‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   160

xassislar  XX  asrni  «Yapon  m o‘jizasi*  asri  bo‘lgan,  deya  ta ’riflashadi.  Agar 
shu  fikm i  e ’tiro f  etadigah  bo‘lsak,  o ‘sha  mo'jizani  Yaponiya  matbuoti 
m isoiida  ham   ko‘rish  mumkin.  O 'tgan  asrda  mamlakatning  yctakchi 
nashrlaridan  b o lg a n   «Asaxi  simbun*  gazetasining  tam al  toshi  1879-yilda 
Osaka  shahrida  qo*yilgan  edi.  1888-yili  tahririyat  Tokioga  ko‘chdi.  XX  asr 
boshlaridagi  turfa  voqealarni  haqqoniylik  va  hoziijavoblik  bilan  yoritib 
borgan  gazetaning  nufuzi  oshib,  shunga  monand  adadi  ham  muttasil 
ko‘payib  bordi.  Katta  adaddagi  gazeta  poytaxtdan  tashqari  Osaka,  1935- 
yildan  Kitakyusyu  va  Nagoya,  1959-yildan  Sapporo  bosmaxonalarida  ham 
chop  etilardi.
«Asaxi  simbun*  gazetasi  (saksoninchi  yillarda)  kuniga  ikki  m arta  -  
tonggi  soni  7,5  million,  tungi  soni  esa  4,8  million  nusxada  chop  etilardi. 
Yuz  sahifagacha  hajmda  chiqadigan  ushbu  gazetani  o ‘ta  m uhim  axborot, 
dolzarb  mavzudagi  maqolalar  bilan  muntazam  ravishda  «to'ldirish* 
m ashaqqatini  tahririyat  ishiga  um rini  baxshida  etgan  kishilargina  yaxshiroq 
tushunsalar  kerak.  Tahririyatda  o ‘sha  davrda  kam  emas  -   besh  mingdan 
ortiq  xodim   faoliyat  ko‘rsatishgan.  Keyinchalik  xodimlar  soni  yana  bir 
necha  m ing  kishiga ortgani  haqida  m a ’lum otlar bor.
1874-yilda  asos  solingan  «lom iuri  simbun*  gazetasi  ham  XX  asrga 
kelib  ju d a   om m alashib  ketdi.  1952-yildan  Osaka,  1959-yildan  Sapporo, 
1961-yildan  Takaoke,  1964-yildan  e ’tiboran  Kitakyusyu  shaharlaridagi 
bosm axonalarda  bir  vaqtning  o ‘zida  ertalab  8,9  million,  kechquruo 
4,9  m illion  nusxalarda  chop  etilishi  hayratomuzdir.  0 ‘n  mingdan  ortiq 
xodim  faoliyat  ko'rsatadigan  «lomiuri*  gazeta  kompaniyasida  ishlar  puxta 
reja  asosida  tashkil  etilgan.  G azetaning  o ‘nlab  muxbirlari  Nyu-York, 
London,  Parij,  Moskva,  San-Fransisko,  Bonn,  Jeneva,  N yu-D eíi,  Bang­
kok  va  boshqa  shaharlarda  faol  harakat  qilishadi.
Yaponiya  yuksalishiga  juda  katta  hissa  q o ‘shgan  «lomuri»  gazetasiga 
e’tibor  beraylik.  «lomiuri*  kompaniyasi  o ‘zining  aviasiyasiga,  alohida 
samolyotlariga,  xalqaro  miqyosda  hisob-kitob  yuritish  vakolatiga  ega 
b o ig a n   banklariga,  o ‘ta  muhim  axborotlardan  hoziijavoblik  bilan  xabardor 
qilib  turishga  xizmat  qiluvchi  qisqa  to ‘lqinli  radiostansiyasiga,  Tokioda  En- 
Ti-Vi,  O sakada  esa  «lomiuri  G e-R e-B i*  deb  nomlangan  telekom pa- 
niyalariga  ega  edi.  Markaziy  tahririyat  ayni  vaqtda  9  ta  haftalik  va  oylik 
jum allar  ham   ch o p   etardi.  1955-yildan  boshlab  Tokioda  hatto  ingliz  tilida 
«Deyli  iomiuri*  tonggi  gazetasini chop  eta boshladilar.
XX  asm ing  ikkinchi  yarmida  Yaponiya  xalqi  ham  murakkab  davmi 
boshidan  kechirayotganligiga  qaramay,  mamlakatda  qator  yangi  gazeta- 
jumallar  tashkil  etildi.  1928-yilda  «Akaxata*  (1946-yildan  e ’tiboran  «Sekki* 
nomi  bilan)  gazetasi  chop  etila  boshladi.  Shuningdek,  o ‘sha  davrda  «Tokio 
asaxi  simbun*,  «Miyako  simbun*,  «Nixon  simbun»,  «Tyuyu  simbun*,  «Tokio 
nitiniti  simbun*.  «Dziti  simpo*,  «Mayniti  simbun*,  «Yubin  xoti  simbun*, 
«Yamato  simbun*  kabi  gazetalar  faoliyatini  yolga  qo‘yishda  yuqorida  nomlari 
zikr etilgan  m ashhur nashrlar tajribasi  keng qollanildi.
1923-yiIda  yuz  beigan  kuchli  yer  silkinishi  oqibatida  Tokioda  ko’plab 
binolar  vayronaga  aylandi.  Bu  fojia  poytaxtdagi* qator  tahririyatlar  fao-
www.ziyouz.com kutubxonasi


liyatiga  ham  jiddiy ta ’sir  ko‘rsatdi.  Bu  yerda  chiqadigan  «N itiniti»,  «Xoti», 
«Miyako»  gazetalari  ma’lum  m uddat  faoliyatini  to'xtatishga  majbur 
boiishdi.
Yaponiya gazetalari  ham ,  boshqa  davlatlar  kabi,  m arkaziy va  mahalliy 
nashrlarga  bo'linadi.  Shunisi  e ’tiborga  molikki,  m ahalliy  gazetalarga 
b o ig an   qiziqish  ancha  yuqori.  1934-yilda  mamlakatda  1219  nomdagi 
kundalik,  470  ta  haftalik  gazetalar  chop  etilardi.  S392  nom dagi  gazetalar 
esa  oyda  uch  marta chiqardi.  Vfazkur  nashrfaming qariyb  30 foizi  Tokio  va 
Osaka  shaharlari  bosmaxonalarida  chop  etilardi.  Bu  davrdagi  gazetalarning 
adadlari  o ‘rtacha  4  mingdan  1,5  million  nusxagacha  bo'lgan.  Qizig‘i 
shundaki,  Ikkinchi  jahon  urushigacha  biror  gazetada  adadi  ko‘rsatilmas 
edi.  Mutaxassislar  fikricha,  o ‘sha  davrdagi  MOO  ta  yapon  gazetasining 
umumty adadi taxminan  19  million  nusxa atrofida b o ig an .
Qadimiy  shahar  Osakada  ham   matbaachilik  va  shuning  barobarida 
matbuot  ancha  rivojlangan  edi.  0 ‘sha  davrda  shaharda  94  ta   kundalik 
gazeta  chop  etilardi.  Jumladan,  «Osaka  asaxi  simbun»  gazetasining  adadi
1,3  million  nusxani,  «Osaka  mayniti  simbun»  gazetasi  1,2  million  nusxani 
tashkil  etardi.  Ushbu  nashrlar qatoriga  1935-yilda  «Kyusyu  asaxi»  va  «Nisi 
mayniti» gazetalari  qo'shildi.
Ikkinchi  jahon  urushi  davridagi  iqtisodiy  bo'hronlar  yapon  matbuoti 
taraqqiyotiga  ham  salbiy  ta’sir  ko‘rsatdi.  1943-yildan  boshlab  ko‘plab 
gazeta  hajmlari  qisqara  boshladi.  Ya’ni,  40  sahifali  gazetalar  4—6  sahi- 
fagacha tushib qoldi.  Ayrim  nashrlarning  hatto  yopilishiga  olib  keldi.
XX  asr  o ‘rtaIaridan  e ’tiboran  dunyo  hamjamiyatida  munosib  o'rin 
egallay  boshlagan  Yaponiya  xalqaro  muomala  vositasi  hisoblanmish  ingliz 
tilida  ham  qator  nashrlami  chiqarishga  kirishdi.  C hunonchi,  «The  Japan 
Times*,  «The  Daily  Yomiori*,  «Mainichi  Daily  News»,  «Asahi  evening 
News*  kabi  gazetalarning  muxlislari  nafaqat  chet  ellarda,  balki  yapon 
ishbilarmonlari  orasida  ham  ko'plab  topiladi.  0 ‘tgan  asm m g  yetmishinchi 
yillarida  o'sha  gazetalarning  um um iy  adadi  36,5  million  nusxadan  oshgani 
diqqatga  sazovordir.  Dunyoni  ko'rm asdan,  dunyo  kishisi  b o ‘la  olmaysan, 
degan  aqidaga  amal  qilgan  davlatda  dunyoviy  tillarda  gazetalar  chiqarish 
ham  shu  mamlakat  taraqqiyotiga  xizmat  qilar  ekan,  buni  Yaponiya 
matbuoti  misolida  ham  ko‘rishim iz mumkin.
Yaponiya  jumallarining  dunyoga  kelish  tarixi  ham  XIX  asrga  borib 
taqaladi.  Mamlakat  tarixida  ilk  bora  olimlarning  jum ali  «Meykoru  dzassi»
1883-yilda  nashr  etildi.  1887-yilda  esa  «Marumaru  simbun»  satirik jurna- 
Iiga  asos  solindi.  Q ator  yillar  mobaynida  ular  saflga  «Xodan  dzassi*, 
«Tokio  sinsi*,  «Xomey  sinsi»,  «Suki  to  suppon»,  «Kagedu  sinsi»,  «Sim- 
bunsi*,  «Dzyogaku  dzassi»,  «Kyonku  xoti*,  «Tegakukay  dzassi*  «Kîppon- 
no  syonen*,  «Tayyo*  kabi  turli  yo'nalishlardagi jurnallar  ham   qo’shildi.  Bu 
nashrlarning  mushtariylari  XX  asrda  yanada  ko‘paydi.  Asr  boshida, 
aniqrog'i,  J904-yiIda  «Nitiro  scnso  syasin  gaxo*  nomli ju rn al  tipidagi  nashr 
paydo  bo'ldi.'  Uning  sahifalarida  asosan  rus-yapon  um shini  tasvirlovchi 
fotoyangiliklar yoritilgani  bois  adadi  ham  keskin  oshib  ketdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə