‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   160

(M andalay  gazetasi)1  nashrida  qadimgi  nasihatnom a  janri  bo‘lgan  mu- 
tassaddi  foydalanildj.  Bosh  ruhoniy  M oun’yvey-sxayado  o ‘z  nasihatiiji 
qirolga  yo'naltirarkan,  sulola  sha’niga  aytiladigan  odatdagi  ulug‘lash 
so‘zlari va  m uqaddas  am rga  amal  qilish  haqidagi  d a’vatlar bilan bir qatorda 
monarxning  barcha  majburiyatlarini  bayon  etib,  aniq  siyosiy  voqealarga 
ishora  qilgan  holda  o ‘z   tavsiyalarini  qadimiy  risolalardan  olingan  fikrlar, 
hayotga oid  hikoyalar bilan  mustahkamlagan.  G azetada oddiy nasihatnoma 
yuksak  ruhdagi  vazifa,  yo‘l-yo‘riq  janriga  aylanib,  o ‘sha  davrdagi  ijtimoiy 
hodisalarga  sezgir  m unosabatni  ifodalardi.
XIX 
asrda  Y aqin  va  0 ‘rta  Sharq  mamlakatlari jurnalistikasining  rivoj- 
lanishi  ham   ijtim oiy  va  madaniy  yangilanish  belgisi  sifatida  davom  etdi. 
M intaqaning  ko‘pgina  davlatlarida  bosmaxonalar  tashkil  etilishi  matbuot 
nashrlarining  ko'payishini  taqozo  qildi.  Shu  tariqa  1821-yili  Misrdagi  dast- 
labki  bosmaxona  Bulakda  ishga  tushdi.  1828-yilda  unda  Misr  hukuma- 
tining  ilk  rasmiy  gazetasi  bo‘lgan  «Al-Vaqoi  al-Misriyya»  («Misr  axborot- 
nomasi»)  chop  etila  boshladi.  Gazetada  hukum at  farmonlari  va  far- 
moyishlaridan  tashqari  mahalliy  iqtisodiyot va  madaniyatning  ahvoliga doir 
materiallar ham   e ’lo n   qilib  turilardi.
M ashhur adabiyotchi,  taijim on  Rifai  at-Taxtaiy uning  muharrirlaridan 
b o iib ,  u  gazeta  sahifalarida  o'zining  publitsistik  yo'nalishdagi  adabiy 
asarlariga  ham   o ‘rin  berardi.  Rifai  at-Taxtavaviy  Q ur’oni  karim  va  hadisi 
sharifdan  oyatlar,  iqtiboslar  keltirish  bilan  yangi  g'oyalar  ham,  ijtimoiy 
hayotning  yevropacha  yo‘sinlari  ham  islomga  zid  kelmasligini,  aksincha, 
uning ta ’lim otida  k o ‘zda tutilganligini  isbotlashga  harakat  qilardi.
Boshqa arab  mamlakatlarining  aksariyatida  davriy  matbuot XIX asming 
ikkinchi  yarmida  vujudga  keldi.  Hukumat  Damashq  va  Halabda  chiqarib 
kelgan  rasmiy  nashrlardan  tashqari  1858-yilda  Bayrutda  «Hadiqat  al-Axbor» 
(Xabarlar bo‘stoni)  gazetasi  ham  nashr etildi,  uni  haqli  ravishda birinchi arab 
m a’rifatchi  nashri  deb  atashadi.  Shundan  keyin  «Nafir  Suriya*  (Suriya 
ovozi),  «Al-Janna»  (Bog‘)  gazetalari,  «Al-Jinan*  (Bog‘lar),  «Al-Muktataf* 
(Majmua)  jum allari  tashkil  etildi.  Ulaming  barchasi  aka-uka  Butrus  va 
Salim  al-Bo‘stoniy,  Ibrohim  al-Yaziji,  Hadil  al-H uriy  va  boshqa  taniqli 
m a’rifatparvarlar  boshchilik  qilgan  Suriya-Livan  ilmiy  madaniy  va  adabiy 
jamiyatlari  ham da  kiublarining faoliyati bilan  bog‘liq edi2.
Suriya  m a’rifatchi  matbuotida  sof  axborot  materiallaridan  tashqari 
turli  mavzularga  oid  ko‘plab  ilmiy-ommabop  asarlar  hamda  voqealar 
aksariyat  hollarda  Yevropa  manbalaridan  olinib,  ko'pincha  tanib  b o im as 
darajada arabiy  yo‘singa  solingan  qissa va  hikoyalar chop etib turilardi.
Bu  davrda  Sharq  m a’rifatparvarlari  turli  siyosiy,  ijtimoiy,  diniy, 
falsafiy  m uam m olarni  yoritish  hamda  ilmiy  bilim lam i  ommalashtirish 
uchun  foydalaniladigan  publitsistik  maqola  janri  ommalashdi.  Rivojlanish 
jarayonida Yevropa  publitsistikasiga tayangan  bu ja n r  milliy  ildizlariga  ham
<•
1 Yadanaboun-Mandaiayning ikkinchi nomi.

Котлов  A.  H .  Становление  национально-освободительного  движения  на 
арабском  Востоке.  М .:  1975, с-244.
www.ziyouz.com kutubxonasi


ega  edi:  bu,  bi tom ondan,  arablarda  azaldan  m ashhur b o ‘lib  kelgan  va o ‘z 
a n ’analarini  zamon  talablariga  doim iy  moslashtirib  turishga  m ajbur bo'lgan 
voizlik  san’ati  bo‘isa,  ikkinchi  tom ondan,  yozilishidagi  niyatdan  kelib 
chiqib,  o ‘ta jimjitnador  yoki  qat’iy  ilmiy  uslub  tanlanishi  m um kin  bo'lgan 
risola edi.
Asr  oxiriga  kelib  Misrda  arab  tili  rruimlakítning  rasmiy  titi  sifatida 
turk  tilining  o ‘m ini  to ‘iiq  egalladi.  «Al-Vaquí  al-Misriyya*  gazetasi  bata- 
mom  arab  tilida  bosila  boshladi.  M atbuot  va  publitsistika  me'yorlarí 
a n ’anachilar tomonidan  q a t’iy  him oya  qilib  borüadigan  arab  tilining yangi- 
lanishini  rag'batlantirib  turardi.  Tarixiy  mav/ularda  yozilgan  maqolalar  va 
mazm unan  g'uyiioddiy  hodisalam i  ta&virlovchi  eng  yangi  fikrW   bilan 
b o g iiq   yo‘l  ocherklari  tilni  va  adabiy  uslubni  yangilash  jarayoniga  o ‘z 
hissasini qo'shdi.
Shu  ma’noda  livanlik  Ahmad  Foris  ash-Shid’yakning  (1804—1887) 
yo‘l  ocherklari  diqqatga  sazovordir.  Paríjga  qilgan  safarlaridan  birini 
tavsiflashda u  yevropacha  hayotning  ayrim  tomonlari  xususida  tanqidiy fíkr 
bildiradi,  fransuz  olimlanning  arab  tilida  y o i  qo‘yayotgan  xatolarídan 
kuladi.  Uning  o'zi  esa  she’riy  iqtiboslar,  yorqin  istioralar,  hajviy  vosita- 
lardan  foydalanilgan  mumtoz  uslubni  puxta  egallaganligini  o'quvchilarga 
namoyish  qildi1.
Boshqa  arab  mamlakatlarida  davriy  matbuotning  adabiy  tilini 
yangilash jarayon:  Misrdagi  shunday jarayon  bilan  yonm a-yon  davom  etdi, 
biroq  Misrda  bu,  eng  aw alo,  tabiiy-ilmiy  va  texnik  so‘zlarga  tegishli 
bo'lgani  holda  Suriya  va  Livanda,  masalan,  ko“p jihatdan  ijtimoiy tafakkur, 
adabiy falsafa sohalarini qamrab oldi.
60-yillardan  e’tiboran  Yaqin  va  0 ‘rta  Sharq  mamlakatlarida  mahalliy 
gazetalar  keng  rívojlandi.  Usm onlilar  imperiyasining  arab  shaharlarída  ular 
viloyat  gazetalari  deb  atalardi.  Shulardan  bir  vaqtning  o 'zid a  turk  va  arab 
tillarida  naslir  etilgan  «Ai-Raid  at-Tunisiy*  (Tunis  sharhlovchisi),  «Al- 
Furot»,  «Al-Mo‘suU.  «Al-Basra»  va  boshqa  gazetalarni  sanab  o 'tish  m um ­
kin.  Ayrim  holatlami  hisobga  olm aganda,  rangsiz  va  quruq  varaqalardan 
iborat  bu  gazetalar  hukumat  qarorlari  va  farmoyishlari,  shuningdek, 
«donishmand»  sulton  va  uning  atrofídagilar  sha’niga  qaratilgan  maqtov- 
larga  to'liq  bolardi.  Istanbul gazetalaridan  ko'chirib  bosilgan  materiallarga 
ham  katta  o'rín berílardi.
Biroq  istisno  nashrlar  ham  yo‘q   emasdi.  Jum ladan,  taraqqiyparvar 
davlat  arbobi,  Bag‘doddagi  turk  gubematori  Midxatposho  homiyligida 
chiqadigan  «Az-Zaura*  (Bag'dodning  qadimgi  nomi)  gazetasi  ular  orasida 
ajralib  turardi.  U,  matbuotning  ijtimoiy  foydasini  yaxshi  tushungan  holda, 
gazeta  sahifalarida  Bag'dod  viloyatidagi  ishlar  ahvoli  to ‘g‘risida  tanqidiy 
materíallar  bosilishiga  yordam  berib,  tahririyatga  gazetxo ti lardan  xatlar 
keüb  turishini  rag batlantirardi,  ko'pincha  o ‘zi  ham  U sm onlilar  saltanatida 
ijtimoiy  tqtisodiy  va  madaniy  islohotlar  amalga  oshirilishini  yoqlovchi 
maqolalar bilan qatnashardi.

Крымский A E .  История новой  арабской литературы:  XIX  —  начало  XX  в. 
М.:  1971.72-76-с.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə