Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Tijorat bankining daromadi va foydasi



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

 
3.5. Tijorat bankining daromadi va foydasi 
 
[89]
. Tijorat banki daromadining asosiy manbayi quyidagilar 
hisoblanadi (16-jadval). 
Sezuvchanlik nati-
jasidagi salbiy 
tengsizlik 
Foiz stavkasi-
ning o’zgarishini 
sezuvchi aktivlar 
Foiz stavkasining 
o’zgarishini sezuv-
chi passivlar 
<


136
16-jadval. 
Tijorat bankining daromadlari 
 

 
Daromadlar 
manbayi 
Izoh 
1 2 

1. Ssuda 
biznesi 
Bu biznes ikki unsurni o‘z ichiga oladi: 
mijozlarga ssuda berish; 
foyda olish maqsadida o‘zining bo‘sh turgan resurslarini 
boshqa tijorat banklariga vaqtinchalik berib turish. 
Ssuda biznesining ikkinchi qismi banklararo kredit yoki 
boshqa bankka qo‘yilgan tezkor depozit shaklida bo‘lishi 
mumkin. 
2. 
Diskontli
biznes 
Bu to‘lanmagan veksellar, cheklarni muayyan diskont bilan 
bank tomonidan sotib olishga asoslanadi. 
Faktoring 
operatsiyalari diskontli biznesning har xil ko‘rinishlaridan 
biridir. U ikki ko‘rinishda bo‘ladi: 
regress (aylanmali) huquqi bilan; 
regress (aylanmasiz) huquqsiz. 
Birinchi holda bank mablag‘ni olgan (yetkazib beruvchi) 
dan to‘lanmagan majburiyatlarni undirib olishga haqli 
bo‘ladi. Ikkinchi holda esa bunday huquqqa ega bo‘lmaydi. 
Shu sababli u ko‘proq mukofotlanishni talab qilib ko‘proq 
tavakkalga boradi. 
Faktoring operatsiyasi uchun bankni mukofotlash yetkazib 
beruvchining sotishdan olgan daromadini kamaytiradi. 
Chunki aynan shu qiymatdan chegirma qilinadi. Masalan, 
20 foiz chegirma bilan mahsulotni sotish yoki mablag‘ni 
qaytarish. 
3. 
Himoyali 
biznes 
Bu bank operatsiyalariga mos tushuvchi xizmatlar bo‘lib, 
ular trast (ishonchli) va vakilli xizmatlar
4. 
Qimmatli 
qog‘ozlar 
orqali biznes 
Bunda bankning daromadi quyidagilar evaziga shakllanadi: 
o‘zining va boshqa emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini 
sotish chog‘ida kurs tafovuti evaziga olingan daromad: 
xususiylashtirishda bajarilgan xizmatlar evaziga olingan 
daromad (xususiylashtirish hujjatlarini talab darajasiga kel-
tirish, korxonaning qiymatini aniqlash, aksiyalarni chiqa-
rish va joylashtirish reyestrlarni yurgizish va h.k.)
5. 
Bankning ka-
fillik faoliyati
Bu faoliyat evaziga bank bevosita va bilvosita daromad ola-
di. Mijozlarga bankdan kredit olish va boshqa operatsiya-
larni bajarishlari uchun kafil xatlarini beradi va shu narsa 
evaziga bank daromad oladi 
6. Mijoz 
omo-
Bunda bank daromadi uning quyidagi vositachilik 


137
natlarini jalb 
qilish va omo-
natchilar top-
shirig‘i bilan 
operatsiyalar 
amalga oshi-
rish faoliyati 
operatsiyalarni bajarish evaziga shakllanadi: 
schyotlarni ochish; 
schyotlarni olib borish; 
schyotlar bo‘yicha operatsiyalardan nusxa oldirish; 
schyotlarni yopish; 
naqd pulni berish bo‘yicha hisob-kitoblarni bajarish va h.k. 
7. 
Korrespon-
dent (rasmiy 
yozishma)lik 
xizmati 
Bunda bank boshqa bank korschyoti qoldig‘i (saldosi)dagi 
kreditdan foiz olish evaziga daromad oladi. U daromadning 
miqdori: 
foiz stavkasi darajasiga
foizni hisoblash tartibiga; 
saldodagi kredit miqdori va uning qanchalik davomligiga 
bog‘liq bo‘ladi. 
Bunda bank daromadi: 
lizing; 
axborot berishga oid (informatsion); 
maslahat berish; 
valutani almashtirish; 
mijozlarni o‘qitish kabi xizmatlarni bajarish evaziga 
shakllanadi. 
Lizing operatsiyalarini bajarish evaziga olinadigan daromad:
lizing to‘lovlar; 
foiz to‘lovlari; 
vositachilik uchun to‘langan haqlarni o‘z ichiga oladi. 
8. 
Bank mulkini 
sotish bilan 
bog‘liq bo‘l-
gan ko‘zda 
tutilmagan 
daromadlar 
Bu daromad bank balansidagi qiymatdan bozor bahosining 
oshishi evaziga paydo bo‘ladi. Aks holda xarajat bilan bog‘-
liq operatsiyalar bankning to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar ko‘rishiga 
olib keladi. 
Shunday qilib, tijorat bankining barcha ko‘rinishlardagi daromadini 
uchta guruhga bo‘lish mumkin: 
foizdan olingan daromad; 
vositachilik (komissiya) evaziga olingan daromad; 
boshqa turli daromadlar (bozordagi operatsiyalarda kurs farqi, so-
tilgan bank mulkining balansdagi narx o‘rtasidagi farq, qimmatli qo-
g‘ozlar va boshqa nominal bahosini qayta baholash, jarimalar evaziga 
olingan daromadlar). 
Qayd qilingan xizmatlar evaziga olingan daromadlar bank xarajat-
larini, riskini qoplab foyda olishini ta’minlashi kerak. 


138

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə