‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   160

lamatsiyalar);  rusiyzabon  aholiga  moijaUangan  libera!  madaniyatshunosiik 
yo‘nalish¡dag¡  m atbuot  («Закаспийское  обозрение»,  «Ашхабад»,  «Сред­
няя  Азия»,  «Среднеазиатские  курер*,  «Ашхабадские  вестник»  va 
boshqaiar)1.
Bu  davrda  mintaqaning  mahalliy  aholisi  Rossiyaning  noan’anaviy, 
yaxshi  tanish  bo'lm agan  m adaniyati,  hayotiy  amaliyoti,  shu  orqali  esa, 
Yevropa  m adaniyati  bilan  o ‘zaro  munosabatga  faol  kirisha  boshladi.  Bosib 
olingan  Turkiston  bu  yerda  ch o r  Rossiyasining  mustahkamlanib,  ta ’siri 
kucliaya  borgan  sari,  bir  tom ondan,  hayotning  turli  sohalarini  jadal- 
lashtirish,  sanoat  ishlab  chiqarishi,  qishloq  xo'jaligi  va  madaniy-m a’naviy 
faoliyatini  rivojlantirish,  ikkinchi  tom ondan,  birlashish,  o ‘z  kuchlarini 
ozodlik va  mustaqillik  uchun  kurashga yo‘naltirish tomon  intila boshladi.
Bu  mayllar  va  xususiyatlarning  barchasi  davriy  matbuot  sahifalarida, 
jurnalistlar,  publitsistlar,  m ashhur  davlat  va jam oat  arboblarining  asarlarída 
o ‘z  aksíni  topgan.  1870-yildan  1906-yilga  qadar  asosan  ikklta  gazeta 
«Туркестанские  ведомости*  va  «Turkiston  viloyatining  gazeti»  davriy 
m atbuotni 
rasmiylashtiruvchi 
b o ‘I¡b  kelgan  bó‘lsa,  shundan 
keyin 
Turkistonda  yuz  bergan  tarixiy  voqealar  sababli  yangi  vaqtli  matbuot 
vujudga  keldi.  Tobora  ayj  olayotgan  jadidlar  harakati  ta ’sirida  yangidan- 
yangi  gazetalar  m aorif  sohasidagi  islohotlar  himoyasiga  turdilar.  Ayni  bir 
vaqtda  ular  mustamlakachi  m a’muriyat  faoliyatining  salbiy  tomonlarini 
tanqid  ostiga  ola  boshladilar.  Natijada,  bunday  nashrlar  musodara  qilindi, 
yopildi,  ulam ing  muharrirlari  esa  ta ’qib qilindi, javobgarlikka  toitildi.
«Туркестанские  ведомости*  gazetasi  -   Markaziy  Osiyoning  birinchi 
m atbuot  organi.  1870-yil  28-aprelda  Toshkentda  «Туркестанские  ведо­
мости»  gazetasining  ilk  soni  nashrdan  chiqdi.  General-gubematorlik 
hokim iyatining  m atbuot  organi  b o lg a n   bu  gazeta  o ‘quvchilarni  Turkiston 
m a’m uriyatining  farmoyishlari  va  rasmiy  hujjatlari  bilan  tamshtirishni,  oq 
podsho  qarorgohi  bo'Igan  Peterburg  hayotidan  xabarlami  tarqatishni, 
m intaqa  m adaniyati,  turmushi  va  tarixiga  oid  materiallarni  e ’lon  qilib 
turishni  o 'z  oldiga  maqsad qilib q o ‘ydi.
0 ‘zbekistonda  davriy  m atbuotning  oyoqqa  turishi  Osiyodagi  boshqa 
m am lakatlar 
bosma 
jurnalistikasi 
rivojlanishi 
bilan 
mushtarak 
xususiyatlarga  ega  bo'ldi.  Masalan,  XVIII  asming  ikkinchi  yarmida  Angliya 
tom onidan  bosib  olingan  Hindistonda  dastlabki  harflari  terilgan  bosnia 
«Бенгал  газет*  1780-yilda  paydo  bo'ldi.  1816-yiIda  esa  hindi,  aniqrog'i, 
bengal  G anchadxar  Bxaktachariga  tegishli  o'sha  nomdagi  boshqa  bir 
gazeta,  ya’ni,  «Бенгал  газет*  nashrdan  chiqdi.  1826-yilda  esa  aholi 
aksariyat  ko'pchiligining tili  bo'Igan  hindi  tilidagi  ilk gazeta  nashr etildi.
«Туркестанские  ведомости»  gazetasi  ham  batamom  uning  mate- 
riallari  xarakterini,  yo'nalishi  va  mazmunini  belgilab  beruvchi  mahalliy 
harbiy-m a’m uriy  hokimiyat  tasarrufida  edi.  N.A.  Maev  (1870—1892),
1  Эрнаиарои  Т.,  Акбарои  А.  История  печати  Туркестана  (1870-1925).  Т.: 
« 0 ‘qituvchi»,  1976.;  Abduazizova  N.  Turkiston  matbuoti  tarixi.  Т.:  «Akadcmiya», 
2000 va boshqaiar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


А.Р.  Romanovich  (1892-1899),  S.A.  Geplener  (1 890-1901),  N .G .  M a- 
liskiy  (1901-1907)  uning  rasmiy  muharrirlari  bo'ldilar.  Awaliga,  gazeta  . 
nomuntazam  chiqib  turdi,  1870-yilda  uning  atigi  17-soni  chop  etildi. 
Bora-bora  oyiga  u ch -to 'rl  marta,  so'ngra  haflasiga  b ir  marta,  1907-yil 
iyuldan  boshlab  esa  har  kuni  chiqa  boshladi.  «Туркестанские  ведо- 
MOCTH»niug 
oxiigi soni  1917-yil  15-dekabrda chop  etildi.
48-yillik  faoliyati  davomida  hammasi  b o ‘lib  640  ta  soni  chiqqan 
ushbu  gazeta  dastlab  bir  ming  nusxada,  ayrim  paytlari  (masalan,  1901- 
yilda)  2 -2 ,5   miitg  nusxada  nashr  etib  turildi.  0 ‘quvchilarining  aksariyati 
Toshkent,  Sirdaryo  va  Samarqandda  boMib,  nashr  ham  obuna,  ham 
chakana savdo  orqali  tarqatihrdi.  1890-yil  boshida  gazeta  Toshkentda  125, 
viloyat  bo'yicha  esa  149  obunachiga  ega  edi.  U ning  o ‘quvchilari  orasida 
turli  toifadagi  amaldorlar,  ziyolilar,  vrachlar,  o ‘qituvchilar,  olimlar,  topog- 
raflar,  tarixchilar,  muhandislar,  agronomiar  bor  edi.  M as’ui  ma’muriy 
shaxslar,  g‘aznachilar,  davlat  muassasalari,  viloyatlardagi  pochta-telegraf 
idoralari gazetaning  majburiy obunachilari  hisoblanardi.
«Ведомости»  kompozitsiya jihatidan  rasmiy va  norasm iy bo‘limlardan 
iborat  edi.  M ateriallar  «Ichki  axborot»,  «Xabarlar  va  maqolalar»,  «Xorijiy 
xabariar»,  «Mahailiy  xronika»,  «Feleton»,  «Bibliografík  maqolalar»,  «ОЧка 
bo'ylab»,  «Sankt-Peterburg»  va  boshqa  ruknlar  ostida  berib  borilardi. 
O 'sha  davrdagi  ko‘plab  mashhur  olimlar,  taniqli  madaniyat  va  jam oat 
arbob/arini  hamkorlikka  jalb  qiia  olganligí,  chet  el  yozuvchilari,  shoúiari 
ham da  rus  m um toz  adabiyoti  vakillarining  asarlarini  e ’lon  qilib  turganligi 
gazeta tahririyati  faoliyatining diqqatga sazovor jih atin i  tashkil qiladi.  U nda 
mahailiy  olimlar  va  ma'rifatparvarlardan  Sattorxon  AbduIg'aíTorov,  Zo- 
kiijon  Furqat  va  boshqalar  o ‘z  asarían  bilan  qatnashardilar.  Akademik 
V.V.  Bartold,  tadqiqotchi  olimlardan  N.V.  Seversev,  A.P.  Fedchenko, 
V.F.  Oshanin,  L.S.  Berg, J.A .  Mushketov gazetaning  mualliflarí edi.
General  gubematorlik  hokimiyatining  organi  oMaroq  gazeta  pax- 
tachilik  masaJasini  oldingi  marraga  olib  chiqarkan,  o ‘z   maqolalarida  rus 
sanoati  va  savdo-sotiq  uchun  bu  sohaning  m uhim ligini  oshkora  ko‘rsatib 
berardi.  Shu  boisdan  gazeta  g‘o ‘zaga  ishlov  berishning  yangicha  vositalari 
hamda  usullaríni  targ‘ib  qilardi,  paxta  eJdladigan  yerlarni  kengaytirish  va 
yangi  maydonlarni  o'zlashtirishni,  g‘o ‘zaning  eng  yaxshi  navlaridan, 
masalan,  hind  va  ameríka  navlaridan  foydalanishni  yoqlab  maqolalar 
berardi.  Uning  sahifalarida  o ‘lkadagí  ishlab  chiqarísh  kuchlari,  ahofining 
tarkibi,  soni  va  m ashg'ulot  turlari  haqida  m untazam   materiallar e ’lon  qilib 
turilardi,  sondan-songa  savdo-sotiq  sohasi  sharhlab  borilardi.  Shu  boisdan 
«Туркистанские  ведомости»  gazetasi  o ‘lka  tarixini  va  unda  yashovchi 
xalqlar o ‘tmishini o ‘rganishda  muhim  manba  hisoblanadi.
0 ‘z   xarakteri  va  yo'nalishiga  ko‘ra  gazeta  rasmiy  siyosat  jarchisi 
bo‘lganligiga  qaramasdan,  o ‘lkadagi  mayjud  ko'pgina  muammolar,  qa- 
rama-qarshiliklami  ham   beixtiyor  aks  ettirardi.  Bu  ko‘proq  iqtisodiyot, 
maishiy  turmush  va  ijtimoiy  hayot  sohalaríga  taalluqli  bo‘(ardi.  Ikkinchi 
tom ondan,  gazeta  muhokama  qilinishi  o ‘zi  uchun  noqulay  mavzular, 
masalalar  to ‘g‘risida  atayin  lom -m im   demasdi.  M asalan,  ushbu  nashr
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə