‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   160

londonning  fungi  gazetalari  «Ivning  nyus»,  «Ivning  standard»ning 
umumiy adadi  2,  7  m illion  nusxadan ortiqroq edi.
Tonggi  vo  fungi mahalliy  (turli joylardagi) gazetalar.  Angliya  va  Uelsda 
19  ta  tonggi  va  67  ta   tungi,  Shotlandiyada  7  ta   tonggi  va  8  ta  tungi,  Shi- 
moliy  Irlandiyada  uchta tonggi va bitta  tungi,  Men  hamda  Channelda bitta 
tonggi gazeta  chiqib turgan.
Yakshanba  kungi  gazetalar  umumiy  adadi  32  million  nusxadan 
oshardi.  Bu  davrda  Angliyada  140  ga  yaqin  kundalik  (va  yakshanbalik) 
gazetalar  ch o p   etilardi.  Londonda  chiqadigan  «Sandi  tayms*,  «Observer», 
«Sandi  ekspress»,  «Nyus  o f  Uorld»,  «Pipl»,  «Reynolds  nyus»  va  boshqa 
yirik  nashrlar  muxlislarining  soni  tobora  ortib bordi.
Mahalliy  (joylardagi)  kundalik  gazetalar.  0 ‘sha  davrda  Buyuk  Bri- 
taniyada  1200  d an   ziyod  gazeta  va  4000  dan  oitiq  jurnal,  bulardan 
tashqari,  h ar  yili  m a’lum otnom a  ham da  yilnoma  tipidagi  1000  dan  oshiq 
nashrlar  ham   ch o p   etib  turilardi.  Aynan  XX  asrning  birinchi  yarmidagi 
matbuot  ravnaqi  shunda  ko'rinadiki,  qator  kichik-kichik  nashrlar  yirik 
m onopoliyachilar  ko‘magida  ulkan  nashrlarga aylantinidi.
Angliya  m atbuotining  taraqqiyotida  uchta  axborot  agentligi  m uhim  
o ‘rin  tutadi.  Y a’ni,  Reyter,  Press  Assoshieyshn  va  Ekscheynj  Telegraf 
axborot  agentliklari  mahalliy  OAVni jahondagi  eng  muhim  siyosiy  xabarlar 
bilan  ta'm in lab   turadi.  Ayni  vaqtda  mamlakat  hayotiga  oid  axborotlarni 
ham  asosan  shu  agentliklar tarqatadi.
H ar 
b ir 
m am lakat 
matbuotining  qiyofasini 
yetakchi 
nashrlar 
belgilaydi.  Angliyada  XX  asrning  birinchi  yarmida  paydo  bo'lgan  shunday 
gazeta-jum allar  m am lakat  ijtimoiy  hayotida  katta  voqelikka  aylandi.  Bu 
davrda  L ondonda  q ato r  yangi  nashrlar paydo  b oidi.  Shulardan  b in   bo‘lgan 
«Daily  Express»  gazetasiga  1909-yilda  asos  solingan.  12—14  sahifadan  ibo- 
rat  bu  gazeta  b ir  vaqtning  o ‘zida  London,  M anchester  va  Glazgoda  jam i 
4,3  million  nusxada  chop  etilardi.  Keyinchalik  gazetaning  sahifalari  ham, 
adadi  ham   keskin  ko‘paydi.  Uning  muxlislari  nafaqat  Yevropada,  hatto 
Amerika  va  Osiyo  q it’alarida  ham  kam  emasdi.
Angliyaliklarning  yangilikka  intiluvchanligi  ularning  matbuotga  b o i-  
gan  ishtiyoqini  kuchaytiradi.  Yangi  nashrlar  hamisha  qiziqish  bilan  kutib 
olinganini  esa  ularning  adadlari  keskin  oshib  borganidan  ham  bilsa  bo‘ladi. 
«Daily  M irror»  (K undalik  ko‘zgu)  rangli,  bezakli  gazetasiga 
1903-yilda 
asos  solingan  edi.  Dastlab  bir  necha  o ‘n  ming  nusxalarda  chop  etilib,  tez 
orada  G 'arb iy   Yevropa  va  Amerikada  ko'plab  muxlislariga  ega  bo'lgan  bu 
gazetaning adadi  4,5  milliondan  oshib  ketdi.
O m m abop  gazetalar  qatoriga  1909-yilda  «Daily  Sketch»  (Kundalik 
ocherk)  gazetasi  ham   q o ‘shildi.  14-16  sahifadan  iborat  rangli  gazeta  adadi 
1,2  million  nusxadan  kam  bo‘lmasa-da  unga  bo'lgan  talab-ehtiyoj  tobora 
ortib  borardi.  X o‘sh,  bu  gazetalarning  muxlislari  bunchalik  ko‘p  bo‘lgan- 
ligining  boisi  nim ada  edi?  Ushbu  savolga  yuqorida  bir  qadar  javob 
topgandek  b o'ldik.  Y a’ni,  bu  tahririyatlarda  yuzlab,  minglab  xodimlar  fao- 
liyat  ko‘rsatishardi.  Bundan  tashqari,  o'sha  gazetalarning  maxsus  mux- 
birlari  o ‘nlab  m am lakatlarda  faol  harakat  qilishardi.  Ko‘pdan  ko‘p  fikr
www.ziyouz.com kutubxonasi


chiqadi,  deganlaridek,  har  kuni  o ‘nlab  sahifadan  iborat  gazetalar  axborotga 
boy,  sermazmun  bo'lganligi  bilan  bir  qatorda  ularning  sifatli  chiqishiga 
ham   katta e ’tibor berilardi.
Eng  muhim  va  dolzarb  axborotni  ishonchli  m anbadan  olib,  hoziija- 
voblik  bilan  yoritish  Angliya  matbuotining  o ‘ziga  xos  xususiyatlaridan 
biriga  aylangan.  0 ‘quvchilami  bezdirib  qo'yishi  yoxud  ularda  norozilik 
kayfiyati  uyg‘otishi  mumkin  b o ‘lgan  oldi-qochdi,  saviyasi  past,  mazmunan 
sayoz  materiallarga  uncha-m uncha  gazeta  sahifalarida  o ‘rin  berilmasdi. 
Shu  bois  ham  1912-yilda  asos  solingan  «Daily  Herald»  (K undalik  axborot) 
gazetasining  adadi  1,5  million  nusxadan  oshganligi  tabiiy  holdek edi.  1915- 
yilda asos  solinib,  mohiyatan  oddiy fuqarolaming  erkin  m inbariga  aylangan 
«Sunday  Pictorial»  yakshanbalik  gazetasi  3,5  m illiondan  ortiq  nusxada 
chiqardi.  «Sunday  Express*  yakshanbalik  gazetasiga  1918-yilda  asos  solin­
gan.  18—20 sahifadan  iborat bu gazeta  3,5  million  nusxada  c h o p  etilardi.
Bularning barchasi  zabardast jurnalistlar zalvorli  m ehnatining  samarasi 
bo‘lganini  izohlab  o ‘tirishga  hojat  yo'q.  M uhimi,  rivojlanish  y o iin i  tan- 
lagan  boshqa  mamlakatlaming jum alistlari,  m atbuot  u ch u n   m as’ul  kishilari 
ham  ana  shu  tahririyatlaming  sinalgan  tajribalaridan  foydalanib,  ko‘zlagan 
maqsadlariga erishganlari sir emas.
Gazeta-jurnallarning  ko'pligi  va  adadlarining  yuqoriligi  jihatdan  etak- 
chi 
0
‘rinda  turgan  Buyuk  Britaniya  matbuoti  XX  asrning  birinchi  yarmida 
jahonda  yuksak  mavqega  ega  bo‘idi.  Matbuot  taraqqiyoti,  shak-shubhasiz, 
mamlakat  ravnaqiga  ulkan  hissa qo'shdi.
Gerroaniya  matbuoti  haqida  so‘z  yuritishdan  a w a l  besh  asr  ilgari  bu 
yurt  matbaaning  beshigi  bo'lganini  eslab  o ‘tish joizdir.  Jam oatchilik  fikrini 
shakllantirishda  gazeta  nech o g ii  m uhim  rol  o ‘ynashini  to ‘g‘ri  anglagan 
o 'sh a  davrdagi  nemis  ziyolilari  bu  ishga  jiddiy  kirishgan  edilar.  Ayrim 
manbalardan  ma’lum  bo'lishicha,  1725-yildan  «General-ansayger*  (*Ham- 
m abop  xabarnoma»),  1850-yildan  «Algemayne  saytung»  («Umumiy  ga­
zeta»),  1898-yildan  «Berliner  morgenpost»  («Berlin  tonggi  xabarlari») 
gazetalari  chop  etila  boshladi.  Ular  sirasiga  boshqa  q a to r  gazeta-jurnallar 
ham  qo‘shildi.
X X  
asrning  birinchi  yarm ida  bu  mamlakatda  yuz  bergan  voqea- 
hodisalar  tarixdan  yaxshi  m a ’lum.  Ya’ni,  ikkinchi  ja h o n   urushining 
«o‘chog‘i*  aynan  shu  yerda  paydo  b o id i.  Urushdan  oldingi  davr  matbuoti 
kimlarga  xizmat  qilganini  tasaw u r  etish  qiyin  emas.  Ilk  bosma  mashina 
ixtiro  qilingan  va  jahon  tarixida  birinchi  bosm axona  bunyod  etilgan 
mamlakatda  matbuot  shunga  yarasha  ravnaq  topdi.  Faqat  matbuotdek 
qudratli  kuch  ham  o ‘sha  davrda  fashizm  g‘oyalariga  xizmat  qilganini 
izohlab  o ‘tirishga  hojat  bo'lm asa  kerak.  U rushdan  keyingi  davrdagi 
Gei-maniya  haqida  so‘z  ketganda,  uning  m ash’um   tarixiyu,  ikkiga,  ya’ni. 
G D R   va  GFRga  bo'linib  qolgani  haqida  ham  eslab  o ‘tish  joiz.  Bu  davrda 
ularning  matbuotlari  ham  faoliyatini  ikki  xil  tarzda  davom   ettirdi.  1990- 
yiUarda  «Berlin  devori»  qulatilgach,  Germaniya  hayotida  yangi  davr 
boshlandi.  Mazkur  voqea-hodisalarda  o'sha  davr  m atbuoti  qanchalik  rol 
o ‘ynaganini tushunish  mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə