‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   160

1261800  nusxadan  kam  bo‘Lmagan.  Har  kuni  80—120  sahifada  chop 
etiladigan  gazetaning  yakshanba  sonlari  400—500  sahifagacha  yetishi  odatiy 
holga aylangan.
D am   olish  kungi  soniga  ju m a l  tipidagi  ikkita  ilova  —  «Nyu-York 
taym s  megezin*  va  «Nyu-York  taym s  buk  revyu»  ham  q o ‘shib  chiqarilishi 
yo‘lga  q o ‘yilgan.  Uiardan  tashqari,  «New  York  Times»ning  30  ga  yaqin 
ilovalari  chiqib  turadi.  Uning  Lotin  Amerikas!  uchun  Limada  (Peru)  va 
Yevropa  davlatlari  uchun  Parijda  nashriyot  uylari  mavjud.  Gazeta 
xodim larining  umumiy  soni  5000  nafardan  ortiq  kishini  tashkil  etadi, 
aynan  tahririyat  shtatida  esa  900  xodim  muntazam  faoliyat  ko‘rsatadi. 
A Q SH ning  17  ta   yirik  shahrida  ham da  29  ta   mamlakat  poytaxtlarida  bu 
gazeta  doim iy byurolariga  ega.
«M akkorm ika—Patterson»  gazeta  tresti  mamlakatdagi  yirik  nashrlarga 
asos  solgan.  0 ‘sha  nashrlarning  umumiy  adadi  3,4  million,  yakshanba 
sonlari  esa  5  million  nusxadan  oitiqroqdir.  Xristianlik  ilmini targ‘ib  etuvchi 
«C hristian  Science  M onitor» gazetasiga  1908-yilda  Bostonda  asos solingan. 
19 1
7-yilda  M edisonda  (Viskonsin  shtati)  chiqa  boshlagan  «Capital  Times» 
kundalik  m ustaqil  gazetasida  asosan  ijtimoiy  mavzudagi  maqolalarga  keng 
o 'rin   beriladi.
«The  N ew   York  Daily  News»  (Nyu-York  kundalik  haqiqati) 
gazetasining  nom idanoq  m azm un-m ohiyatini  anglash  mumkin.  1919-yilda 
asos  solingan  bu  gazeta  sahifalarida  asosan  reklamalar  yoritiladi.  Uning 
tahririyatida  3000  dan  ortiq  xodim  faoliyat  ko'rsatadi.  G azeta  adadi  o ‘tgan 
asr  o 'rta la rid a   2056521  nusxani,  yakshanba  sonlari  esa  3455033  nusxani 
tashkil  etardi.
A Q SH   m atbuoti  taraqqiyotida  1919-yilda  tashkil  topgan  «Federated 
Press»  axborot  agentligining  ham   salmoqii  hissasi  bor.  K o'plab  gazetalar 
eng  m u h im   axborotni  shu  agentlikdan  olardilar.  Uning  uchta  b o iim i  Nyu- 
York,  V ashington  va  Detroyt  shaharlarida joylashgan.
«W ashington  Daily  News»  haftalik  gazetasi  1921-yildan  chiqa 
boshlagan.  Bu  gazeta  asosan  Skripss-Govard  tresti  siyosiy  yo‘nalishidagi 
m avzularni  kengroq  yoritardi.  Rang-barang  materiallar  bilan  bir  qatorda 
turli  ko‘ngilochar suratlar va  rrlaqolalar ham  muxlislami  xushnud etardi.
M am lakatdagi  yetakchi  gazetalardan  biri  —  «New  York  Herald 
T ribune»ga  1924-yilda asos  solingan.  Bugungi  kunda  ushbu gazeta  yetakchi 
nashrlardan  deb  topilgan.  G azetaning  «Yevropa  nashri*  Parijda  chiqadi.
XX  asr  o ‘rtalarida  500000  nusxa  atrofida  chiqib  turgan  gazeta  50—80 
sahifadan,  yakshanba sonlari  esa  300—400 sahifadan  kam  bo‘Lmasdi.
1924-vildan  chiqa  boshlagan  yana  bir  gazeta  -   «New  York  Daily 
Mirror*  N yu-Y orkning  kundalik  ko‘zgusi  hisoblangan.  Gazeta  sahifalarida 
asosan  am erikalik  monopoliyachilarning  qarashlari  o ‘z aksini  topardi.
«This  Week*  haftaligi  1935-yili  Nyu-Yorkda  chiqa  boshlashi  bilanoq 
o ‘z  m uxlislarini  topdi.  Yakshanba  kunlari  39  ta  ilovasi  bilan  chop 
etiladigan  bu  nashm ing  umumiy  adadi  11685200  nusxadan  oshardi.  Asosiy 
m aqsadi  reklamalarni  yoritish  boMgan  ushbu  haftalik  sahifalarida  hikoya, 
ocherk,  siyosiy  va  ijtimoiy  mavzudagi  maqolalar  ham  tez-tez  yoritilib 
turgani  uning  ixlosmandlari  sonini  ko'paytirishga  xizmat  qilardi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kasaba  uyushmalarining  1942-yili  San-Fransiskoda  tashkil  etilgan 
nashri  —  «The  Dispatcher»  mustaqil  gazetasi  asosan  ishchi-xizmatchilar 
manfaatini  himoya  qilishga  yo'naltirilgandi.  U lam ing  erkin  minbari 
hisoblangan  mazkur  gazetada  dunyo  miqyosida  kasaba  uyushmalarining 
ilg'or tajribalari,  bu sohadagi  m uam m olar yoritilardi.
Odamlarda  ijtimoiy,  siyosiy  mavzulardagi  maqolalarga  qiziqish  katta 
ekanligini  anglagan  chikagolik  jum alistlar  va  noshirlar  1947-yili  «Chicago 
Sun—Times»  gazetasini  tashkil  etdilar.  Bu  davrda  kurrai  zaminda  turfa 
siyosiy  voqea-hodisalar  avj  olayotgan  edi.  SSSRdagi  qonli  qatag'onlar, 
Yevropada  Ikkinchi  jahon  urushining  o ‘choqlari  paydo  bo'layotgani 
haqidagi  xabar  va  sharhlar  amerikaliklaming  ham  e ’tiborini jalb  qilmasdan 
qoimasdi.  Boshqa  yetakchi  gazetalar  qatori  «Chicago  Sun—Times*  gazetasi 
sahifalarida  ham  bu  mavzular atroflicha yoritib borildi.
Agressiya  va  urushlaiga  hamisha  qarshi  turadigan  «N ational  Gardian» 
taraqqiyparvar  gazetasiga  1948-yiIi  Nyu-Yorkda  asos  solingan  edi.  Ko‘p 
o ‘tm ay  bu  gazeta  nihoyatda  ommalashib  ketdi.  Dunyoning  barcha 
burchaklarida  uning  muxlislari  topiladi.
XX 
asr  birinchi  yarmida  AQSHda  matbuot  ravnaqini  yuksak  pog'o- 
nalarga  ko‘tarishda  «Ogdena»,  «Nyuxauz»,  «Perri»,  «Ridder»,  «Skripps- 
Govard*,  «Skripps»,  «Tayms—M irror  kompani»,  «Xerst»  kabi  gazeta  tresti, 
konsemi  va  birlashmalari  salmoqli  o'rinda  bo'lishdi. 
Ular  o ‘nlab 
gazetalarni  million-million  nusxalarda  chop etishgani  yaxshi  m a’lum.
Shunisi  e ’tiborga  molikki,  AQSHda  ingliz  tilidagi  nashrlar  bilan  btr 
qatorda  boshqa  millat  o ‘quvchilariga  mo'ljallangan  gazetalar  ham  emin- 
erkin  chop etilardi.  Masalan,  1905-yüdan  Bostonda  latish  tilida  «Amerikas 
Latweeties»  (Amerikas  Latvietis),  1909-yildan  N yu-Y orkda  eston  tilida 
«Uus  Ilm»  (Uus  Ilm),  1917-yildan  Nyu-Yorkda  rus  tilida  «Russkiy 
Golos»,  litva  tilida  esa  191 t-yildan  Nyu-Yorkda  «Laisve»  (Laysve)  va 
1923-yiIdan  Chikagoda  «Vilnis»  («Vllnis»),  N yu-Y orkda  ukrain  tilida 
«Hromadsky  Holos»  (Gromadskiy  Golos), 
1938-yildan  Nyu-Yorkda 
arm an  tilida  «Lraper»  (Lraper)  gazetalari  ham  ko‘pm ing  nusxalarda  chop 
etilgani bu  yurtda  demokratiyaning ravnaq  topganidan  dalolatdir.
AQSH  matbuoti  tarixida  XX  asming  birinchi  yarm ida  boshiangan 
ilg‘o r  usullar  va  an ’analar  dunyo  matbuoti  taraqqiyotiga  ham  sezilarli 
darajada  ta’sirini o ‘tkazib  kelayotir.
Angliya  matbuoti  ham  XX  asming  birinchi  yarm ida  ravnaq  topdi. 
O 'sha  davrdayoq  angliyaliklarning  amerikalik  o'quvchilarga  nisbatan  ikki 
marta,  fransuzlarga  qaraganda  uch  barobar  ko‘p  gazeta-jum al  xarid 
qilishlari  kuzatilgan.  Angliya  gazetalarini  shartli  ravishda  besh  guruhga 
ajratish  mumkin:
MUliy  (markaziy)  ronggi  gazetalar.  Bular  sirasida  Londonda  chop 
etitadigan  16  nomdagi  gazetani  sanash  m umkin.  8  tasi  yirik,  yetakchi 
«Tayms»,  «Deyli  telegraf»,  «Deyli  meyl»,  «Deyli  ekspress».  «Deyli  gerald», 
«Deyli  Uorker»,  «Deyli  mirror*  va  «Deyli  sketch»  gazetalari  bo‘lib,  o ‘sha 
davrdayoq ulaming  umumiy adadi  13  million  nusxadan  oshardi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə