha barcha xarajatlar 0820 – “Asosiy vositalarni xarid qilish”

hisobvarag’iga yig’iladi va uni sotib olinganda DT 0820-0890 KT 6010. Puli

to’langanda DT 6010 KT 5110 provodkasi tuziladi. Lizing ob’ekti asosiy vositaga

qabul qilinganda DT 0110-0190 KT 0820-0890 provodkasi tuziladi.

Ushbu asosiy vositalar lizingga (ijaraga) berilganda:

a) Lizing summasiga – joriy yilda olinadigan qismiga DT 4810 – “Uzoq

muddatli ijara bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar” KT 9210 – “Asosiy vositalarni

chiqib ketishi”

b) ijara muddatini kelgusi yillarda olinadigan qismiga: DT 0920 – “Uzoq

muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar” KT 9210 hisobvaraq.

Moliyaviy lizing bo’yicha ijaraga berilgan ob’ektning dastlabki qiymati

hisobdan chiqarilganda DT 9210 KT 1110-0190 va ayrim boshqa operatsiyalar.

B. Lizingga oluvchi korxonada:

Keyinchalik sotib olish bilan ob’ekt lizingga olindi:

DT 0310 – “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy

vositalar”

KT 7910 – “To’lanadigan uzoq muddatli ijara”

Yil boshida joriy yilda to’lanadigan lizing to’loviga DT 7910 KT 6910

U bo’yicha hisoblangan amortizatsiya summasiga DT 2010, 2310, 2510 vaa

boshqalar KT 0299 – “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy

vositalarning eskirishi”.

Shartnomada ko’rsatilgan asosiy summani va uning foizlarini to’liq

to’langandan so’ng uni o’z balansiga olinganda DT 0110-0190 KT 0310, uni

eskirish summasi DT 0299 KT 0211-0290 va ayrim boshqa operatsiyalar.

C. Lizing ob’ektini sotuvchi korxonada:

Lizing ob’ektini lizing kompaniyasiga junatishdagi bo’nak summasiga DT

5110 KT 6310 – “Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’naklar”. Lizing ob’ekti

lizing kompaniyasiga junatilganda DT 4010 – “Xaridorlar va buyurtmachilardan

olinadigan hisobvaraqlar” KT 9010 – “Tayyor mahsulotni sotishdan daromadlar”.

Lizing kompaniyasiga sotilgan mahsulot uchun pul kelib tushganda DT 5110

KT 4010.


Oldindan olingan bo’nak summasu qoplanganda DT 6310 KT 4010 va ayrim

boshqa operatsiyalar.



  1. Касаллик бўйича қўшимча ҳақ ҳисоблашни ҳужжатлаштириш ва ҳисобини юритиш тартиби

O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan ishlamagan vaqti uchun ham ishchi va xizmatchilarga haq to’lanadi. Bunday to’lovlarni hisoblash o’rtacha ish haqiga asoslanadi. O’rtacha ish haqini hisoblash va qo’llash tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6-ilovasiga binoan o’rtacha oylik ish haqini hisoblashning quyidagi tartibi belgilangan:

 ta’til haqi, ishdan bo’shaganda beriladigan yordam puli, ishsizlik bo’yicha nafaqa tarifikatsiya bo’yicha o’rtacha ish haqi belgilangan ish haqini yoki lavozimlik okladini hisoblash kuniga birinchi yili ishlayotganlar uchun o’n ikkidan birga (1/12) (to’liq olti oy ishlaganlar bo’yicha oltidan birga, to’liq yetti oy ishlaganlar bo’yicha – yettidan birga va h. k.) ko’paytirib topiladi. o’rta maxsus va hunar – texnika bilim yurtlari o’qituvchilariga esa hisoblash davrida tarifikatsiya bo’yicha belgilangan ish haqi yoki lavozimlik okladidan oshgan qismini o’ndan birga ko’paytirib topiladi. Bularga ishbay haqlar, mukofotlar, qo’shimcha haqlar va boshqa ijtimoiy sug’urtaga badal hisoblanuvchi to’lanmalar kiradi.

 o’rta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlaridagi o’qituvchilarga ortiqcha bajarilgan soatlari bo’yicha qo’shimcha haq yil oxirida ushbu soatlar bajarilgan vaqtda harakatda bo’lgan stavkalar bo’yicha hisoblanadi.

 xodimlar salomatligiga yetkazilgan zarar, kasbiy kasallik yoki ularning mehnat vazifalarini bajarish jarayonida salomatligiga yetkazilgan zararlarni ish beruvchilar tomonidan qoplash uchun haq hisoblash Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga binoan olib boriladi.

 ishga qobiliyatsizligi to’g’risidagi varaqalar, homiladorlik va tug’ish bo’yicha haq hisoblash davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa hisoblash tartibi to’g’risidagi nizomga binoan olib boriladi.

 boshqa (1-4 bandlarida ko’rsatilgandan tashqari) barcha hollarda o’rtacha oylik ish haqi oxirgi ikki kalendar oyining o’rtacha ish haqisi bilan aniqlanadi.

 xodimlar mehnat ta’tilida, davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarishda, ikki oy ichida ish qidirish vaqtida, shuningdek kasalligi davrida tarif stavkalar, lavozimlik okladlar oshgan bo’lsa, korxona, tashkilot, muassasalarning mehnatga haq to’lashning yangi sharoitiga to’g’ri keladigan haqiqiy ish kuni bo’yicha hisoblab chiqiladi.

Qonunchilik bilan o’rtacha ish haqini hisoblab chiqishning maxsus tartibi o’rnatilgan hollarda, ko’rsatilgan qoidalar qo’llanilmaydi.

Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish ma’lumotlariga va xodim tomonidan qonunchilik bilan kafolatlangan o’rtacha ish haqini olish huquqini tasdiqlovchi tegishli hujjatlariga asosan o’rtacha ish haqi hisoblab chiqiladi.

Barcha xodimlarga, shu jumladan o’rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi va o’rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi. O’rtacha ish haqi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6-ilovasiga binoan hisoblanadi.

Тa’til haqi aniqlash yoki foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya hisoblashda olti kunlik ish haftasi bo’yicha o’rtacha oylik ish kunining davomiyligini 25,4 kun deb hisoblaydi. Хodimlarning vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi uchun hisoblab to’lanadigan haqning qoplash manbai bo’lib tannarx yoki davr xarajatlari emas, balki ijtimoiy sug’urta organlarining mablag’lari hisoblanadi.

Тo’lanadigan haqni hisoblab topish uchun asos bo’lib ish vaqtidan foydalanishni hisobga oladigan tabel va tibbiyot muassasalarining bergan vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi to’g’risidagi varaqasi hisoblanadi. Nafaqa miqdori mehnat daftarchasi yoki uning o’rniga berilgan hujjatga binoan ish qobiliyatini yo’qotgan kuniga hisoblab topilgan umumiy ish stajiga asosan aniqlanadi.

Amaldagi qarorga binoan ishlab chiqilgan nizomga asosan ish stajidan qat’iy nazar quyidagi xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi bo’yicha nafaqa 100 % to’lanadi:

 ishlayotgan ikkinchi jahon urush qatnashchilariga;

 baynalminal harbiylar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

 qaramog’ida uch yoki undan ortiq 16 yoshga yetmagan (o’quvchilar 18 yosh) farzandlari bo’lgan xodimlarga;

 Chernobil AES avariyasi oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan xodimlarga;

 Chernobil halokati natijasida evakuatsiya qilinib radioaktiv bilan ifloslangan zonalardan ko’chirilgan xodimlarga adenoma, rak va shunga o’xshagan kasalliklarga duchor bo’lganda;

 Ish joyida shikastlanishlar yoki kasbiy kasal bo’lganlarga;

 homiladorlik va tug’ish bo’yicha.

Hisobda turuvchi ijtimoi ahamiyatli kasallikka uchragan xodimlarga umumiy ish stajiga qarab vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgan vaqtiga quyidagi miqdorda nafaqa to’lanadi:

a) umumiy mehnat staji 8 va undan ko’p yil bo’lgan, xodimlarga ish haqining 100 % miqdorida;

b) umumiy mehnat staji 5 yildan 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga – ish haqining 80 % miqdorida;

v) umumiy mehnat staji 5 yilgacha bo’lgan xodimlarga – ish haqining 60 % miqdorida.

Qolgan kategoriya xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgan vaqtiga quyidagi miqdorda nafaqa to’lanadi:

- umumiy mehnat staji 8 va undan ko’p yil bo’lgan xodimlarga, shuningdek 21 yoshga chiqmagan yetim xodimlarga ish haqining 80 % miqdorida;

- umumiy mehnat staji 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60 % miqdorida.

Barcha hollarda vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi bo’yicha to’lanadigan nafaqa eng kam oylik ish haqidan kam va nafaqa hisoblab topilgan ish haqidan ko’p bo’lmasligi kerak.

Ish haqi summasiga ish joyida ijtimoiy sug’urta hisoblanadigan, mehnat haqiga kiritilmaydigan bir yo’la to’lovlardan tashqari, barcha turdagi to’lanmalar kiradi.

Ishbay ish haqi oladigan shaxslarga nafaqa ishga qobiliyatsizligi boshlangan oydan oldingi kalendar oyida ishlagan ish haqidan hisoblab topiladi. Oxirgi oy oyligiga amaldagi Nizomga binoan hisoblab chiqilgan o’rtacha oylik mukofotlar summasi qo’shiladi.

Vaqtbay haq oladigan shaxslarga nafaqa hisoblash uchun oylik oklad, ishga qobiliyatsizlik boshlangan kungacha olingan doimiy qo’shimcha haqlar inobatga olingan holda, kunlik yoki soatlik tarif stavka olinadi. Bunga «Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizom» ga binoan hisoblab chiqilgan o’rtacha oylik mukofotlar summasi qo’shiladi.



  1. Фойданинг ишлатилиши

Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-harajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar, ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona, pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi.

Tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki foydaning haqiqiy manbai qo‘shimcha mahsulot yoki qo‘shimcha qiymatdir. Lekin shu narsani aytish lozimki butun jamiyatda ba’zan alohida olingan bir mamlakatda foyda massasi bilan qo‘shimcha qiymat massasi miqdor jihatdan bir-biriga teng bo‘lishi mumkin. Lekin alohida olingan korxonalarda va tarmoqlarda yaratilgan qo‘shimcha mahsulot olingan foyda miqdoran teng bo‘lmasligi mumkin. Chunki talab va taklif nisbatlarining va baho mexanizmining o‘zgarishi ta’sirida bir tarmoqda yoki bir guruh korxonalarda yaratilgan qo‘shimcha mahsulotlar boshqa korxona va tarmoqlarga foyda shaklida o‘tib ketadi.

Korxonaning umumiy foydasidan budjetga (asosan soliq to‘lovlari) banklarga (olingan ssuda uchun foiz) to‘lovlar va boshqa majburiyatlar chiqarib tashlansa korxona sof foydasi qoladi.

Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlanishi natijasida hosil qilinadi. Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miqdoriga ko‘proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim o‘z ichiga normal foydani ham oladi.

Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.

Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga-korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag‘larga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir.

Bular quyidagicha aniqlanadi:

1. R'=(P/W)*100

bu yerda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; W – iqtisodiy yoki ishlab chiqarish xarajatlari;
2. R'=(P/Kavans)*100

bu yerda: R' –foyda normasi; P –foyda massasi; Kavans (Asosiy kapital+Aylanma kapital) –korxona avanslangan mablag‘lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o‘rtacha yillik qiymati.

Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib hamda foydalanilgan avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligini integral ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki bahoni oshirish hisobiga erishish mumkin. Bahoning o‘sishi ba’zi iqtisodchilarning foyda normasi ko‘rsatgichini bartaraf etib bo‘lmaydigan qusurga ega bo‘lgan va shu sababli samaradorlikni o‘lchash uchun mutlaqo yaroqsiz ko‘rsatgich sifatida tanqid qilishlariga sabab bo‘ldi.

2000 yilda Respublikamizda faoliyat ko‘rsatib kelgan 169 ming korxonalar yil yakuni bo‘yicha 307,6 mlrd. so‘m foyda olgan bo‘lsa, ulardan 139 korxona 24,7 mlrd. so‘mlik zarar ko‘rgan.

Butun olingan foydaning 35 foizi sanoat, 20,3 foizi transport, 11,1 foizi savdo va umumiy ovqatlanish va 5,2 foizi qurilish korxonalari ulushiga to‘g‘ri kelgan .



  1. Асосий воситаларни туркумланиши ва баҳолаш тартиби.

Asosiy vositalarga O`zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi-ning milliy andozalarida kursatilgan talablarga tula javob beradigan mehnat vositalari kiradi. O`zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi-ning milliy andozalarida kursatilgan talablarga javob bermaydigan mehnat vositalari kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar tarkibida hisobga olinadi.

Asosiy vositalar tarkibiga kiritiladigan mehnat vositalari keyinchalik oylik minimum ish haqining o`zgarishidan kat`iy nazar asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi.

Bundan tashqari asosiy vositalar tarkibini aniqlashda va ularni hisobga olishda kuyidagilarni hisobga olish zarur:

- agar ilgari asosiy vositalar tarkibida hisobga olingan, ammo kiymati kayta kurib chikilgandan sung kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar tarkibiga olib borilishi lozim bulgan mehnat vositalari, texnik xarakteri buyicha (Masalan: traktorlar, stanoklar, telivizorlar va boshkalar) asosiy vositalar bulgan va halq xo`jaligi tarmoqlaridagi yagona amortizsiya ajratmalari kurinishida amortizatsiya hisoblash kuzda tutilgan bulsa bunday mehnat vositalari xam asosiy vositalar tarkibida hisobga olinishi zarur.

- agar ilgari asosiy vositalar tarkibida hisobga olingan lekin ish haqining o`zgargandan sung kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar katorida hisobga olinishi zarur bulsada ular asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi.

Kuyidagilar asosiy vositalar buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari hisoblanadi:

- asosiy vositalarning kirimini, korxonadagi xarakati va hisobdan uchirish, uz vaktida tegishli xujjatlarga asosan rasmiylashtirish va hisob registrlarida aks ettirish;

- asosiy vositalarning eskirishini to`g`ri hisoblash va buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish;

- asosiy vositalar junatilganda moliyaviy natijalar to`g`risida aniq ma`lumotlar olishni ta`minlash;

- solik tulovlarni hisoblash uchun zarur bulgan ma`lumotlarni aniq hisoblash imkonini ta`minlash;

- asosiy vositalarni ta`mirlash xarajatlari va ularning samarali foydalanishni nazorat kilish;

- asosiy vositalar nakdligi va ularning xarakatini to`g`risidagi statistik va buxgaleriya hisoblarida talab kilingan ma`lumotlarni berish imkoniyatini yaratish va x.k.

Yukoridagi buxgalteriya hisobining vazifalarini bajarish uchun asosiy vositalarni ilmiy asoslangan turkumlash shuningdek buxgalteriya hisobida baholash uchun esa koidalar zarur.

Korxonalarning asosiy vositalari tarkibiga kura xar xil bulib va ma`lum belgilari asosida turkumlanadi. Korxonalarda asosiy vositalarning yagona namunaviy turkumlash kullaniladi. Unga kura ular tarmoq belgilariga, tayinlanishiga, turlariga, kaysi soxaga tegishli ekanligi va foydalanishiga kura turkumlanadi.

Asosiy vositalarni tarmoq belgilariga karab guruxlash (sanoat, kurilish, savdo, kishlok xo`jaligi va boshkalar) xar bir tarmoqka tegishli asosiy vositalarlarning kiymati to`g`risida ma`lumot olish imkonini beradi.

Tayinlanishiga kura korxonalarning asosiy vositalari asosiy ishlab chikarishdagi asosiy vositalar, boshka tarmoqlardagi asosiy ishlab chikarish vositalar va noishlab chikarishdagi asosiy vositalar.

Korxonalarning asosiy vositalari turlari buyicha kuyidagicha guruxlanadi:

- inshootlar; -uzatuvchi moslamalar; -mashina va asbob uskunalar; -transport vositalari; -asbob uskunalar; - ishlab chikarish inventarlari va buyumlar; -xo`jalik inventarlari; -ish va maxsuldor xayvonlar; -kup yillik daraxtlar; -yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital sarflar va boshka asosiy vositalar. Shuningdek ijaraga olingan asosiy vositalarga sarflangan kapital kuyilmalar xam asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi.

Asosiy vositalarni turlari buyicha turkumlashdan kuzlangan asosiy maksad ularning analitik hisobini tashkil kilishdir.

Kimga tegishliligiga karab asosiy vositalar uziga tegishli va ijaraga olingan asosiy vositalarga bulinadi. Foydalanish belgilariga karab esa asosiy vositalar ekspluatatsiyadagi, rekonstruksiyadagi va kayta kurollantirishdagi asosiy vositalarga bulinadi.

Asosiy vositalarning daslabki kiymati xukumatning maxsus karori buyicha kayta baholanganda o`zgarishi mumkin. Shuningdek ularni dastlab kiymati texnik jixatdan rekonstruksiya kilish va kayta kurish okibatida foydalanish, xizmat kursatish muddati uzaysa obyektlarning ishlab chikarish kuvvati oshsa, ishlab chikarishgan maxsulotlarning soni kupaysa yoki ishlab chikarish tannarxi pasaysa ularning dastlabki kiymati kupayishi mumkin.

Asosiy vositalarning koldik kiymati ularning dastlabki kiymatidan eskirish kiymatini ayirish yuli bilan aniqlanadi.

Vakt utishi natijasida asosiy vositalarning dastlabki kiymati xuddi shunga uxshash zamonaviy asosiy vositalarning kiymatidan fark kila boshlaydi. Ushbu farkni tugatish uchun asosiy vositalarni ma`lum davrlarda kayta baholash amalga oshiriladi va ularning tiklash kiymati aniqlanadi.

Tiklash kiymati deb asosiy vositalarni xozirgi sharoitda amal kilayotgan bahoni hisobga olish, zamonaviy texnika va texenologiya bilan kurish yoki ishlab chikarish tushuniladi.

Respublikamizda asosiy vositalar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining maxsus karoriga kura 1995 yil 1 yanvarga oxirgi marta kayta baholandi.

Ushbu karorga kura korxonalarning balansidagi imoratlar, inshootlar, uzatuvchi moslamalar, asbob uskunalar, transport vositalari va boshka asosiy fondlarning texnik xolatidan kat`iy nazar kayta baholandi.

Asosiy vositalarning kayta baholash ularning balans kiymatlarini belgilangan koeffitsentlarga kupaytirish buyicha indeksatsiya kilish orkali amalga oshirildi.

Asosiy vositalarning hisob birligi bulib aloxida inventar obyektlari hisoblanadi. Inventar obyektlari deganda bitta funksiyani bajarishga muljallangan, tula kurib bulingan yoki ishlab chikarilgan aloxida predmet yoki predmetlar kompleksi tushiniladi.

Xar bir inventar obyektiga aloxida inventar nomerlari belgilanadi va foydalanish jarayonida, tugatish va kayta ta`mirlash jarayonida inventar nomerlari saklanadi. Inventar nomerlari hisobga olinadigan predmetga biriktirib kuyiladi va tegishli xujjatlarda aks ettiriladi.

Murakkab inventar obyektlari u yoki bu inshootlar, aloxida elementlari birligida bitta inventar obyektni tashkil kiluvchi xar biriga ushbu inventar obyektning nomeri yozib kuyiladi.

Tashkilotdan chikib ketayotgan asosiy vositalarning inventar nomerlari yangi kelib tushgan asosiy vositalarga berilishi mumkin.

Ijaraga olingan asosiy vositalar ijaraga beruvchi inventar nomerlar buyicha hisobga olinadi.



  1. Иш ҳақидан ушлаб қолинадиган ажратмалар ва тўловлар ҳисоби

  2. Харажатларнинг туркумланиши, асосий ва аралаш харажатлар

  3. Асосий воситаларни таъмирлашни молиялаштириш ва уларнинг ҳисоби.

  4. Маҳсулот таннархига киритиладиган бевосита ва билвосита харажатлар ҳисоби.

  5. Молиявий фаолиятдан олинадиган фойда (зарар)ни ҳисобга олиш

  6. Асосий воситаларни инвентаризация қилиш тартиби ва уларнинг натижаларини ҳисобда акс эттириш.

  7. Маҳсулот таннархига киритиладиган эгри ва тўғри харажатлар ҳисоби

  8. Асосий фаолиятдан олинган бошқа даромадларни ҳисобга олиш

  9. Асосий воситаларнинг турлича чиқиб кетиши ҳисоби.

  10. Асосий ишлаб чиқариш харажатлари ва уларни ҳисобдан чиқариш ҳисоби

  11. Солиқ ва бошқа мажбурий тўловлар ҳисоби

  12. Лизинг операциялари ҳисоби.

  13. Ёрдамчи ишлаб чиқариш харажатлари ҳисоби

  14. Хусусий капиталнинг шаклланиши ва уларнинг ҳисоби

  15. Асосий воситаларни ижарага олиш ва ижарага бериш ҳисоби

  16. Умумишлаб чиқариш харажатлари ва уларнинг тақсимланиши ҳисоби

  17. Хусусий капиталнинг ҳисобини ташкил қилиш

  18. Номоддий активларни ҳисобга олиш вазифалари.

  19. Ишлаб чиқаришдаги брак маҳсулотларни ҳисобга олиш

  20. Капиталнинг эълон қилиниши ва унга тўланадиган қўшимча хақ

  21. Номоддий активларнинг туркумланиши ва баҳоланиши.

  22. Хизмат кўрсатувчи хўжаликлар ҳисоби

  23. Қўшилган капитални ҳисобга олиш

  24. Номоддий активларнинг кирими ҳисоби.

  25. Давр харажатлари ҳисоби

  26. Капитал характеристикаси ва унинг синфлари

  27. Номоддий активларга амортизация ҳисоблаш усуллари ва уларнинг хисоби.

  28. Тайёр маҳсулотлар ва уларни сотиш ҳисоби

  29. Солиқларнинг турлари ҳамда ҳисобга олиш вазифалари

  30. Номоддий активларни ҳисобдан чиқариш ҳисоби.

  31. Товарлар ва уларни сотиш ҳисоби

  32. Фойда солиғи ҳисоби

  33. Номоддий активларнинг турлича чиқиб кетиши ҳисоби..

  34. Иш, хизматлар ва уларни сотиш ҳисоби

  35. Жорий солиқ мажбуриятлари ҳамда жорий солиқ активларини тан олиш

  36. Номоддий активларни қабул қилишни ҳужжатлаштириш.

  37. Солиқлар ва бошқа мажбурий тўловлар таснифи

  38. Молиявий ҳисобот тузиш ва уни ташкил этиш

  39. Асосий воситалар ҳисобини ташкил қилиш

  40. Ишлаб чиқарилган маҳсулотнинг синтетик ва омбордаги ҳисоби

  41. Бизнес бирлашуви ва консолидацияланган молиявий ҳисоботлар

  42. Мол-мулк ва ресурс солиқлари ҳисоби

  43. Молиявий ҳисоботнинг моҳияти ва таркиби

  44. Тайёр маҳсулотларни сотишдан олинган тушум ҳисоби

  45. Мол-мулк ва ресурс солиқлари ҳисоби

  46. Молиявий ҳисоботнинг мазмуни

  47. Харидор ва буюртмачилардан олинган аванслар ҳисоби

  48. Қўшилган қиймат солиғи ҳисоби

  49. Пул оқими тўғрисидаги ҳисоботни тузиш ва уни тўлдириш

  50. Ишларни бажариш ва хизматларни кўрсатишдан тушум ҳисоби

  51. Келгусида солиқ солинадиган вақтинчалиқ фарқлар ҳисоби

  52. Хусусий капитал тўғрисидаги ҳисоботни тузиш

  53. Товарларни сотишдан олинган тушум ҳисоби

  54. Бухгалтерия баланси тузилиши ва унинг таркиби

  55. Маҳсулотни юклаб жўнатиш ва сотиш жараёнини ҳужжатларда расмийлаштириш

  56. Резерв капиталини ҳисобга олиш

  57. Молиявий натижалар тўғрисидаги ҳисобот

  58. Маҳсулот (товар, иш ва хизмат) ларнинг баҳоланиши ва уларни ҳисобга олиш вазифалари

  59. Товарлар экспорти бўйича хисоб-китоблар ҳисоби

  60. Лизингга берилган асосий воситалар ҳисоби

  61. Молиявий ҳисобот трансформацияси

  62. Фавқулодда фойда ва зарарларни ҳисобга олиш

  63. Меҳнатга ҳақ тўлашнинг шакллари

  64. Пул маблағлари ва ҳисоб-китобларнинг мазмуни ҳамда уларни ҳисобга олишнинг вазифалари

  65. Якуний молиявий натижа ҳисоби

  66. Баланс трансформацияси

  67. Мақсадли тушумлар, субсидия ва грантлар ҳисобини юритиш

  68. Трансформация усуллари.

  69. Товарлар импорти бўйича хисоб-китоблар ҳисоби

  70. Молиявий натижаларнинг шаклланиши ва уларни ҳисобга олиш

  71. Харажатларнинг туркумланиши

Yüklə 109,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə