Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


 Chorvachilik mahsulotlarining iqtisodiy samaradorlik darajasini



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə299/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

 
17.2. Chorvachilik mahsulotlarining iqtisodiy samaradorlik darajasini 
ifodalovchi ko„rsatkichlar 
Chorvachilikni joylashtirishda mehnat resurslarining mavjudligi, fermani 
mexanizatsiya bilan ta‘minlash kabilar ham hisobga olinadi. Sutchilikka 
ixtisoslashgan chorvachilik bu sohaning eng sermehnat tarmoqlaridan 
hisoblanadi va nisbatan ko‗p mehnat sarfi talab qiladi. Sigirlarni sog‗ib olish 
uchun mehnat sarfi yiliga bir bosh sigirga 40-50 kishi/soat, ya‘ni sigirlarga 
xizmat qilishdagi umumiy mehnat sarfining 32% gacha tashkil etadi. Bu sohada 
mehnat sarfini faqat taraqqiy etgan texnologiyani joriy etish bilangina 
pasaytirish mumkin. 
Sut ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi quyidagi ko‗rsatkichlar 
bilan aniqlanadi: 

qoramollar bosh soni, bosh; 

shu jumladan, sigirlar soni, bosh; 

sog‗ib olingan sut miqdori, tonna; 

bir yilda bir sigirdan sog‗ib olingan sut miqdori, tonna; 

100 bosh sigirlardan olingan buzoqlar soni, bosh; 

1 tonna sut uchun sarflangan ozuqa birligi; 

1 tonna sut uchun sarflangan mehnat sarfi, kishi/kun; kishi/soat; 

1 tonna sut tannarxi, so‗m; 

1 tonna sutning sotish bahosi, so‗m; 

1 tonna sutdan olingan sof foyda yoki zarar, so‗m; 

rentabellik darajasi, foiz. 
Bundan tashqari, qoramolchilikda qoramol go‗shti yetishtirishning 
iqtisodiy samaradorlik ko‗rsatkichlari ham aniqlanadi: 

olingan go‗sht (tirik vaznda), tonna; 

bir sutkalik semirishi, gramm; 

1 tonna tirik vazn uchun mehnat sarfi, kishi/kun; kishi/soat; 

1 tonna tirik vazn uchun sarflangan ozuqa birligi; 

o‗rtacha bir bosh sotilgan qoramol vazni, kg; 

1 tonna tirik vaznda go‗sht tannarxi, so‗m; 

1 tonna go‗shtning o‗rtacha sotish bahosi, so‗m; 

1 tonna go‗shtdan olingan sof foyda yoki zarar, so‗m; 

rentabellik darajasi, foiz. 
Chorvachilikni rivojlantirishdagiasosiy muammolar ham mavjudki, bular 
chorvachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirishga to‗siq bo‗ladi: 

chorva mollari uchun ozuqa ekin maydonlarining chorva bosh soniga 
mutanosib ravishda ajratilmaganligi; 

ozuqa ekinlari hosildorlik darajasining pastligi; 

yem-xashak o‗rim-yig‗imi texnikalar bilan bajarilmasligi; 

naslchilik ishlarining talab darajasida yo‗lga qo‗yilmaganligi; 


386 

to‗la qamrovli zooveterinariya xizmatining vaqtida ko‗rsatilmayotganligi; 

naslli mol tayyorlab sotish va chetdan naslli mollarni keltirishni kamaytirish; 

imtiyozli kreditlarning yetarli darajada ta‘minlanmaganligi va hokazo. 
Qishloq xo‗jaligida chorvachilikni rivojlantirishda qo‗ychilik va 
echkichilikning iqtisodiy samaradorlik ko‗rsatkichlari ham aniqlanadi: 

qo‗y va echkilar bosh soni, bosh; 

yetishtirilgan: 
-
tirik vaznda go‗sht, tonna; 
-
jun, tonna; 
-
sut, tonna; 
-
teri, dona. 

100 bosh ona qo‗ydan olingan qo‗zilar soni, bosh; 

o‗rtacha bir bosh sotilgan qo‗y vazni, kg; 

bir sutkalik semirish vazni, gramm; 

o‗rtacha bir qo‗ydan qirqib olingan jun, kg; 

1 tonna uchun mehnat sarfi, kishi/kun; kishi/soat: 
go„sht (tirik vaznda); teri; 
sut; jun. 

1 birlik mahsulot tannarxi, so‗m:
go„sht (tirik vaznda); teri; sut; jun. 

1 birlik mahsulotning o‗rtacha sotish bahosi, so‗m:
go„sht (tirik vaznda); teri; 
sut; jun. 

1 birlik mahsulot uchun sof foyda yoki zarar, so‗m:
go„sht (tirik vaznda); teri; 
sut; jun. 

rentabellik darajasi, foiz: 
go„sht (tirik vaznda); teri; sut; jun. 
Hozirgi paytda parhezli go‗sht va tuxum yetishtirish inson salomatligi 
uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Qishloq xo‗jaligida ushbu sohaning 
serdaromadligini hisobga olib, parrandachilik tarmog‗ining iqtisodiy 
samaradorligini aniqlash lozim. Bu iqtisodiy ko‗rsatkichlar quyidagilardir: 

o‗rtacha parrandalar soni, bosh; 

xo‗jaligida yetishtirilgan:
parranda go„shti, tonna; tuxum, dona. 

bir tovuqdan bir yilda olingan tuxum miqdori, dona; 

tovuqlarning bir sutkalik semirishi, gramm; 

mehnat sarfi, kishi/kun; kishi/soat: 
1 st parranda go„shti, 1000 dona tuxum.

Sarflangan ozuqa, ozuqa birligi:
1 st parranda go„shti, 1000 dona tuxum.

1 birlik mahsulot tannarxi, so‗m: 
1 st parranda go„shti, 1000 dona tuxum.

1 birlik mahsulotning o‗rtacha sotish bahosi, so‗m: 
1 st parranda go„shti, 
1000 dona tuxum.

1 birlik mahsulotdan olingan sof foyda yoki zarar, so‗m: 
1 st parranda 
go„shti, 1000 dona tuxum.

rentabellik darajasi, so‗m: 
1 st parranda go„shti, 1000 dona tuxumva h.k.
Ma‘lumki, respublikada chorvachilik mahsulotlari, ya‘ni gо‗shtning 
94,4%, sutning 95,7%, junning 85,5%i va qorakо‗l terining 83,5%i dehqon 
xо‗jaliklari hissasiga tо‗g‗ri kelmoqda. 


387 
Ammo 
zooveterinariya 
shoxobchalari 
asosan 
chorvachilikka 
ixtisoslashgan fermer xо‗jaliklarga xizmat qilmoqda. Shu sababli chorvachilik 
mahsuloti yetishtiruvchi dehqon xо‗jaliklari esa zooveterinariya xizmatlariga 
bо‗lgan talabi qondirilmay kelmoqda, chorva mollarning mahsuldorligini 
oshirish, chorvachilik mahsulotlarining sifatini oshirib borish bо‗yicha tegishli 
ilmiy maslahat va yordam kо‗rsatilmay kelinmoqda. 
Buning natijasida respublikada chorva mollarning mahsuldorlik darajasi 
rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ancha past bо‗lib kelmoqda, (17.2.1-jadval).
 
17.2.1-jadval 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə